KIRISH
Ushbu kurs ishida mamlakatimizda geodeziya kartografiya sohalarida ishlab chiqarish jarayonlari iqtisodiyoti bilan bog‘liq bо‘lgan geodezik, kartografik ishlarini tashkil etish, boshqarish, rejalashtirish va boshqa iqtisodiy masalalarni о‘rganishni о‘z ichiga oladi.
Kurs ishida geodeziya va kartografiya ishlab chiqarishni boshqarish strukturasi va uning huquqiy asoslari, bu ishlarni bajaruvchi korxonalarning asosiy vazifalari va funksiyalar, joriy va operativ ishlab chiqarishni rejalashtirish, ichki xо‘jalik hisobida ish yuritishni, asosiy fondlarining tarkibi va strukturasi, ishlab chiqarishni material texnik-taminlash, mehnatni meyorlash, mehnat unimdorligi va kadrlar, ish haqi va moddiy rag‘batlantirish, smeta meyorlari va narh tizimi, shartnomoviy munosabatlar, buxgaterlik hisobi va hisoboti, korxona samaradorligi iqtisodiy taxliliga oid Shahrisabz shahar Yashil Diyor MFY Ibratli ko‘chasidagi xonadonning kadastr qiymati hisoblash
mavzular keltirilgan.
Kurs ishining asosiy maqsadi soha bо‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni geodeziya va kartografiya iqtisodiyoti bilan bog‘liq masalalar bо‘yicha sistematik bilim berish orqali iqtisodiy bilimlarni pishiq-puxta egallashlariga, hamda geodeziya va kartografiya yо‘nalishdagi ishlarni loyihalashtirish, bajarish, tahlil qilish, baholash, ilmiy-tadqiqot va xо‘jalik ishlarida ulardan samarali foydalanish yо‘llarini о‘rgatish hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi – talabalarga geodeziya va kartografiya ishlarining mohiyatini tizimli ravishda tushuntirish, bajariladigan ishlarni tahlil qila olish malakasini hosil qilish, geodeziya va kartografiya va davlat kadastrlari iqtisodiyoti mohiyati va ularni о‘ziga xos xususiyatlari bilan atroflicha tanishtirish hamda ushbu mavzulardan Qashqadaryo viloyati Darvozatutak MFY Nasaf ko`chasi Ichki ishlar boshqarmasining kadastr qiymati hisoblash kelib chiqqan holda mol-mulk solig`ini hisoblashdan iborat.
Geodeziya va kartografiya yо‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar о‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatida, geodeziya va kartografiya ishlarini olib boruvchi tashkilotlar va korxonalardagi ish jarayonlari bilan doimiy ravishda tanishib boradilar. Bu borada tо‘plagan nazariy bilimlariga va amaliy kо‘nikmalariga tayanadilar. Shu jihatdan ushbu fan yuqori malakali geodeziya va kartografiya soha mutaxassislarini tayyorlash tizimining ajralmas bо‘g‘ini hisoblanadi.
Geodeziya va kartografiya ishlarini rivojlantirishda kelib chiqadigan muammolarni yechish uchun о‘zining uslubiyotiga, tadqiqot yо‘llariga ega yangi bilim sohasini shakllantirish va rivojlantirishga kо‘mak beruvchi mutaxassislarni yetishtirishda uslubiy kо‘rsatmaning ishlab chiqarish bilan uzviy aloqasi va о‘rni mavjud.
Ushbu kurs ishida О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar yо‘nalishlarining mazmun va mohiyatini hamda geodeziya va kartografiya sohasida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev asarlariga, Prezident farmon va qarorlaridan, Vazirlar Mahkamasining qarorlaridan soliq kodeksidan va “Geodeziya va kartografiyada ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va uning iqtisodiyoti” fanining uslubiy kо‘rsatmasidanhamda Shahrisabz shahar Yashil Diyor MFY Ibratli ko‘chasidagi xonadonning kadastr qiymati hisoblash ma`lumotlaridan kurs ishini yozishda keng foydalanilgan.
Ushbu kurs ishi geodeziya kartografiya sohalarida menejment va iqtisodiyot bilan bog‘liq muammolar, masalalar va ularni tarmoq ishlab chiqarishiga joriy etish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi degan fikrdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |