Mavzulashtirilgan testlar to’plami 8-sinf O’zbekiston tarixi bo’yicha


Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj) nomi nechanchi asrga oid manbalarda uchraydi?



Download 311,18 Kb.
bet7/9
Sana14.01.2020
Hajmi311,18 Kb.
#34004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8sinf o'zb test 2019 X.P.A


22. Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj) nomi nechanchi asrga oid manbalarda uchraydi?

A) mil. avv. II asr B) mil. avv. IV asr

C) mil. avv. I asr D) mil. avv. V asr

23. Qachon Xorazmda markazi Gurganj shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi?

A) IX asrning oxirida

B) X asrning boshida

C) X asrning birinchi yarmida

D) X asrning ikkinchi yarmida

24. Amir Ma’mun ibn Muhammad qachon qaysi shahardagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va
o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qilgan?

A) 995-yilda Kot B) 995-yilda Gurganch

C) 993-yilda Kot D) 997-yilda vazir

25. Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan, biroq Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan vayron qilingan shaharni qaysi?

A) Vazir B) Gurganch

C) Xiva D) Kot

26. Qachon Abulg`ziy Bahodirxon Yangi Urganchga asos solgan?

A) 1645-yil B) 1646-yil C) 1648-yil D) 1650-yil



27. Qaysi hukmdor hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazilgan?

A) Abulg‘oziy Bahodirxon B) Anushaxon

C) Elbarsxon D) Muhammad Rahimxon I

28. Xiva shahri qachon bunyod etilgan?

A) mil.avv. II asrda B) mil.avv. III asrda

C) mill.avv. IV asrda D) mil.avv. V asrda

29. Xiva shahri qachondan qachongacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan?

A) XV asr oxirlaridan XIX asr oxirlarigacha

B) XVII asr I choragidan 1920- yil fеvraligacha

C) XVII asr boshlaridan 1920-yil sentabrigacha

D) XVI asr oxirlaridan 1924-yil dekabrgacha

30. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi qachon kеng nishonlandi?

A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998yil



31. Dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan mashhur shaharni aniqlang.

A) Vazir B) Xiva

C) Buxoro D) Samarqand

32. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta xon saroyi mavjud bo`lgan?

A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta



33. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta masjid mavjud bo`lgan?

A) 12 ta B) 15 ta C) 17 ta D) 22 ta



34. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta madrasa mavjud bo`lgan?

A) 12 ta B) 15 ta C) 17 ta D) 22 ta



35. Qachon Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo`lingan?

A) XVI asr B) XVII asr C) XVIII asr D) XIX asr



36. Ichanqal`aga kiriladigan to`rtta darvoza nomlari to`g`ri bеrilgan javobni toping?

1.Bog`cha darvoza 2.Polvon darvoza 3.Tosh darvoza 4.Ota darvoza 5.Ko`kcha darvoza

A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4

37. Xiva xonligida kimlarnning hukmronligi davrida Ichan qal`ada keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi?

1. Eltuzarxon 2. Muhammad Rahimxon 3. Olloqulixon

4. Muhammad Aminxon

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4



38. Xivada Kalta minor nomi bilan mashhur bo`lgan minorani kim qurdirgan?

A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I

C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon

39. Xivadagi Kalta minor nomi bilan mashhur minora qayеrda joylashgan?

A) Ichan qal`aning g`arbiy qismidagi Ko`hna ark yonida

B) Ichan qal`aning sharqiy qismidagi Ota darvoza yonida

C) Ichan qal`aning janubiy qismidagi Ko`hna ark yonida

D) Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy yonida

40. Qachon Ichan qal`a me`moray yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo`riqxonaga aylantirilgan?

A) 1950-yil B) 1956-yil C) 1961-yil D) 1973-yil



41. Ichan qal`aning yer maydoni necha gaktarni tashkil qiladi?

A) 25 ga. B) 26 ga. C) 27 ga. D) 28 ga.



42. Ichan qal`ada qancha tarixiy-me`moray obida joylashgan?

A) 50 ta B) 52 ta C) 54 ta D) 56 ta



43. Ichanqal`a qachon Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan?

A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1993-yil D) 1996-yil



44. Qachondan muzey-qo`riqxona Xiva “Ichan qal`a muzey-qo`riqxonasi” deb ataladi?

A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1969-yil D) 1978-yil



45. Qaysi Xiva xoni Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida uzunligi devor bilan o`rattirdi?

A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I

C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon

46. Dishan qal`a qachon devor bilan o`rab olingan?

A) 1840-yil B) 1842-yil C) 1843-yil D) 1844-yil



47. Dishan qal`ada nechta darvoza bo`lgan?

A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 14 ta



48. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.

1. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar.

2. Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshlagan

3. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi.

4. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi.

5. Bbinolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Bog’cha darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5

49. Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari qaysi davlatlarga eksport qilingan?

A) Eron, Hindiston, Xitoy va Rossiya davlatlariga

B) Afg’oniston, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga

C) Eron, Afg’oniston, Xitoy va Usmonli davlatlariga

D) Eron, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga

50. Xiva xonligining qaysi davlatlar bilan savdo qiluvchi savdogarlari „buxorochi“ deb atalgan?

A) Buxoro

B) Buxoro, Eron

C) Buxoro, Eron va Afg‘oniston

D) Buxoro, Eron va Hindiston

51. Quyidagi ma’lumotlardan qay biri xato?

A) Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.


B) Xivaliklar Eronga ipak, qorako‘l teri, barra qo’zi terisi, kunjut, bug‘doy va turkman otlarini olib borishgan.

C) Xiva savdogarlari Hindistondan murch, imbir kabi hind mollari bilan birga ipak mato, feruza, salla uchun ishlatiladigan kirmonshoh shollari olib kelishgan.

D) Rossiya bilan bo‘lgan savdo-sotiq Xiva xonligining iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega edi. Xiva Rossiyaga paxta, jun, ipak chiqarardi. Rossiyadan esa ip, gazlama, movnt, qand-shakar, metall buyumlar, temir, mis, cho’yan keltirardi.
52. Xiva Rossiyaga 137 ming rublli (a), 1,5 million rublli (b) tovar eksport qilgan yillarni aniqlang.

A) a-1843-yilda, b-1867-yilda

B) a-1844-yilda, b-1867-yilda

C) a-1842-yilda, b-1867-yilda

D) a-1844-yilda, b-1869-yilda

53. Yuqoridagi yillarda Rossiyadan tegishli ravishda qancha miqdorda tovar keltirildi?

A) 260 va 486 ming rublli

B) 250 va 490 ming rublli

C) 270 va 476 ming rublli


D) 270 va 486 ming rublli

54. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?

1. Xivaning Rossiyaga tovar chiqarishi 23 yil ichida 10 baravar

2. Xivaning Rossiyadan tovar keltirishi 23 yil ichida 1,5 baravar ko'paygan

3. Olloqulixon qurdirgan devor balandligi 7-8 metr bo’lgan

4. Qalinligi esa 6-7 metr bo‘lgan

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


27- §. Xiva xonligining tashqi siyosati

1. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining qaysi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi?

1.Buxoro 2.Qo`qon 3.Afg`oniston

4.Eron 5.Hindiston 6.Usmonli

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5

C) 1,3,4,5,6 D) 1,2,3,5

2.Qaysi shahar O`rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog`lovchi muhim savdo yo`li ustida joylashgan edi?

A) Toshkent B) Marv

C) Samarqand D) Qo`qon

3.Qachon Muhammad Rahimxon I Marvni Buxorodan qaytarib oladi?

A) 1822-yil B) 1824-yil C) 1826-yil D) 1828-yil



4.Qachon Xivaga Eron va qozoqlarning O`rta juz xonligidan elchilar kelishgan?

A) 1810-yil B) 1812-yil C) 1813-yil D) 1815-yil



5.Qachon Xiva xonligi va Afg`oniston o`rtasida elchilik munosabatlari o`rnatilgan?

A) XVIII asr oxiri B) XIX asr boshi

C) XIX asr o`rtasi D) XIX asr oxiri

6. Quyidagi qaysi Xiva xoni Afg`onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam bergan?

A) Muhammad Amin inoq

B) Olloqulixon

C) Avaz Muhammad inoq

D) Muhammad Rahimxon I

7. Ma`lumki Xiva xoni Afg`onistonda hokimiayat uchun kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Buning evaziga Afg`oniston …

A) Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida ekin savdo qilish huquqini bergan

B) Xiva xonligi savdogarlariga Afg`oniston hududida bojsiz savdo qilish huquqini bergan

C) Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga Marvni bosib olishga yordam bergan

D) Xiva xoni Muhamamd Rahimxon I nomiga qimmatbaho sovg`a-salomlar jo`natgan

8. Qachon Xiva xonligiga Qo`qon xonligining elchilari kelishgan?

A) 1842-1843-yillar B) 1843-1844-yillar

C) 1844-1845-yillar D) 1845-1846-yillar

9. Xiva xonligida kimning hukmronligi davrida Karvonsaroy majmuasi bunyod etildi?

A) Muhammad Amin inoq

B) Olloqulixon

C) Avaz Muhammad inoq

D) Muhammad Rahimxon I

10. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasining timi nechta gumbazli edi?

A) 10 ta B) 12 ta C) 13 ta D) 14 ta



11. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasi nimalardan iborat edi?

1.tim 2.karvonsaroy 3.omborxona

A) 1,3 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,2

12. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasida karvonsaroy necha qavatli edi?

A) 1 qavatli B) 2 qavatli

C) 3 qavatli D) 4 qavatli

13. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasida karvonsaroy necha hujrali edi?

A) 100 B) 105 C) 110 D) 112



14. Quyidagi javoblardan Xiva xonligida oid to`g`ri javoblarni belgilang

1.Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat shu ediki, o`zaro savdodan har ikkila davlat ham birdek manfaatdor edi

2.Xivaga savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo`llari xavfsiz edi

3.Rossiya Xiva xonligiga o`z mahsulotlarni sotadigan bozor deb qarar edi

4.Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o`lka ham hisoblanardi

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4



15. Xivadan xonligida Rossiyaga qanday mahsulotlar olib borilgan?

1.paxta 2.ipak 3.bo`z 4.metall 5.gilam 6.hunarmandchilik mahsulotlari

7.quritilgan meva 8.turli rangi bo`yoqlar

A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,4,5,6,7,8

C) 1,2,3,5,6,7 D) 1,4,5,6,7

16. Xiva xonligi savdogarlari Rossiyaning qaysi shaharidagi savdo yarmarkasida qatnashganlar?

A) Moskva B) Nijniy Novgorod

C) Peterburg D) Vladimir

17. Xiva xonligiga Rossiyadan qanday mahsulotlar keltirilgan?

1.metal

2.to`qimachilik mahsulotlari

3.hunarmandchilik mahsulotlari

4.rangli bo`yoqlar

5.mo`yna terilari

6.qurol-aslaha

A) 1,2,33,4,5,6 B) 1,2,4,5,6

C) 1,4,5,6 D) 1,2,3,4,5

18. Xiva xonligi va Rossiya o`rtasida yaxshi qo`shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to`sqinlik qilgan omillarni aniqlang

1.savdo karvonlarining hujum qilish xavfining mavjudligi

2. har ikkala tarfning Kichik juz qozoqlarini o`z fuqarolari deb hisoblashlari

3. har ikkala tarfning qoraqalpoqlarni o`z fuqarolari deb hisoblashlari

4.har ikkala tomonning o`zaro savdodan olinadigan boj hamji masalasida uzoq vaqt bir to`xtamga kela olmaganliklari

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 2,3,4



19. Qachon O`rta Juz xonligida Xiva xonligi hokimiyati tugatilib Rossiyaga bo`ysundirildi?

A) 1822-yil B) 1824-yil C) 1826-yil D) 1828-yil



20. Qachon Kichik Juz xonligida Xiva xonligi hokimiyati tugatilib Rossiyaga bo`ysundirildi?

A) 1822-yil B) 1824-yil C) 1826-yil D) 1828-yil



21. Rossiya hukumati V. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasini qachon tashkil etdi?

A) 1830-yil B) 1835-yil C) 1839-yil D) 1841-yil



22. Qachon Xiva xonligi va Rossiya o`rtasida “Majburiyatlar akti” imzolandi?

A) 1842-yil 27-dekabr B) 1842-yil 10-dekabr C) 1842-yil 10-may D) 1843-yil 25-mart



23. “Majburiyatlar akti” ga ko`ra…….

1.Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik , mustahkam do`stlik munosabatda bo`lishi e`lon qilindi

2.Xiva xoniga Xivaning Rossiya nisbatan dushmanlik harakatlari sodir etmaslik majburiyati yuklandi

3.Xiva xoniga savdo karvonalrining talanishiga yo`l qo`ymaslik majburiyati yuklandi

4.Xiva xoniga Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta`minlsh majburiyati yukandi

A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4



24. Boj to`lovlari Rossiya tovarlai qiymatining necha foizi miqdoridan oshmasligi belgilab qo`yildi?

A) 3 % B) 4% C) 5% D) 7%



25.“Majburiyatlar akti” ni imzolagan rus elchisini aniqlang.

A) N.Muravyov

B) G.Danileviskiy

C) I. Xoxlov

D) M. Jukovskiy

26. Qachon Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda harbiy istehkomlar qurgan?

A) 1845-yilda B) 1839-yilda

C) 1847-yilda D) 1849-yilda

27. Quyida bitta matn berilgan. Shu ma’lumotlardan qay birida xatolik mavjud?

1. Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda harbiy istehkomlar qurdi. Bu istehkomlar Rossiya siyosatida

O‘rta Osiyoni harbiy yo‘l bilan ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining tasdig‘i edi.

2. Bu hol o‘zbek davlatlarini tashvishga solib qo‘ydi.


O‘zbek davlatlarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o‘zini oqlamadi.

3. Bunga Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlarida o‘zgarish yuz berganligi sabab bo‘ldi. Eronga qarshi urushda mag'lubiyatga uchragan Buyuk


Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qildi.

4. Bu kelishuvga binoan Rossiya O‘rta Osiyo bilan cheklanadigan bo‘ldi. Ayni paytda, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechdi.

5. Buyuk Britaniya esa Rossiyaning o‘zbek davlatlariga nisbatan tutadigan siyosatiga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.

6. Afg‘oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning


Osiyodagi mustamlakalari o‘rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e’tirof etildi.

A) 2,3 B) 1,3,5 C) 3 D) 2,4,6



28. Rossiya O‘rta juz va Kichik juz xonliklarini bo‘ysundirgach, endi Rossiya chegarasi bevosita Xiva xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva xonligi qaysi hududning ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud bo‘lib qolishi uchun harakat qildi?

A) Afg’oniston B) Turkman yerlari

C) Qozoq cho‘llari D) Eron hududi

29.Nima sababdanV.Perovskiy ekspeditsiyasi orqaga qaytishga majbur bo‘ldi?

1. Ustyurtning qattiq sovug‘i 2. Oziqovqat va yem-xashakning yetishmasligi 3. Qaroqchilar hujumi

A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3

30. Qachon Xiva xonligi Marvni uzil-kesil
o‘ziga qo‘shib oldi?

A) 1845-yilda B) 1847-yilda

C) 1843-yilda D) 1849-yilda
28-§. Xiva xonligida madaniy hayot

1. Munis Xorazmiyning otasi qachon vafot etgan

A) 1800-yilda B) 1804-yilda

C) 1805-yilda D) 1806-yilda

2. Munis Xorazmiy qachon birinchi she’rlarini o‘z ichigaolgan devon - „Devoni Munis“ni yaratgan?

A) 1800-yilda B) 1804-yilda

C) 1805-yilda D) 1806-yilda

3. Munisning „Oshiqlar do‘sti“devoni qancha misradan iborat?

A) 10 mingdan ortiq B) 15 mingdan ortiq

C) 18 mingdan ortiq D) 20 mingdan ortiq

4. Bu davr adabiyotining yana bir mashhur namoyandasi Ogahiy qachon tug’ilgan?

A) 1809-yilda Qiyot qishlog’ida

B) 1806-yilda Qiyot qishlog’ida

C) 1829-yilda Kenagas qishlog’ida

D) 1809-yilda G’oybu qishlog’ida

5. Ogahiy qaysi tillarini puxta egalladi?

A) Arab va turk B) Tojik va fors

C) Turk va fors D) Arab va fors

6. Munis qachon vafot etgan?

A) 1819-yilda B) 1826-yilda

C) 1829-yilda D) 1879-yilda

7. Munis qachon vafot etgach qaysi xon Ogahiyni amakisining o‘rniga mirob mansabiga tayinladi

A) Muhammad Rahimxon I B) Olloqulixon

C) Muhammad Aminxon D) Elbarsxon

8. Ogahiyning shoir sifatida yaratgan asarlar to‘plami „Oshiqlar tumori“ deb ataladi va u qancha misradan iborat?

A) 15 ming B) 17 ming

C) 19 ming D) 20 ming

9. Ogahiy tarjimon sifatida qaysi asarlarni tarjima qilgan?

1. Sa’diy Sheroziying ,,Guliston“

2. Abdurahmon Jomiyning „Yusuf va Zulayho“

3. Nizomiy Ganjaviy „Xamsa“sining ba’zi dostonlarini

4. Farididdin Attorninfg “Mantiq ut-tayr”

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4



10. Xorazm tarixnavislik maktabiga asos solgan shaxs kim?

A) Elbarsxon B) Ogahiy

C) Abulg'oziy Bahodirxon D) Muhammad Rahimxon II

11.„Shajarayi turk va mo‘g‘ul“ asari bilan tarixda nom qoldirgan shaxs kim?

A) Elbarsxon B) Ogahiy

C) Abulg'oziy Bahodirxon D) Muhammad Rahimxon II

12. „Shajarayi turk va mo‘g‘ul“ asarining „Taqi Shaybonxon avlodidin Xorazm mamlakatinda podshohlik qilg‘onlamingzikri“ deb nomlangan I bobi Xorazmning qaysi yillardagi tarixiga bag‘ishlangan?

A) 1510-1660-yillar B) 1517-1663-yillar

C) 1512-1663-yillar D) 1512-1664-yillar

13. Xiva xoni Abulg`oziyxon o`z asarlarini qaysi tilda yaratgan?

A) arab B) fors C) o’zbek D) hind



14. Abulg`oziyning topshirig`iga binoan yozilgan va muallifi noma`lum bo`lgan asarni aniqlang?

A) «Firdavs ul-iqbol»

B) «Dasturul amal»

C) «Shohidi iqbol»

D) «Husn-u dil»

15. Quyidagi qaysi asarda Amir Temurdan to Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan?

A) «Dasturul amal»

B) «Firdavs ul-iqbol»

C)«Shohidi iqbol»

D) «Husn-u dil»

16. Xorazm tarixi bo‘yicha eng qimmatli asarlardan biri „Firdavs ul-iqbol“ („Jannat bog‘i“) asari kimning qalamiga mansub?

A) Ogahiy B) Munis

C) Hasanbek Rumlu D) Xudoyberdi Avaz Muhammad

17. Xorazm tarixi bo‘yicha eng qimmatli asarlardan biri „Firdavs ul-iqbol“ („Jannat bog‘i“) asari Xorazmning qadimgi davridan qaysi yilgacha bo‘lgan tarixi bayon etilgan?

A) 1810-yilgacha B) 1820-yilgacha

C) 1825-yilgacha D) 1840-yilgacha

18. Munis „Jannat bog‘i“ asarini yozib tugata olmadi. Asarning qolgan qismi kim tomonidan yozilgan?

A) Ogahiy B) Komil Xorazmiy

C) Hasanbek Rumlu D) Xudoyberdi Avaz Muhammad

19. Ogahiyning tarixga oid asarlarini aniqlang.

1. „Davlatning jannat bog‘i“

2. „Tarixlar sarasi“

3. „Sulton voqealarining majmuasi“

4. „Davlatlar gulshani“

5. “Jannat bogi”

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5

20. Ogahiy „Davlatning jannat bog‘i“ („Riyoz ud-davla“)asari qaysiyilgacha bo‘lgan Xorazmning tarixini bayon etadi?

A) 1846-1855-yilgacha

B) 1825-yildan 1842-yilgacha

C) 1843 -1846-yillargacha

D) 1822-yildan 1837-yilgacha

21.Ogahiy „Tarixlar sarasi“ („Zubdat uttavorix“)asari qaysi yilgacha bo‘lgan Xorazmning tarixini bayon etadi?

A) 1846-1855-yilgacha

B) 1825-yildan 1842-yilgacha

C) 1843 -1846-yillargacha

D) 1822-yildan 1837-yilgacha

22.Ogahiy „Sulton voqealarining majmuasi“
(„Jomi ul-voqeati sultoniy“)asari qaysi yilgacha bo‘lgan Xorazmning tarixini bayon etadi?

A) 1846-1855-yilgacha

B) 1825-yildan 1842-yilgacha

C) 1843 -1846-yillargacha

D) 1822-yildan 1837-yilgacha

23. Qachon Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi?

A) XV asrda B) XVI asrda

C) XVII asrda D) XVIII asrda

24. Quyidagi qaysi davlatda XVII-XVIII asrlarda Muhamad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi usta xatottlar yashab, mehant qilganlar?

A) Samarqand xonligi B) Buxoro xonligi

C) Qo`qon xonligi D) Xiva xonligi

25. Lavvoh bu……….

A) sahifalovchi

B) muqovalovchi

C) oltin suvini yurituchi

D) sarlavha yozuvchi

26. Muzahhib bu………….

A) sahifalovchi

B) muqovalovchi

C) oltin suvini yurituchi

D) sarlavha yozuvchi

27. Sahhof bu…………..

A) sahifalovchi

B) muqovalovchi

C) oltin suvini yurituchi

D) sarlavha yozuvchi

28. Xiva xonligida XIX asrda qancha boshlang‘ich maktab faoliyat ko’rsatgan?

A) mingga yaqin B) 1,5 mingga yaqin

C) 1,5 mingdan ziyod D) 2 mingga yaqin

29. Xiva xonligida XIX asrda madrasalar soni nechtani tashkil etgan?

A) 103 tani B) 106 tani C) 110 tani D) 105 tani



30. Xiva shahrida qancha madrasa joylashgan?

A) 17 ta B) 19 ta C) 22 ta D) 25 ta



31. Munisning ta’lim sohasi rivojiga „Savodi ta’lim“asari bilan hissa qo‘shdi.Bu asar qachon yozilgan?

A) 1800-yilda B) 1802-yilda

C) 1804-yilda D) 1806-yilda

32. Madrasa ta’limning oliy bosqichi bo‘lib, unda diniy ilm bilan birgalikda yana qaysi fanlar o'qitilgan?

1. arab tili grammatikasi 2. Mantiq 3. nutq madaniyati 4. Geometriya 5. Matematika 6. Geografiya 7. Ttarix

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5,6,7

C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4,5,6



33.Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.

1. Xiva xonligida boshqa ikki o‘zbek davlati -


Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligiga qaraganda
iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishga intilish kuchliroq edi. Buning sababi Xiva xonlarining maqsadi bilanizohlanadi.

2. Xonlarning maqsadi Xorazmning avvalgi salobatini


tiklash va O‘rta Osiyoning markazi bo‘lish edi. Ko‘hna Xorazm - bu o‘zbek davlatchiligining tamal toshi qo‘yilgan diyor. Bn diyorda ma’muniy xorazmshohlar davrida birinchi ilm-fan markazi – Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilgan. Shuningdek, Xorazm dunyoning eng yirik va qudratli saltanatlaridan biri - Anushtegin Xorazmshohlar saltanati vujudga kelgan yurt

3. Bu davr Xiva xonligi adabiyotida Amir Avazbiy o‘g‘li


Shermuhammad (taxallusi Munis Xorazmiy) va
uning jiyani Erniyozbek o‘g‘li Muhammad Rizo (taxallusi Ogahiy)lar alohida ajralib turadilar.

4. Munis Xorazmiy yoshlik chog‘laridan adabiyot va tarix faniga mehr qo‘ydi.

5. Ogahiy mirob oilasida tug‘ildi. Xiva madrasalarida ilm oldi. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgandi

6. Munisningg‘azallari ,,Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5,6

34. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?

1. Xiva xonligida ham ta’lim ikki bosqichli


edi. Quyi bosqich - boshlang‘ich maktab
bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘qish-yozishni o‘rganganlar.

2. „Savodi ta’lim“ asari she’riy qo‘llanma bo’lib savod


chiqarishni yengillashtirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga morijallangan edi.

3. Madrasani bitirganlar qozi, uning yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mudarrislik ham qilishgan.

4. Ta’limning barcha xarajatlari, mudarris va talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


29-§. Xiva xonligi tarixi bo‘yicha manbalar

1. Xiva xonlari arxiv hujjatlari qachon Peterburgga olib kеtilgan?

A) 1872-yil B) 1873-yil C) 1875-yil D) 1877-yil



2. «Eng go`zal tarix» asarining muallifi to`g`ri berilgan javobni aniqlang

A) Hasanbеk Rumlu

B) Abulg`oziy Bahodirxon

C) Xu doybеrdi Avaz Muhammad

D) Yusufbеk Bay oniy

3. «Eng go`zal tarix» asari Xiva xonligining qaysi davriga bag`ishlangan?

A) XVI asrning birinchi yarmi

B) XVII asrning birinchi yarmi

C) XVI asrning ikkinchi yarmi

D) XVII asrning ikkinchi yarmi

4. Hasanbek Rumlu qaysi davrda yashagan?

A) XVI asr B) XVII asr C) XVIII asr D) XIX asr



5. Abulg`oziyning «Shajarayi turk» asarining IX bobi qaysi voqealarga bag`ishlangan?

1.Turkmanlarning Xiva xonligiga bo`ysundirilishi

2.Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga

3.Xiva-Buxoro munosabatlariga

A) 1,3 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3

6. Quyidagi qaysi asarda Xorazmning 300 yillik tarixi yaxlit, tarixiy ketma-ketlikda
bayon etilgan.

A) «Firdavs ul-iqbol»

B) «Zubdat uttavorix”

C) «Shohidi iqbol»

D) «Shohidi iqbol»

7. «Firdavs ul iqbol» asari muallifini aniqlang

A) Hasanbеk Rumlu

B) Munis

C) Ogohiy

D) Yusufbеk Bayoniy

8. «Firdavs ul iqbol» asarida qaysi yillardagi tarix bayon etilgan?

A) 1542-1825-yillar B) 1512-1802-yillar

C) 1572-1872-yillar D) 1572-1825-yillar

9. Quyidagi qaysi asar turkiy xalqlar shajarasi haqida to`liq ma`lumot beradi?

A) «Firdavs ul-iqbol» B) «Shohidi iqbol»

C) «Shajarayi turk» D) «Eng go`zal tarix»

10. «Dili g`aroyib» asarining muallifini aniqlang.

A) Hasanbеk Rumlu

B) Abulg`oziy Bahodirxon

C) Xudoybеrdi Avaz Muhammad

D) Yusufbеk Bayoniy

11. «Dili g`aroyib» asari qachon yozilgan?

A) 1825-1826-yillar B) 1829-1830-yillar

C) 1830-1831-yillar D) 1831-1832-yillar

12.Qachon Xivaga Rossiya elchisi F.Beneveni kelgan?

A) 1725-yil B) 1793-1794-yillar

C) 1819-yil D) 1825-yil

13. Xivaga Rossiya elchisi N. Muravyov kеlgan sanani aniqlang

A) 1725-yil B) 1793-1794-yillar

C) 1819-yil D) 1825-yil

14. N.Muravyovning “Esdaliklar” kimlarni “aql- idrokli, yolgon va aldovdan nafratlanuvchi, suhabti yoqimli” deb ta`riflagan edi?

A) o`zbeklarni B) qoraqalpoqlarni

C) turkmanlarni D) qozoqlarni

15. «Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari, savdo-sotig`i va sanoati» asarining muallifi kim?

A) G.Danilevskiy B) N.Vasilevskiy

C) R.Baziner D) A va C javoblar to`g`ri

16. 1842 -yilda Xiva va Rossiya o`rtasida «Majburiyatlar akti»ni imzolanishiga erishgan elchi G.Danilevskiy bilan Xivaga kelgan tabiatshunos olimni aniqlang?

A) N.Muravyov

B) N.Vasilevskiy

C) R.Baziner

D) N.Ignatev

17. 1858 -yilda Xiva va Buxoroga yuborilgan Rossiya diplomatik missiyasi rahbari kim edi?

A) N.Ignatev

B) N.Vasilevskiy

C) R.Baziner

D) N.Muravyov

18 . Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiyning asarlari to`g`ri bеrilgan javobni aniqlang

1.«O`rta Osiyo bo`ylab sayohat»»

2.«Inoqlar hukmronligi»

3. «O`zbеklar Xorazmda»

4. «Qo`ng`irotlar sulolasi»

A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4



19. «Rossiyaning kеyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi» asarining muallifini aniqlang

A) X .Vambеri B) S.Jukovskiy

C) N.Vasilevskiy D) N.Ignatyev

20. «O`rta Osiyo bo`ylab sayohat» asarining muallifi kim?

A) X.Vambеri B) S.Jukovskiy

C) N.Vasilevskiy D) N.Ignatyev

21. «Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi» asarining muallifini aniqlang

A) S.P.Tolstov B) I.Mo`minov

C)Ya.G`ulomov D) S.To`raqulov

22. «Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi» asari qachon yozilgan?

A) 1975-yil B) 1977-yil C) 1976-yil D) 1980-yil



23. Xiva xonlari arxivi qachon Rossiyadan Tоshkеnt shahriga olib kеlingan?

A) 1961-yil B) 1962-yil C) 1976-yil D) 1990-yil



24. Qachon «Xiva-ming gumbaz shahri» kitobi nashrdan chiqdi?

A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil



25. Xorazmning sug‘orilish tarixi“ (Qadimgi zamonlardan hozirgacha) asari muallifini aniqlang?

A) D.Alimova B) akademik M. Yo’ldoshev

C) akademik Y. G‘ulomov D) I Mo’minov
26. „Xiva xonligida feodal yer egaligi va
davlat tuzilishi“ asari muallifini aniqlang.

A) D.Alimova B) akademik M. Yo’ldoshev

C) akademik Y. G‘ulomov D) I Mo’minov
27. Quyidagi ma’lumotlardan qay birida xatolik mavjud?

A) D.Alimova tahriri ostida chop etilgan ,,O‘zbekiston tarixi“ (XVI-XIX asming birinchi yarmi. Rus tilida) kitobida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar bor


B) O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 9- va 12-jildlaridagi Xiva xonligi tarixiga oid maqolalar ham muhim ahamiyatgaega

C) «Qo`ng`irotlar sulolasi» asari Xiva tarixi bo‘yicha ham eng qimmatli manbalardanhisoblanadi. Bu esdalik o‘zbek tilida ham chop etilgan.

D) Yevropa mamlakatlari sayyohlari va olimlari
yozib qoldirgan asarlar ichida ingliz savdo va
diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esdaliklari Xiva xonligining XVI asr tarixihaqida muhim ma’lumot beradi. Bu esdalik „Jenkinsonning Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohati“ deb
nomlangan.

28. Rossiya elchisi I.D.Xoxlov qachon Buxoro va Xiva xonliklarida bo’lgan?

A) 1619-1622-yillarda B) 1621-1622-yillarda

C) 1620-1623-yillardaD) 1620-1622-yillarda

29. Abulg'oziy Bahodirxon yashagan yillarni aniqlang.

A) 1603-1663-yillar B) 1603-1664-yillar

C) 1604-1664-yillar D) 1600-1664-yillar

30. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?

A) Xiva xonligidan olib ketilgan hujjatlar Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat arxiviga olib kelindi. Xiva xonligi hujjatlarining ma’lum qismi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti


xazinasida ham mavjud.

B) “Shajarayi Turk” asari turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan


davlatni birlashtirish yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham tanishtiradi.

C) Xorazmning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha, shu jumladan, XVI—XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan „Xiva – ming gumbaz shahri“ kitobi ham tarixiy dalillarga juda boy asardir

D) N.I. Muravyov ham yozib qoldirgan „Esdaliklar" fransuz va ingiliz tillariga tarjima qilingan edi.

31. Ivan Xoxlov elchiligi natijalari Rossiya podshosiga yuborilgan ma’lumotlarda yozib qoldirilgan. Bular qanday ma’lumotlar edi?

1. Xiva va Buxoro munosabatlarining sovuq ekanli

2. Xiva va Eronmunosabatlari ham yaxshi emasligi

3. bojxona to‘lovlari savdonirivojlantirishga to‘siq bo'layotganligi

4. boj bir davlatdanikkinchisiga o‘tgandagina emas, balki bir mamlakatning o‘zida bir viloyatdan ikkinchisiga o’tganda ham olinishini qayd etgan.

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4



32. Qaysi elchi Buxoro xoniga Xivaga qarshi ittifoq tuzishni taklif etishi lozim edi?

A) N.I.Muravyov B) Florio Beneveni

C) N.Ignatev D) G. Danilevskiy

33. Florio Beneveniga Rossiya imperatori Pyotr I juda muhim vazifalarni yuklagan.Beneveni o‘z esdaligida, jumladan, quyidagilarni qayd etgan: “Agar Xiva xoni …. yo'qotilsa, bu yerda tinchlik о‘rnatiladi va hamma yo‘llar ochiq bo‘ladi. Rossiya …. ga qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi foydali bo‘ladi“. Gap kim haqida ketmoqda?

A) Elbarsxon B) Anushaxon

C) Sherg‘oziyxon D) Abulg’oziy Bahodirxon
30-§. XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar

1. Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida
xalq sifatida shakllanish jarayoni qachon boshlangan edi?

A) VII asrdaB) VIII asrda

C) V asrda D) II asrda

2. Qoraqalpoqlar Amudaryo quyi etagida
xalq sifatida kimlarning negizida shakllanishi boshlangan?

A) Qipchoq B) O’g’uz

C) Bijanak D) Mang’it

3. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida negizida shakllanishi qachon nihoyasiga yetgan?

A) IX-XI asrlarda B) X-XI asrlarda

C) XI-XII asrlarda D) VIII-IX asrlarda

4. X-XI asrlarda qaraqalpoqlarning davlati ham tashkil etilgan. O‘z hukmdori va davlat boshqaruvi tizimiga ega bo‘lgan qaysi shahar poytaxt etib belgilangan.

A) Kadesh B) Shumanay

C) Kerder D) Mo’ynaq

5. Turli ko'chmanchi qabilalarning siquviga bardosh bera olmaganqoraqalpoqlarning bir qismi qaysi hududlarga kо'chib o'rnashganligiga tarix guvoh?

A) Volga daryosi ortlariga, janubiy rus dashtlariga

B) Quyi Volga va Dashti Qipchoqqa

C) Don va Balxash bo’ylariga

D) Janubiy rus dashtlari va Kavkazorti

6. Qoraqalpoq davlati Chingizxon hujumi natijasida qachon barham topdi?

A) XII asrning 20-yillarida B) XIII asrning 20-yillarida

C) XIII asrning 30-yillarida D) XII asrning 30-yillarida

7. Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egallagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to‘g‘onini buzdirib tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o‘zani ham o‘zgardi. Oqibatda,suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi qaysi hududlarga ko‘chib ketishgamajbur bo'ldilar?

1. Volga va O‘rol (Yoyiq) daryolari bo‘ylariga

2. Sirdaryo vohalariga 3. Janubiy rus dashtlari

4. Orol bo’ylariga

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4

8. No`g`ay (Mang`it) xonligi qachon tashkil topgan?

A) XIV asr boshlarida B) XIV asr oxirlarida

C) XIV asr o`rtalarida D) XV asr boshlarida

9. Quyiagi qaysi davlatlaning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo`ylaridan Kama daryosigacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga olgan?

A) No`g`ay xonligi B) Oltin O`rda xonligi

C) Mang`it xonligi D) A va C

10. XV-XVI asrlarda no`g`ay va qoraqalpoq xalqlari …

A) ittifoqqa birlashgan

B) o`zaro siyosiy hamkorlikda, birlashma bo`lib yashaganlar

C) o`zaro urushlar davom etayotgan edi

D) birlashmada bo`lib Xiva xonligiga qarshi kurashayotgan edi

11.No‘g‘ay xonligi parchalangach, qachon qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga kо‘chib keldilar va qozoqlamingKichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar?

A) 1555-yilda B) 1556-yilda

C) 1558-yilda D) 1566-yilda

12. Qoraqalpoqlar Kichik Juz xonligi tarkibiga kirsalarda ular poytaxti qaysi shahar bo'lgan o‘z davlatlariga ega edi?

A) Jankent B) Sig’noq

C) Kerder D) Kegeyli

13. Qaysi yili Buxoro xoni Abdullaxon II ning bir yorlig’ida “qoraqalpoqlar” degan so’z qayd etilgan?

A) 1595-yil B) 1597-yil

C) 1598-yil D) 1599-yil

14. Qachon jung‘orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o‘rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majburbo‘lishdi?

A) 1720-yilda B) 1721-yilda

C) 1727-yilda D) 1723-yilda

15. Kimlarning hujumiddan keying ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi.

A) Qalmoq B) Jung’or

C) Qipchoq D) Qozoqlar

16. Qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqa o‘rnatishga harakatqilishiga sabab nima edi?

1.Jung‘orlar hujumidan omon qolish juda muhim edi.


2. Qozoqlarning tajovuzidan omon qolish

3. Rossiya bilan savdoni yo‘lga qo‘yish

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3

17. Qachon qozoq Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga o`z elchilarini jo`natgan?

A) 1723-yil B) 1726-yil C) 1729-yil D) 1731-yil



18. Qachon Rossiya elchisi M.Tevklevni Abulxayrxon huzuriga jo’natdi?

A) 1723-yil B) 1726-yil C) 1729-yil D) 1731-yil



19. Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligini qabul qilishi …?

A) ularni Eron shohi Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi

B) ularni Xiva xonligi hujumidan saqlab qoldi

C) ularni Buxoro xonligi hujumidan saqlab qoldi

D) ularni Jung`orlar hujumidan saqlab qoldi

20. Qachon Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur bo`ldi?

A) 1729-yil B) 1731-yil C) 1734-yil D) 1735-yil



21. Qachon qoraqalpoqlar Xiva xonligiga to’la bo`ysundirildi?

A) 1809-yilda B) 1811-yilda

C) 1810-yilda D) 1812-yilda

22. Oydo`stbiy qo`zg`oloni qachon ro`y berdi? A) 1826-yilda B) 1828-yilda

C) 1827-yilda D) 1829-yilda



23. Qachon va kim Oydo`stbiy qo`zg`olonini bostirish uchun qo’shin jo`natgan?

A) 1828-yil 25-iyulda Olloqulixon

B) 1827-yil 25-iyulda Olloqulixon

C) 1827-yil 25-iyulda Rahimqulixon

D) 1827-yil 30-iyunda Olloqulixon

24. Xiva xoni Said Muhammadxon qoraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berdi?

A) 1848-yilda B) 1855-yilda

C) 1859-yilda D) 1862-yilda

25. Qoraqalpoqlarda har bir urug‘ yoki qabilaga kimlar boshchilik qilardi.

A) Oqsoqol B) Botirlar

C) Xo’jalar D) Biylar

26. Qoraqalpoqlarda harbiy qismlarni kimlar boshqarardi?

A) Oqsoqol B) Botirlar

C) Xo’jalar D) Biylar

27. Ovul boshlang’ich ma’muriy bo‘g’inbo’lib, ularning butun hayotiga …. rahbarlik qilardi.

A) Yuzboshi B) Oqsoqollar kengashi

C) Biylar kengashi D) Qabila yig’ini

28. Qaysi lavozim ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysvmdirilgach, xon tomonidan tayinlanadiganbo‘ldi?

A) Oqsoqol B) Biylar og’asi

C) Xo’jalar D) Biylar

29. Amudaryoning so`l tomonida qoraqalpoqlarning bosh ma`muriy markazi qaysi shahar edi?

A) Qo’ng`irot B) Chimboy

C) Xo`jayli D) Nukus

30. Amudaryoning o`ng tomonida qoraqalpoqlarning bosh ma`muriy markazi qaysi shahar edi?

A) Qo ng`irot B) Chimboy

C) Xo`jayli D) Nukus

31. XVIII asrning oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida vujudga kelgan dehqonchilik vohalarini aniqlang?

A) Chimboy, Qo`ng`irot

B) Qalliko`l, Kegayli

C) Nukus, Mang`it

D) Xo`jayli, To`rtko`l

32. XIX asrning o`rtalarida Amudaryo quyi tarmoqlarida vujudga kelgan dehqonchilik vohalarini aniqlang?

A) Chimboy, Qo`ng`irot

B) Qalliko`l, Kegayli

C) Nukus, Mang`it

D) Xo`jayli, To`rtko`l

33. Qoraqalpoqlarda mavjud bo`lgan ma`muriy mansablarni aniqlang.

1.yuzboshi 2.mirobboshi 3.qozi 4.rais

A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4

34. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?

A) Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib keldilar. Qoraqalpoqlar


Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanardilar

B) Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida


qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlaridehqonchilikning yetakchi o‘rinda turganligidan guvohlik beradi.

C) Xiva xoni tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari bo'ysungan.

D)Said Muhammadxon qoraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish
huquqini berdi. Bu bilan Xiva xonligi tarkibida bo‘lsa-da, qoraqalpoqdavlatchiligi amalda tiklandi. Butun hokimiyat Xo’jalar qo'lidato‘plandi. Uning maqomi xon maqomiga tenglashtirildi

35. Qoraqalpoqlar qaysi ekinlardan mo‘l hosil olganlar?

1. Bug'doy 2. Paxta 3. Arpa 4. Tariq

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4

36. Quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri?

1.Qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoqto‘lashi tan olindi.

2. No‘g‘ay xonligi parchalangach, Qoraqalpoqlarning bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar" va „quyi qoraqalpoqlar“ga
bo‘linib ketdi

3.Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo'jalarning ham o‘rni katta edi.

A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,3

37. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga qaysi daryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar?

A) Janadaryo B) Quvondaryo

C) Yangidaryo D) Qozoqdaryo
31- §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot

1. Quyidagilardan notog’risini toping.

A) Qoraqalpoqlarning asosiy qismi o'tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi.

B) Arava, qctyiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo‘lgan.

C) Turli urug’ ichida o’zaro nikoh taqiqlangan

D) Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida o‘tkazganlar.

2. Qoraqalpoqlarda ayollar va qiz bolalar bosh kiyimi nima deyilgan?

A) Savkeli B) Jig’a

C) Chodra D) Telpak

3. Qo`ng`irot va Chimboy shaharlari qachon barpo etilgan?

A) XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida

B) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida

C) XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida

D) XIX asr oxiri – XX asr boshlarida

4. Orol va Xiva o`rtasidagi savdo markazi va bojxona qaysi shaharda joylashgan edi?

A) Qo`ng`irot shahri B) Mang`it shahri

C) Xo`jayli shahri D) Chimboy shahri

5. Qoraqalpoqlarning qal’a shaklida qurgan shaharlarini belgilang.

1. Janaqal’a 2.Oydo'stqal’a 3. Ernazarqal’a, 4. Ko‘ko‘zakqal’a 5.Eshonqal’a

A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1,2,3,4,5

6. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarda necha maktab bo`lgan?

A) 308 ta B) 318 ta C) 325 ta D) 332 ta



7. Quyidagi javoblardan qoraqalpoqlar tarixiga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang

1. qoraqalpoq folklori namunalarining 20 jildligi nashr qilingan

2. o`zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi – O`mibek Laqqisi bor

3. qoraqalpoqlarda Qoraqurum eshon, Qalila oxun, Egambegan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshonqal`ada madrasalar mavjud bo`lgan

4. qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta`lim olganlar

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4



8. Qoraqalpoq hunarmandlari necha yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilishgan?

A) 10 – 11 yoshli B) 11 – 12 yoshli

C) 12 – 13 yoshli D) 14 – 15 yoshli

9. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang

1.«Qirqqiz» 2.«Alpomis» 3. «Qo`blan» 4.«Mastposhsho» 5.«Edigey»

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5

C) 1,3,4,5 D) 2,3,4



10. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida Amir Temur va To`xtamish faoliyati bilan bog`liq voqealar bayon etilgan?

A) «Qirqqiz» B) «Qo`blan»

C) «Alpomis» D) «Edigey»

11. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o`z badiiy ifodasini topgan?

A) «Qirqqiz» B) «Qo`blan»

C) «Alpomis» D) «Edigey»

12. Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida

el-yurt yo‘lboshchilari, qahramonlari kimlar ulug’lanadi?

1. Oydo’stbiy 2. Esangeldi mahram

3. Arslon 4.Maman botir 5. Edigey

6. Ernazarbiy

A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4, 6

C) 2, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6

13. Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, ular to‘qigan gilam va kashta buyumlarda yorqin ifodasini topgan. Ularga tushirilgan naqshli bezaklar ………….. ramzini aks ettiruvchi to’lqin ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Nuqtalar o’rnini to’ldiring

A) Baliq B) Daraxt C) Suv D) Olov



14. Qoraqalpoq tasviriy san’atining o’ziga xosligi uning qaysi sohasida namoyon bo’ladi?

A) Qadama naqshli yog’och o’ymakorligi

B) Badiy kashtachilik sohasi

C) Devoriy tasvirlar chizish sohasi

D) Suyakka naqsh bosish sohasi

15. Quyidagilardan nechtasi to’g’ri?

1. Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va marosim qo‘shiqlariga bo‘lingan

2. Doston ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch guruhga bo‘linganlar.

3. Jirovlar qahramonlik dostonlarini gijjak va dutor jo‘rligida ijro etishgan

4. baxshilar qahramonlik dostonlarini qo’biz jo‘rligida ijro etganlar.

5. Qissaxonlar esa doston qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar

A) 5 tasi B) 4 tasi C) 3 tasi D) 2 tasi

16. Qoraqalpoq shoiri Jiyen Jirovning yashagan yillarini aniqlang

A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar

C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar

17.Qoraqalpoq shoiri Kunxo`ja Ibrohimning yashagan yillarini aniqlang

A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar

C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar

18. Qoraqalpoq shoiri Ajinyoz Qosiboy o`g`lining yashagan yillarini aniqlang

A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar

C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar

19. Qoraqalpoq shoiri Berdaqning yashagan yillarini aniqlang

A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar

C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar

20. Qoraqalpoq shoiri Jiyen Jirov she`rlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang

A) «Yuragimda ko`p dog`im», «Hoy yigitlar, yigitlar»

B) «O`roqchilar», «Cho`ponlar», «El bilan»

C) «Yuragimda ko`p dog`im » , «Cho`ponlar»

D) «Hoy yigitlar, yigitlar » , « El bilan»

21. «Darbadar el» dostonining muallifini aniqlang.

A) Jiyen Jirov

B) Kunxo`ja Ibrohim

C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li

D) Berdaq

22. Kunxo`ja Ibrohim o`g`lining qalamiga mansub she`rlar to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

A) «Yuragimda ko`p dog`im», «Hoy yigitlar, yigitlar»

B) «O`roqchilar», «Cho`ponlar», «El bilan»

C) «Yuragimda ko`p dog`im» , «Cho`ponlar»

D) «Hoy yigitlar, yigitlar » , «El bilan»

23. ………………..baxshi sifatida “Alpomis”, “Qirqqiz” kabi dostonlarni zo`r mahorat bilan kuylagan

A) Jiyen Jirov

B) Kunxo`ja Ibrohim

C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li

D) Berdaq

24. «Bo`zatov dostonining muallifini aniqlang?

A) Jiyen Jirov

B) Kunxo`ja Ibrohim

C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li

D) Berdaq

25. Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi qachon nishonlandi?

A) 1997-yilda B) 1999-yilda

C) 1998-yilda D) 2000-yilda

26. Quyidagi qaysi dostonda qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko`chib ketishga majbur etilgani katta mahorat bilan tasvirlangan?

A) «Bo`zatov» B) «Qirqqiz»

C) «Darbadar el» D) «Egidey»

27. Quyidagi javoblardan qoraqalpoq xalq adabiyoti asoschisi to`g`ri berilgan javobni aniqlang

A) Jiyen Jirov

B) Kunxo`ja Ibrohim

C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li

D) Berdaq

28. Quyidagi javoblardan qoraqalpoq shoiri Berdaq haqida aytilgan fikrlardan to`g`rilarini belgilang

1. Uning “Darabdal el” dostonida qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixi bayon etilgan

2. Uning asl ismi Berdimurod Qarg`aboy o`g`li

3. U avval ovul makatbida, so`ngra madrasada ta`lim oldi

4. U Navoiy, Fuzuliy, Mahtumquli, Kunxo`ja asarlani chuqur mutolaa qilgan, ulardan o`rgangan

5.Uning ijodi 17-18-yoshlardan do`mbira chertib, she`r aytishdan boshlangan

A) 1,3,4 B) 1,2,5 C) 2,3,4 D) 2,3,5

29. Berdaqning qaysi she`rlarida mehnatkash xalqning og`ir hayoti o`z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan?

1.«Bo`lgan emas» 2. «Ahmoq bo`lma»

3.«Soliq» 4.«O`g`limga» 5. «Umrim»

A) 1,3,5 B) 2,4 C) 3,4 D) 2,3,4,5



30. Berdaq qaysi she`rlarida yoshlarni vatanni sevishga, ma`rifat cho`qqisini egallashga chaqirgan adi?

1.«Bo`lgan emas» 2. «Ahmoq bo`lma»

3.«Soliq» 4.«O`g`limga» 5. «Umrim»

A) 1,3,5 B) 2,4 C) 3,4 D) 2,3,4,5



31. Ajiniyozdan qanchadan ortiq she`r va dostonlar meros qolgan?

A) 50 dan ortiq B) 70 dan ortiq

C) 100 dan ortiq D) 150 dan ortiq

32. Qoraqalpoq shiori Berdaq nomini ulug`lash maqsadida mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirildi?

1. Berdaq tavalludning 170 yilligi keng nishonlandi

2. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi

3. Toshkent, Nukus shahrida Berdaqqa haykal o`rnatildi

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3

33. Berdaqning tarixiy asarlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

1. «Avlodlar» 2. «Edigey»

3. «Oydo`stbiy» 4. «Ernazarbiy»

5. «Omongeldi»

A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5

34. Berdaqning quyidagi qaysi asari tarixiy voqealar solnomasi bo`lib, unda xalqlarning kelib chiqishi, qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy xalqlar bilan aloqasi, ularning hayotidagi umumiylik jihatlar bayon etilgan?

A) «Avlodlar» B) «Edigey»

C) «Oydo`stbiy» D) «Ernazarbiy»

35. Berdaq tavalludining 170 yillik yubileyi qachon mamlakatimizda keng nishonlandi?

A) 1997-yilda B) 1999-yilda

C) 1998-yilda D) 2000-yilda


Download 311,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish