Mavzuning dolzarbligi-Bozorda talab va taklif o’rtasidagi nisbatga bog’liq bo’lgan va xajmlarining o’zgarishi baholarning o’zgarishini keltirib chiqaradi. Bunday o’zaro bog’liqlikni umumlashtirgan holda ko’rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’lluqliligi muhim ahamiyatga ega.
Mavzuning maqsadi- Yalpi talab va yalpi taklif modeli bozor iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ekanligida tushunchalarga ega bo’lish. Shu bilan birgalikda fanning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar davlatning qay darajada rivojlanayotganini va uning qudratini belgilovchi parametrlardir. Buning tastig’i sifatida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy bo’ladi” degan gaplarini keltirishimiz mumkin. Amalda 2019-yilning 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo’ljallangan parametrlar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishini keltirishimiz mumkin.
2017-2020-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishlarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini ollib boorish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy homashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatidan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdarligini oshirish kabi vazifalar belgilangan bo’lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo’g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati va turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog’liqdir.
Men ushbu ilmiy tadqiqot ishimda-turli xil statistik ma’lumotlar, grafiklardan va ko’plab terminlardan foydalandim. Bu ilmiy tadqiqot ishim orqali men bozor iqtisodiyotida talab va taklif modellarining muhimahamiyat kasb etishini o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |