Mavzuni dolzarbligi


I-BOB. MAKTAB DARSLIKLARINING RAQAMLI MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH TAXLILI



Download 4,17 Mb.
bet3/18
Sana21.07.2022
Hajmi4,17 Mb.
#832460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
MI 123

I-BOB. MAKTAB DARSLIKLARINING RAQAMLI MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH TAXLILI.
1.1. O‘zbekistonda umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash masalalari taxlili.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida respublikada davlat ta’lim standartlari, umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejalari va dasturlari talay darajada takomillashtirildi, ularga muvofiq zamon talablariga mos keladigan yangi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari nashr etilmoqda.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilgan. O‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda.
Darsliklarni sotish mexanizmi aholining ularga bo‘lgan talab-ehtiyojini to‘la qondirishni hisobga olgan holda butun respublika hududida chakana savdoning puxta tizimini tashkil etish hamda ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish jarayoniga pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalarini keng jalb etish yo‘li bilan takomillashtirishni taqozo etadi.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish mexanizmi hamda ijara tizimini, shuningdek, darsliklar chakana savdosi keng tarmog‘ini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etishga buyurtmanomalar to‘plamini shakllantirishning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanib, bunda darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarini chiqarish va sotishga yillik prognoz kvotalari pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida har yili o‘tkaziladigan ixtisoslashtirilgan kitob ko‘rgazma-yarmarkalari, shuningdek, umumta’lim maktablari kutubxona fondlarini xatlovdan o‘tkazish natijasida belgilanadi.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “O‘zkitobsavdo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili oktyabr-noyabr oylarida barcha viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida umumta’lim maktablari uchun keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalarini tashkil qilindi.
Bunda umumta’lim maktablari birinchi sinflarining o‘quvchilari uchun darsliklar har yili, 2—4-sinflar uchun — ikki yilda bir marta va 5—9-sinflar uchun — to‘rt yilda bir marta yangilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi har yili 1-dekabrgacha:
keyingi o‘quv yiliga tavsiya etiladigan darsliklar ro‘yxatini, shuningdek yangilangan varianti chiqarilgani munosabati bilan bekor qilingan darsliklar ro‘yxatini ota-onalarga ma’lum qilinadi.
Umumta’lim maktablari kutubxona fondlarining zarur darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligini, shuningdek, utilizatsiya qilinadigan jismoniy va ma’naviy eskirgan darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarini aniqlash maqsadida mazkur kutubxona fondlarini xatlovdan o‘tkaziladi.
O‘quv yili uchun o‘qitiladigan tillar, nomlar va sinflarga qarab umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalari, pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari fikrini o‘rganish, shuningdek xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida predmetlar bo‘yicha darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalari chiqarish va sotishga prognoz kvotalari shakllantirilishini ta’minlanadi.
2006-yilning 1-sentabridan boshlab Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga kutubxonachilarning tarif stavkasiga mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda vaqtinchalik ustama haq belgilash vositasida kutubxona fondi saqlanishi uchun xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmi joriy etildi.
Kutubxonalardagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumta’lim maktablari kutubxonachilari ishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish