Mavzulashtirilgan testlar to’plami 8-sinf O’zbekiston tarixi bo’yicha


Buxoro amirligida Amir Nasrulloning hukmronlik yillarini aniqlang?



Download 311,18 Kb.
bet5/9
Sana14.01.2020
Hajmi311,18 Kb.
#34004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8sinf o'zb test 2019 X.P.A


11.Buxoro amirligida Amir Nasrulloning hukmronlik yillarini aniqlang?

A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar

C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar
12.Buxoro amirligida quyidagi qaysi hukmdor amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtrish yo`lida qa`tiyat bilan kurash olib bordi?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
13.Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini to`la birlashatrish uchun necha yil kurash olib bordi?

A) 20 B) 25 C) 30 D) 40


14.Qachon Amir Nasrullo Kitob va Shahrisabzni o`ziga bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi?

A) 1850-yil B) 1854-yil

C) 1855-yil D) 1856-yil
15.Qachon Buxoro amirligi Qo’qon xonligini o’ziga bo’ysundirdi?

A) 1856-yil B) 1843-yil

C) 1842-yil D) 1845-yil
16.Qachon amir Nasrullo Xo’jand va O’ratepani qo’lga kiritish uchun kurash boshladi?

A) 1856-yil B) 1843-yil

C) 1842-yil D) 1845-yil
17.1843-yilda Xiva qo’shinlari Buxoro qo’shinini qayerda mag’lubiyatga uchratdi?

A) G’ijduvonda B) Hozoraspda

C) Xivada D) Qorako’lda
18.Qachon Xiva xonligi Marv viloyatini egalladi?

A) 1856-yil B) 1843-yil

C) 1842-yil D) 1845-yil
19.1843-yilda ……………..(a) hududlari uchun Qo’qon xonligi bilan ………… (b) hududi uchun Xiva xonligi bilan kurash boshlaydi.

A)a-Xo’jand va O’ratepa, b-Marv

B)a-Xuroson,b-Xo’jand va O’ratepa

C)a-Xo’jand va O’ratepa, b-Xazorasp

D)a-Xo’jand va O’ratepa, b-Miyonqol va Shahrisabz
16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi

1. Buxoro amirligida amirdan keyingi ikkinchi shaxs qaysi lavozim egasi edi?

A) Qo'shbegi B) Devonbegi

C) Otaliq D) Mehtar

2. Amirlikda ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan qaysi lavozim oldingi mavqeyini yo‘qotdi?

A) Qo'shbegi B) Devonbegi

C) Otaliq D) Mehtar

3. Mangi`t amirlari davrida Buxoro amiri saroyida xizmat qiluvchi nechta amaldorlik lavozimi joriy etildi va shulardan nechtasi yuqori davlat lavozimlari sanalgan?

A) 100 ga yaqin, 30 ga yaqini

B) 300 ga yaqin, 30 ga yaqini

C) 200 ga yaqin, 30 ga yaqini

D) 400 ga yaqin, 40 ga yaqini

4. Buxoro amirligi ma`muriy jihatdan nimalarga bo`lingan?

A) viloytalarga B) tumalarga

C) viloyat va tumanlarga D) viloyat va bekliklarga

5. Buxoro amirligi nechta viloyat (beklikka) bo`lingan?

A) 27 ta B) 30 ta C) 35 ta D) 40 ta



6. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - amir cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Amir, ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat)hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan.

2. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etishto‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi.

3. Qo’shbegi amir Arkida yashagan

4. Viloyatlarni beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4



7. Buxoro amirligida bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer … tashkil etgan.

A) Hazorani B) Nim hazorani

C) Bir tumanni D) Qoriyani

8. Buxoro amirligida Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer qanay atalgan?

A) Hazora B) Nim hazora

C) Bir tuman D) Qoriya

9. Buxoro amirligida yigirma besh ming tanob yer qanday atalgan?

A) Hazora B) Nim (yarim) hazora

C) Bir tuman D) Qoriya

10. Buxoro amirligida 10-15 ming tanob sug’oriladigan yer qanday atalgan?

A) Marza B) Qoriya

C) Qishloq obikori D) Hazora

11. Buxoro amirligida 400 tanob yerga ega qishloq qanday atalgan?

A) Marza B) Qoriya

C) Qishloq obikori D) Hazora

12.Buxoro amirligida 300 tanob va undan kam yeri
bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, qanday atalardi?

A) Marza B) Qoriya

C) Qishloq obikori D) Hazora

13. Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ularning har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va … deb
atalgan?

A) Mulk B) Amlok

C) Mulki xos D) Adra

14. Amlok yelariniamlokdor boshqargan va u boshqaruv ishida kimlarga tayangan?

1. Qishloq oqsoqollari 2. Amin 3. Miroblar

4. Mirshablar

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4



15. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig`ilishi uchun ma`sul bo`lgan?

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



16. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi suv inshootlarining o`z vaqtida ta`mirlashini ta`minlagan?

A) amin B) mehtar C) Qishloqmirobi D) muhtasib



17. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi qishloqlar uchun ajratadigan suvning ariqlar bo`yicha to`g`ri taqsimlanishini ta`minlagan?

A) amin B) mehtar C) Qishloq mirobi D) muhtasib



18. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlarni yig`ish, aholi ustidan nazorat olib borish bo`lgan?

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



19. Quyidagi qaysi so`z «mulk egasi» degan ma`noni aniqlang

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



20. Quyidagi qaysi so`z «ishonchli, halol odam» degan ma`noni aniqlang

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



21. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi arqilardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo`lgan?

A) amin B) mehtar C) mirob D) muhtasib



22. Buxoro amirligining davlat muassalari nimalardan iborat edi?

1. ma`muriy 2. moliya 3. qozilik

4. mirshablik 5. harbiy 6. tashqi ishlar

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5,6

C) 1,2,3,6 D) 1,2,4,5,6

23. Amirlikda oliy ijroiya hokimiyat, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) uning qo'lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ushbu ta’rif qaysi lavozim haqida ekanligini aniqlang.

A) Parvonachi B) Devonbegi

C) Qo’shbegi D) Otaliq

24. Amirlikda qaysi lavozim egasi quyi qo'shbegi deb ham atalgan?

A) Parvonachi B) Devonbegi

C) Qo’shbegi D) Otaliq

25. Amirlikda zakot masalasi bilan shug‘ullangan (a), Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul (b) lavozimlarni aniqlang.

A) a-devonbegi, b-mirob B) a-mehtar, b-sadr

C) a-qo’shbegi, b-otaliq D) a-devonbegi, b-otaliq

26. Qaysi lavozimda ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdorning yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi?

A) Parvonachi B) Devonbegi

C) Qo’shbegi D) Otaliq

27. Qaysi lavozimga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan?

A) to'qsoba B) Mehtar

C) Bosh inoq D) Kichik inoq

28. Quyidagi Buxoro amirligi bilan bog’liq ma’lumotlardan noto’g’risini aniqlang.

1. Moliya vaziri-devonbegi

2. Amirlikda barcha viloyatlar Devonbegiga bo‘ysungan

3.Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘rniga qarab, muhim vazifalar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga dalildir

4. Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan.

A) 1,2 B) 4 C) 3,4 D) 1,4



29. Amirlikda chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan, shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan lavozimni aniqlang.

A) to'qsoba B) Mehtar

C) Bosh inoq D) Kichik inoq

30. Amirlikda davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan lavozimni aniqlang.

A) to'qsoba B) Mehtar

C) Bosh inoq D) Kichik inoq

31. Buxoro amirligida amir otxonasining boshlig`i kim bolgan?

A) inoq B) miroxur C) mirshab D) mushrif



32. Buxoro amirligida qaysi mansabdor shaxs amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul bolgan?

A) dasturxonchi B) sadr

C) mirshab D) parvonachi

33. Buxoro amirligida quyidagi qaysi mansab egasi vaqf mulklarining boshqaruvchisi hisoblangan?

A) dasturxonchi B) sadr

C) mirshab D) parvonachi

34. Buxoro amirligida amir kutubxonasining boshliqi berilgan javobni aniqlang

A) kitobdor B) daftardor C) to`qsabo D) sadr



35. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi qozikalon murakkab dеb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib fatvo chiqargan?

A) muftiy B) muhtasib C) shayxulislom D) sadr



36. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishidavlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo’lgan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

37. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishisoliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘larning belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor bo’lgan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

38. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishidavlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor hisoblangan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

39. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishichet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi hisoblangan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

40. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishishahar va yo‘llar posboni hisoblangan?

A) Mushrif B) Dodxoh

C) Qorovulbegi D) Muhtasib

41. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishiamirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor hisobangan?

A) Mushrif B) Dodxoh

C) Qorovulbegi D) Muhtasib

42. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishijabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor hisoblangan?

A) Mushrif B) Dodxoh

C) Qorovulbegi D) Muhtasib

43. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishibarcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan?

A) Muftiy B) Qozikalon,

C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom

44. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishisudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan?

A) Muftiy B) Qozikalon

C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom

45. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishimuhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari
ustidan bevosita nazorat olib borgan?

A) Muftiy B) Qozikalon

C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom

46. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan moslashtiring.

1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan.

3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.

4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan

5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi.

A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon

B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon

C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon

D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy



47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1 gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan?

A) 1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob

B) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob

C) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob

D) 1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob
17-§. Buxoro amirligida harbiy ish

1. Qora cherik bu ….?

A) Muntazam qo’shin

B) Nomuntazam qo’shin

C) Otliq askar

D) Piyoda qo’shin

2. Buxoro amirlari qachondan boshlab muntazam
qo‘shin tuzishga kirishdilar?

A) XIX asr boshlaridan B) XIX asr o’rtalaridan

C) XIX asr oxiridan D) XIX asr ikkinchi yarmidan

3. Muntazam qo‘shin tuzish ishini qaysi hukmdor boshlab bergan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Nasrullo

C) Amir Haydar D) Amir Muzaffar

4. Buxoro amirligida muntazam qo‘shin qanday atalgan?

A) Askariya B) Qora cherik

D) Navkariya D) Qilquyruq

5. Muntazam qo shin tuzish bilan bog’liq muammolar qaysi hukmdor davrida to’la yechimini topdi?

A) Amir Shohmurod B) Amir Nasrullo

C) Amir Haydar D) Amir Muzaffar

6. Buxoro amiri Nasrullo tomonidan harbiy islohot o`tkazligan sanani aniqlang

A) 1856-yil B) 1830-yil C) 1837-yil D) 1840-yil



7. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko‘ra vujudga kelgan muntazam qo‘shin turlarini aniqlang.

1. Sarboz 2. Navkar 3. To'pchi

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3

8. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko‘rasarbozlar qismi … kishidan (1), to‘pchi qismi esa … kishidan (2) iborat qilib tuzildi.

A) 1-650, 2-250 B) 1-800, 2-300

C) 1-600, 2-250 D) 1-800, 2-250

9. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.

1. XVIII asrning ikkinchi yarmida ham amirlikda qo‘shin hamon nomuntazam bo‘lib, u ichki va tashqi xavfni bartaraf etishga qodir emas edi.

2. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko’ra Muntazam piyoda askarlar sarboz, otliq askarlar esa navkar deb ataldi.

3. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko’ra Sarbozlar yuztalik, elliktalik, yigirma beshtalik va о ‘ntalik bo’linmalarga ajratildi

4. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko’ra Muntazam qo‘shin uchun maxsus kiyim-bosh joriy etildi. Kiyimbosh har 3 yilda almashtirilib turildi. Muntazam qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash jarayoni bir yildan ortiq davom etdi.

5. Muntazam qo‘shinning xizmat muddati cheklangan edi. Xizmat muddati 25 yil edi. Sarbozxonada yashayotgan askarlar u yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan ham shug‘ullanganlar.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5

10. Amir Nasrullo muntazam qo‘shinni bir joyda saqlash maqsadida Buxoro shahri chetida necha uydan iborat ,,Sarbozxona“ deb atalgan manzilgoh qurdirdi?

A) 600 B) 700 C) 800 D) 900



11. Amir davlat boshlig‘i sifatida amirlik qo‘shinining oliy bosh qo'mondoni edi. Undan keyingi o‘rinda vaziri harb (harbiy vazir) turgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalgan va yana qanday nom bilan atalgan?

A) To’pchiboshi B) To’pchilashkar

C) Amirlashkar D) Mingboshi

12. Buxoro amirligi qo‘shinida mavjud bo’lgan harbiy unvonlarni aniqlang.

1. Pansodboshi 2. Yuzboshi 3. Ellikboshi 4. O‘nboshi 5. Mingboshi

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5

13. Buxoro amirligi qo‘shinida Pansodboshi lavozimi egasi … ?

A) Beshyuzboshi B) Garnizon boshlig’i

C) Qurol-yarog’ boshlig’i

D) Mingta askar boshlig’i



14. Buxoro amirligi qo‘shinida ellikboshi lavoozimi yana qanday atalgan?

A) Pansodboshi B) Dahboshi

C) Panjaboshi D) To’qsoba

15. Buxoro amirligi qo‘shinida о‘nboshi lavoozimi yana qanday atalgan?

A) Pansodboshi B) Dahboshi

C) Panjaboshi D) To’qsoba

16. Qal’a va qo‘rg‘onlardagi harbiy qism (garnizon) qanday unvondagi sarkarda tomonidan boshqarilgan?

A) Pansodboshi B) Dahboshi

C) Panjaboshi D) To’qsoba

17. Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy qarorgoh (bugungi til bilan aytganda, shtab) boshlig'i vazifasi kimga yuklatilgan?

A) Mehtar B) Parvonachi

C) Otaliq D) Naqib

18. Zaruriyat taqozo etganida bir necha polk sardori maqomida (a) va qo‘shin sarkardasi maqomida (b) harbiy harakatlarga jalb ctilganlarni aniqlang.

A) a-Naqib, b-Parvonachi

B) a-Dodxoh, b-Parvonachi

C) a-Dodxoh, b-Otaliq

D) a-Otaliq, b-Naqib

19. Qaysi lavozim egasi harbiylarning shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklarini nazorat qilib borgan?

A) qozi askar B) to’qsoba

C) muhtasib D) muftiy askarlar
20. Qaysi lavozim egasi harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyat ishlarini, ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqqan va ular yuzasidan hukm chiqargan.

A) qozi askar B) to’qsoba

C) muhtasib D) muftiy askarlar
21. Qaysi lavozim egasi harbiylar ustidan qozi askar chiqargan hukmning shariatga qanchalik mosligi masalasini tekshirib ko‘rgan?

A) mushrif B) to’qsoba

C) muhtasib D) muftiy askarlar
22. Quyidagi ma’lumotlardan xatosini toping

A) Amirlik muntazam qo‘shini vaqt-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tkazib turilgan. Ko‘rikni amir, amir ishtirok eta olmaganida qo ‘shbegi o‘tkazgan

B) Naqiblar harbiy kuchlarni jang maydonida to‘g‘ri taqsimlanishiga mas’ul bo‘lgan. Naqiblar harbiy yurish paytida qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi va joylashuvi,
uning harakatlanishi hamda urush olib borish borasida yetarli bilimga ega bo‘lgan. Ayni paytda, qo‘shinning old qismi, orqa qismi va o’ng hamda chap qanoti, markazi, pistirmalari haqida yetarlicha ma’lumotga ham ega bo‘lgan.

C) Naqib unvoni o’sha davr Rossiya harbiy


unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeyiga teng bo‘lgan

D) XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek davlatlari, xususan, Buxoro amirligi qo‘shinining qurol-yarog‘lari sifati past edi.



23. Qachondan boshlab Buxoro amirligida o‘tochar qurol (miltiq va to‘p) larning salmog‘i oshdi.

A) XIX asrning boshlarida B) XIX asrning o‘rtalaridan

C) XIX asrning oxiridan D) XX asrning boshidan

24. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘pchilar qismi ixtiyorida jami nechta to‘p bor edi?

A) 50 B) 70 C) 80 D) 100



25. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan?

A) rus va nemis mutaxassislari

B) fransuz va fors mutaxassislari

C) rus va fransuz mutaxassislari

D) rus va fors mutaxassislari

26. Buxoro amirligida to‘plar quyilgan shahar (a), porox tayyorlangan shaharlarni (b) aniqlang.

A) a- Buxoro, b-Qarshi

B) a- Samarqand, b-Buxoro

C) a- Samarqand, b-Qarshi

D) a- Samarqand, b-Shahrisabz

27. Buxoro amirligida qaysi kasb egalari dorukash deb atalgan?

A) Porox ishlab chiqaruvchi hunarmandlar

B) Qilich yasovchi hunarmandlar

C) Dor yasovchi hunarmandlar

D) Kamon o’qi quyuvchilar

28. Buxoro amirligi qo’shinidagi sarboz va to‘pchi askar uchun qancha maosh belgilangan?

A) har to’rt oyda bir tilla

B) har uch oyda bir tilla

C) har oyda bir tilla

D) har uch oyda uch tilla

29.Buxoro amirligi qo’shinidagi yuzboshi oyiga qancha maosh olgan?

A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla

C) olti tilla D) sakson besh tanga

30. Buxoro amirligi qo’shinidagi qorovulbegioyiga qancha maosh olgan?

A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla

C) olti tilla D) sakson besh tanga

31. Buxoro amirligi qo’shinidagi panjaboshi (ellikboshi) oyiga qancha maosh olgan?

A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla

C) olti tilla D) sakson besh tanga

32. Buxoro amirligi qo’shinidagi bosh sarkarda oyiga qancha maosh olgan?

A) besh yuz tilla B) ikki ming tilla

C) ming tilla D) besh ming tanga

33. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Amirlik askarlari piltamiltiq, to‘pponcha, uzun nayza va egri qilich bilan qurollantirilgan. Askarlar o'zini o’qdan saqlay olishlari uchun sovut, temir dubulg‘a bilan ta’minlangan.

2. Kichik kalibrli ,,xitoychi“ deb atalgan to‘p harbiy harakatlar chog’ida tuyalarning egarlari ustiga mahkam qilib o‘rnatilgan.

3. Harbiy harakatlar chog'ida qo'shinni joylashtirish masalasi sarboz va to‘pchilarning har bir yuzlik bo‘linmasiga bittadan chodir ajratish orqali hal etilgan. Qurol-yarog’, o‘q-dori va jang ucbun barcha zarur


anjom-uskunalar manzilga ot-aravalarda yetkazib berilgan.

4. Harbiy harakatlar chog‘ida mansab va unvonidan


qat’i nazar har bir qatnashchiga kuniga bir tilla berilardi. Undan tashqari, oddiy askar har uch kun uchun bir tanga, o’nboshi har ikki kun uchun bir tanga, qorovulbegi kuniga ikki tanga va yuzboshi esa to‘rt tanga qo‘shimcha haq olardi.

5. Ayni paytda, muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo'lgan askarni, shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oila a’zolarini dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan.

A) 1,2,3 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5
18-§. Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

1. XIX asrda amirlik chegarasi qaysi hududlarni o’z ichiga olganligini aniqlang?

1. Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo viloyati

2. Tojikistonning Panjikent, Hisor vodiysi

3. Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari

4. Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarini

5. Afg’onistonning bir qismi


6. Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan qismi

7. Qozog‘istonning Turkistonigacha bo‘lgan barcha hududlari

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5,6,7

2. Buxoro amirligining yer maydonini aniqlang

A) 250 km.kv B) 270 km.kv

C) 290 km.kv D) 200 km.kv

3. XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligining aholi sonini aniqlang?

A) 2 mln B) 3 mln C) 800 ming D) 1 mln



4. Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi
tarmoq edi. Necha foiz aholi shu tarmoqda mehnat
qilardi?

A) 65 B) 95 C) 90 D) 80



5. Sug‘oriladigan yerlarning necha foiziga paxta ekilgan?

A) 65 B) 75 C) 80 D) 85



6. Chorvachilik ham juda rivojlangan. Uning asosini … tashkil etgan?

A) qo‘ychilik B) yilqichilik

C) tuyachilik D) A,B

7. Mamlakat yaylovlarida necha bosh qo‘y boqilardi?

A) 10 million B) 12 million

C) 14 million D) 15 million

8. Buxoro amirligida yer egaligining qanday turlari mavjud edi?

1. amlok yerlari 2. mulk yerlari

3. vaqf yerlari 4. mulki inju

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4



9. Buxoro amirligida davlat yerlarining suvsiz dasht, to`qayzor qismi kimlarga bo`lib berilgan edi?

A) diniy ulamolarga

B) ko`chmanchi jamoalarga

C) davlat amaldorlariga

D) sayyidlarga

10. Buxoro amirligida davlat yerlarining bir qismi hukmron sulola a`zolari, yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun qanday shaklda in`om etilgan?

A) suyurg`ol B) tanho C) jogir D) iqto



11. Buxoro amirligida suyurg`ol egalari qanday majburiyatlarni bajarishi lozim edi?

A) davlat xazinasiga xiroj to`lashi

B) Oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra, o`z qo`shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi

C) oliy hukmdor topshirig`iga ko`ra, elchilarga ziyofat uyushtrish

D) A va B

12. Buxoro amirligida davlat yerlarini «tanho» shaklidagi in`omga sazovor bo`lgan kishi ….

A) in`om qilgan yerga egalik qilgan

B) yerga emas, yerdan olinadigan soliqning ma`lum qismiga egalik qilgan

C) mahalliy aholini boshqarish va shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan

D) in`om qilingan yerga egalik qilgan. Yig`ilgan soliqlarni xon xazinasiga jo`natgan

13. Amirlikda eng kichik tanho yeri necha tanobni tashkil etgan?

A) 26-60 tanob (3-4 gektar)

B) 36-50 tanob (2-5 gektar)

C) 30-60 tanob (3-5 gektar)

D) 36-60 tanob (3-5 gektar)

14. Ma`lumki, Buxoro amirligidagi xususiy yerlarning bir qismi davlat xizmati bilan bog`liq bo`lmagan. Bunday yerlar kimlarga qarashli bo`lgan?

A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga

B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga

C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga

D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan sayyidlarga

15. Buxoro amirligida kimlarga qarashli bo`lgan yerlardan 1/10 qismi miqdorida soliq to`langan?

A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga

B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga

C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga

D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan turklarga

16. Buxoro amirligida qanday yerlar barcha soliqlardan ozod qilingan?

A) Suyurg`ol yerlari B) Tanho

C) Mulki hur D) Jogir

17. Buxoro amirligida urushda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargani uchun qanday yerlar berilgan?

A) tanho B) suyurg`ol

C) mulki hur D) tiyul

18. Buxoro amirligida vaqf mulklarini quyidagi qaysi lavozim egasi tasarruf etar edi?

A) mutavalli B) sadr C) muhtasib D) mudarris



19. Buxoro amirligida asosiy soliq qaysi edi?

A) zakot B) qazon puli C) xiroj D) ushr



20. Buxoro amirligida qachondan boshlab xirojning bir qismi pul bilan yig`iladigan bo`ldi?

A) XVII asr oxiri B) XVIII asr

C) XIX asrda D) XVI asrda

21. Xiroj miqdori hosilning necha qismini tashkil etgan?

A) 2/5 B) 2/3 C) 3/5 D) 1/3



22. Uning miqdori yer haydashga yaroqli har juft ho`kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda?

A) Tanobona B) Qo’sh puli

C) Zakot D) Tutun haqi

23. Bu soliqning miqdori ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga bog‘liq edi. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda?

A) Tanobona B) Qo’sh puli

C) Zakot D) Tutun haqi

24. Zakot deb ataluvchi soliqning hajmi soliq
solinadigan mol-mulk miqdorining va qiymatining necha foizini tashkil etgan?

A) 1,5 B) 2 C) 2,5 D) 3



25. Buxoro amirligida zakot solig`iga asosan kimlar tortilgan?

A) chorva mollari egalari

B) savdogarlar

C) chorva mollari egalari va savdogarlar

D) savdogarlar va dehqonlar

26. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul shaklida olingan?

1.xiroj 2.zakot 3.qo`sh puli 4.tanobona

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4

27. Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq - joriy etilgan va qanday atalgan?

A) To‘la B) Qozon puli

C) Yig’im soliq D) Tutun haqi

28. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan tanobona deb atalgan soliq olingan.

2. Mulk yerlari musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga
vujudga keltirilar edi.

3. Amirlikda xazinaga eng ko‘p soliq tanho yerlaridan tusha boshlagan

4. Shuningdek, mang'itlar davrida dehqon jamoalari tugatildi. Uning o‘rnida ijarachi dehqon shakllana bordi.

5. Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratilganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi.

A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5
19- §. Amirlik shaharlari. Ichki va tashqi savdo

1. Buxoro shahri qaysi yildan Buxoro xonligining poytaxti etib belgilandi?

A) 1556-yilda B) 1538-yilda

C) 1533-yilda D) 1601-yilda

2. „Tangrining jamoli“, „islom dinining
gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug'langan


Shahar qaysi?

A) Buxoro B) Samarqand

C) Xiva D) Qo’qon

3. Buxoro shahri necha yillik tarixga ega?

A) 2000 B) 2500

C) 2700 D) 2750

4. Qaysi hukmdor davrida Buxoro uzil-kesil poytaxtga aylandi?

A) Shayboniyxon B) Ko’chkunchixon

C) Abu Said D) Abdullaxon II

5. Buxoro shahriga nechta darvoza orqali kirilgan?

A) 6 B) 10 C) 12 D) 4



6. Buxoro shahrida qancha aholi yashagan?

A) 50 mingga yaqin. B) 60 mingdan ortiq

C) 60 mingga yaqin D) 80 mingga yaqin

7. Buxoro shahridagi madrasa (1), masjid(2), karvonsaroy(3) lar sonini aniqlang.

A) 1-200 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta

B) 1-100 ga yaqin, 2-300 dan ortiq, 3-28 ta

C) 1-100 dan ortiq, 2-200 dan ortiq, 3-38 ta

D) 1-100 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta

8. Buxoro karvonsaroylariga har yili necha tuya mol kelib turgan?

A) 13-15 ming B) 12-15 ming

C) 12-17 ming D) 15-17 ming

9. Amirlikda savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga kim mas’ul bo‘lgan?

A) Boshchixo’ja B) Mirshabboshi

C) Karvonboshi D) Ko’kaldosh

10. Buxoro amiligida quyidagi qaysi shahar «Dunyoning husni» deb ulug`langan?

A) Toshkent B) Samarqand

C) Buxoro D) Andijon

11. Samarqand shahrini tiklash ishini unga suv chiqarishdan boshlagan hukmdor kim?

A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy

C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod

12. U shaharni tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa shaharlardan majburiy ravishda aholi ko‘chirib keltirdi. Shaharda katta bunyodkorlik ishlari uning vafotidan so‘ng ham davom ettirilgan bo‘lsa-da, shahar asosan uning davrida deyarli qayta bunyod etildi.

E’tirof qaysi hukmdor haqida?

A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy

C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod

13. Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obodonchiligi … yil, ya ’ni Shohmurod davridan boshlangan bo‘lib, … yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi". Nuqtalar o’rniga mos yillarni qo’ying.

A) 1785-yil, 1809-yillar B) 1780-yil, 1810-yillar

C) 1780-yil, 1809-yillar D) 1785-yil, 1809-yillar

14. Qachon Samarqand shahri baland devor bilan o‘raldi?

A) XIX asr boshlarida B) XIX asr o’rtalarida

C) XIX asr oxirida D) XX asr boshlarida

15. Samarqand shahriga nechta darvozadan kirilardi?

A) 4 ta B) 6 ta C) 10 ta D) 12 ta



16. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada Samarqand shahri aholisi soni qancha kishiga yetgan?

A) 15-20 ming B) 20-25 ming

C) 25-30 ming D) 20-30 ming

17. Hunarmandchilik sohasida Buxoro o`zining nimasi bilan mashur edi?

A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan

B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan

C) to`q qizil rangli baxmali bilan

D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan

18. Hunarmandchilik sohasida Samarqand o`zining nimasi bilan mashur edi?

A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan

B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan

C) to`q qizil rangli baxmali bilan

D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan

19. Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, amirlikning tashqi savdo aloqalari to’xtab
qolgani yo‘q. Buxoro qaysi davlatlar bilan savdo
aloqalari olib bordi?

1. Hindiston 2. Afg‘oniston

3. Eron 4. Xitoy

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4



20. Amirlikda asosiy savdo transporti nima edi?

A) Ot B) Tuya

C) Kema D) Temiryo’l

21. Buxoro amirligining qaysi shaharida hind savdogarlari va sudxo`rlari yashaydigan alohida mahallalar mavjud edi?

A) Toshkent B) Samarqand

C) Buxoro D) Andijon

22. Qachon Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi qurilgan?

A) 1802-yilda B) 1806-yilda

C) 1804-yilda D) 1808-yilda

23. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosiulushi 25% ga yetdi?

A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil



24. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosi ulushi 42% ga yetdi?

A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil



25. Amirlikda yetishtirilgan necha tonna paxtaning hammasi Rossiyaga sotilganligi qayd etilgan?

A) 12 ming B) 15 ming

C) 16 ming D) 18 ming

26. Amirlikka Rossiyadan har yili faqat to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining o‘zidan qancha rubllik tovar eksport qilingan?

A) 1 mln B) 2 mln C) 3 mln D) 4 mln



27. Quyidagi ma’lumotlardan xato variantni aniqlang.

A) Buxoro ko‘p yillar davomida o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib qo‘ygan edi. Bunga ashtarxoniylar davrida o'zaro urushlarning kuchayganligi, tashqi ko‘chmanchi qabilalaming xonavayron qiluvchi


hujumlari sabab bo‘ldi. Mang‘itlar esa xarobaga aylangan Samarqandni tiklash chorasini ko‘rdilar.

B) Amirlikda hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to‘qimachilik bo'lgan.


C) Amirlik hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi.

D) Bozorlarda kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi. Xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga


kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi

28. Ma’lumotlardan faqat to’g’rilarni aniqlang.

1. Chet davlatlarga amirlikda ishlab chiqarilgan ip


gazlamalar, baxmal, qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari, meva va boshqa mahsulotlar eksport qilinardi.

2. Buxorodagi Hind savdogarlari hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor o!tlar, doridarmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.

3. Bozorlar faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o‘tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib eshittirilgan. Aybdorlar jazolangan. Bayram kunlari esa turli tomoshalar namoyish etilar edi.

A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3


20- §. Buxoro amirligining tashqi siyosati

1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat bo’lganini aniqlang.

1. O‘rta Osiyoda mavjud uch o‘zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega ega bo‘lish va qulay imkoniyat tug‘ilganida ularni bo’ysundirish;

2. Xurosonda mustahkam o‘rnashib olish

3. Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish;

3. O‘rta Osiyo mintaqasidagi barcha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisoblaganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’lgan

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4



2. XVIII asrning so‘nggi choragida Rossiyaga ikki bor tashrif buyurgan elchini aniqlang?

A) Ernazarbiy B) Odambiy

C) Muhammad D) Qulibek

3. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi uchun Ernazarbiyga qaysi Rossiya imperatori Buxoroda madrasa qurish uchun pul ham ajratgan?

A) Pyotr I B) Yekaterina I

C) Yekaterina II D) Nikolay I

4. Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari qaysi shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga erishgan?

A) Moskva B) Novogorod

C) Astraxon D) Volgagrad

5. Amir Shohmurod qachon Rossiyaga elchi yuborgan?

A) 1791-yilda B) 1795-yilda

C) 1787-yilda D) 1797-yilda

6.Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan?

A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi

C) Muhammad D) Qulibek

7.Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab bo’ldi?

A) Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi

B) Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi

C) Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish

D) Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish

8. Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar?

A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar

C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod

9. Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar.

A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar

C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod

10. Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan?

A) 5-7 marta B) 6-8 marta

C) 6-9 marta D) 7-9 marta

11. Rossiya Amir Nasrulloning qaysi iltimosini qabul qildi?

A) Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish

B) Tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi

C) Amirlikka zambarak quroli sotish

D) Buxoroga po‘lat sotish

12. Qachon Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya elchilari kelgan?

A) 1857-yilda B) 1858-yilda

C) 1860-yilda D) 1843-yilda

13. 1825-yilda Buxoroga kеlgan ingliz ekspeditsiyasi boshlig`ini aniqang.

A) U.Murkford B) A.Byorns

C) F.Bеrg D) J.Abbot

14. Qachon Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz missiyasi Buxoroga keldi?

A) 1830-yil B) 1831-yil C) 1832-yil D) 1833-yil



15. A.Byorns o`zini qayerlik savdogar deb tanitgan?

A) arman B) hind C) afg`on D) turk



16. Qachon Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatarni boshladi?

A) 1835-yil B) 1839-yil C) 1841-yil D) 1845-yil



17. Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. … ana shunday omil bo‘la olardi.

A) O‘rta Osiyoni egallash

B) Hindistonni bosib olish

C) Usmonli davlati bilan birlashish

D) O’rtayer dengiziga harbiy kema yuborish

18. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham ma’lum qildi.

2. Amir Haydarning ruslardan chorva mollari boqishga ajratiladigan yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi.

3. Amir Nasrulloning ruslardan tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va


muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qaytib ketdi.

4. Polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya


elchilari kelgandaAmir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi.

5. XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida O‘rta Osiyoda raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy xomashyo manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5

19. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi?

A) Amir Nasrullo B Amir Haydar

C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod

20. Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi?

A) Murkford B) A. Byorns

C) J. Abbot D) R. Kanolli
21-§. BUXORO AMIRLIGIDA MADANIY HAYOT

1. Buxoroamirligidamang’itlarsulolasidavridagidiniymuttasabliktufayliko’pchilikasosiyasarlarqaysisohalardayuzberadi?

1. Adabiyot 2. Tabiiy fanlar 3. Tarix 4. San’at

5. Texnika fanlari 6. Me’morchilik

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 5, 6



2 . «Gulshan ul-muluk» asarimng muailifini aniqlang?

A) Mirzo Shams Buxoriy

B) Muhammad Hakimxon

C) Mir Olim Buxoriy

D) Muhammad Ya`qub ibn Doniyolbiy Buxoriy

3. «Gulshan ul-muluk» asari necha qismdan iborat?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 6



4. «Gulshan ul-muluk» asarining birinchi qismi…?

A) Markaziy Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan

B) Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag`ishlangan

C) Buxoro xonligining XVII-XVIII asrlardagi tarixi bayon etilgan

D) Buxoro va Xiva xonligining XVI va XIX asrlardagi tarixiga bag`ishlangan

5. «Gulshan ul-muluk» asarining ikkinchi qismi…?

A) O’rta Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan

B) Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag`ishlangan

C) Buxoro xonligining XVII-XVIII asrlardagi tarixi bayon etilgan

D) Buxoro va Xiva xonligining XVI va XIX asrlardagi tarixiga bag`ishlangan

6. Muhammad Ya`qub ibn Doniyolbiy Buxoriyning yashab ijod qilgan davrini aniqlang

A) XVI asr o’rtasi

B) XVII asr ikkinchi yarmi

C) XVIII asr boshlari

D) XIX asr birinchi yarmi

7. “Gulshan ul-muluk” nomli asarning o’zbek tilidagi tarjimasi qanday?

A) “Davlat va mulk”

B) “Podshohlar xazinasi”

C) “Xazinalar gulzori”

D) Podshohlar gulshani”

8. «Bayoni ba`zi havodisoti Buxoro, Ho`qand va Qoshg`ar» asari muallifini aniqlang

A) Mirzo Shams Buxoriy

B) Muhammad Hakimxon

C) Mir Olim Buxoriy

D) Muhammad Ya`qub ibn Doniyolbiy Buxoriy

9. «Bayoni ba`zi havodisoti Buxoro, Ho`qand va Qoshg`ar» asari qachon yozilgan?

A) XVI asr B) XVII asr C) XVIII asr D) XIX asr



10. «Fathnomayi sultoniy» asari muallifini aniqlang.

A) Mirzo Shams Buxoriy

B) Muhammad Hakimxon

C) Mir Olim Buxoriy

D) Muhammad Ya`qub ibn Doniyolbiy Buxoriy

11. «Yilnomalar to`plami» asari muallifini aniqlang

A) Mirzo Shams Buxoriy

B) Muhammad Hakimxon

C) Mir Olim Buxoriy

D) Muhammad Ya`qub ibn Doniyolbiy Buxoriy

12. Tariximiz uchun muhim manba hisoblangan “Tarixi Amir Haydar” asari qachon yaratilgan?

A) XVI asr B) XVII asr C) XVIII asr D) XIX asr



13. Muhammadniyoz Nishotiy qaysi davrda yashab ijod etgan?

A) XVI asrda B) XVII asrda

C)XVIII asrda D) XIX asrda

14. «Husn-u Dil» dostonining muallifi qaysi javobda to`g`ri berilgan?

A) Mirzo Shams Buxoriy

B) Muhammad Hakimxon

C) Mir Olim Buxoriy

D) Muhammadniyoz Nishotiy

15. «Xusn-u Dil» dostoni qachon yozilgan?

A) 1765-yilda B) 1775-yilda

C) 1778-yilda D) 1780-yilda

16. Quyidagi qaysi asarda odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi?

A) «Husn-u Dil»

B) «Yilnomalar to`plami»

C) «Fathnomayi sultoniy»

D) «Qushlar munozarasi »

17. Quyidagilardan notog’risini toping

A) Muhammadniyoz Nishotiy adabiyotda munozara janriga kata hissa qo’shgan

B) “Husn-u Dil” dostonida Raqib, Fasod, Nafs obrazlari salbiy sifatlar sifatida turli yovuzliklar timsoi qilib tasvirlanadi

C) “Qushlar munozarasi” asarida 12 ta qush o’rtasidagi bahs tasvirlanadi

D) “Husn-u dil” asarida yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi

17. Qaysi asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan. Mehnat ahlining kamtarligi esa ulug‘langan.

A) «Husn-u Dil»

B) «Yilnomalar to`plami»

C) «Fathnomayi sultoniy»

D) «Qushlar munozarasi »

18 «Qushlar munozarasi» majmuasi mualifini aniqlang

A) Mirzo Shams Buxoriy

B) Muhammad Hakimxon

C) Mir Olim Buxoriy

D) Muhammadniyoz Nishotiy

19. Quyidagi qaysi shoirning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar felidagi illatlar tanqid ostiga olinadi?

A) Vola

B) Murjim Obid

C) Muhammadniyoz Nishotiy

D) Mirzo Shams Buxoriy

20. Volaning yashab ijod qilgan yillarini aniqlang

A) 1748-1818-yillar B) 1758-1828-yillar

C) 1770-1842-yillar D) 1756-1814-yillar

21. Volaning bizgacha qancha misra she`ri yetib kelgan?

A) Ming misra B) Ikki ming misra

C) Uch ming misra D) To`rt ming misra

22 . Shoir Vola o`z she`rlaridan qancha devon tartib bergan?

A) 1ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta



23 . Qaysi shoir o`z she`rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan?

A) Vola

B) Murjim Obid

C) Muhammadniyoz Nishotiy

D) Mirzo Shams Buxoriy

24 . Mir Ma`sum Olamiyon kimning hukmronligi davrida ijod qilgan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar

25. Mirzo Sodiq Jondoriy kimning hukmronligi davirda ijod qilgan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar

26. Quyidagi qaysi shaxs qo`lyozma kitoblarga lavhalar, Sa`diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan?

A) Mirzo Sodiq Jondoriy

B) Mir Ma`sum Olamiyon

C) Ahmad Donish

D) Muhammad Yusuf Rojiy

27. Amir Haydar davrida ijod qilgan, «Axloqi Muhsiniy» kitobini hamda Sa`siyning she`riy asarlarini rasmlar bilan bezagan shaxsni aniqlang

A) Mirzo Sodiq Jondoriy

B) Mir Ma`sum Olamiyon

C) Ahmad Donish

D) Muhammad Yusuf Rojiy

28. Ahmad Donish necha yil davomida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo`lib ishlagan?

A) 10 B) 15 C) 20 D) 25



29. Ahmad Donishning yashab ijod qilgan qilgan yillarini aniqlang

A) 1827-1889-yillar B) 1815-1898-yillar

C) 1827-1897-yillar D) 1800-1876-yillar

30. «Ajoyib at-tabaqot» asari kim tomonidan ko`chirilgan?

A) Mirzo Sodiq Jondoriy

B) Mir Ma`sum Olamiyon

C) Ahmad Donish

D) Muhammad Yusuf Rojiy

31 . «Shohi darvesh» asari kim tomonidan ko`chirilgan?

A) Mirzo Sodiq Jondoriy

B) Mir Ma`sum Olamiyon

C) Ahmad Donish

D) Muhammad Yusuf Rojiy

32. Buxoro Shashmaqomi qanday maqomlardan iborat bo`lgan?

1.Iroq 2.Rost 3.Buzruk 4.Navo 5.Dugoh 6.Segoh

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,4,5,6

C) 1,3,4,5,6 D) 1,2,5,6



33. Shashmaqom qanchadan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan?

A) 120 B) 150 C) 200 D) 250



34. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Xalqaro maqom san’ati anjumani qayerda bo’lib o’tdi?

A) Toshkent B) Dushanbe

C) Shahrisabz D) Buxoro

35. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari bo’lib o’tgan Xalqaro maqom san’ati anjumanida nechta davlatdan yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar ishtirok etishadi?

A) 73 ta B) 100 ga yaqin

C) 50 ta D) 300 ga yaqin

36. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari bo’lib o’tgan Xalqaro maqom san’ati anjumanida qancha yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar ishtirok etishadi?

A) 73 ta B) 100 ga yaqin

C) 50 ta D) 300 ga yaqin


Download 311,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish