Mavzu. Oybek-romannavis. Oybekning ”Navoiy”romanida
tarixiy shaxsning badiiy talqini.
36-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Ro’zimatova Munira
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHALAR:
XV-asr hayoti - «Navoiy» romanining asosiy tasvir ob’ekti.
Husayin Boyqaro, Hadicha begim, Mo’min Mirzo, Binoiy,
Majididin – romandagi tarixiy shaxs obrazlari.
Sultonmurod, Dildor, Arslonqul, To’g’onbek – romaning
badiiy to’qima obrazlari
"Qutlug’ qon" romani maydonga kelgunga qadar kitobxonlar Oybekni asosan shoir sifatida e’tirof qilganlar. Roman1938- yil yozida oqqa ko’chirilib bo’linadi. 1940- yilda o’zbek tilida nashr etildi va o’sha yili "Литература и искусство" jurnalida rus tilida bosiladi. Asar tarixiy roman bo’lib, unda o’zbek xalqining boshidan kechirgan og’ir o’tmishi, boy-savdogarlar, mahalliy va chor amaldorlari hamda kapitalistlari tomonidan ezuvchilarga qarshi noroziligi, kurashi va qo’zg’oloni o’z badiiy ifodasini topdi. Oybekniig avtorligi shundaki, u tarixdagi milliy xarakterlarni qayta aks ettirib, ular ruhiyatidagi o’zgarishlarni uqib olib, jamiyatning harakatdagi, jonli tarixini chizib beradi. Xarakterlarda naqshlangan, dramatizm va fojeaga, ijtimoiy ziddiyat va konfliktlarga to’la bo’lgan ma’lum davr tarixi "Qutluq qon" romani sahifalarida ro’y-rost qad ko’taradi. Asarda har bir xarakter birinchi navbatda, boshqa odamlarga bo’lgan munosabati shaklida, o’ziga xos individual xususiyatlari bilan ochiladi. Ayni chog’da, har bir kishi xarakteri milliy-ozodlik harakatining kelib chiqishi davridagi belgili shart-sharoitlarda hayot yuzini ko’radi, shakllanadi va tipiklashadi. Yozuvchi adabiy xarakter yaratish masalasini hayotni tasvirlash masalasi bilan uzviy bog’liq holda ko’radi. Shuning uchun, u ijtimoiy voqelik, milliy turmush belgilarini yaqqol va teran aks ettiradigan xarakterlarni tanlab oladi. Oybek turmush voqealarining tasvirinia Yo’lchining xarakterida, kechinmalarida, yangiliklar paydo bo’lganini asarda gavdalantirib boradi. Qahramonni hayotining turli- tuman sohalariga, ko’chalariga olib kiradi. Oqibatda, Mirzakarimboyning unga va boshqa batraklarga bo’lgan munosabati Yo’lchi ongi va dunyoqarashida mavjud tuzum na uning adolatliligiga shubha uyg’otdi. Asar voqealari ana shu ikki qutbga ajrala boshlagan tog’a bilan jiyan o’rtasidagi munosabatlar tarjida kechadi.
Oybek o’zbek xalqining 1916 yildagi milliy uyg’onishini badiiy talqin etuvchi “ Qutlug’ qon” asarida Abdulla Qodiriy va Cho’lpon badiiy tajribalarini davom ettirgan hamda bu ustozlari bilan birga o’zbek tarixiy romanining janr xususiyatlari va keyingi taraqqiyot yo’lini belgilab bergan bo’lsa , keyingi asari -“Navoiy” bilan o’zbek tarixiy-biografik romaniga asos soldi.
Oybekning tarjimai hollaridan birida bunday e’tirof bor : “Navoiy” romanini og’ir yillarda – urush davrida yozdim.Qish fasli,sovuq xonada , jinchiroqning titroq shu’lasida yozganman. Ammo bu roman uchun materialni 1928 yildan boshlab yiqqanman“.
Bu davrda u Leningraddagi Xalq xo’jaligi institutida tahsil ko’rgan va ayni paytda Sharq tillari institutida o’zbek tilidan dars bergan.
“Navoiy” romani 1942 yilda tugallangan, 1944 yilda bosilgan. Asar o’zbek xalqining XV asrdagi A.Navoiy davridagi hayotini aks ettirishga bag’ishlangan. Shuning uchun yozuvchi o’zining bu asarida shu davrning ulug’ shoiri va mutafakkiri Navoiy obrazini yaratishga bel bog’lagan. Ya’ni tarixiy shaxs obrazini yaratish vazifasini qo’ydi. A.Navoiy xarakteri talqinida Oybek asosiy e’tiborni uning feodal jamiyati ramkasi ichida, davrning ilg’or va yuksak orzu-istlaklar" uchun olib borgan kurash va uning gumanizmini ko’rsatishga qaratdi, bu esa buyuk shoir va mutafakkir hayoti va faoliyatining asosini tashkil etadi Bu borada Oybek quyidagi yo’ldan borodi; birinchidan, yirik davlat arbobi sifatidagi siyosiy faoliyatini tavsirlaydi. Ikkinchidan, Navoiyning, umuman ijtimoiy faoliyatini ko’rsatadi va nihoyat, bulardan kam ahamiyatga ega bo’lmagan san’atkor, filosof olim va shoir sifatidagi ichki kechinmalarining, mulohazalari, orzu-o’ylarining tahlilini beradi. Yozuvchi asarning birinchi boblarida boshqacha qilib aytganda, uning ekspozitsiyasida Navoiy ideallarining, gumanistik qarashlarining ekstraktini-mag’zini beradi. Adib bu mag’zini umum g’oyalar yig’indisi sifatida quruq izhor qila bermaydi. Balki, buni ishonarli qilib, Navoiy xarakterining mantiqidan keltirib chiqaradi. Shuni qayd qilish kerakki, Navoiy obrazi adib g’oyasining jarchisi sifatida berilmaydi, aksincha, yozuvchi fikrining ruhan o’sishi va chiniqishini gavdalantirish bilan band bo’ladi. Navoiy hayot bilan qancha chuqur va qancha keng tanisha boshlasa, u shuncha dadillik va qat’iyat bilan harakat qila boshlaydi. Shoir qalbida yuz bergan o’zgarishni yozuvchi quydagi detal orqali juda ishonarli ko’rsata olgan.: “Navoiy rasm solik bilan shugullanadi. U bir kuni biron narsa chizishni o’ylaydi ,basharasi odam qiyofasiga o’xshab ketgan sher. Bo’ynida ikki tomonga yo’g’on zanjir tortilib, uchlari ikki qoziqqa bog’langan. Ammo zanjirband sher mag’rur..." Buni ko’rgan shoirning jiyani Haydar: “Alisher Navioy janoblari zanjirda" deb qichqiradi. Oybekning mahorati shundaki, Navoiy xarakteriga xos bo’lgan xususiyatlarni hikoya qila biladi va uni kitobxonga to’la yetkazadi.
"Oltin vodiydan shabadalar " romanida ulug’ vatan urushidan so’ng o’zbek xalqining paxtadan yanada yuqori hosil olish yo’lida boshlagan kurashini, bu kurash jarayonida kishilar xarakterida yangi xususiyatlar paydo bo’layotganini, ularda yangicha axloq va ongning o’sganini tasvirladi. "Bu qishloq odamlarining otashin vatanparvarlik intilishlarini uzluksiz olg’a bosishlarini, ular ichki dunyosining boyishini" yoritib berdi. Asarning bosh qahramoni uzoq davom etgan urushdan so’ng Farg’onadagi o’z kolxoziga qaytib kelgan yigit-O’ktam Nosirovdir. Roman O’ktamning o’z tug’ilgan qishlog’iga qaytib kelishi, qishloq tabiati go’zalliklarini qaytadan his -qilishi, qarindosh-uruglari yor-birodarlar, tanish-bilishlar bilan uchrashish zavqi bilan hayajonlanishi manzarasini chizishdan boshlanadi. Asarda O’ktam Nosirovning xarakterini o’cha borish jarayonida kolxoz va uning hayoti keng ko’lamda tasvirlana boradi: O’ktam mehribon onasi pillachi Sorabibi, O’zbekiston qishloqlaridagi ilgor xotin-qizlarning vakili, qishloqda hammadan avval paranjini tashlagan va kodxozga kirgan Hadicha xola, ko’pchiliknnng hurmatiga sazovor bo’lgan tajribkor paxta ustasi va kolxoz raisi Mirhaydar ota; frontda avtomatni qo’lidan qo’ymagani singari, ketmonni o’zidan uzoqlashtirmaydigan ziveno boshlig’i Sobir Eshmatov, zveno boshligi, dongdor paxtakor Sokson ota Olimqul ota, tegirmonchining qizi Tansiq zvenosida ishlovchi, fidokorona mehnati bilan kishini qoil qoldirgan qizlarning obrazlari ancha ustalik bilan chizib berilgan. Bu ijobiy qahramonlar,mushtarak g’oya, mushtarak maqsad bilan yashaydilar. Romandagi bu qahramonlarning hammasi oldinga intiladi; yangi-yangi ishlarni boshlashda qatnashadi; ular o’z imkoniyatiga ko’ra, yangilik tashabbuskori; hammasi bu kunga, bu yilgi erishilgan muvaffaqiyatlari bilan chegaralanib qolmasdan, yangi g’alabalar, farovonlik, obodonchilik, madaniylik sari ildam qadam tashlaydi. Oybek bu kishilarning shu olijanob fazilatlarini ko’rsatishda ularning yolg’iz hozirgi holatini tasvirlabgina qo’ya qolmasdan, balki ularning ertangi kuniga ham nazar tashlashga, ularning ilgariga qarab borayotgan yo’lini har taraflama rivojlantirish, kolxozchilar hayotini yanada yaxshilash, yuksak farovonlikka erishish uchun tinmay ishlaydilar. Kolxozchi qizlar - Tansiq, Anzirat, Hakima, Anorxon va Dilshodlar mehnat unumini oshirish sohasida ko’rsatgan g’ayratlari bilan hammani hayron qoldirdilar. Kolxozchi serg’ayrat yigitlar -Sobir, O’sar va boshqalarning mehnatga muhabbati har qadamda o’quvchining ko’ziga yaqqol tashlanib turadi. Gektarlap 80 sentner paxta yetishtirishda jonbozlik ko’rsatgan donishmand "Sakson" otaning hayrati, tajribasi butun qariyalarni olg’a yetaklaydi. Injener Astaxov, agronom Akaskin fanning ajoyib yutuqarini turmushga tatbiq qilishda alohida salohiyat va bilimdonlik ko’rsatadilar. Kolxozchi qiz Gulchehra san’atkorlikni orzu qiladi, Hakima agrotexnika, badiiy adabiyotlarga qiziqadi, kolxoz aravakashi Hasanboy agrotexnika kursiga kirib o’qishga tayyorlandi, yosh shofyor Egamberdi, "hali dunyoda Cherchil bor, buni unutmaslik kerak" deb quruvchi-uchuvchi bo’lishni istaydi va h.k.
Oybekning navbatdagi asari "Quyosh qoraymas"(1950)da fashizmga qarshi hayot-mamot kurashida xalqlar o’rtasidagi do’stlik, baynalminallik va ma’naviy birlikning yanada mustahkamlanishi , front va uning ichkarisidagi ajralmas birlik; dushman ustidan uzil-kesil g’alaba qilishga ishonch g’oyasi romanning asosiy mazmunini tashkil etadi. Yozuvchi bu mazmunni “Ulug’ Vatan” urushining dastlabki tipik sharoitida o’zbek xalqi farzandlari-elatlar xarakterining shakllanishi va chiniqishida yoritib beradi.
Romandagi voqealarning hammasi deyarli bir batalyon doirasida sodir bo’ladi. Bundan mustasno bo’lgan epizodik hodisalar, chekinish dahshati yoki biror boshqa sabab natijasida o’z qismidan uzilib qolgan jangchilar sarguzashti orqali hikoya qilinadi va ma’lum darajada batalon taqdiri bilan bog’lanadi.
Oybek katta mahorat bilan rus komandirlari-Steklov, Nikblin, Sokolov obrazlaridan tashqari, vatani va xalqi uchun qonini, hatto jonini ham ayamaydigan o’zbek jangchilari aka-uka Bektemir, Kamol O’rinboyevlar, Asqar, Ali Tajang, Ahmadov, Hoshimjon; Moskva qurol-aslaha zavodida ishlovchilar jasoratida hamshiralikni sharaf va vijdon bilan bajaruvchi Salima Hasanova, Oltinoy singari o’zbek qizlari, shijoatli rus farzandlari-Dubov va Krasnov, partizan otryadining komandiri Kurochkin soldatlarga onalik mehri bilan qarovchi oddiy rus ayoli Marusiya, singlisi Nastya va boshqalarning yorqin obrazini yaratib berdi.
Romanda asosiy diqqat o’zbekistonning paxta dalalari va tog’lik yaylovlaridan frontga kelgan, boshida urush sharoitiga ko’nikib ketmagan o’zbek xalqi farzandlari xarakterini ochishga qaratilgan .Bunda markaziy o’rin Bektemir obraziga berilgan.
"Bolalik" povesti 1963 yilda o’zbek va rus tillarida bosilib chiqqan. Unga 1964 yilda respublikada ta’sis etilgan "Hamza" mukofoti berilgan. Povest avtobiografik bo’lishiga qaramasdan, bir memuaristning oddiy xotiralari yoki yosh "Qahramon" ning subektiv kechinmalari daftari, hatto ma’lum bir davrdagi xalq hayotining jonli lavhalari yig’indisi ham emas. U bolalik va o’smirlik yillarida bo’lib o’tgan hodisa va voqealarni realizm pozitsiyasida mustahkam turgan yozuvchining dono va teran tafakkuri bilan boyitilgan g’oyaviy-badiiy yuksak asaridir.
Oybekning « Qutlug’ qon» (1938 ) va « Navoiy» (1942) romanlaridagi badiiy-tarixiy voqelik qamrovi ,badiiy tahlil va talqin adibning o’zi tanlagan roman janri imkoniyatlaridan unumli va o’rinli foydalana olish salohiyati jihatidan o’ziga xosdir(betakrordir)Ya’ni bu romanlaridagi serbo’yoqlilik,falsafiy mushohadasining kuchliligi,romantik xarakter va « prozada-shoirlik ,lirikada-prozaik » ijod uslubi faqat Oybekka xos xususiyatdir.
Xulosa qilib aytganda ,Oybek o’tmish adabiy an’analariga vorisiylik nuqtai nazardan yondashib, XX asr o’zbek adabiyotini yuksak pag’onaga ko’tardi.
ADABIYОTLAR:
1.Oybek. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. -T.: «Fan»,
1990-1995yil.
2.Oybek. «Bolalik xotiralarim».-T.: «Adabiyot va san’at»
nashriyoti.
3.H.Yoqubov. Adibning mahorati . «Fan»,Toshkent., 1966yil.
4.B.Fayziev. «Navoiy» romanida tarixiy voqealar va badiiy
to’qima. G’.G’ulom nomidagi nashriyot. -T.: 1971 yil.
5.S.Mirvaliyev. O’zbek romani. «Fan», Toshkent, 1969yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |