Mavzulashtirilgan testlar to’plami 8-sinf O’zbekiston tarixi bo’yicha


Subxonqulixon Mahmudbiy otaliqni yordami evaziga qayerga noib etib tayinladi?



Download 311,18 Kb.
bet3/9
Sana14.01.2020
Hajmi311,18 Kb.
#34004
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8sinf o'zb test 2019 X.P.A


46.Subxonqulixon Mahmudbiy otaliqni yordami evaziga qayerga noib etib tayinladi?

A)Balx B)Badaxshon

C)Termiz D)Shahrisabz
47.Qachon Xiva xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirilib, Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi?

A) 1686-yil B) 1688-yil C) 1690-yil D) 1691-yil



8-§. Buxoro xonligida markaziy hokimiyatning zaiflashuvi

1.Buxoro xonligida Ubaydullaxon II ning hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1702-1711-yillar B) 1711-1747-yillar

C) 1747-1753-yillar D) 1753-1756-yillar
2.Buxoro xoni Ubaydullaxon II kimlarga qarshi urush olib borishga majbur bo`ldi?

1.isyonkor qabilalarga

2.bo`ysunmas mahalliy hukmdorlarga

3.davlat sarhadlariga bostirib kelgan ko`chmanchilarga

4. Xiva xonligiga

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4


3.Buxoro xoni Ubaydullaxonning asosiy maqsadi……………….

A) Xiva xonligini o`z davlatiga qo`shib olish

B) Siyosiy tarqoqlikni tugatish

C) Rossiya tobeligiga o`tish

D) Mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish
4.Mahmudbiy otaliq Balxda qachon hokimiyatni to`liq o`z qo`liga olib, o`zini xon dеb e`lоn qiladi?

A) 1706-yilda B) 1710-yilda

C)1711-yilda D) 1707-yilda
5.Aholidan yig’iladigan soliqni 4 barobar(1) va jon solig’ini 3 barobar(2) ko’paytirgan hukmdorlarni aniqlang.

A)1-Richard II; 2-Ubaydullaxon

B)1-Ubaydullaxon;2-Richard II

C)1-Shayboniyxon; 2-Ubaydullaxon

D)1-Muhammad Tug’luq; 2-Shohmurod
6.Ubaydullaxonning pul islohotiga bog’liq tarixiy faktlarni toping.

1)Xonlikda tarkibining 35% ni kumush tashkil etuvchi tanga ishlatilardi.

2)pul islohoti natijasida tarkibi 35%li kumush bo’lgan bitta tangadan 4 ta tanga zarb etila boshlandi

3)yangi tanga avvalgi eski tangaga qiymat jihatdan teng deb belgilandi.

A)1,2 B)1,3

C)2,3 D)1,2,3


7.Ubaydullaxon II tomonidan pul islohoti nechanchi yilda amalga oshirildi?

A)1708-yilda B)1706-yilda

C)1709-yilda D)1711-yilda
8.Ubadullaxon II kimlarni soliq to’lamaslik huquqidan mahrum etdi?

A)Suyurg’ol egalarini B)Tanhodorldarni

C)Jo’ybor shayxlarini D)amaldorlarni
9.Buxoro xonligi tasarrufida bo`lgan Farg`ona vodiysida qachon xonlikdan ajralib chiqdi?

A)1708-yilda B)1706-yilda

C)1709-yilda D)1711-yilda
10.Buxoro xoni Ubaydullaxon qachon o`ldiriladi?

A) 1710-yilda B) 1711-yilda

C) 1712-yilda D) 1713-yilda
11.Buxoro xonligida ashtarxoniy Abulfayzxonning hukmronlik yillarini aniqlang

A) 1702-1711-yillar B) 1711-1747-yillar

C) 1747-1753-yillar D) 1753-1756-yillar
12.Qaysi Buxoro xonining farmoni saroy ostonasidan nariga o`tmaydigan bo`lib qoldi?

A) Ubaydullaxon II B) Abulfayzxon C)Abdulazizxon D) Nodir Muhammad


13.Buxoro xoni Abuifayzxon davrida o`zbеklarning mang`it qabilasidan kеlib chiqqan ... katta nufuzga ega bo`lib oladi?

A) Muhammad Hakimbiy B) Ibrohimbiy

C) Rajab Sulton D) Mahmudbiy otaliq
14.Buxoro xoni Abuifayzxon davrida kim barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig`i dеb tan olingan edi?

A) Muhammad Hakimbiy B) Ibrohimbiy

C) Rajab Sulton D) Mahmudbiy otaliq
15.Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo`lgan davlat tuzishga qaror qilgan kenagas qabilasi boshlig`i kim edi?

A) Muhammad Hakimbiy B) Ibrohimbiy

C) Rajab Sulton D) Mahmudbiy otaliq
16.Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy qachon Samarqandni egalladi?

A) 1720-yil B) 1721-yil C) 1723-yil D) 1727-yil


17.Ibrohimbiy mustaqil Samarqand xonligini tuzib, kimni xon dеb e`lоn qildi?

A) Muhammad Hakimbiyni B) o`zini

C) Rajab Sultonni D) Mahmudbiy otaliqni
18.O`ziga «amir ul-umaro»(ulug` amir) unvonini olgan shaxsni aniqlang .

A) Muhammad Hakimbiy B) Ibrohimbiy

C) Rajab Sulton D) Mahmudbiy otaliq
19.Qanday bo`lmasin Buxoro taxtini egallash maqsadida Ibrohimbiy va Rajab sulton kimlardan yordam so`raydilar?

A) qozoqlardan B) turkmanlardan

C) Hindiston boburiylaridan D) Xiva xonligidan
20.Yaqinlarining talabi bilan Buxoro xoni Abulfayzxon Muhammad Hakimbiyni qayerga jo`natib yuboradi?

A) Samarqandga B) Termizga

C) Qarshiga D) Farg`onaga
21.Buxoro xoni Abulfayxonning hukmronligi davrida quyidagi qaysi hududlar Buxoro xonligidan amalda mustaqil bo`lib oldilar?

1. Toshkent 2. Balx 3. Badaxshon

4. Samarqand 5. Farg`ona 6. Qarshi

A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6

C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,5,6

9-§. Buxoro xonligida davlat boshqaruvi

1. Quyidagilardan noto’g’ri mulohazani aniqlang.

A) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan

davlat hududining chegarasi har doim ham

muqim bo‘lmagan.

B) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan.

C) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi.

D) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi.

2. ...ning vafotidan so‘ng esa Eron Xuroson hududini bo‘ysundirgan bo‘lsa, Xorazm yana mustaqil davlatga aylandi.

A) Abdullaxon II B) Ko’chkunchixon

C) Shayboniyxon D) Ubaydullaxon

3. Qachon Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan?

A) XVI asr o’rtalari B) XVI asr oxiri

C) XVI asr boshlari D) XVI asr oxirgi choragi

4. Qachon xonlik aholisi ko‘chib kelgan o'zbeklardan tashqari „turk chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan?

A) XVI asr o’rtalari B) XVI asr oxiri

C) XVI asr boshlari D) XVI asr oxirgi choragi

5. Manbalarda ...da Buxoro xonligi aholisi o‘zbek va tojiklardan iboratligi qayd etilgan.

A) XVI asr o’rtalari B) XVII asr oxiri

C) XVII asr boshlari D) XVII asr oxirgi choragi

6. Quyidagi qaysi mansabdor shaxs davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqargan?

A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh



7. Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ...

A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi

B) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo’ldi

C) Boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo’ldi

D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo’ldi

8. Buxro xonligi ma`muriy jihatdan ... bo`lingan.

A) viloyatlarga

B) viloyat va bekliklarga

C) viloyat va tumanlarga

D) tuman va bekliklarga



9. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida oliy davlat idorasi nima dеb atalgan?

A) ark B) devon C) dargoh D) kengash



10 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida ijro etuvchi hokimiyat nima dеb atalgan?

A) ark B) devon C) dargoh D) kengash



11. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida ijro etuvchi hokimiyatga kim rahbarlik qilgan?

A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh



12. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon siyosatining viloyatlardagi ta`siri … mansabiga tanlanganlarning nufuzi bilan belgilangan

A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh



13 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o`z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlangan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs … deb atalgan.

A) ko`kaldosh B) devonbegi C) naqib D) otaliq



14. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida balog`atga yetmagan shahzodalar ulg`ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlarda davlat ishlarini ularning nomidan kim boshqargan?

A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh



15 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini quyidagi qaysi lavozim egasi nazorat qilgan?

A) dodxoh B) otaliq

C) parvonachi D) ko`kaldosh

16 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas`ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazuvchi lavozim to`g`ri berilgan javobni aniqlang

A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh



17. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida dargohga tushgan arizalarni quyidagi qaysi mansab egasi qabul qilgan va ularga javob qaytarish bilan shug`ullangan?

A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh



18 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o`rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta`minlash bilan quyidagi qaysi mansab egasi ta`minlagan?

A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh



19. ... mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan.

A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh



20 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon va shahzodalar o`rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan qaysi amaldor shug`ullangan?

A) parvonachi B) xon yasovuli

C) ko`kaldosh D) dodxoh

21. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida dargoh xavfsizligi, undagitartib hamda kеlgan-kеtganlardanxabardor bo`lib turish masalalari bilan kim shug`ullangan?

A) parvonachi B) xon yasovuli

C) eshikog`aboshi D) dodxoh

22. U nafaqat oddiy kishilarning, balki

davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan. Quyidagi fikrlar qaysi amaldor haqida?

A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh



23. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni quyidagi mansab egasi amalga oshirgan?

A) shayxulislom B) muhtasib

C) qozikalon D) mehtar

24. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida sud ishlariga kim yetakchilik qilgan?

A) shayxulislom B) muhtasib

C) qozikalon D) mehtar

25. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida muhtasib (rais) lavozimi qanday ishlar bilan shug`ullangan?

1. mamlakatda jamoat tartibining saqlanishi

2. diniy marosim va amallarga rioya qilinishini kuzatgan

3. bozorlarda narx-navo va tarozilarning to`g`riligini nazorat qilish bilan shug`ullangan

4. zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur o`rinlarda ishlatish bilan shug`ullangan

A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3



26 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur o`rinlarda ishlatish bilan quyidagu qaysi amaldor shug`ullangan?

A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib



27 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida … davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da xon saroyida nufuzi baland bo`lgan

A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib



28. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida quyidagi qaysi unvon egasi xonning yaqin va ishonchli kishisi hisoblangan?

A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib



29 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida quyidagi qaysi unvon egasi davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning maslahatchisi hisoblangan?

A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib



30 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida quyidagi qaysi unvon egasi zarur bo`lganda elchilik vazifasini ham bajargan?

A) qozikalon B) naqib C) mehtar D) muhtasib



31. Noto’g’ri mulohazani aniqlang.

A) Shayboniylarning davlat boshqaruvida dastlab an’anaviylik saqlandi.

B) Oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik otadan bolaga emas, balki sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘tgan.

C) Ko’chkunchixon shayboniylarning yoshi eng kattasi bo’Iganligi uchun taxtni egalladi.

D) Suyunchxo’ja Shayboniyxondan avval vafot etganligi uchun xonlik taxtini egallash unga nasib etmadi.

32. Qachondan boshlab Shayboniylarda taxtga katta yoshli shayboniy kelishi ananasi buzildi?

A) XVI asming 40-yillari

B) XVI asming 60-yillari

C) XVII asming boshlari

D) XVII asming 40-yillari

33.Shayboniylar davrida viloyatlar asosan kimlar tomonidan boshqarilgan?

A) yirik lashkarboshilar

B) oliy ruhoniylar

C) xonning yaqin kishilaridan tayinlangan hokimlar

D) sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar

34.Markaziy hokimiyat zaiflashgach, keyinchalik viloyatlar kimlar tomonidan boshqarilgan?

A) yirik lashkarboshilar

B) qudratli qabila boshliqlari – amir

C) xonning yaqin kishilaridan tayinlangan hokimlar

D) sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar

35. Boshqaruvning eng quyi tizimi … deb atalgan.

A) amlok B) viloyat C) tuman D) beklik



36. Shayboniylar davrida bir nechta katta-kichik qishloqdan iborat boshqaruv tuzilmasi nima deb nomlangan?

A) amlok B) viloyat C) tuman D) beklik



37.Quyidagilarni bir-biriga muvofiqlashtiring.

1. mirzo 2. mirob 3. amin 4. oqsoqol

a) suv taqsimlovchi b) kotib c) soliq yig‘uvchi

d) har bir qishloqning boshlig‘i

A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c



38. Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi davrida xondan keying o`rinda quyidagi qaysi mansabdor shaxs turgan?

A) otaliq B) devonbegi

C) qo`shbegi D) ko`kaldosh

39.Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida xondan keying o`rinda quyidagi qaysi mansabdor shaxs turgan?

A) otaliq B) devonbegi

C) qo`shbegi D) ko`kaldosh

40.Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida qanday lavozim joriy etilgan?

A) mehtar B) saroy qutvoli

C) qozi askar D) mutavvali

41.Ashtarxoniylar hukmronligi davrida qanday lavozim davlat mablag'i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal’a devorlari va imoratlarni ta’mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini boshqarardi?

A) mehtar B) saroy qutvoli

C) qozi askar D) mutavvali

42. Ashtarxoniylarning boshqaruv tuzumiga mos kelmaydigan javobni aniqlang.

A) ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ldi.

B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoldi.

C) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

D) viloyatlarda butun hokimiyat amaldorlar va oliy mansabdorlar qo’lida to’plandi

43.Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi?

A) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo'lida to‘planishi

B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi

C) ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi

D) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi
10-§. Buxoro xonligida harbiy ish

1. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang.

A) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar.

B) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘laming barcha turidan mohirona foydalana olgan.

C) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan.

D) Qo‘shin tarkibiga ko’ra, asosan, qalb, o ‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi.

2. Shayboniylar davrida qo‘shin tarkibiga ko’ra, ...dan iborat di.

A) qalb, o ‘ng va chap qanot

B) manglay (avangard), ilg'or, manglay qorovul

C) tug‘chi, hirovul

D) otliq va piyoda askarlar

3. Qalb quyidagi qaysi bo’linmalardan iborat bo’lgan?

A) Javong'or, barong’or, hirovul

B) manglay (avangard), ilg'or, manglay qorovul

C) tug‘chi, hirovul

D) o ‘ng va chap qanot

4. Shayboniylar davrida qo’shinning orqa qismi nima deb nomlangan?

A) tug‘chi B) manglay C) hirovul D) qalb



5. Shayboniylar davrida qo’shinning markaziy qismi nima deb nomlangan?

A) tug‘chi B) manglay C) hirovul D) qalb



6. Qo‘shin harbiy yurish boshlagan vaqtda uning oldida ... deb ataluvchi qism borgan.

A) tug‘chi B) manglay C) hirovul D) ilg’or



7. Uning vazifasi yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini aniqlash edi.

Quyidagi ma’lumot kim haqida ekanligini aniqlang.

A) tug‘chi B) manglay C) hirovul D) ilg’or



8. Quyidagi qaysi qismga qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yuklatilgan?

A) tug‘chi B) manglay C) hirovul D) ilg’or



9. Qo’shinning ... qismi umumiy qo‘shinni qo'riqlab borgan.

A) qoravul B) manglay C) hirovul D) ilg’or



10 . Shayboniylar davrida qo’shinning Oliy bosh qo’mondoni ... hisoblangan?

A) Sarkarda B) tug’chi C) xon D) hirovul



11. Qaysi qism Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarni himoya qilgan?

A) Sarkarda B) Katta va kichik g'ullar

C) Chanoh D) hirovul

12. ... qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi.

A) Sarkarda B) Katta va kichik g'ullar

C) Chanoh D) hirovul

13. ... Oliy bosh qo‘mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib

turardi.

A) Sarkarda B) Katta va kichik g'ullar

C) maxsus choparlik xizmati D) hirovul

14. Davlat bayrog‘ini qo‘riqlagan harbiy qismni aniqlang.

A) Sarkarda B) tug’chi C) zabongiri D) hirovul



15. Quyidagi qaysi qism xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlangan.

A) zabongiri B) borgoh C) xabargiri D) tug’chi



16. Shayboniylar qo’shinida dushman tomonidan asir olib keluvchi nima deb nomlangan?

A) zabongiri B) borgoh C) xabargiri D) tug’chi



17. Vaziyat taqozo etganida maxsus xizmatlar qo‘shinning … qismi tomonidan ham amalga oshirilgan.

A) ilg‘or yoki qorovul B) hirovul yoki ilg‘or

C) qorovul yoki tug‘chi D) ilg‘or yoki tug’chi

18. Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy - ... ham tayyorlangan.

A) tavochi B) borgoh C) Jevachi D) hirovul



19. Shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tgan?

A) 1510-yil B) 1513-yil C) 1512-yil D) 1511-yil



20.Shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’lib o’tgan?

A) O’ratepa B) G’ijduvon

C) Jizzax D) Shahrisabz

21. G’ijduvon jangida shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga kim boshchilik qilgan?

A) Ubaydullo Sulton B) Muhammad Temur

C) Shayboniyxon D) Abu Said Sulton

22.G’ijduvon jangida shayboniylar qo‘shinining o’ng qanot qismiga kim boshchilik qilgan?

A) Ubaydullo Sulton B) Muhammad Temur

C) Shayboniyxon D) Abu Said Sulton

23. G’ijduvon jangida shayboniylar qo‘shinining chap qanot qismiga kim boshchilik qilgan?

A) Ubaydullo Sulton B) Muhammad Temur

C) Shayboniyxon D) Abu Said Sulton

24. Quyidagilardan harbiy askarlarni to‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullangan amaldorni aniqlang.

A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi



25. Qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham

mas’ul bo‘lgan amaldor kim edi?

A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi



26. Quyidagilardan qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan amaldorni aniqlang.

A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi



27. Xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan shaxs ... deb atalgan?

A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi



28. Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari ... deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan.

A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi



29. Harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan mansab bu ...

A) qurchi B) tavochi

C)Qo‘rxona boshlig'i D) jevachi

30. Shayboniylar davrida Xon kim tomonidan qo‘riqlangan?

A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi



31. Xato ma’lumotni aniqlang.

A) Qo‘shin o'q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon,

cho‘qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan

B) An’anaga ko‘ra, qo‘shin askarlar soniga qarab bo‘lingan.

C) O‘q va yoy asosiy qurol edi.

D) Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama to’fang deb atalgan.



32. XVI asrda ( Shayboniylar davrida) miltiq nima deb atalgan?

A) Sadoq B) to’fang C) kejim D) manjanaq



33. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash ...dan boshlandi.

A) XVI asr o’rtalari B) XVI asr oxiri

C) XVI asr boshlari D) XVI asr oxirgi choragi

34. Harbiy yurish chog‘larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga ... deb

ataluvchi maxsus yopinchiq yopishgan.

A) Sadoq B) to’fang C) kejim D) manjanaq



35. Noto’g’ri tarixiy ma’lumotni aniqlang.

A) Harbiy harakatlarda naftandoz (neftni yondirib otuvchi) va manjanaq (tosh otuvchi) qurollar, asosan, shahar yoki qal’alarni qamal qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to‘zg‘itib yuborishda qo‘llanilgan.

B) Manbalarda qayd etilisbicha, xonlik qo'shinida zambarak ham bo‘lgan.

C) Iqtisodiy tanazzul oqibatida ashtarxoniylar

davrida xonlik muntazam qo‘shin saqlay olmadi.

D) butun XVI asrda ham o‘q-yoy otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi.



36. Shayboniylar davlati qo’shinining mis stvolli to’fanglari qaysi davlatning stvoli temirdan yasalgan to‘fanglari bilan almashtirildi?

A) Eron B) Usmonli turklar

C) Rossiya imperiyasi D) Buyuk Britaniya

11-§. Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

1. Quyidagilardan tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydigan javobni aniqlang.

A) Shayboniylar Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib kelgani yo‘q.

B) Shayboniylar temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy munosabatlarni qabul qildilar va unga moslashdilar.

C) Xonlikda barcha yerlar xonning mulki edi.

D) Yemi tasarruf etish xonning ixtiyorida edi.

2. Shayboniylar davrida davlat yerlari nima deyilgan?

A) mamlakai podshoh B) mulki xos

C) mamlakai sulton D) A va C

3. Bevosita shaxsan xonning o‘ziga tegishli yerlar ... deb atalgan.

A) mamlakai podshoh B) mulki xos

C) mamlakai sulton D) A va C

4. Qaysi turdagi yerdan olingan daromad xonning xarajatlariga hamda vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan?

A) mamlakai podshoh B) mulki xos

C) mamlakai sulton D) A va C

5. Shayboniylar davrida Xonlikda barcha yerlar ... mulki edi.

A) xon B) davlat

C) vaqf D) jamoa

6. Qaysi turdagi yer davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan?

A) mamlakai podshoh B) mulki xos

C) mamlakai sulton D) mulki xolis

7. Davlatdan yer sotib olgan kishi shu yeming qancha qismini davlat ixtiyorida qoldirgan?

A) 2/3 qismini B) 1/3 qismini

C) yarmini D) 1/4 qismini

8.Shayboniylar davrida Xon davlat yerlarini ... shaklida taqsimlagan.

1. mamlakai podshoh 2. mulki xos

3. mamlakai sulton 4. mulki xolis

5. vaqf yerlari 6. mulk

A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5

C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6



9. Mulk yer esa ... shaklida belgilangan.

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) A va B

10. Yer egaligining qaysi shakli dastlab xonga uning egalarini itoatda tutib turishning kuchli vositasi bo'lib xizmat qildi?

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) mulk

11. Noto’g’ri tarixiy ma’lumotni aniqlang.

A) Muhammad Shayboniyxon temuriylarga, temuriylar davri amaldorlariga qarashli barcha yerlarni musodara qildi.

B) Muhammad Shayboniyxon istagan vaqtda viloyat hokimlarining o'mini almashtira

olardi.


C) Muhammad Shayboniyxon Markaziy hokimiyatga ozgina itoatsizlik qilgan suyurg'ol egasini bunday huquqdan mahrum qilardi.

D) Vaqtlar o‘tishi bilan suyurg‘olning otadan bolaga meros bo‘lib o'tmaydigan bo’ldi



12. Shayboniylar qachon Movorounnahrni ikkinchi marotaba egallashdi?

A) 1510-yil B) 1511-yil

C) 1512-yil D) 1515-yil

13. Shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili ...ga topshirdilar.

A) Kо‘chkunchixon B) Suyunchxo‘ja

C) Jonibek Sulton D) Ubaydulla Sulton

14. Samarqand kimga meros mulk qilib berildi?

A) Kо‘chkunchixon B) Suyunchxo‘ja

C) Jonibek Sulton D) Ubaydulla Sulton

15. Toshkent viloyatikimga meros mulk qilib berildi?

A) Kо‘chkunchixon B) Suyunchxo‘ja

C) Jonibek Sulton D) Ubaydulla Sulton

16. Buxoro va uning atroflarikimga meros mulk qilib berildi?

A) Kо‘chkunchixon B) Suyunchxo‘ja

C) Jonibek Sulton D) Ubaydulla Sulton

17. Miyonqol viloyati kimga berildi?

A) Kо‘chkunchixon B) Suyunchxo‘ja

C) Jonibek Sulton D) Ubaydulla Sulton

18. … mulklar bora-bora markaziy hokimiyatdaa mustaqil bo‘lishga intiluvchi kuchlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) mulk

19. Shayboniylar davrida mulk egaligining ikkinchi shakli - ... ham qaror topdi.

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) mulk

20. Shayboniylargacha mavjud bo‘lgan yer egaligining iqto turi yangicha nom — ... nomi bilan saqlab qolindi.

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) mulk

21. Quyidagi qaysi yer egaligi turi davlat arboblariga, harbiylarga, shuningdek, kichik davlat amaldorlariga davlat oldidagi sodiq xizmatlari uchun berilgan edi?

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) mulk

22. Tanho yer olganlar nima deb atalgan?

A) iqtodor B) muqto

C) tanhodor D) suyurg’ol egasi

23. ...ning hajmi, uning xizmatiga yarasha bir necha xonadondan yoki bir necha qishloqdan iborat boTgan.

A) tanho B) suyurg’ol

C) mamlakai sulton D) mulk

24. Shayboniylar davrida yer egaligiga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang.

A) Tanhoga faqat ekin ekiladigan yer emas, balki tanho hududida joylashgan tegirmon va moyjuvozlardan keladigan daromadlar ham qo‘shib berilgan.

B) Shayboniylar davrida tanho yer egaligi turi shakllandi

C) Tanho tanhodoming xususiy mulki hisoblangan.

D) Tanhodor davlat xizmatidan ketganida yoki vafot etganida tanho yerlari boshqa davlat xizmatchisiga berilgan.

25. Quyidagi qaysi omil shayboniylarni qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko‘rishga majbur qildi.

A) dehqonlarning g’alayonlari

B) Yerlaming turli shakllarga bo’linishi

C) Soliq tushumining kamayishi

D) vaqf yer-mulkining hajmining tobora ortib borishi

26. Shayboniylar davrida qaysi voqea davlat xazinasiga tushadigan soliq daromadlarining kamayishiga olib kela boshladi.

A) dehqonlarning g’alayonlari

B) Yerlaming turli shakllarga bo’linishi

C) Soliq tushumining kamayishi

D) vaqf yer-mulkining hajmining tobora ortib borishi

27. Muhammad Shayboniyxon xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish maqsadida ...

A) bir xil og’irlik va uzunlik o’lchov birliklarini joriy qildi

B) soliqlar tushumini yaxshiladi

C) pul islohoti o’tkazdi

D) soliqlar miqdorini kamaytiridi

28.Muhammad Shayboniyxon qachon pul islohoti o’tkazdi?

A) 1506-yil B) 1505-yil

C) 1507-yil D) 1510-yil

29.Muhammad Shayboniyxon o’tkazgan pul islohotiga ko’ra ...

A) to shu vaqtgacha muomalada bo’lgan turli o’lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,7 gramm bo’lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi.

B) to shu vaqtgacha muomalada bo’lgan turli o’lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,4 gramm bo’lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi.

C) to shu vaqtgacha muomalada bo’lgan turli o’lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,2 gramm bo’lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi.

D) to shu vaqtgacha muomalada bo’lgan turli o’lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,9 gramm bo’lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi.

30. Temuriylar davrida bitta kumush tanganing og’irligi qancha gramm bo’lgan?

A) 5, 2 B) 4, 6 C) 4, 8 D) 5, 8



31. Temuriylar davrida bitta kumush tanganing qiymati nechta mis tangaga teng edi?

A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta



32. Pul islohotidan keyin bitta kumush tanganing qiymati nechta mis tangaga teng bo’ldi?

A) 24 ta B) 22 ta C) 20 ta D) 26 ta



33. Quyidagi qaysi voqea dehqonlarning soliq to‘lash imkoniyatini oshirishga, davlat

mulkini ko‘paytirishga xizmat qildi?

A) bir xil og’irlik va uzunlik o’lchov birliklarini joriy qilinishi

B) soliqlar tushumini yaxshilanishi

C) pul islohoti o’tkazilishi

D) soliqlar miqdorini kamaytirilishi

34. Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra ...

A) markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qildi.

B) savdo-sotiqni jonlantirishga imkon berdi

C) mahalliy hokimiyatni mavqeyini mustahkamlashga xizmat qildi

D) dehqonlar ahvolini birmuncha yaxshilashga yordam berdi

35. ... mazkur islohotni o‘tkazishda kumush narxining ko'tarilganini hisobga oldi.

A) Shayboniyxon B) Abdullaxon II

C) Ko’chkunchixon D) Abdullaxon I

36. Abdullaxon II ning pul islohotiga ko’ra ...

A) yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 27 ta mis tangaga tenglashtirildi.

B) yangi kumush tanganing qiymati 35 ta, eskisi esa 27 ta mis tangaga tenglashtirildi.

C) yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 25 ta mis tangaga tenglashtirildi.

D) yangi kumush tanganing qiymati 33 ta, eskisi esa 26 ta mis tangaga tenglashtirildi.

37. ... ning pul islohoti tufayli kumush tanga ko‘p miqdorda chiqarildi.

A) Shayboniyxon B) Abdullaxon II

C) Ko’chkunchixon D) Abdullaxon I

38. Quyidagi qaysi shaxsning islohotiga ko’ra narxi ko'tarilgan kumushning ko‘plab miqdorda boshqa davlatlarga chiqib ketishiga chek qo‘yildi?

A) Shayboniyxon B) Abdullaxon II

C) Ko’chkunchixon D) Abdullaxon I

39. U oltin pul zarb etishni ham yo‘lga qo‘ydi va uning tarkibiga qiymati past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat ostiga oldi. Quyida kim haqida gap ketayati?

A) Shayboniyxon B) Abdullaxon II

C) Ko’chkunchixon D) Abdullaxon I

40. Shayboniylar davrida .... iqtisodning yetakchi tarmog‘i bo‘lib qolaverdi.

A) dehqonchilik B) chorvachilik

C) hunarmandchilik D) savdo-sotiq

41. Qaysi sulola vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rdilar?

A) Ashtarxoniylar B) Shayboniylar

C) Mang’itlar D) Minglar

42. Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun ... kanallar qazildi.

A) 10 ga yaqin B) 15 ta

C) 12 ga yaqin D) 10 dan ortiq

43. Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, ... davrida keng rivojlandi.

A) Shayboniyxon B) Abdullaxon II

C) Ko’chkunchixon D) Abdullaxon I

44. Qachon Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari, ko‘plab suv omborlari bunyod etildi?

A) 1556-1587-yy. B) 1555-1587-yy.

C) 1557-1585-yy. D) 1556-1585-yy.

45. ... darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o’rnida ulkan to’g‘on - Abdullaxon bandi qurildi.

A) Nurota B) Oqchob

C) Beklarsoy D) Zarafshon

46. Qaysi tumandaAbdullaxon bandi qurildi?

A) Nurota B) Oqchob

C) Beklarsoy D) Zarafshon

47. Abdullaxon bandiga ... kub metr suv to‘plangan.

A) 1 mln 200 ming B) 1 mln 300 ming

C) 1 mln 500 ming D) 1 mln 400 ming

48. Abdullaxon timi qaysi shaharda qurilgan?

A) Samarqand B) Toshkent

C) Buxoro D) G’ijduvon

49. Abdullaxon timi qachon qurilgan?

A) 1575-yilda B) 1576-yilda

C) 1577-yilda D) 1574-yilda

50. Xonlikda asosiy soliq sug‘oriladigan yerdan olinadigan ... edi.

A) ixrojot B) zakot

C) xiroj D) zobitona

51. Quyidagi qaysi soliq daromadning 30

foizdan 40 foizgachasini tashkil qilardi.

A) ixrojot B) zakot

C) xiroj D) zobitona

52. Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq nima deyilgan?

A) ixrojot B) zakot

C) xiroj D) zobitona

53. Aboli mol-mulkidan olinadigan soliq ... deb atalgan.

A) ixrojot B) zakot

C) xiroj D) zobitona

54. Hukmdor uchun yig'iladigan maxsus soliq bu ...

A) ixrojot B) zakot

C) xiroj D) zobitona

55. Shayboniylar davrida harbiy soliq nima deyilgan?

A) ixrojot B) zakot

C) xiroj D) madadi lashkar

56. Shayboniylar davriga oid xato ma’lumotni aniqlang.

A) Davlat pulga muhtoj bo‘lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan.

B) Aholiga davlat oldida o‘tashi shart bo‘lgan begar deb ataluvchi mehnat majburiyati ham yuklatilgan.

C) O‘zaro urushlar ko‘payib ketgan yillari soliqlar bir necha yil uchun oldindan olinardi.

D) Og‘ir yillarda aholiga hatto jizya - jon boshi solig‘i solinardi.
12-§. Buxoro xonligining tashqi siyosati

1.Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari qachondan rivojlana boshladi?

A) XV asrning oxiridan B) XVI asrning boshidan

C) XVI asr ikkinchi yarmidan D) XVII asrdan
2.O`z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida Rossiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan shayboniy Buxoro xonini aniqlang.

A) Ko`chkinchixon B) Abu Said

C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
3.Qozon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?

A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil


4.Hojitarxon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?

A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil


5.Qachon Abdullaxon II Moskvaga o`z elchilarini yuborgan?

A) 1555-1556-yillarda B) 1556-1557-yillarda

C) 1557-1558-yillarda D) 1558-1559-yillar
6.Ivan Grozniy tomonidan bosib olingan hududlar to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

1.Qozon xonligi 2. Hojitarxon xonligi 3. Qirim yarimoroli 4.Volga bo`ylari 5. G`arbiy Sibir

A) 1,2,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
7.«Moskva savdo kompaniyasi» qachon tashkil etilgan?

A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
8.«Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar va rus podshosining guvohnomasi bilan qachon Buxoroga yuborildi?

A) 1558-yil B) 1560-yil C) 1562-yil D) 1565-yil


9. XVI asrda Rossiya bilan Buxoro munosabatlarida muhim o’rin tutgan masalani aniqlang.

A) Qozoq juzlari masalasi

B) boj masalasi

C)O’rta Osiyo orqali Hindistonga yo’l ochish

D)Astraxan orqali Makkaga haj safariga boorish
10.Xuroson orqali haj safariga boradigan yo’l qaysi davlat nazoratida edi?

A)Rossiya B)Afg’oniston

C)Eron D)Hindiston
11.Haj safariga Ashtarxon orqali borish masalasini hal qilish borasida Buxoro xonligi qaysi davlat bilan birgalikda harakat qilishga qaror qildi?

A)Eron safaviylari bilan

B)Hindistondagi Boburiylar bilan

C)Usmonlilar bilan

D)Rossiya bilan
12.Buyuk Ipak yo’lining ahmiyati ……asrdan pasayib ketdi.

A)XIV asrdan B)XV asrdan

C)XVI asrdan D)XVII asrdan
13.Rossiya-Usmonli davlati o’tasida urush qachon boshlandi?

A)1563-yilda B)1569-yilda

C)1572-yilda D)1581-yilda
14.Usmonlilar sultonining Astraxan orqali Haj safari uchun yo’l ochish talabini Rossiya qachon qondirdi?

A)1563-yilda B)1569-yilda

C)1572-yilda D)1581-yilda
15.Buxoron xonligining mafaatlari Eron(a) va Rossiya(b) bilan to’qnashgan hududlarni aniqlang.

A)a-Xuroson, b-Sibir

B)a-Sibir, b-Astraxan

C)a-Dehli, b-Sibir

D)a-Machjuriya, b-Astraxan
16.Sibirning qaysi qismi shaybon ulusi tarkibiga kirgan?

A)Shimoli-sharqiy B)Janubi-g’arbiy

C)Shimoli-g’arbiy D)Janubi-sharqiy
17.……yilda (a) Rossiya Sibir xonligiga qarshi …………(b) boshchiligida qo’shin yubordi.

A)a-1572-yilda, b-Yarus

B)a-1581-yilda, b-Yermak

C)a-1584-yilda, b-Nechay

D)a-1572-yilda, b-Shamay
18.Rossiya tomonidan Sibir xonligiga qarshi jo’natilgan Yermak qachon halok bo’ldi?

A)1581-yilda B)1584-yilda

C)1572-yilda D)1563-yilda
19.Rossiya Sibir xonligiga qarshi qo’shin jo’natganida Sibir xoni kim edi?

A)Ko’chkunchixon B)Ko’chimxon

C)Yermak D)Surtoyshi

20.Rossiya Sibir xonligiga qarshi qo’shin jo’natgan (a) va rus qo’shinlari Sibir ustidan g’alaba qozongan (b) yillarni aniqlang.

A)a-1872-yil, b-1598-yil

B)a-1581-yil, b-1584-yil

C)a-1581-yil, b-1598-yil

D)a-1552-yil, b-1556-yil
21.1598-yilda vafot etgan shaxslarni aniqlang.

1)Abdullaxon II 2)Akbarshoh 3)Abdulazixon 4)Subxonqulixon 5) Ko’chimxon

A)1,2 B)2,3

C)2,3,5 D)1,5
22.Rossiyada nechanchi asrdan markazlashgan davlat tarkib topa boshladi?

A)XV asrdan B)XIV asr 80-yillaridan

C)XVI asrdan D)XVII asrdan
23.XVII asrda O’rta Osiyo va Rossiya o’rtasida savdoda tovar ayriboshlash miqdori qancha rublni tashkil etgan?

A)100 ming rublni

B)2 mln.200 ming rublni

C)50 ming rublni

D)500 ming rublni
24.Rossiya ………(a) yildan ………..(b) yilgacha o’tgan davrda ……(c) marta elchi yubordi.

A)a-1600-yildan, b- 1670-yilgacha, c-5 marta

B) a-1620-yildan, b- 1675-yilgacha, c-4 marta

C) a-1584-yildan, b- 1600-yilgacha, c-2 marta

D) a-1600-yildan, b- 1670-yilgacha, c-4 marta
25.1620-yilda Buxoro xonligiga yuborilgan Rossiya elchisi D.I Xoxlovga yuklatilgan fazifalarni aniqlang.

1)Buxoro xonligining tashqi siyosiy aloqalari to’g’risida ma’lumot to’plash.

2)Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlik xazinasining ahvolini o’rganish

3)Buxoro-Eron munosabatlarini o’rganish

4)Buxoro-Xiva munosabatlarini tahlil qilib chiqish

5)Qayerda qancha oltin borligini aniqlash va xaritaga tushish

A)1,3,5 B)1,2,4

C)2,4,5 D)3,4,5


26.Nechanchi asrga kelib Rossiya O’rta Osiyo va Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq aloqalarida kamsitish siyosatini yurita boshladi va boj to’lovi miqdorini oshirdi.

A) XV asr B) XVI asr

C) XVII asr D) XVIII asr

27.Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng emas deb unga tazyiq o’tkaza boshlagan rossiya hukmdorini aniqlang.

A)Nikolay II B)Aleksandr I

C)Mixail Romanov D)Pyotr I
28.1718-yilda Irtish daryosi bo’yida qaysi shaharga asos solindi?

A) Orenburg B) Orsk

C) Semipolotinsk D) Moskva

29.1718-yilda Irtish bo’yida nechta qo’rg’ondan iborat shahar qurildi.

A)oltita B)yettita

C)sakkizta D)beshta
30.Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so’ragan Buxoro hukmdorini aniqlang.

A)Abulfayzxon

B)Subxonqulixon

C)Ubaydullaxon II

D) Muhammad Hakimbiy
31.1721-yilda Buxoroga yuborilgan Rossiya elchisi kim edi?

A) I.Buxgols B) F.Beneveni

C) I.Kirillov D) Bеkovich-Cherkasskiy
32.Buxoro xonligiga yuborilgan F.Beneveniga qanday vazifalar yuklatilgan edi?

1.O’rta Osiyoga olib boradigan suv va quruqlik yo`llarini o`rganish

2.Rus davdosini kenyashtirish imkoniyatlarini aniqlash

3.Orol dengizida Rossiya bayrog`ini ko`tarish

4.Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko`ndirish

5.Buxoro va undan Hindistonga boradigan yo`lni ochish

6.Buxoro xonligidagi qa`la va qo`shinlar ahvolini o`rganish

7.Buxoro xoniga rus gvardiyachilarini taklif qilish

8.Qayerda qancha oltin borligini aniqlash va uni xaritaga tushrish

9.Buxoro xonligining Eron , Xiva va Usmonli bilan o`zaro munosabatlarini o`rganish

A) 1,2,3,5,6,7,8,9 B) 1,2,4,6,7,8,9

C) 1,2,3,4,5,7 D) 1,2,4,6,8


33.F.Beneveni Buxoro xonligida necha yil turdi?

A) 3 yil B) 3,5 yil C) 4 yil D) 4,5 yil


34.Qachon F.Beneveni Peterburgga qaytib ketdi?

A) 1723-yil B) 1724-yil C) 1725-yil D) 1726-yil


35.………… - Movarounnahr , Eron va Hindiston yo`nalishida o`ziga xos darvoza edi.

A) Balx B) Badaxshon C) Xuroson D) O`ratepa


36.Xurosonni nazorat qilish masalasida kimlar o`rtasida keskin kurash kеtgan?

A) safaviylar va durroniylar

B) shayboniylar va safaviylar

C) shayboniylar va boburiylar

D) boburiylar va safaviylar
37.Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylardan kimlar ustunlik qilgan?

1.Muhammad Shayboniyxon 2.Ko`chkinchixon 3.Ubaydullaxon 4.Abdullaxon II

A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
38.Xuroson uchun Eron safaviylariga qarshi kurashda Abdullaxon II Xurosonning qaysi shaharlarini egalladi?

1)Hirot; 2)Mashhad; 3)Nishopur; 4)Sabzavor ; 5)Marv

A)1,3,5 B)2,3,5

C)1,3,4 D)2,3,4


39.Qachon Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylantirishga erishdi?

A) 1740-yilda B) 1747-yilda

C) 1736-yilda D) 1738-yilda
40.Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Buxoro xonligi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning o`rnatilishi kimlarning nomi bilan bog`liq?

A) Shayboniyxon va Bobur Mirzo

B) Ko`chkinchixon va Akbarshoh

C) Abdullaxon II va Avrangzeb

D) Ko`chkinchixon va Bobur Mirzo

41.Boxoro xonligida kimning hukmronligi davrda Boburiylar saltanatini tan olindi?

A) Ko`chkinchixon B) Abu Said

C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
42………………ning elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahrning mashhur mayizlardan, subxoni o`riklaridan, va boshqo noyob ne`matlaridan yeti tuyaga yuklangan sovg`a-salomlari qatorida tortiq qilingan 200 ta ot olib kelganligi manbalarda qayd etilgan.

A) Ko`chkinchixon B) Abu Said

C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
43.Buxoro xoni ………………..safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan harakat qilishga intilgan.

A) Ko`chkinchixon B) Abu Said

C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
44.Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan Boburiylar saltanatiga yuborilgan elchilar orqali nimani taklif etdi?

A) o`g`lining xatti-harakatlari uchun uzr so`rash

B) Eronni o`zaro taqsimlab olish

C) Badaxshonni bosib olishi sabablarini tushuntirish

D) boshqa davlatlar tomonidan bo`lishi mumkin bo`lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish

45.Diniy bag’rikenglikni davlat siyosati darajasiga ko’targan hukmdorni aniqlang.

A) Abdullaxon II

B) Ubaydullaxon II

C) Abulfayzxon

D) Muhammad Rahimbiy
46.Qachon Akbarshoh Buxoroga, Abdullaxon saroyiga o`z elchilarini yuborgan?

A) 1584-yil B) 1586-yil C) 1589-yil D) 1593-yil


47.Nima maqsadda Akbarshoh Abdullaxon saroyiga elchilar yuborgan edi?

A) Turkiyaga qarshi kurashda Eronga yordam bеrish

B) Eronni o`zaro taqsimlab olish

C) Badaxshonni bosib olishi sabablarini tushuntirish

D) boshqa davlatlar tomonidan bo`lishi mumkin bo`lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish
48.Buxoro xoni Abdullaxon II ikkinchi elchilarini qachon Akbarshoh huzuriga jo`natadi?

A) 1570-yil B) 1572-yil C) 1577-yil D) 1579-yil


49.Quyidagi qaysi hudud Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo`nalishida o`ziga xos darvoza vazifasini o`tar edi?

A) Hindiston B) Xuroson

C) Afg`oniston D) Movarounnahr
50.Ma`lumki, Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o`rtasida keskin kurash ketgan. Bu masalada shayboniy hukmdorlardan kimlar ustunlik qilgan?

A) Ko`chkinchixon, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon

B) Muhammad Shayboniyxon, Ko`chkinchixon, Pirmuhammad

C) Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II

D) Muhammad Shayboniyxon, Abdullaxon II, Pirmuhammad
51.Abdullaxon II Xurosonning qaysi shaharlarini bosib olishga muvaffaq bo`lgan?

1. Sabzavor 2. Marv 3. Mashhad

4. Hirot 5.Nishopur

A) 1,2,4 B) 1,3,4,5 C) 2,4,5 D) 2,3,5



52.Rasmdagi tarixiy shaxs hukmronligi davrida bo’lgan tarixiy voqealarni aniqlang.

1)Qozon xonligi bosib olindi

2) D.I Xoxlov elchi qilib jo’natildi

3)Hojitarxon xonligi bosib olindi

4)Florio Benevini elchi qilib jo’natildi

5)Vo’lga bo’yi va G’arbiy Sibir hudulari bosib olindi

A)1,3,5 B)2,3,4

C)2,4 D)1,4,5



Download 311,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish