Mavzusida mustaqil ishi


BO’LAJAK MATEMATIKA O’QITUVCHISINING AXBOROT-TA’LIM MUHITIDAGI KASBIY KOMPETENTLIGI



Download 53,26 Kb.
bet5/6
Sana05.04.2022
Hajmi53,26 Kb.
#531192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hojiqulova Aziza 2-topshiriq

BO’LAJAK MATEMATIKA O’QITUVCHISINING AXBOROT-TA’LIM MUHITIDAGI KASBIY KOMPETENTLIGI



Oliy ta’lim tizimini modernizasiyalashning istiqbolli yo’nalishlaridan biri hisoblangan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda kasbiy kompetentli yondoshuv muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limda kompetentli yondoshuv ta’lim oluvchilarda jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishga asos bo’la oladigan asosiy kompetensiyalar majmuasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Kompetensiya kasbiy bilim va ko’nikmalar hamda tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash qobiliyati, kommunikativ qobiliyatlar, baholash, mantiqiy fikrlash, axborotni tanlash va undan foydalanish, o’z kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llay olish kabi sifatlarni o’z ichiga oladi. Qayd etilgan sifatlar bo’lajak o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday muhim kompetensiyalardan biri mustaqil rivojlanishga va mustaqil o’qishga qobiliyatli bo’lgan o’qituvchining ta’limni axborotlashtirish sharoitlaridagi pedagogik faoliyatga tayyorgarligidir. Bu sharoitlarda kasbiy masalalarni hal etish uchun pedagogning axborotlashtirish vositalari va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash qobiliyati uning kasbiy kompetentligi komponentlaridan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogik manbaalarda axborot-kommunikatsion ta’lim muhitidagi o’qituvchining kasbiy faoliyat darajasini aniqlashda “axborot ta’lim muhitidagi kompetentlik” atamasi paydo bo’ldi va iste’molga keng miqyosda kirib bormoqda. Bo’lajak matematika o’qituvchisining axborot-ta’lim muhitidagi kompetentligi shaxsning qobiliyatlarini ta’riflovchi tizimli xususiyat sifatida tavsiflanadi, ya’ni yangi axborotlarni mustaqil ravishda qabul qilish, ularni baholash va yaratish; jarayon va ob’yektlarni shu bilan birga, o’zining individual faoliyatini modellashtirish va loyihalash; axborot jarayonining yangi a’zolarini o’qitish, rivojlantirish va tarbiyalashga yo’naltirilgan ta’lim masalalarini yechish; o’zining kasbiy faoliyatida o’quv jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda maktab dasturining asosiy fanlarini talab darajasida o’qitish, shu bilan birga, o’quvchilarni mazkur texnologiyalarning murakkab olamiga kirita olish va ularda axborot madaniyatini shakllantirishga qobiliyatli o’qituvchilarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O’qitishning metodikasi va o’quvchilar psixologiyasini yaxshi biladigan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini yaxshi egallagan pedagoglar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: o’qitish va rivojlantirishda kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini bilish; matematikani o’qitishni tashkil etishda kompyuterdan foydalanish usullariga ega bo’lish; o’tilgan mavzuni nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilishni tashkil etishda kompyuterni qo’llashni bilish; o’qitishning kompyuterli va an’anaviy texnologiyalarini optimal moslashtirishni bilish; o’quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash va boshqalar. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o’ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u nafaqat o’rganish ob’yekti, balki predmeti va pedagogik faoliyat uskunasi hamda maktab o’quv jarayonining o’quv-metodik ta’minot vositasi sifatida qaraladi. Axborotlashgan jamiyatning rivojlanish dinamikasi aniq dasturiy vositalarni o’rganishni emas, balki o’qituvchilar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish imkoniyatlari va istiqbollari, ularni qo’llashning psixologik-didaktik asoslarini o’rgatish mohiyatining o’zlashtirilishini talab qiladi. Bu esa, bo’lajak o’qituvchini kasbiy tayyorlashda aniq fanlar sohasida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash va nafaqat fan bo’yicha mustahkam bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, balki bitiruvchilarning kelajakda fan o’qituvchisi sifatida uning pedagogik faoliyati davomida yuzaga keladigan kasbiy masalalar va muammolarni bilish hamda bu masalalarni kasbiy tajribalarni qo’llagan holda hal etishga imkon beruvchi sifatlarning rivojlanishiga yordam berishini talab etadi. Ta’lim berish va tarbiyalashning yangi-yangi usullarining yaratilishi va rivojlantirilishi bugungi kun pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari oldiga aynan ana shunday talablarni qo’ymoqda va “Qanday qilib bo’lajak matematika o’qituvchilarida axborot-ta’lim muhitida kasbiy kompetentlikni shakllantirish mumkin?” - degan muammo o’z yechimini kutmoqda. Matematika o’qituvchisining axborot-ta’lim muhitidagi kasbiy kompetentligini shakllantirishni ularning kasbiy tayyorgarligi va sifatini belgilab beruvchi asosiy fundamental fanlardan biri hisoblangan algebra va sonlar nazariyasi kursi misolida qarab chiqamiz. Algebra va sonlar nazariyasi kursini o’qitish jarayonida bo’lajak matematika o’qituvchisida axborot-ta’lim muhitidagi kasbiy kompetentlikni shakllantirishni quyidagilar asosida amalga oshirish mumkin: a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o’zlashtirishga qaratilgan kasbiy yo’naltirilgan masalalarni yechish metodlari va usullari orqali. Ta’lim oluvchilar u yoki bu algebraik masalani yechishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo’llashning maqsadga yo’naltirilganligini va zarurligini his qilishlari lozim; b) ta’lim oluvchining o’quv faoliyatini izchil ravishda matematika o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga aylantirish. Bu esa, kompyuterni matematik faoliyat uskunasi sifatida qo’llashni taqozo etadi. Masalan, talabalarga ma’ruza uchun taqdimot yaratish senariyasini, elektron ta’lim resurslarini yaratish, kompyuterli matematik tizimlar (Maple, Mathcad, Mathematica, Matlab va boshqalar) ni qo’llab masalalarni yechish va shu kabilar taklif etiladi; c) o’qitishning faol usul va shakllari, masalan, muammoli ta’lim, tadqiqot usuli va boshqalarni qo’llash asosida. Masalan, amaliy topshiriqlarni bajarish vaqtida ta’lim oluvchilarning pedagogik amaliyot davrida va keyingi kasbiy faoliyatida ijodiy o’z-o’zini faollashtirishga olib keluvchi, mustaqil bilim olish va talaba shaxsida kasbiy ahamiyatli sifatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi; d) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yordamida. Bo’lajak o’qituvchilar axborotkommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlarini mustaqil qo’llashi va ularning turli usullarini topib o’zlashtirishlari kerak. Bu hol ta’lim oluvchilar tomonidan algebra va sonlar nazariyasi kursining alohida mavzularini elektron ta’lim vositalari yordamida o’rganilishi, uyga beriladigan topshiriqlar va murakkab bo’lmagan dasturlarni tuzish bilan bog’liq bo’lgan masalalar kiritilgan namunaviy ishlarni bajarishni kompyuterli matematik tizimlardan foydalanish yordamida hal etilishi orqali tashkil etilishi mumkin. Algebra va sonlar nazariyasi kursining qayd etilgan imkoniyatlaridan o’quv jarayonida foydalanish pedagogik kadrlarni tayyorlashda kompetentli yondoshuv talablari bilan muvofiqlashtiriladi, chunki bo’lajak matematika o’qituvchilari pedagogika oliy ta’lim muassasalarida algebra va sonlar nazariyasi kursini o’rganish bilan birga nafaqat qanday qilib va qaysi bo’limlarda axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni ko’ra bilishi, balki ularni maktab matematika kursida qo’llashga tayyorlash ham zarur. Bo’lajak o’qituvchini maktab matematika kursida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashga tayyorlash masalasi pedagogilka oliy ta’lim muassasalaridagi matematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan matematika o’qitish nazariyasi va metodikasi, matematikani o’qitishda innovasion texnologiyalar, matematika o’qitish jarayonini loyihalash kabi o’quv kurslarida hal etilishi mumkin. Ta’lim tizimini axborotlashtirish, avvalambor, uchta asosdan, ya’ni texnik tuzilmalar, dasturiy ta’minot va o’quv ta’minotlardan iborat axborotkommunikatsion ta’lim muhitida didaktik jarayonning o’quv ta’minotini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Didaktik nuqtai nazardan o’quv ta’minoti asosi sanab o’tilgan asoslardan eng muhimi hisoblanadi. Aynan u kompyuterli o’qitishning texnologik jarayonini aniqlaydi va belgilaydi. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashning mazmunli jihatini ta’minlovchi axborot muhitini, qo’yilgan didaktik maqsadlarga erishishni ta’minlashga yordam beruvchi o’quv va boshqa turdagi axborotlarni o’quvchilar va o’qituvchining to’liq va aniq tasavvur qila bilish masalasini yechish bilan birga qarash lozim. Bizning nuqtai nazarimizcha, bunday muhit sifatida mazmuni quyidagilardan iborat bo’lgan integrallashgan elektron o’quv kursi bo’lishi mumkin: kursni o’rganish bo’yicha metodik ko’rsatmalardan iborat barcha asosiy va qo’shimcha materiallarni o’rganishni ta’minlovchi, shu bilan birga kurs mavzularining mazmuni qisqacha yoritilgan kursni o’rganish bo’yicha qo’llanma; o’quv qo’llanma, qo’shimcha o’quv materiallar, davriy nashriyotlarda chop etilgan maqolalar va internetmanzillar, amaliy dasturlar paketlarini qo’llash bo’yicha praktikumlar; ta’lim oluvchilarga olgan bilimlarini mustaqil baholashga imkon beruvchi nazorato’qitish dasturlari sifatida amalga oshirilgan ta’lim oluvchilar bilimlarini baholash va nazorat qilishni avtomatlashtiruvchi tizim. Taklif etilayotgan o’quv kursini o’rganish bo’yicha yuqorida sanab o’tilgan o’quv materiallarini ta’lim oluvchilarga tarmoq texnologiyalari yordamida yoki boshqa axborot tashuvchilar, masalan, flesh kartalar yoki lazerli kompakt disklar yordamida yetkazilishi mumkin. Elektron-integrallashgan o’quv dasturlari imkoniyatlari multimedia asosida ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga oluvchi, mazmuni va shakliga ko’ra turlicha bo’lgan materiallarni yagona integrallashgan tizimga birlashtirish imkonini beradi. Algebra va sonlar nazariyasi kursining elektron-integrallashgan o’quv kursini loyihalash va yaratishda o’quv materiallarini tanlash va tizimlashtirishda o’qituvchi quyidagilarni bilishi kerak bo’ladi: bo’lajak matematika o’qituvchisini tayyorlash maqsadlarini e’tiborga olgan holda o’quv kursi mazmunining hajmini baholash. Buning uchun pedagogik modellashtirish usullarini qo’llab, kursning axborotli hajmini baholash va uning modelini qurish (oliy ta’lim davlat ta’lim standartlarida o’qitish ko’zda tutilgan va o’rganilishi majburiy bo’lgan asosiy tushunchalar va ta’riflar); o’quv materialini ta’lim oluvchilarning idroki va xotira imkoniyatlariga mos holda modullar, bo’limlar, mavzular va elementlarga bo’lib chiqish; o’quv predmeti mazmunining elementlari orasidagi bog’lanishlarni o’rganish; har bir o’quv elementi uchun ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirishning boshlang’ich va talab etiladigan darajalarini aniqlash; fanning mantiqiy tizimiga kiritilgan o’quv elementlari bo’yicha ularning o’zlashtirilish darajasi va sifatini aniqlovchi pedagogik testlarni ishlab chiqish.
Xulosa
Shunday qilib, jamiyatning axborotlashtirilishi bilan aniqlanuvchi bo’lajak matematika o’qituvchisini tayyorlashga kompetentli yondoshuv algebra va sonlar nazariyasi kursining asosiga qo’yiladigan quyidagi umumiy talablarni ishlab chiqishga zamin yaratadi: matematik ta’lim va matematika tarixi haqida; matematik fanlar qatorida algebra va sonlar nazariyasi kursining o’rni va roli haqida; matematika kursining mazmunini o’zlashtirish, maktab matematika va informatika kurslari orasidagi fanlararo bog’lanishlarni shakllantirishga imkon beradigan zamonaviy axborot tizimlari haqida; algebra va sonlar nazariyasi kursini o’qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo’llashda pedagogik amaliyot haqida; algebra va sonlar nazariyasi kursi bo’yicha multimediali va tarmoqli resurslar hamda ta’limni axborotlashtirish sharoitlarida kursni o’qitishga metodik yondoshuvlarning xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo’lish; namunaviy masalalar kabi nostandart algebraik masalalarni yechish; algebra va sonlar nazariyasi kursining boshqa kurslar bilan fanlararo bog’lanishini amalga oshirish; algebra va sonlar nazariyasi kursi bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini baholash va tanlash; turli mashg’ulotlarni o’tkazishda ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish; o’qitishning an’anaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashning maqsadga muvofiqligini aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish; kompyuter orqali boshqariluvchi o’quv, ko’rgazmali va uskunali boshqarish; axborotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish bo’yicha axborot faoliyatini amalga oshirish uchun dasturiy vositalar va apparatli qurilmalarni qo’llash; hisoblash va axborot-qidiruv faoliyati jarayonini avtomatlashtirish; o’rganilayotgan ob’yektlar haqidagi axborotlarni kompyuterli vizuallashtirish, ekranda grafiklar va diagrammalarni tuzish bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lish. Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin. Algebra va sonlar nazariyasi kursining mazmuni bo’lajak matematika o’qituvchisida axborot-kommunikatsion ta’lim muhitidagi kompetentlikni shakllantirishga imkon beradi. Ta’lim tizimini va umuman jamiyatni axborotlashtirish esa, faqat axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida ishlash ko’nikmasiga ega bo’lgan fan o’qituvchisi bo’lgandagina samarali hisoblanadi.

Download 53,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish