Uchinchi savol: Iqtisodiy islohotlar va sivilizatsiyalashgan bozor muno- sabatlari
masalasida O„zbekiston uzoq yillar davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub
o‘zgarishlami zudlik bilan qisqa vaqt ichida amalga oshirishning salbiy oqibatlari oldini
olish va puxta o„ylangan strategik rejalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berildi.
Islohotlaming amalga oshirilishi milliy manfaatlar uchun xizmat qilishi zarurligi
e’tiborga olindi. Islohotlar amalga oshirilishiga qadar respublika aholisining aksariyat
qismi iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda bo„lib, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi
va xususiylashtirilishi jarayonida aholining ikki toifaga ajralishi, haddan tashqari boyib
va qashshoqlashib ketishiga turli noroziliklarning kelib chiqmasliklariningoldini olish
lozim edi.
Ana shularni nazarga olib Prezident I.A.Karimov o„tish davrida aholini ijtimoiy
himoyalash strategiyasini ishlab chiqdi.
Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat qilib
belgilanadi. Har bir bosqichda ma’lum iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Bular
quyidagilar:
• Mulkni xususiylashtirish;
• Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish;
• Mulkning xilma - xil shakllarini vujudga keltirish;
• Agrar islohotlarni amalga oshirish;
• Milliy valyutani amalga oshirish;
• Yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi;
• Rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda qo„ shma korxonalar barpo etish;
• Innovatsiya siyosatini amalga oshirish;
• Xorijiy investitsiya, texnika va texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb
etish va boshqalar.
Xullas, chinakam sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari faqat yuksak
ma’naviyat, yuksak ahloqiylik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o„tish O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon
beradigan qulay shart - sharoitlar quyidagilar:
- Mamlakatning nihoyatda ko„p boyliklarga ega ekanligi;
- Sanoat uchun zarnr bo„lgan xom ashyo zahiralariga ega ekanligi;
- O‘zbekistonning tabiiy - jo ‘g‘rofiy qulay o„rni;
- Mamlakatda ijtimoiy siyosiy barqarorlikni o‘rnatilishi.
Ana shu imkoniyatlar O‘zbekistonning iqtisodiy sohada jahon siviliza-siyasiga
qo„ shilib borishi uchuch keng istiqbollar yaratadi.
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida kishilarning
mehnatga, mulkka, mehnat mahsuliga bo„lgan munosabatlarini o„zgartirish g„oyasi
yotadi. Uzoq yillar mobaynida ishlab chiqarish vosialariga bo„lga ijtimoiy mulkchilik
- kishilar mehnat faoliyatining asosiy barcha ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi edi.
Shaxsiy manfaatlarni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mehnat qilish,
iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga bo„ysundirish, mehnat raqobati bo„lmasligi,
insoniyat mehnatdan, jamiyadan beganolashuviga olib keldi. Bu esa jamiyat inqirozini
tezlashtirdi.
O„zbekiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mehnatga, mulkka
va insonning o„z - o„ziga bo„lgan munosabatni tubdan o„zgartirishning nazariy - falsafiy
asoslarini ishlash zarurati vujudga keldi va bu I.A. Karimov asarlarida o„z ifodasini
topdi. Bu asarlarda mehnat va mehnatga munosabat sohalari hamda xususiy mulkning
o„rni masalalari har tomonlama nazariy va amaliy tomondan asoslab berildi.
Bozor munosabatlari sharoitida mahsulot sifati va samaradorligini yaxshilashning
muhimi qonunlaridan biri raqobatli muhitni yaratish, kishilarda mulkka egalik hissini
shakllantirish, shaxsiy manfaatdorlik va uni davlat manfaati bilan uyg„unlikda olib
borish muhim ahamiyatga ega sifatida joriy etila boshlaydi.
Mehnatni tashkil etish jarayonida kishilarning kasbiy malakasi, ko„nikma hosil qilish,
mehnat madaniyati, mehnatni tashkil etishda ijodiy yondashish kishilarning mehnat va
mulkka bo„lgan munosabatini ko„rsatuvchi mezonga aylanadi.
Mulk insonning aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida yaratilgan va uning barqaror
yashashi uchun kafolot beradigan moddiy va intellektual boylikdir.
Mulk avloddan avlodga meros bo„lib o„tishi ham mumkin. mulk mulkdorning
tasarrufida bo„lgan barcha tirikchilik va ishlab chiqarish vositalaridandir. Mulkning
shaxsiy, xususiy, jamoa, davlat mulki singari shakllari mavjud.
Bozor munosabatlariga o„tish davrida davlat xususiy mulkni qo„llab -
quvvatlaydi, mulkning turli shakllarini rivojlantirishda xususiy mulk dahlsizligini
huquqiy kafolotlash, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun imtiyozli
kreditlar yo„lga qo„yadi. Bu esa ularning mulkdor bo„lishi, o„rta mulkdor sinfining
shakllanishi uchun keng imkoniyat yaratadi.
Mehnat jarayonida yaratilgan har qanday mahsulot o„z qiymatiga ega bo„ladi.
Qiymat mahsulotda o„z ifodasini topadigan, xodimning aqliy va jismoniy kuchi,
qobiliyati, bilimi, sarflangan vaqti, xom ashyo, yoqilg„i, energiya, yo„l h arajatlari uchun
mablag„ va hokazolardir.
Foyda bozor munosabatlari sharoitidaamal qiladigan muhim qonuniyat-lardan
biridir. Xususiy mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o„rin tutadi. Hozirgi vaqtda
mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy - iqtisodiy jihatdan teran idrok etish,
yoshlar dunyoqarashida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish ularning jahon
sivilizatsiyasi andozasi talablari darajasida fikr yuritishi va faoliyat ko„rsatishi uchun
zamin yaratadi.
O„zbekistondagi demokratik jarayonlar jahon sivilizatsiyasi bilan
uyg„unlashishning yanya bir imkoniyatidir.
O„zbekiston qonunchiligini halqaro huquq talablariga muvofiqlash-tirish, nufuzli
halqaro tashkilotlarga a’zo bo„lish, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud
hokimiyatlariga bo„lish, mamlakat Prezidentini muqobillik asosida saylash, fikrlar xilma.
- xilligi va ko„p partiyaviylik tizimining qaror topishi, demokratik qadriyatlarni hayotga
tadbiq etish, O„zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo„shilib borayotganidan dalolat
beradi. I.A. Karimov o„z asarlarida ma’naviyat, jamiyat taraqiyotida muhim omil
ekanligi to‘g‘risidagi g„oya yangicha falsafiy tafakkurning metodologik asosi, jahon
taraqqiyoti tajribalariga tayanishning yorqin namunasidir.
Milliy g„oya va milliy mafkura o„zida mamlakatlarning jahon sivilizatsiyasiga
qo„shilish nazariyasi yo„llarini yaqqol aks ettiradi.
O„zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo„shilish tajribasi, uning milliy g„oyasi
va mafkurasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Jahon sivilizatsiyasiga qo„shilish talablarida Vatan tuyg„usi, ma’rifat-parvarlik,
milliy g‘urnr, burch, mas’uliyat hissini tarbiyalashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |