6-mavzu. Mobil texnologiyalar
Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalarning o‘rniva rivojlanish tarixi.
Mobil qurilmalar bozori tahlili. O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelish va rivojlanish bosqichlari.
Korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari.
Mobil texnologiyalarni joriy qilish modellari. Mobil texnologiyalar va biznesning raqamli transformatsiyasi.
Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi noyob ma'lumotlar aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham kattaroq axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot information texnlologiya hizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, bu e-segmentning ulushi YIM 10%ini tashkil qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika va h.k.) bilan bog‘liq. Texnologik jihatdan raqamli iqtisodiyotni to‘rtta trend belgilab beradi: mobil texnologiyalar, biznes- model, bulutli texnologiya va ijtimoiy media vositalari. Bu esa shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir vaqtda milliy raqamli iqtisodiyotga ichki va tashqi investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv jarayonini ham rivojlantirish zarur. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishning poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish chora- tadbirlari majmuini aniqlash lozim. Raqamli iqtisodiyot sohasiga oid yuqorida aytib o'tilgan fikrlarni keng halq ommasiga va ayniqsa, talaba-magistrantlarga yetkazish maqsadida yozilgan ushbu o'quv qo'llanma xuddi shu va shunga o'xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga va imkoniyat darajasida yoritishga bag'ishlangan.
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli
iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlar bozoridagi ulushning shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peer- to-peer - P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma'lumki, an'anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma'lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur'atlar bilan o‘sishi kuzatilmoqda. Raqamli banklarning
(digital banking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, Kosnotsium konsepsidan raqamli banking kontseptsiyasiga o'tish, CRM (Castomer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijojlarga bo'lgan ishonchning o'sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlarning hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi. Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisob raqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, uning uchun eng yaqin bo'lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o'z mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, u barcha platformalarda ishlay olsin va o'z faoliyatini asosan mobil qurilmalarga yo‘naltirilsin. Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko'rsatishimiz mumkin:
foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;
axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish;
ochiq API tizimidan foydalanish;
moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;
mobil to ‘lovlarning rivojlanishi;
banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish.
Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to'kis o‘tish nafaqat banklarga, balki xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan iste'molchilarga ham foyda keltiradi (masalan, harajatlarning pasayishi, muloqot doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish). Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab berilgan. Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar tufayli og'ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati.
Mobil marketingi bugungi kunda kompaniyalar uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi. Xususan, axborot va kommunikatsiya xizmatlari sohasidagi kompaniyalar marketing amaliyotida keng qo‘llash imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularning yaqin maydon aloqasi (Near Field Communication – NFC), Bluetooth asosidagi marketing, mobil optimallashtirilgan veb-saytlar, mobil hamyon, mobil tijorat, mobil ilova, mobil ijtimoiy media, mobil optimallash-tirilgan elektron pochta, mobil qidiruv, geotargeting, QR-kodlar kabilardan foydalanish samarali hisoblanadi.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan maqsadli chora-tadbirlar doirasida axborot-kommunikatsiya xizmatlari sohasidagi kompaniyalarning marketing faoliyatlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etilishi va zamonaviy talablar asosida amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Innovatsion marketing sohasidagi mavjud nazariy konsepsiyalar va metodologik ishlanmalar tahlili asosida raqamli marketing strategiyalarining asosiy turlari va dastaklari ilmiy-nazariy jihatdan tasniflanishi va tizimlashtirilishi mazkur tadbirlarning samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Jahonda veb-texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’sirida shakllanayotgan innovatsion marketing strategiyalari tahlili va tizimlashtirilishi asosida ijtimoiy media marketingi, virtual haqiqat, vositalar bilan bog‘lovchi internet hamda sun’iy intellektga asoslangan marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish axborotkommunikatsiya xizmatlari bozorini takomillashtirishning istiqboldagi muhim
yo‘nalishlari sifatida belgilab berildi.
Axborot va kommunikatsiya xizmatlari sohasida innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanishning kontent marketing, ijtimoiy media marketingi, kraudsorsing, mobil marketing usullari tatbiq etilishi orqali mahalliy kompaniyalarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish va, istiqbolda iste’molchilar bilan samarali kommunikatsiya tizimini shakllantirishga erishiladi, natijada milliy innovatsion rivojlanish tizimiga asos solinadi.
Mahalliy kompaniyalarning ijtimoiy media marketingi faoliyati doirasida kontent marketing samaradorligini oshirish maqsadida kompaniyalarning veb-saytlarida bloglar hamda elektron xabarnomalariga obunachilar sonini oshirish kompaniyaning marketing salohiyati takomillashishiga imkon yaratadi. O‘zbekiston aholisi orasida elektron pochtalardan foydalanish darajasi mobil messenjerlardan foydalanish darajasiga ko‘ra, ancha past ekanligini hisobga olgan holda elektron xabarnomalarga obunachilik mobil messenjerlar (xususan, telegramm) orqali kanal, guruh va botlar yaratish asosida tashkil etilishi natijasida iste’molchilar bilan kompaniya o‘rtasida muqobil munosabatlar samarali o‘rnatilishi hamda iste’molchilarning kompaniya xizmatlaridan qoniqish darajasini oshirishga erishiladi.
O‘zbekistonda axborot va kommunikatsiya xizmatlarini taklif etuvchi elektron tijorat platformalari imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishni ommalashtirishga yo‘naltirilgan yaqin maydon aloqasi (NFC), mobil hamyon, Bluetooth asosidagi marketing, mobil optimallashgan sayt, mobil ilova, mobil tijorat va QR-kod innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish orqali milliy kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirish, iste’molchilarga qulaylik yaratishni ta’minlash imkoniyati mavjud.
Marketing tadqiqotlari asosida O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya xizmatlari bozorida ijtimoiy media platformalari tizimidan foydalanish ommalashgan shaklga ega ekanligi aniqlandi. Mahalliy kompaniyalar strategik marketing faoliyatini takomillashtirishda asosiy e’tibor raqamli platformalardan foydalanuvchilarning tavsifiga (demografik, geografik va hayot tarzi) hamda ushbu platformalardan foydalanish qurilmasi afzalliklari (mobil, planshet yoki kompyuter)ga ko‘ra segmentlashni hisobga olishi lozim.
Mahalliy kompaniyalar innovatsion marketing faoliyatlari monitoringining asosiy yo‘nalishlari sifatida uch bosqichli (tanishtirish, jalb etish va tinglash) tizimdan foydalanish, kompaniyalar ijtimoiy media marketingi tadbirlarining strategik maqsad va vazifalarini tarmoq faoliyati va kompaniya miqyosiga ko‘ra tasniflash korxonalarning raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqishni rag‘batlantirishdagi asosiy yo‘nalish sifatida o‘rganish lozim.
Tadqiqot jarayonida taklif etilgan axborot va kommunikatsiya xizmatlari sohasidagi kompaniyalarning ijtimoiy media marketingi faoliyatini rejalashtirish va monitoringini olib borish samaradorligini oshirish bo‘yicha konseptual model doirasida kompaniyalarning ijtimoiy media marketingi faoliyatini baholash mezonlari amaliyotga joriy etilishi axborot va kommunikatsiya xizmatlari sohasidagi kompaniyalarining faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Elektron tijorat platformalari xizmatlarini taklif etishda iste’molchilarning qoniqish darajasiga ta’sir etuvchi bir qator omillar SEM dasturining PLS modeli asosida tahlil qilindi. Ushbu model natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron tijorat bozorini rivojlantirishda iste’molchilarning elektron tijorat platformalaridan foydalanish darajasini kengaytirishda nafaqat elektron tijorat veb-saytlari qulayligini yuksaltirish, balki ularning ijtimoiy media platformalari bilan integratsiyasini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, kompaniyalarning marketing faoliyatida kontent marketing va mobil marketing texnologiyalaridan foydalanish mamlakat elektron tijorat bozori savdo faoliyati hajmini oshirishni ta’minlovchi asosiy yo‘nalish ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |