“ Kechagi tarix biz uchun hayot maktabi , bamisoli tiniq bir ko’zgu ,
unga qarab saboq olamiz , xulosa chiqaramiz va kelajak yo’lini belgilaymiz. “
Bugungi kunda tarix faniga , tarixiy voqealarga xolisona yondashish muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda . Chunki XX asrning oxiriga kelib yuzaga kelgan tarixiy jarayonlarni xolisona baholashga undamoqda . O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov Respublikamiz mustaqil taraqqiyot yo’lining ijodkori va rahnomasi sifatida tarix fani , uning bugungi ahvoli va istqibolini chuqur tahlil etib , bu yo’nalishda tarixchi olimlar oldiga qator muhim vazifalar qo’ydi . Ushbu vazifalarning eng muhimi – yangi jamiyaimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan , hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash , muhimi , ular ongiga milliy istqilol , Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g’oyalarini yanada chuqurroq singdirish va teran anglatishdan iboratdir. Shu o’rindda Prezidentimiz
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan , yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo’lib , dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bush kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi , baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deya yuksak ta’rif berib o’tadi.
Buyuk jadid ma’rifatparvarlarimizdan biri Fitrat tarix haqida “ Tarix millatlarning o’tmishi , taraqqiyoti hamda tannazulining sabablarini o’rg’anaturg’on ilmdir “ deya ta’kidlab o’tadi.
Bugungi kunda insoniyat boshidan kechirayotgan davr mutloq o’zgacha , mislsiz murakkab va ziddiyatlidir . Chunki ayni shu davrga kelib insoniyat hayotida muayyan davr o’z xotimasiga yetib , yangi davr boshlanayotganini ko’rsatadigan katta o’zgarishlar yuz bermoqda . Insoniyat haqiqatan ham yangi rivojlanish yo’liga qadam qo’ymoqda , nafaqat hayot prinsiplari va urf odatlari , balki xususiyatlarini ham o’zgartirib bormoqda .
Bu davr muoamalarining o’ziga xosligi shundaki , unda nafaqat ayrim mamlakatlar, davlatar , mintaqalarning siyosiy , iqtisodiy , ijtimoiy v aboshqa muammolari va nafaqat G’arb va Sharq sivilizatsiyalariga oid masalar, balki butun insoniyatga va uning hayotining barcha tomonlariga oid murakkab va umumbashariy muammolarni o’zida aks ettiradi.
Postindustrial jamiyatning global muammolari – ekologik va texnogen ofatlar , yadro urushi xavfi , terrorizm , harbiy va mafkuraviy ekspansiyalar va boshqa muammolar insoniyat mavjudligiga turli xildagi “ tahdid “larning potensialini oshirdi . Bularning hammasi dunyoning turli mintaqalarida muntazam takrorlanadigan iqtisofiy va siyosiy inqirozlar bilan birgalikda idrok va qadriyat tizimining shaklini o’zgartirmoqda , ma’naviy qashshoqlikka olib kelmoqda , kelajak manzarasini buzmoqda .
Jahon tarixining o’tmish voqea-hodisalarini chuqur tahlil etgan holda jahon fanida e’tirof etilgan jaqmiyatshunos olimlar unsoniyat taraqqiyotining bugungi va kelajak to’g’risida ma’lum bir g’oya va konsepsiyalarni ilgari surmoqdalar. Ana shu konsepsiyalarni to’g’risida tarix o’qituvchisi , o’quvchi va talaba ma’lum bir bilim tushunchalarga ega bo’lishi talab qilinadi.