Uchqun razryadi. Elektrodlar orasidagi kuchlanish bir necha ming Voltga yetganda zarbdan ionlash natijasida
qisqa vaqtli razryad-uchqun yuzaga keladi. Bu razryad ingichka, kanaldan chiqib tarmoqlanayotgan yashinsimon
ko’rinishda bo’lib, u orqali kuchi katta bo’lgan qisqa muddatli tok impulsi o’tadi. Chaqmoq uzunligi bir necha
kilometrgacha, tok kuchi bir necha kiloamperga yetishi mumkin. Impulsning davomiyligi 10
-4
s ga, uchqun
kanalidagi gazning temperaturasi bir necha ming Kelvinga yetishi mumkin. Gazning tezda kuchli qizishi
bosimning keskin ortishga sabab bo’ladi va bu esa tovush to’lqinlarining paydo bo’lishga olib kelishi mumkin.
Momoqaldiroq ana shuning natijasidir.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |