Mavzulashtirilgan testlar to’plami 8-sinf O’zbekiston tarixi bo’yicha


)XVII asrdan markazlashgan davlat tarkib topa boshladi



Download 421,57 Kb.
bet5/9
Sana08.02.2020
Hajmi421,57 Kb.
#39131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 òzb tarixi mavzulashtirilgan


1)XVII asrdan markazlashgan davlat tarkib topa boshladi

2)Ushbu davlatga qarshi kurashda Abdullaxon II Usmonlilar bilan ittifoq tuzishga urinib ko’rgan

3)Ko’chkunchixon ushbu davlat hukmdorini birinchi bo’lib tan olgan.

A)a-1,b-2,c-3 B)a-2,b-1,c-3

C)a-3,b-2,c-1 D)a-2,b-3,c-1
13-§. Buxoro xonligida madaniy hayot

1.Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida quyidagi qaysi fanlar ma`lum darajada rivojlangan?

1.tibbiyot 2.matematika 3.musiqa 4.astronomiya

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4
2.«Tabiblar iftixori» deb sharaflangan shaxs tog`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Muhammad Mazid

B) mavlono Baqo

C) Shohali ibn Sulaymon

D) Sultonali Samarqandiy
3.Mavlono Baqo………..edi

A) jarroh B) astronom C) biolog D) mudarris


4.Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida ko`z kasalliklarini davolashda quyiagi qaysi shaxs nom chiqargan?

A) Muhammad Mazid

B) mavlono Baqo

C) Shohali ibn Sulaymon

D) Sultonali Samarqandiy
5.«Davolash bo`yicha dastur» asari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Mazid

B) mavlono Baqo

C) Shohali ibn Sulaymon

D) Sultonali Samarqandiy
6.«Ko`z kasalligiga doir asosiy kitob» asari mualifini aniqlang

A) Sultonali Samarqandiy

B) Ubadulloh Kahhol

C) Bobokolon Samarqandiy

D) Mahmud ibn Ahmad Foriziy
7.Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida kimlar matematika fani rivojiga hissa qo`shganlar?

1. Muhammad Amin 2. Muhammad Husayni Buxoriy 3. Bobokolon Samarqandiy 4. mavlono Kavkaviy

A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4
8.«Qibla tomonini topish ma`rifati» asari muallifini aniqlang.

A) Bobokolon Samarqandiy

B) Muhammad Husayni Buxoriy

C) Mahmud ibn Ahmad Foriziy

D) Sultonali Samarqandiy
9.«Oy fazolarining tengligi haqida risola» asari muallifini aniqlang.

A) Bobokolon Samarqandiy

B) Muhammad Husayni Buxoriy

C) Mahmud ibn Ahmad Foriziy

D) Sultonali Samarqandiy
10.Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida kimlar astronomiya fani rivojiga hissa qo`shganlar?

1. Muhammad Amin

2. Muhammad Husayni Buxoriy

3. Mahmud ibn Ahmad Foriziy

4. mavlono Kavkaviy

A) 1,2, B) 3,4 C)1,2,4 D) 2,3


11.Buxoro xonligida qaysi sulola davrida diniy mutaassiblik keng yoyildi va diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talab etildi?

A) Shayboniylar B) Ashtarxoniylar

C) Mang’itlar D) Qo’ng’irotlar
12.«Xoqonga foydali maslahatlar» asarining muallifini aniqlang.

A) Mahmud Ibn Vali

B) Muhammad Sharif Buxoriy

C) Muhammad Yusuf Munshiy

D) Abdurahmon Tole
13.Muhammad Sharif Buxoriy qanchadan ziyod asralar yozgan?

A) 10 B) 20 C) 43 D) 50


14.Muhammad Sharif Buxoriy quyidagi qaysi madrasaning mudarrisi hisoblangan?

A) Muhammad Shayboniyxon madrasasi

B) Mir Arab madrasasi

C) Ko`kaldosh madrasasi

D) Nodir devonbegi madrasasi
15.Buxoro xonligida ashtarxoniylardan kimning hukmronligi davrida tibbiyot ilmi rivojlandi?

A) Ubaydullaxon II B) Abdulazizxon

C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon
16.«Subhoniy tibbiyoti bo`yicha davolash» asrining muallifini aniqlang.

A) Subxonqulixon

B) Muhammad Yusuf Munshiy

C) Abdurahmon Tole

D) Muhammad Sharif Buxoriy
17.Buxoro xonligida ashtarxoniylardan kimning tashabbusi bilan Buxoroda «Dorush-shifo» qurilib, bemorlarni davolash ishlari yo`lga qo`yilgan?

A) Ubaydullaxon II B) Abdulazizxon

C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon

18.«Shayboniynoma» asari mualliflari berilgan qatorni aniqlang

A) Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy

B) Muhammad Solih, Hofiz Toshkandiy

C) Kamoliddin Binoiy, Muhammad Haydar

D) Muhammad Solih, Muhammad Haydar
19.«Tarixi Rashidiy» asari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Solih B) Kamoliddin Binoiy

C) Muhammad Haydar D) Hofiz Tanish Buxoriy
20.«Mehmonnomayi Buxoro» asari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Solih

B) Fazlulloh ibn Ro`zbexon

C) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

D) Hofiz Tanish Buxoriy
21.«Abdullanoma» asari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Solih

B) Fazlulloh ibn Ro`zbexon

C) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

D) Hofiz Tanish Buxoriy
22.«Sharafnomayi shohiy» asari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Solih

B) Fazlulloh ibn Ro`zbexon

C) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

D) Hofiz Tanish Buxoriy
23.«Tarixi jadidayi Toshkand» asari muallifini aniqlang.

A) Muhammad Solih

B) Fazlulloh ibn Ro`zbexon

C) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

D) Hofiz Tanish Buxoriy

24.Quyidagi qaysi asar Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o`rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo`lgan davr voqealarini o`z ichiga oladi?

A) Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida

B) Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida

C) Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida

D) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida
25.Quyidagi qaysi asarda shayboniylar bilan Eron safaviylari o`rtasidagi munosabatlar haqida muhim ma`lumotlar berilgan?

A) Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida

B) Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida

C) Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida

D) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida
26.Quyidagi qaysi asar Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag`ishlangan?

A) Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida

B) Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida

C) Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida

D) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida
27.Quyidagi qaysi asarda Chingizxonning Movarounnahr istilosi, chingiziylar hukmronligining o`rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayron davlatining tashkil etilishi, Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish yo`lida olib borgan kurashi tarixiga bag`ishlangan?

A) Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari

B) Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asari

C) Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asari

D) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asari
28.Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari qaysi tilda yozilgan?

A) fors B) arab C) o`zbek D) turk


29.«Tarixi Muqimxoniy» asarining muallifini aniqlang.

A) Muhammad Amin Buxoriy

B) Muhammad Yusuf Munshiy

C) Muhammad Zamon Buxoriy

D) Abdurahmon Tole
30.«Abulfayzxon tarixi» asarining muallifini aniqlang.

A) Muhammad Amin Buxoriy

B) Muhammad Yusuf Munshiy

C) Muhammad Zamon Buxoriy

D) Abdurahmon Tole
31.«Ubaydullanoma» asarining muallifini aniqlang.

A) Muhammad Amin Buxoriy

B) Muhammad Yusuf Munshiy

C) Muhammad Zamon Buxoriy

D) Abdurahmon Tole
32.Muhammad Shayboniyxonning «Devon»i qayerdadagi kutubxonada saqlanmoqda?

A) Istanbul B) Toshkent C) Ostona D) Bishkek


33. .…………..o`z she`rlarida Samarqand va Buxoro shaharlarni eng ko`p madh qilgan?

A) Muhammad Solih

B) Kamoliddin Binoiy

C) Hofiz Tanish Buxoriy

D) Muhammad Shayboniyxon
34.Quyidagi qaysi shaxs o`zining bir she`rida Samarqandni jannatga qiyoslaydi?

A) Muhammad Solih

B) Kamoliddin Binoiy

C) Hofiz Tanish Buxoriy

D) Muhammad Shayboniyxon
35.Quyidagi qaysi shaxs o`zining bir she`rida Buxoroni Ka`baga qiyoslaydi?

A) Muhammad Shayboniyxon

B) Kamoliddin Binoiy

C) Hofiz Tanish Buxoriy

D) Muhammad Solih
36.Ubaydullaxon qanday taxalluslar bilan ijod qilgan?

1. «Ubaydullo» 2. «Ubaydiy»

3. «Qul Ubaydiy» 4. «Ubay»

A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3


37.Ubaydullaxon qaysi tillarni yaxshi bilgan va shu tillarda ham ijod qilgan?

A) fors va turk B) fors va arab

C) turk va arab D) o`zbek va arman
38.Ubaydullaxonning qaysi tillardagi she`rlari uch devonga to`plangan va keyinchalik bitta muqova ichiga jamlanib «Kulliyot» deb atalgan?

1.arab 2.fors 3.turk 4.o`zbek 5.hind

A) 1,2,4 B) 1,2,4,5 C) 1,3,5 D) 2,3,5
39.Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti kimning nomi bilan bog’liq?

A) Shayboniyxon B) Ko’chkunchixon

C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
40.Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislikni rivojlantirdi va undan qancha hikmat meros qoldi?

A) 230dan ortiq

B) 220 dan ortiq

C) 200 dan ortiq

D) 300 dan ortiq
41.Shaybobiy hukmdorlardan kimlarning o’z kutubxonalari bo’lgan?

1)Ko’chkunchixon 2)Shayboniyxon 3)Abdulazizxon 4)Abdullaxon I 5)Abdullaxon II 6)Ubaydullaxon

A)1,3,5,6

B)2,3,4,5

C)1,2,4,6

D)2,4,5,6


42.Mirzo Abdulqodir(Bedil)ning yashab ijod qilgan yillarini aniqlang

A) 1644-1701-yillar B) 1644-1721-yillar

C) 1627-1721-yillar D) 1654-1744-yillar
43.Mirzo Abdulqodir(Bedil) qayerlik edi?

A) Samarqandlik B) Toshkentlik

C) Shahrisabzlik D) Buxorolik
44.Mirzo Abdulqodir(Bedil) qayerda vafot etgan?

A) Dehli B) Panjob C) Hirot D) Mashhad


45.«To`rt unsur» asari muallifni aniqlang.

A) Sayido Nasafiy B) Bedil

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
46.Quyidagi qaysi asarda havo, suv, yer, olov haqida ma`lumotlar keltirilgan?

A) «Irfon» B) «Hayvonotnoma»

C) «To`rt unsur» D) «Tarixlar dengizi»
47.Quyidagi qaysi asarda o`simliklar, hayvonlar va odamlarning kleib chiqishi haqida ma`lumotlar berilgan?

A) «Irfon» B) «Hayvonotnoma»

C) «To`rt unsur» D) «Tarixlar dengizi»
48.Quyidagi qaysi shaxs Turkistonda «Abulmaoniy»(“Ma`nolar otasi”) dеgan nom olgan?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
49.Sayido Nasafiy qayerda tug`ilgan?

A) Qarshi B) Toshkent

C) Samarqand D) Shahrisabz
50.Quyidagi qaysi shaxsni zamondoshlari «Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb ulug`laganlar?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
51.«Hayvonotnoma» asari muallifni aniqlang.

A) Sayido Nasafiy B) Bedil

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
52. .………….. jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subxonqulixonning xalqni og`ir soliqlariga duchor etganligini, uning oqibatida xalq tortayotgan azob- uqubatlarini ro`yirost tanqid qil ola jasoratli shoir edi.

A) Bedil B) Sayido Nasafiy

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
53.Quyidagi qaysi shoir urug` va qabilalarni birlashtrishga va o`zaro hamkorlik qilishga da`vat etgan. Urug` oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
54.«Tor ko`ngullik beklar» she`ri muallifini aniqlang.

A) Bedil B) Sayido Nasafiy

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
55.Quyidagi qaysi asar hayvonlar timsoli orqali yer egalari va amaldorlarning mehnatkash xalqqa yetkazilgan jabr-zulmlarini, ularning adolatsizliklari, poraxo`rligi, ma`naviy jihatdan pastkashliklarini fosh etadi?

A) «Irfon» B) «Hayvonotnoma»

C) «To`rt unsur» D) «Tarixlar dengizi»
56.Quyidagi qaysi shoir xalqning tilidan, mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik, u keltirib chiqargan qirg`in-barot urushlarni la`natlagan?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy

C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole
57.Madrasalarni qayerda qurilganligiga qarab joylashtiring.

1)Samarqand; 2)Buxoro; 3)Toshkent

a)Mir Arab,Abdullaxon; b)Shayboniyxon c)Baroqxon,Ko’kaldosh; d)Qulbobo Ko’kaldosh,Nodir Devonbegi,Ernazar elchi

A)1-a,2-b,c, 3-d

B)1-b,2-a,c, 3-d

C)1-c,2-a,b, 3-d

D)1-d,2-b,c 4-a
58.Qachon Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi qachon shakllangan?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr


59.Sherdor va Tillakori madrasalarini kim qurdirgan?

A) Muhammad otaliq B) Yalangto`sh Bahodir

C) Nodir devonbegi D) Muhammad Hakimbiy
60.Sherdor va Tillakori madrasalar qachon bunyod etilgan?

A) XVI asrning birinchi yarmida

B) XVI asrning ikkinchi yarmida

C) XVII asrning birinchi yarmida

D) XVII asrning ikkinchi yarmida
61.Mir Arab madrasasi qayerda qurilgan.

A) Toshkent B) Buxoro C) Samarqand D) Qo`qon


62.Baroqxon madrasasi kim tomonidan qurilgan?

A) Shayx Abdulla B) Baroqxon

C) Suyunchxo`ja D) Muhammad Shayboniyxon
63.Baroqxon madrasasi gumbazi balandligini aniqlang.

A) 18 m B) 20 m C) 22 m D) 25 m


64.Mir Arab madrasasi kim tomonidan qurilgan?

A) Shayx Abdulla B) Baroqxon

C) Suyunchxo`ja D) Muhammad Shayboniyxon
65.Mir Arab madrasasini qurish uchun sarflangan xarajatlarni qaysi Buxoro xoni bergan ?

A) Ubaydullaxon B) Abdullaxo II

C) Ko`chkinchixon D) Muhammad Shayboniyxon
66.Ma`lumki, shayboniylar ta`limni rivojlantrish maqsadida islohot o`tkazganlar. Bu islootning o`tkazilishiga sabab nima edi?

A) amaldorlar guruhini vujudga keltirish

B) xalq savodini oshirish

C) amaldorlarni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantrish

D) A va C
67.Shayboniylar tomonidan ta`limni rivojlantrish maqsadida islohot o`tkazilgan. Islohotga ko`ra……..

1.ko`p bosqichli o`qitish tizimi joriy etildi

2.har bir mahallada maktab ochildi

3.bolalarga 6 yoshdan ta`lim berildi

4.maktabda ikki yil o`qigacha, o`quvchilar madarasaga o`tkazildi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4


68.Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

1. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko`plab maktablar faoliyat yuritgan

2.o`g`il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o`qitilgan

3.o`g`il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo`jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan

4.qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o`qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan

5.bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan

6.bolalar maktbabda 5-8 yil davomida boshlang`ich ta`lim olganlar

A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,6 C) 1,2,3,4,6 D) 1,2,3,4,5


69.Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

1.o`g`il bolalarni masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar-domlalar o`qituvchilik qilishgan

2.qizlarni otinoyi, bibixalifa deb atalagan ayol o`qituvchilar o`qitishgan

3.maktablarda o`quvchiarga avval harflar keyin bo`ginlar, ularni qo`shish orqali so`z tuzish o`rgatilgan

4.o`quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Hofiz Sheroziy, Mashrab, So`fi Olloyor asarlarini o`qib saboq olganlar

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4


70.«Haftiyak» bu …..

A) Qur`oni Karimning yettidan biri

B) Payg`ambarlar hayoti va so`zlari haqida kitob

C) Hozirgi mantiqqa o`xshash fan

D) Hadislar to`plami
71.Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

1.qizlar maktablarida uy-ro`zg`or tutush, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o`rganishga ko`proq o`rin berilgan

2.bolalar yozishni to`liq o`zlashtrib olgandan keyingina o`qishga o`tganlar

3.maktablarda imtixonlar bo`lmagan

4.maktabni tugatganlik tog`risida guvohnoma-shahodat faqat hamma fanlarni o`zlashtrib bo`lgandan keyin berilgan

5.madrasa o`rta va oliy o`quv yurti hisoblangan 6.madrasada ta`lim talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan

7.madrasada arab,fors tilida yozilgan kitoblar o`qitilgan

8.madrasada o`qish «Chor kitob» deb nomlangan forsiy tilidagi o`quv qo`llanmasini o`zlashtirishdan boshlangan

A) 1,3,5,6,7 B) 1,2,4,5,8

C) 1,2,3,5,8 D) 2,4,5,6,7,8


72.Buxoro xonligida eng muhim tabiiy fanlar o’qitilmasligi sababini aniqlang.

1)Diniy mutaassiblikning kuchayganligi

2)Darsliklar yetishmasligi

3)Tashqi aloqasi o’zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi

4)ilg’or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo’lga qo’ya olmaganligi

A)1,2,3 B)2,3,4

C)1,3,4 D)12,4
14-§. Buxoro amirligining tashkil topishi

1.Eron shohi Nodirshoh qachon Buxoro xonligiga birinchi marta bostirib kеldi?

A) 1736-yilda B) 1740-yilda

C) 1742-yilda D) 1743-yilda
2.Nodirshoh Buxoro xonligiga birinchi marta bostirib kеlganda uning qo`shinlariga kim yetakchilik qilgan?

A) Rizoqul B) Taxmasp

C) Mir Mahmud D) Ahmadxon
3.Eron shohi Nodirshoh qachon Buxoro xonligi ustiga ikkinchi marta bostirib kеldi va xonlikni bosib oldi?

A) 1736-yilda B) 1740-yilda

C) 1742-yilda D) 1743-yilda
4.Eron shohi Nodirshoh bilan Abulfayzxon o`rtasidagi sulh shartlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

1.Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga qaram davlat deb tan olingan

2. Nodirshoh qo`hinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvor bug`doy va arpa to`pab berildi 3.Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafar qo`shin to`planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo`natildi

4. Ichki shaharni eronliklarga bo`shatib berish

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,4
5.Ma`lumki, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafar qo`shin to`planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo`natildi. Bu qo`shinga kim qo`mondon etib tayinlandi?

A) Muhammad Hakimbiy

B) Muhammad Rahimbiy

C) Mahmudbiy otaliq

D) Amir Shohmurod
6.Ma`lumki, Buxoro xonligi Nodirshoh hujumidan keyin qaram davlatga aylanadi. Kim Buxoro xonligida qo`shbegi lavozimni egallab oladi?

A) Muhammad Hakimbiy

B) Muhammad Rahimbiy

C) Mahmudbiy otaliq

D) Amir Shohmurod
7.Buxoroda Ashtarxoniylar hukmronligi davrida o`zbek qabilalaridan quyidagi qaysi qabilalning nufuzi baland edi?

A) mang`it B) qo`ng`irot C) barlos D) kenagas


8.Muhammad Hakimbiy qachon vafot etdi?

A) 1741-yil B) 1743-yil C) 1745-yil C) 1747-yil


9.Eron shohi Nodirshoh qachon o`ldirildi?

A) 1741-yil B) 1743-yil C) 1745-yil C) 1747-yil


10.Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo`l ochib bergan voqeani aniqlang.

A) Nodirshohning o`ldirilishian keyin Eronda boshlangan ichki kurashlar

B) Soxta xonlarning o`ldirlishi

C) Abulfayzxonning o`limi

D) Muhammad Hakimbiyning o`limi
11.Muhammad Rahimbiy buyrug`i bilan qachon Abulfayzxon o`ldiriladi?

A) 1741-yil B) 1743-yil C) 1745-yil C) 1747-yil


12.Ma`lumki, Nodirshoh o`ldirilgandan keyin

Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonni ham o`ldirtirib yuborganidan keyin taxtga o`tqazilgan soxta xonni aniqlang.

A) Abdulmo`min B) Sherg`ozixon

C) Ubaydullaxon D) Abdulamin
13.Qachon Buxoro xonligida Muhammad Rahimbiy hokimiyatni to`la egalladi?

A) 1750-yil B) 1752-yil C) 1753-yil D) 1756-yil


14.Qachon Buxoro xonligi hokimiyat tepasiga mang`itlar sulolasi keldi?

A) 1750-yil B) 1752-yil C) 1753-yil D) 1756-yil


15.Qachondan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb ataladigan bo`ldi?

A) 1750-yil B) 1752-yil C) 1753-yil D) 1756-yil


16.Buxoro amirligida mang`itlar sulolasining hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1753-1914-yillar B) 1756-1920-yillar

C) 1747-1919-yillar D) 1753-1920-yillar
17.Muhammad Rahimbiy mustaqillik da`vo qilib kеlayotgan qaysi bеkliklarni 4 yil davomida o`ziga bo`ysundirdi?

1. Miyonqol 2. Nurota 3. Qo`bodiyon

4. Boysun 5. Shahrisabz 6. Urgut

A) 1,2,3,5 B) 1,2,4,5,6

C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,4,5
18.Quyidagi javoblardan qaysi birida Buxoro amirligida Muhammad Rahimbiyning faoliyati bilan bog`liq javoblar berilgan?

1. markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka urinayotgan qabilalari turgan joyidan ko`chirib yuborish siyosatini tutdi

2.o`z qo`shini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko`rishga harakat qildi

3.mamlaktda mutlaq hukmdorligini o`rnatish va ichki bosh-boshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi

4.barcha mang`it beklariga katta-yer mulklar tanho shaklida in`om etilldi

5.Samarqand markazida olti qirrali chorsu qurildi 6.xalqdan olinadigan soliqlar ko`paytirdi

A) 1,2,5,6 B) 2,4,6 C) 1,3 D) 1,3,5,6
19.Muhammad Rahimbiy markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka urinayotgan qabilalarga qanday siyosat yuritdi?

A) turgan joyidan ko`chirib yuborish

B) katta soliq olish

C) yer-mulklarini tortib olish

D) B va C
20.Buxoro amirligida Muhammad Rahimbiy vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Doniyolbiy otaliq D) Amir Nasrullo
21.Buxoro amirligida Doniyolbiyning hukmronligi davrida barcha man`git beklariga katta yer-mulklarni qanday shaklda in`om etdi?

A) suyurg`ol B) tanho

C) jogir D) mulki hurri xolis
22.Buxoro amirligida Doniyolbiy otaliqning hukmronli yillarini aniqlang

A) 1756-1758-yillar B) 1758-1785-yillar

C) 1785-1800-yillar D) 1800-1826-yillar
23.Quyidagi javoblardan qaysi birida Buxoro amirligida Doniyolbiyning faoliyati bilan bog`liq javoblar berilgan?

1. markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka urinayotgan qabilalari turgan joyidan ko`chirib yuborish siyosatini tutdi

2.o`z qo`shini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko`rishga harakat qildi

3.mamlaktda mutlaq hukmdorligini o`rnatish va ichki bosh-boshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi

4.barcha mang`it beklariga katta-yer mulklar tanho shaklida in`om etilldi

5.Samarqand markazida olti qirrali chorsu qurildi 6.xalqdan olinadigan soliqlar ko`paytirdi

A) 1,2,5,6 B) 2,4,6 C) 1,3 D) 1,3,5,6
24.Doniyolbiy otaliq davrida qaysi bеkliklarning mustaqillikka intilishlari kuchaydi?

1. Balx 2.Hisor 3. Miyonqol

4. Ko`lob 5. Nurota 6. O`ratepa

A) 1,2,3,5 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4


25.Doniyolbiy otaliq kimlarning qarshiligini sindira olmagan?

A) katta yer egalarining B) harbiylarning

C) Shayxulislomning D) saroy amaldorining
26.Doniyolbiy otaliq hokimiyatni xalq orasida obro`si katta bo`lgan qaysi o`g`liga topshirgan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
27.Buxoro amirligida Amir Shohmurodning hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1756-1758-yillar B) 1758-1785-yillar

C) 1785-1800-yillar D) 1800-1826-yillar
28.Quyidagi qaysi Buxoro amiriga xalq hurmat bilan «amiri ma`sum»(begunoh amir) unvonini bergan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
29.Qaysi Buxoro amiri yoshligida darveshona hayot kechirgan, kеyin pichoqqa qin yasab shu orqali ro`zg`or tebratgan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
30.Amir Shohmurod qaysi sohalarning o’sishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlab berdi?

1)Dehqonchilik

2)Savdo

3)Zargarlik



4)Hunarmandchilik

5)Chorvachilik

A) 1,2,3 B) 1,3,5

C) 2,4 D) 3,5


31.Amir Shohmurod Buxoro aholisiga Taxon yorlig’i yozib berdi va unga ko’ra………….

A)Aholidan 7 yillik soliq birdaniga undirib olindi

B) Soliqlar miqdorini 4 barobar oshirib yubordi

C) Aholi savdo daromadidan to’laydigan boj solig’idan ozod etildi

D) Aholi savdo daromadidan to’laydigan boj solig’I joriy etildi
32.Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan soliq islohoti tog`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Boj va xiroj solig`i oshirildi

B) boj va xirojdan boshqa barcha soliqlar kamaytirildi

C)Asosiy soliq-xiroj miqdori kamaytirildi.

D) bosh va xirojdan tashqari barcha soliqlar bekor qilindi
33.Buxoro amirligida Amir Shohmurod davrida qaysi mansablarning nufuzi yanada orttirilgan?

A) muhtasib va mutavalli B) muhtasib va qozi askar C) qozi askar va mehtar D) qozi askar va saroy qutvoli


34.Qozi askar bu……………

A) rais B) bosh vazir C) harbiy qism sarkardasi D) harbiy sud


35.Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan pul islohoti tog`ri berilgan javobni aniqlang.

1)Sof kumush tanga muomalaga kiritildi

2)Islohot qurg’oqchilik tufayli natijasiz tugadi

3)Sof oltin tanga muomalaga kiritildi

4)Kimda kumush bo’lsa zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirishga ruxsat berdi

5) Sof mis tanga muomalaga kiritildi

A)1,3,5 B)2,4

C)1,4 D)2,3,4


36.Buxoro amirligida kimning hukmronligi davrida joriy qilgan qonun bo`yicha kim mol-mullka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat`iy nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
37.“U amirlik qalamini kambag’allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog’idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug’urib tashladi va adolat nihollarini o’tqazdi.” Amir Shohmurod faoliyati haqidagi ushbu gaplar qaysi olimga tegishli?

A) Mir Masum Olamiyon

B) Ahmad Donish

C) Mushrif Isfarangiy

D) Muhammad Rizo Oxund
15-§. Buxoro amirligida markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi

1.Amiri Shohmurod vafot etgach, taxtga kim o`tirgan?

A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar

C) Amir Muzaffar D) Doniyolbiy otaliq
2.Buxoro amirligida Amir Haydarning hukmronlik yillarini aniqlang?

A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar

C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar
3.Amir Haydar faoliyati bilan bog`liq javoblarni aniqlang

1.uning hukmronligi davrida mamlakat ichki va tashqi savdo o`sdi

2.O’ratepani qo’lda saqlash uchun Qo’qon xonligi bilan kurash olib bordi

3.uning o`zi ham talabalarga ma`ruzalar o`qigan

4.Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib borishga majbur bo’ldi

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,4


4.Buxoro amirligi qachon Xiva xonligi hujumiga uchradi?

A)1804-yilda

B)1806-yilda

C)1821-yilda

D)1822-yilda
5.Amir Haydar hukmronligi davrida ukasi Dinnosirbek qaysi viloyatining hokimi edi?

A) Marv B) Miyonqol C) Balx D) Badaxshon


6.Qachon Buxoro amirligiga qarashli Marv viloyati aholisi qo`zg`alon ko`tardi?

A) 1802-yil B) 1803-yil C) 1804-yil D) 1805-yil


7.Marv viloyati qo`zg`aloniga qarshi yuborilgan qo’shin sarkardasi buyrug`i bilan Marv vohasini suv bilan ta`minlab ……………to`g`onini buzdirib tashlagan

A) Darg`om B) Sutonbandi

C) Karmana D) Hovuzxon
8.Qachon Miyonqolda Buxoro amirligiga qarshi qo`zg`alon bo`lib o`tdi?

A) 1819-yil B) 1821-yil C) 1824-yil D) 1826-yil


9.Miyonqolda 1821-yilda qo`zg`alon ko`tarilishiga sabab bo`lgan omilni aniqlang.

1. harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik

2.yer solig`ining muddatdan oldin yig`ib olinishi

3.boj va xiroj solig`ining oshirilishi

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 1,2,3
10.Marv qo`zg`oloni yengilgach, Dinnosirbek qayerdan boshpana topadi?

A) Hindiston B) Eron

C) Xiva xonligi D) Qo`qon xonlgi
11.Buxoro amirligida Amir Nasrulloning hukmronlik yillarini aniqlang?

A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar

C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar
12.Buxoro amirligida quyidagi qaysi hukmdor amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtrish yo`lida qa`tiyat bilan kurash olib bordi?

A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar

C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
13.Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini to`la birlashatrish uchun necha yil kurash olib bordi?

A) 20 B) 25 C) 30 D) 40


14.Qachon Amir Nasrullo Kitob va Shahrisabzni o`ziga bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi?

A) 1850-yil B) 1854-yil

C) 1855-yil D) 1856-yil
15.Qachon Buxoro amirligi Qo’qon xonligini o’ziga bo’ysundirdi?

A) 1856-yil B) 1843-yil

C) 1842-yil D) 1845-yil
16.Qachon amir Nasrullo Xo’jand va O’ratepani qo’lga kiritish uchun kurash boshladi?

A) 1856-yil B) 1843-yil

C) 1842-yil D) 1845-yil
17.1843-yilda Xiva qo’shinlari Buxoro qo’shinini qayerda mag’lubiyatga uchratdi?

A) G’ijduvonda B) Hozoraspda

C) Xivada D) Qorako’lda
18.Qachon Xiva xonligi Marv viloyatini egalladi?

A) 1856-yil B) 1843-yil

C) 1842-yil D) 1845-yil
19.1843-yilda ……………..(a) hududlari uchun Qo’qon xonligi bilan ………… (b) hududi uchun Xiva xonligi bilan kurash boshlaydi.

A)a-Xo’jand va O’ratepa, b-Marv

B)a-Xuroson,b-Xo’jand va O’ratepa

C)a-Xo’jand va O’ratepa, b-Xazorasp

D)a-Xo’jand va O’ratepa, b-Miyonqol va Shahrisabz
16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi

1. Buxoro amirligida amirdan keyingi ikkinchi shaxs qaysi lavozim egasi edi?

A) Qo'shbegi B) Devonbegi

C) Otaliq D) Mehtar

2. Amirlikda ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan qaysi lavozim oldingi mavqeyini yo‘qotdi?

A) Qo'shbegi B) Devonbegi

C) Otaliq D) Mehtar

3. Mangi`t amirlari davrida Buxoro amiri saroyida xizmat qiluvchi nechta amaldorlik lavozimi joriy etildi va shulardan nechtasi yuqori davlat lavozimlari sanalgan?

A) 100 ga yaqin, 30 ga yaqini

B) 300 ga yaqin, 30 ga yaqini

C) 200 ga yaqin, 30 ga yaqini

D) 400 ga yaqin, 40 ga yaqini

4. Buxoro amirligi ma`muriy jihatdan nimalarga bo`lingan?

A) viloytalarga B) tumalarga

C) viloyat va tumanlarga D) viloyat va bekliklarga

5. Buxoro amirligi nechta viloyat (beklikka) bo`lingan?

A) 27 ta B) 30 ta C) 35 ta D) 40 ta



6. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - amir cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Amir, ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat)hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan.

2. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etishto‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi.

3. Qo’shbegi amir Arkida yashagan

4. Viloyatlarni beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4



7. Buxoro amirligida bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer … tashkil etgan.

A) Hazorani B) Nim hazorani

C) Bir tumanni D) Qoriyani

8. Buxoro amirligida Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer qanay atalgan?

A) Hazora B) Nim hazora

C) Bir tuman D) Qoriya

9. Buxoro amirligida yigirma besh ming tanob yer qanday atalgan?

A) Hazora B) Nim (yarim) hazora

C) Bir tuman D) Qoriya

10. Buxoro amirligida 10-15 ming tanob sug’oriladigan yer qanday atalgan?

A) Marza B) Qoriya

C) Qishloq obikori D) Hazora

11. Buxoro amirligida 400 tanob yerga ega qishloq qanday atalgan?

A) Marza B) Qoriya

C) Qishloq obikori D) Hazora

12.Buxoro amirligida 300 tanob va undan kam yeri
bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, qanday atalardi?

A) Marza B) Qoriya

C) Qishloq obikori D) Hazora

13. Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ularning har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va … deb
atalgan?

A) Mulk B) Amlok

C) Mulki xos D) Adra

14. Amlok yelariniamlokdor boshqargan va u boshqaruv ishida kimlarga tayangan?

1. Qishloq oqsoqollari 2. Amin 3. Miroblar

4. Mirshablar

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4



15. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig`ilishi uchun ma`sul bo`lgan?

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



16. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi suv inshootlarining o`z vaqtida ta`mirlashini ta`minlagan?

A) amin B) mehtar C) Qishloqmirobi D) muhtasib



17. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi qishloqlar uchun ajratadigan suvning ariqlar bo`yicha to`g`ri taqsimlanishini ta`minlagan?

A) amin B) mehtar C) Qishloq mirobi D) muhtasib



18. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlarni yig`ish, aholi ustidan nazorat olib borish bo`lgan?

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



19. Quyidagi qaysi so`z «mulk egasi» degan ma`noni aniqlang

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



20. Quyidagi qaysi so`z «ishonchli, halol odam» degan ma`noni aniqlang

A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib



21. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi arqilardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo`lgan?

A) amin B) mehtar C) mirob D) muhtasib



22. Buxoro amirligining davlat muassalari nimalardan iborat edi?

1. ma`muriy 2. moliya 3. qozilik

4. mirshablik 5. harbiy 6. tashqi ishlar

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5,6

C) 1,2,3,6 D) 1,2,4,5,6

23. Amirlikda oliy ijroiya hokimiyat, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) uning qo'lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ushbu ta’rif qaysi lavozim haqida ekanligini aniqlang.

A) Parvonachi B) Devonbegi

C) Qo’shbegi D) Otaliq

24. Amirlikda qaysi lavozim egasi quyi qo'shbegi deb ham atalgan?

A) Parvonachi B) Devonbegi

C) Qo’shbegi D) Otaliq

25. Amirlikda zakot masalasi bilan shug‘ullangan (a), Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul (b) lavozimlarni aniqlang.

A) a-devonbegi, b-mirob B) a-mehtar, b-sadr

C) a-qo’shbegi, b-otaliq D) a-devonbegi, b-otaliq

26. Qaysi lavozimda ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdorning yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi?

A) Parvonachi B) Devonbegi

C) Qo’shbegi D) Otaliq

27. Qaysi lavozimga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan?

A) to'qsoba B) Mehtar

C) Bosh inoq D) Kichik inoq

28. Quyidagi Buxoro amirligi bilan bog’liq ma’lumotlardan noto’g’risini aniqlang.

1. Moliya vaziri-devonbegi

2. Amirlikda barcha viloyatlar Devonbegiga bo‘ysungan

3.Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘rniga qarab, muhim vazifalar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga dalildir

4. Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan.

A) 1,2 B) 4 C) 3,4 D) 1,4



29. Amirlikda chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan, shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan lavozimni aniqlang.

A) to'qsoba B) Mehtar

C) Bosh inoq D) Kichik inoq

30. Amirlikda davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan lavozimni aniqlang.

A) to'qsoba B) Mehtar

C) Bosh inoq D) Kichik inoq

31. Buxoro amirligida amir otxonasining boshlig`i kim bolgan?

A) inoq B) miroxur C) mirshab D) mushrif



32. Buxoro amirligida qaysi mansabdor shaxs amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul bolgan?

A) dasturxonchi B) sadr

C) mirshab D) parvonachi

33. Buxoro amirligida quyidagi qaysi mansab egasi vaqf mulklarining boshqaruvchisi hisoblangan?

A) dasturxonchi B) sadr

C) mirshab D) parvonachi

34. Buxoro amirligida amir kutubxonasining boshliqi berilgan javobni aniqlang

A) kitobdor B) daftardor C) to`qsabo D) sadr



35. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi qozikalon murakkab dеb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib fatvo chiqargan?

A) muftiy B) muhtasib C) shayxulislom D) sadr



36. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishidavlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo’lgan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

37. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishisoliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘larning belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor bo’lgan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

38. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishidavlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor hisoblangan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

39. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishichet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi hisoblangan?

A) Mehtar B) Qutvol

C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul

40. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishishahar va yo‘llar posboni hisoblangan?

A) Mushrif B) Dodxoh

C) Qorovulbegi D) Muhtasib

41. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishiamirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor hisobangan?

A) Mushrif B) Dodxoh

C) Qorovulbegi D) Muhtasib

42. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishijabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor hisoblangan?

A) Mushrif B) Dodxoh

C) Qorovulbegi D) Muhtasib

43. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishibarcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan?

A) Muftiy B) Qozikalon,

C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom

44. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishisudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan?

A) Muftiy B) Qozikalon

C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom

45. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishimuhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari
ustidan bevosita nazorat olib borgan?

A) Muftiy B) Qozikalon

C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom

46. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan moslashtiring.

1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan.

3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.

4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan

5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi.

A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon

B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon

C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon

D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy



47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1 gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan?

A) 1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob

B) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob

C) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob

D) 1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob
17-§. Buxoro amirligida harbiy ish

1. Qora cherik bu ….?

A) Muntazam qo’shin

B) Nomuntazam qo’shin

C) Otliq askar

D) Piyoda qo’shin

2. Buxoro amirlari qachondan boshlab muntazam
qo‘shin tuzishga kirishdilar?

A) XIX asr boshlaridan B) XIX asr o’rtalaridan

C) XIX asr oxiridan D) XIX asr ikkinchi yarmidan

3. Muntazam qo‘shin tuzish ishini qaysi hukmdor boshlab bergan?

A) Amir Shohmurod B) Amir Nasrullo

C) Amir Haydar D) Amir Muzaffar

4. Buxoro amirligida muntazam qo‘shin qanday atalgan?

A) Askariya B) Qora cherik

D) Navkariya D) Qilquyruq

5. Muntazam qo shin tuzish bilan bog’liq muammolar qaysi hukmdor davrida to’la yechimini topdi?

A) Amir Shohmurod B) Amir Nasrullo

C) Amir Haydar D) Amir Muzaffar

6. Buxoro amiri Nasrullo tomonidan harbiy islohot o`tkazligan sanani aniqlang

A) 1856-yil B) 1830-yil C) 1837-yil D) 1840-yil



7. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko‘ra vujudga kelgan muntazam qo‘shin turlarini aniqlang.

1. Sarboz 2. Navkar 3. To'pchi

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3

8. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko‘rasarbozlar qismi … kishidan (1), to‘pchi qismi esa … kishidan (2) iborat qilib tuzildi.

A) 1-650, 2-250 B) 1-800, 2-300

C) 1-600, 2-250 D) 1-800, 2-250

9. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.

1. XVIII asrning ikkinchi yarmida ham amirlikda qo‘shin hamon nomuntazam bo‘lib, u ichki va tashqi xavfni bartaraf etishga qodir emas edi.

2. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko’ra Muntazam piyoda askarlar sarboz, otliq askarlar esa navkar deb ataldi.

3. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko’ra Sarbozlar yuztalik, elliktalik, yigirma beshtalik va о ‘ntalik bo’linmalarga ajratildi

4. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko’ra Muntazam qo‘shin uchun maxsus kiyim-bosh joriy etildi. Kiyimbosh har 3 yilda almashtirilib turildi. Muntazam qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash jarayoni bir yildan ortiq davom etdi.

5. Muntazam qo‘shinning xizmat muddati cheklangan edi. Xizmat muddati 25 yil edi. Sarbozxonada yashayotgan askarlar u yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan ham shug‘ullanganlar.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5

10. Amir Nasrullo muntazam qo‘shinni bir joyda saqlash maqsadida Buxoro shahri chetida necha uydan iborat ,,Sarbozxona“ deb atalgan manzilgoh qurdirdi?

A) 600 B) 700 C) 800 D) 900



11. Amir davlat boshlig‘i sifatida amirlik qo‘shinining oliy bosh qo'mondoni edi. Undan keyingi o‘rinda vaziri harb (harbiy vazir) turgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalgan va yana qanday nom bilan atalgan?

A) To’pchiboshi B) To’pchilashkar

C) Amirlashkar D) Mingboshi

12. Buxoro amirligi qo‘shinida mavjud bo’lgan harbiy unvonlarni aniqlang.

1. Pansodboshi 2. Yuzboshi 3. Ellikboshi 4. O‘nboshi 5. Mingboshi

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5

13. Buxoro amirligi qo‘shinida Pansodboshi lavozimi egasi … ?

A) Beshyuzboshi B) Garnizon boshlig’i

C) Qurol-yarog’ boshlig’i

D) Mingta askar boshlig’i



14. Buxoro amirligi qo‘shinida ellikboshi lavoozimi yana qanday atalgan?

A) Pansodboshi B) Dahboshi

C) Panjaboshi D) To’qsoba

15. Buxoro amirligi qo‘shinida о‘nboshi lavoozimi yana qanday atalgan?

A) Pansodboshi B) Dahboshi

C) Panjaboshi D) To’qsoba

16. Qal’a va qo‘rg‘onlardagi harbiy qism (garnizon) qanday unvondagi sarkarda tomonidan boshqarilgan?

A) Pansodboshi B) Dahboshi

C) Panjaboshi D) To’qsoba

17. Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy qarorgoh (bugungi til bilan aytganda, shtab) boshlig'i vazifasi kimga yuklatilgan?

A) Mehtar B) Parvonachi

C) Otaliq D) Naqib

18. Zaruriyat taqozo etganida bir necha polk sardori maqomida (a) va qo‘shin sarkardasi maqomida (b) harbiy harakatlarga jalb ctilganlarni aniqlang.

A) a-Naqib, b-Parvonachi

B) a-Dodxoh, b-Parvonachi

C) a-Dodxoh, b-Otaliq

D) a-Otaliq, b-Naqib

19. Qaysi lavozim egasi harbiylarning shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklarini nazorat qilib borgan?

A) qozi askar B) to’qsoba

C) muhtasib D) muftiy askarlar
20. Qaysi lavozim egasi harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyat ishlarini, ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqqan va ular yuzasidan hukm chiqargan.

A) qozi askar B) to’qsoba

C) muhtasib D) muftiy askarlar
21. Qaysi lavozim egasi harbiylar ustidan qozi askar chiqargan hukmning shariatga qanchalik mosligi masalasini tekshirib ko‘rgan?

A) mushrif B) to’qsoba

C) muhtasib D) muftiy askarlar
22. Quyidagi ma’lumotlardan xatosini toping

A) Amirlik muntazam qo‘shini vaqt-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tkazib turilgan. Ko‘rikni amir, amir ishtirok eta olmaganida qo ‘shbegi o‘tkazgan

B) Naqiblar harbiy kuchlarni jang maydonida to‘g‘ri taqsimlanishiga mas’ul bo‘lgan. Naqiblar harbiy yurish paytida qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi va joylashuvi,
uning harakatlanishi hamda urush olib borish borasida yetarli bilimga ega bo‘lgan. Ayni paytda, qo‘shinning old qismi, orqa qismi va o’ng hamda chap qanoti, markazi, pistirmalari haqida yetarlicha ma’lumotga ham ega bo‘lgan.

C) Naqib unvoni o’sha davr Rossiya harbiy


unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeyiga teng bo‘lgan

D) XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek davlatlari, xususan, Buxoro amirligi qo‘shinining qurol-yarog‘lari sifati past edi.



23. Qachondan boshlab Buxoro amirligida o‘tochar qurol (miltiq va to‘p) larning salmog‘i oshdi.

A) XIX asrning boshlarida B) XIX asrning o‘rtalaridan

C) XIX asrning oxiridan D) XX asrning boshidan

24. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘pchilar qismi ixtiyorida jami nechta to‘p bor edi?

A) 50 B) 70 C) 80 D) 100



25. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan?

A) rus va nemis mutaxassislari

B) fransuz va fors mutaxassislari

C) rus va fransuz mutaxassislari

D) rus va fors mutaxassislari

26. Buxoro amirligida to‘plar quyilgan shahar (a), porox tayyorlangan shaharlarni (b) aniqlang.

A) a- Buxoro, b-Qarshi

B) a- Samarqand, b-Buxoro

C) a- Samarqand, b-Qarshi

D) a- Samarqand, b-Shahrisabz

27. Buxoro amirligida qaysi kasb egalari dorukash deb atalgan?

A) Porox ishlab chiqaruvchi hunarmandlar

B) Qilich yasovchi hunarmandlar

C) Dor yasovchi hunarmandlar

D) Kamon o’qi quyuvchilar

28. Buxoro amirligi qo’shinidagi sarboz va to‘pchi askar uchun qancha maosh belgilangan?

A) har to’rt oyda bir tilla

B) har uch oyda bir tilla

C) har oyda bir tilla

D) har uch oyda uch tilla

29.Buxoro amirligi qo’shinidagi yuzboshi oyiga qancha maosh olgan?

A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla

C) olti tilla D) sakson besh tanga

30. Buxoro amirligi qo’shinidagi qorovulbegioyiga qancha maosh olgan?

A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla

C) olti tilla D) sakson besh tanga

31. Buxoro amirligi qo’shinidagi panjaboshi (ellikboshi) oyiga qancha maosh olgan?

A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla

C) olti tilla D) sakson besh tanga

32. Buxoro amirligi qo’shinidagi bosh sarkarda oyiga qancha maosh olgan?

A) besh yuz tilla B) ikki ming tilla

C) ming tilla D) besh ming tanga

33. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.

1. Amirlik askarlari piltamiltiq, to‘pponcha, uzun nayza va egri qilich bilan qurollantirilgan. Askarlar o'zini o’qdan saqlay olishlari uchun sovut, temir dubulg‘a bilan ta’minlangan.

2. Kichik kalibrli ,,xitoychi“ deb atalgan to‘p harbiy harakatlar chog’ida tuyalarning egarlari ustiga mahkam qilib o‘rnatilgan.

3. Harbiy harakatlar chog'ida qo'shinni joylashtirish masalasi sarboz va to‘pchilarning har bir yuzlik bo‘linmasiga bittadan chodir ajratish orqali hal etilgan. Qurol-yarog’, o‘q-dori va jang ucbun barcha zarur


anjom-uskunalar manzilga ot-aravalarda yetkazib berilgan.

4. Harbiy harakatlar chog‘ida mansab va unvonidan


qat’i nazar har bir qatnashchiga kuniga bir tilla berilardi. Undan tashqari, oddiy askar har uch kun uchun bir tanga, o’nboshi har ikki kun uchun bir tanga, qorovulbegi kuniga ikki tanga va yuzboshi esa to‘rt tanga qo‘shimcha haq olardi.

5. Ayni paytda, muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo'lgan askarni, shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oila a’zolarini dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan.

A) 1,2,3 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5


Download 421,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish