TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 2-BOSQICH 202-GURUH TALABASI G`AFFOROV MUHIDDINNING O’ZBEKISTON MADANIYATI SAN’ATI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI MAVZU;KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATYURA SAN`ATI REJA; 1)KAMOLIDDIN BEHZOD HAYOTI . 2)MINIATYURA SAN`ATI. - MAVZU;KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATYURA SAN`ATI REJA; 1)KAMOLIDDIN BEHZOD HAYOTI . 2)MINIATYURA SAN`ATI.
Behzod Kamoliddin (1455, Hirot — 1536), miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. „Ikkinchi Moniy“ degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh oʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan. - Behzod Kamoliddin (1455, Hirot — 1536), miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. „Ikkinchi Moniy“ degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh oʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan.
Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar. B. shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. B. ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda—Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan. - Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar. B. shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. B. ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda—Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan.
- B. musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487-yil Sulton Husayn farmoni bilan B. saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |