Virus kasalliklari
G’o’zada 16 ta virus va 2 ta mikoplazmasimon organizm qo’zg’atadigan kasalliklar mavjudligi xabar qilingan, ammo ularning ba’zilari boshqalarining sinonimi misol uchun, antosianoz va barg buralishi «ko’k kasallik»; barg tomirlari mozaikasi va barg tomirchalari oqarishi barg g’ijimlanishi va h.k. bo’lishi ehtimol qilinadi. Virus va virussimon kasalliklar asosan tropik mamlakatlarda, ayniqsa Markaziy Afrika hamda Markaziy va Janubiy Amerika mintaqalarida kengroq tarqalgan. Bu kasalliklardan ba’zilarining tabiiy manbalari noma’lum, aniqlanganlari esa ekinlarga asosan oqqanot, kamroq hollarda o’simlik bitlari va saraton turlari hamda barg burgachasi yordamida tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |