Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet10/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Yer yuzasining relyefi xaritalarda qanday usulda tasvirlanadi? J- har xil hamda to‘q-och ranglar berish bilan tasvirlanadi.






  1. Pasttekisliklar qanday rangda tasvirlanadi? J- Bunda 0 metrdan (dengiz sathidan) 200 metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar yashil rangga.

  2. Qirlar qanday rangda tasvirlanadi? J- 200 dan 500 metrgacha baland bo‘lgan qirlar sariq rangga, undan baland yerlar jigarrangga bo‘yaladi.

  3. Balandlik shkalasi deb nimaga aytiladi? J- Har bir rang qanday balandlikni bildirishi xaritaning shartli belgisida beriladi. Bunday belgilar balandliklar shkalasi deb ataladi.

  4. Har bir rang qanday balandlikni bildirishi nimada belgilab qoyiladi? J- xaritaning shartli belgisida beriladi.

  5. Balandliklar shkalasidan foydalanib nimalarni aniqlasa bo’ladi? J- hududning har bir nuqtasining balandligini aniqlasa bo‘ladi. Chuqurliklar shkalasi ham shunday tuzilgan. Ba’zi bir tog‘ cho‘qqilarining balandligi, ayrim okean botiqlarining chuqurligi xarita va globuslarda metr (raqam) bilan ko‘rsatib qo‘yiladi.

  6. Foydali qazilmalar nima orqali tasvirlanadi? J- Yer bag‘ridagi foydali qazilmalar (neft, gaz, ko‘mir, temir, oltin, mis, olmos va boshqalar) xaritada maxsus belgilar bilan ko‘rsatiladi. Bular xalqaro miqyosda qabul qilingan belgilardir.

  7. Izochiziq nima? J- Geografik xaritalardagi izochiziqlar (yunoncha «isos» teng) deb ataluvchi chiziqlar biror geografik hodisa bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiradi.

  8. Izobara nima? J- havo bosimi bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiradigan chiziqlar izobara deyiladi.

  9. Izoterma deb nimaga aytiladi? J- Xavo harorati bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtirgani izoterma deb ataladi.

  10. Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi nima bilan belgilanadi? J- Harakat yo‘nalishi belgisi — strelka bilan tasvirlanadi. Masalan, dengiz oqimlari, shamol yo‘nalishi strelkalar yordamida ko‘rsatiladi.






  1. Aholining irqiy va diniy mansubligi, issiqlik mintaqalari, tabiat zonalari nima orqali tasvirlanadi? J- Turli ranglar bilan aks ettirilgan bo‘ladi.

  2. Sxemaik xarita deb nimaga aytiladi? J- Geografik obyektlar va hodisalar sodda hamda yaxshi ko‘rinadigan qilib tasvirlangan, daraja to‘ri berilmagan xaritalar ham bo‘ladi. Ular sodda (sxematik) xaritalar deyiladi.

  3. Bunday xaritalarda nimalar tasvirlanadi? J- Sayyohlarning bosib o‘tgan yo‘llari, davlatlarning savdo aloqalari, Yer yuzasi relyefining umumiy ko‘rinishi, Yer yuzidagi asosiy shamollar yo‘nalishi, havo bosimi markazlari va boshqalar tasvirlanadi




  1. Daraja to'ri (gradus) deb nimaga aytiladi? J- Xarita va globuslarni qoplagan katakchalarni bir-biridan ajratib turgan chiziqlar to‘ri daraja (gradus) to‘ri deyiladi.

  2. Daraja to'ri qanday chiziqlarining kesishishidan hosil bo‘lgan? J: meridian va parallel chiziqlarining kesishishidan.

  3. Daraja to‘ri yordamida nimani aniqlash mumkin? J- Yer yuzidagi har bir shahar, tog‘ cho‘qqisi, daryo boshlanadigan, quyiladigan joylarni, okean va dengizlardagi orollar o‘rnini aniqlash mumkin.

  4. Bunga nimalar yordam beradi? J- geografik kenglik va uzunliklar yordam beradi.

  5. Geografik kenglik deb nimaga aytiladi? J- Meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi.
  6. Ekvator chizig‘i nechanchi gradus kenglik deb qabul qilingan? J: kenglik.


  7. Qutblar kengligi necha gradus deb olingan?J: 90° deb olingan.

  8. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun nimani bilish zarur? J- qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Qohira shahri 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan.

  9. Shimoliy kenglik deb nimaga aytiladi? J- Parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi.

  10. Janubiy kenglik deb nimaga aytiladi? J- Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi.




  1. Geografik uzunlik deb nimaga aytiladi? J- Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi.

  2. Qaysi meridian bosh meridian deb aytiladi? J- London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani Bosh meridian deb qabul qilingan.

  3. Geografik kengliklar globusda qanday aniqlanadi? J- Parallellarga Bosh meridian yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi.

  4. Geografik uzunliklar qanday aniqlanadi? J- Meridianlarning ekvator yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida topiladi.
  5. Geografik uzunliklar Bosh meridiandan sharqda bo‘lsa nima deb ataladi? J- sharqiy uzunlik.


  6. Geografik uzunlik nechanchi gradusgacha hisoblanadi? J: dan 180° gacha.

  7. 0° li (Bosh) meridiandan g‘arb va sharq tomonlar nima deyiladi? J: 0° li (Bosh) meridiandan g‘arb tomondagi nuqtalar g‘arbiy uzunlik, sharq tomondagilari sharqiy uzunlik deyiladi.

  8. Geografik koordinata deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasi deb ataladi.

  9. Toshkentning geografik koordinatasini aniqlang? J: 41° shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlik.

  10. Hozirgi kunda geografik koordinatalar nimalar yordamida ham aniqlanmoqda? J: Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida ishlovchi zamonaviy asboblar,

jumladan GPS navigatorlar yordamida.






Javob: D nuqta G’arbiy yarimsharda joylashgan. N nuqta Sharqiy yarimsharda joylashgan.


Javob: A nuqta G’arbiy yarimsharda joylashgan. B nuqta Sharqiy yarimsharda joylashgan. Izox: Bosh meridiandan 1800 gacha g’arbda bo’lgan hududlar g’arbiy yarimshar hisoblansa, aksincha bosh meridiandan 1800 gacha sharqda bo’lgan xududlar sharqiy yarimshar hisoblanadi (har qanday aylananing yuzi 3600 ga teng, Yerham).


Javob:


    1. Toshkent (O’zbekiston) 410 shimoliy kenglik, 690 sharqiy uzunlik.

    2. Nyu-York (AQSH) 420 shimoliy kenglik, 740 g’arbiy uzunlik.

    3. Kanberra (Avstraliya) 350 janubiy kenglik, 1490 sharqiy uzunlik.

    4. Pekin (Xitoy) 390 shimoliy kenglik, 1170 sharqiy uzunlik.

    5. Rio-de-Janeyro (Braziliya) 230 janubiy kenglik, 440 g’arbiy uzunlik.



Javob: A nuqta 660 gradus janubiy kenglik, 160 gradus g’arbiy uzunlikda joylashgan.
B nuqta 340 gradus shimoliy kenglik, 1440 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan.


Javob: Parij 30 sharqiy uzunlikda, Toshkent 690 sharqiy uzunlikda joylashgan bo’lsa, 69-3=66. Demak javob Toshkent va Parij shaharlari 660 bir-biridan uzoqlikda joylashgan. (66x111=7326 km).


Javob: A nuqta 400 gradus shimoliy kenglik, 200 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan.
B nuqta 200 gradus shimoliy kenglik, 800 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan. C nuqta 00 gradus kenglik, 1200 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan.


Javob: Demak berilgan kordinatalar bo’yicha halokatga uchragan “Espanyol” kemasi Hind okeanida joylashgan Maskaren orollari hududi atrofiga to’g’ri keladi. Bu hudud (kordinataga)ga eng yaqin bo’lgan materik Afrika materigi hisoblanadi. Demak Afrika materigidagi insonlar birinchi bo’lib yordamga keladilar.


Javob:


  1. York burni, (Avstraliya).

  2. Saut-Ist-Poynt burni (Avstraliya).

  3. Galinas Burni (Janubiy Amerika).

  4. Parinyas burni (Janubiy Amerika).



Javob: 200 shimoliy kenglik va 1550 g’arbiy uzunlikda - Gavayi orollari joylashgan.
550 janubiy kenglik va 700 g’arbiy uzunlikda - Olovli yer oroli joylashgan.





  1. Download 9,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish