O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi
Har xil pedagogik stajga ega bo'lgan o'qituvchilar bilan o'tkazilgan so'rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko'pchiligi, garchi pedagogik ta'sir vositalarini doimiy qo'llasalar ham, kommunikativ vazifalarni pedagogik jarayonning muhim zaruriy elementi sifatida anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o'qituvchilar o'z pedagogik vazifalarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun tanlangan ta'lim va tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta'sir ko'rsatish kabi kompo-nentlarni yaxshi anglab yetadilar.
O'zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan o'qituvchi uchun kommunikativ vazifalarni o'z faoliyatining asosiy instrumental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini, bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan tarbiyaviy ta'sir modeli qanchalik oydinlashishini. ta'sirning o'zi yanada jozibali, aniq, yorqin boiishiga ishonch hosil qiladi.
O'qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan savolga yetarhcha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikqilanib, o'ylanib qoladi. Bu savolga javob berish uchun — o'quvchilar bilan muloqot tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o'z faoliyatida qo'llagan pedagogik ta'sir ko'rsatish metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta'lim-tarbiyada mo'ijalni aniq olib, o'quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to'g'ri tashkil qilish bilan belgilanishini ko'rish mumkin. Ayrim holatlarda o'ziga xos «yuzma-yuz hujum», ba'zan tarbiyalanuvchining o'qituvchi bilan bevosita muloqotisiz ham gap nimada ekanligini tushunish imkoniyatini beradigan muloqot, yig'ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi bilan turli tadbirlami birgalikda o'tkazish, har bir o'quvchining nima-larga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi. O'qituvchi taiim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlari orasida aynan - jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish samaradorligi va muloqot jarayonida paydo boiadigan vaziyatlar turlicha bo'lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar taiim-tarbiya jarayonida ta'sir o'tkazish metodlarining samaradoiiigini ta'minlaydi.
Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e'tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so'rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod - iltimos qilish. Biroq, bevosita so'raladigan nar-sa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta'minlaydigan dast-labki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz maium kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta'sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foyda-laniladigan har bir ta'sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ taiimotga ega bo'lishi kerak.
Pedagogik vazifalarni bajarishda foydalaniladigan kommunikativ metodlarni belgilash doimo murakkab muammo sanalgan. Ayniqsa, yosh o'qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu qiyinchiliklarni keskin his qilishadi.
O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi — pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib idgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tarnoyUlaridan, vaziyat qatnashchilari bo 'Igan o 'quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, ta'sirning rejalashtirilayolgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibiigi, kommunikativ vazifani tanlangan ta'lim-tarbiyaviy ta'sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o'zaro hamkorlikning samaradorligini ta'minlaydi.
Bu o'rinda quyidagi bog'liqlik ko'zga tashlanadi: birinchidan, sinf jamoasi bilan ishlash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkin-chidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalarni hal qilish yo'llari tanlangan pedagogik ta'sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi. Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo'lajak o'qituvchi oliy pedagogik ta'lim muassasaiarida, qizg'in pedagogik faoliyati davomida hamda o'z-o'zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o'qituvchi quyidagi muhim kommunikativ vazifalarni mukammal bilib bajarishi lozim:
Ushbu yo'nalishlar o'qituvchining kasbiy muloqot ko'nikmalarini egallash jarayonini to'la ta'minlay oladi, deb o'ylash xato bo'ladi. Umu-miy ijodiy pozitsiyalarni o'zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati tajribasi bilan doimiy ravishda o'zaro nisbatlash, o'zi uchun uning tizimi. mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik muloqotni egallash bo'yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sharti sanaladi. Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoidalarini o'qituvchi o'ztajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o'tkazish) zarur.
Talim-tarbiya jarayonida o'qituvchi kommunikativ vazifalarni qanday amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik faoliyatda kommunikativ vazifalarning ahamiyati ko'p qirrali ekanligini o'qituvchi yaxshi his qiladi. Taiim-tarbiya davomida o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlik, o'quvchilarni qandaydir jamoaviy ishlami bajarishga uyushtirish, jamoa a'zolarining o'zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta'minlash kabi kommunikativ vazifalarning pedagogik muammolarni hal qilishda yordam beradigan masala-lari ro'yxatini hali uzoq davom ettirish mumkin. O'qituvchining kommunikativ muloqoti ko'plab funksiyalarga ega bo'lgan tizimdir.
axborot-kommunikativ;
regulyatsion-kommunikativ;
affektiv-kommunikativ.
Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past boiadi va belgi-langan natijalarni bermaydi.
Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o'qituvchilar o'z-o'zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan samarali tayyorgarlik ko'rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lishi talab qilinadi. Jumladan:
o'z o'quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo'lishi va o'r-ganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi;
pedagogik - psixologik va metodik jihatdan o'quvchilar bilan muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi;
har bir o'quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xusu-siyatlarini o'rgangan bo'lishi;
muloqotda o'zini erkin tutishi va ruhiy psixologik his-tuyg'ularini jiiovlay olishi;
sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko'nikma va mala-kalarini egallashi;
pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini namoyish eta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlan-ganligi;
fanlarni o'qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg'ulotning texnologik xari-tasini tuza olishi;
sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko'rishi.
O'quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan o'qituvchining kommunikativ ko'nikma va malakalarni egallashiga va uni qo'llay olish layoqatiga bog'liq.
Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o'qituvchining o 'z fikr va mulohazalarini, emotsional his—tuyg 'ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o'qituvchi g'azablanganda, quvonganda, xafa boiganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg'ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o'ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma'noda taniqh rus pedagogi A.S.Makarenko o'z asarlarida o'qituvchining kasbiy fazilati to'g'risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: "Pedagog darsda ma'lum bir o'ziga xos rolni o'ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o 'ynashni bilmaydigan o 'qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma'lum ma'noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe'limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo jishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko 'ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg'ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo'l qo'yib bo 'Imaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko 'ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo 'Isa, pedagog ham ko 'ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo 'ladi. O 'quvchiga ba 'zan muloqotda ko 'ngil azobini namoyish etishga to 'g 'ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o 'ynashni ham bilishi kerak,
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o 'ynash yaramaydi. Bu o 'yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog'laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go 'zal xulqingizni namoyish etib beruvchi rolingiz. Bu sahnadagi o 'yin o 'lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg'ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir".
Ma'lum ma'noda o'qituvchi pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta'-sirlanishi, qayg'urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg'ularidan farq qiluvchi o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta'kidlash joizki, o'qituvchi o'zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi rauhitning turli ta'siri ostida va insoniy his-tuyg'ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o'ziga xosligi ham ana shunda namoyon boiadi va o'qituvchining ta'sirlanishi, his-tuyg'ulari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo'lishi lozim.
O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida pedagogik ta'sir ko'rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo'ladigan qayg'urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qaratilgan o'qituvchi tashvishlarining yig'indisidir, aynan shu jarayonda o'qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog'liq boigan hayotiy, g'ayri-ixtiyoriy tashvishlar yig'indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik vazi-yatiarda o'qituvchining qayg'urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o'z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli, g'ayriixtiyoriy tashvishlar o'qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va pedagogik taiim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg'ulari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |