Pedagogika fanining tizimi.
Pedagogika fani komil insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo‘lgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an‘analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbaalari bo‘lgan ma‘naviy-ma‘rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda pedagogikaning ko‘p fanlar bilan aloqadorligi bilan ulug‘dir.
Pedagogika fanlar tizimida etnopedagogika, maktabgacha ta‘lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, ahloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, harbiy pedagogika, maxsus pedagogika, kar, soqov (surdo) pedagogika, ko‘rlar (tiflo) pedagogika, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, pedagogik mahorat kiradi.
Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganligi sababli unga hamma fanlar ko‘maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko‘rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o‘sha fanning qonuniyatlariga suyanadi.
Pedagogikaning metodik asosi, bilim nazariyasi va tarbiyadagi qonuniyatlari bevosita falsafa fanining ta‘sirida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari etika, estetika, ekologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fanidagi xalq ta‘limi va bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigienasi, kabi fanlarning o‘rni kattadir. Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika, EHM kabi fanlar bilan bog‘lanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy pedagogika bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiriladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyoti va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadida hizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma‘rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |