Mavzuga doir tayanch tushunchalari


Kompyuter guruhi : Noutbuk guruhi



Download 58,91 Mb.
bet5/5
Sana26.02.2022
Hajmi58,91 Mb.
#467895
1   2   3   4   5
Bog'liq
Excelda formulalar bilan ishlash

Kompyuter guruhi : Noutbuk guruhi:

L

M

B

A

Z




W

A

O

B

V

S

K

T

K

K

B

K

A

В

R

Z

L

B

R

E

V

D

S

Z

Z



To’g’ri javoblar tekshiriladi va baholanadi. To’g’ri javoblar quyidagicha:


Kompyuter guruhi Noutbuk guruhi



M

A

S

T

E

R




W

O

R

K

S


  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Savol-javob va munozara” orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar (yakka holda) o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlagan savollarga javob beradilar.


1-savol Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqilgan?
Javob:

  • Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc(visible calculator – ko’rinayotgan kalkulyator) nomi bilan Den briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yil ishlab chiqilgan.

2-savol Elektron jadvallar qo’llaniladigan sohalarga misollar keltiring.
Javob: moliya, buxgalteiyaga oid(xususan ish haqqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo’jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari….
3- savol Qanday elektron jadvallar nomini bilasiz?
Javob: Supercalc,Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1c-buxgalteriya, Master, MS Excel
4-savol: Excel dasturida bitta kitobda nechtagacha varaq joylashtirish mumkin?

Javob: 255 tagacha
5-savol: Elektron jadvalning asosiy vazifalarini ayting
Javob: - ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va ko’rinishini o’zgartirish

  • Jadval elementlarini formatlash

  • Formulalardan foydalanish

  • Standart funksiyalar majmuidan foydalanish

  • Ma’lumotlarni izlash va almashtirish

  • Ma’lumotlar asosida turli ko’rinishda shakllar hosil qilish tahrirlash

  • Ma’lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.

6-savol: Formula katakchaga kiritilayotgan qaysi matematik amal belgisidan boshlangan ketma-ketlidir?
Javob: “=”
7-savol: Excel dasturini ishga tushirishni amalda ko’rsating

Javob: Пуск, все программы, Microsoft office, Microsoft office Excel


8-savol: Excel foydalanuvchi interfeysini izohlab bering

Javob: Sarlavha satri, menyular satri, uskunalar paneli, formulalar paneli, jadval maydoni, holat satri
9-savol: Excel(2003) dasturida satrlar soni nechta.
Javob: 65536 ta
10-savol: Demak jadval bilan ishlash nimalarni bilish kerak.
Javob: Katakchaga ma’lumotlar kiritish, katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash, matn, son, formula haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak


O’qituvchi guruhlar va yakka tartibda javob bergan o’quvchilarni javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, ularni baholaydi.



  1. Sardorlar o’yini: Tezkor savollar







7. Yangi mavzu bayoni
O‘qituvchini kirish so ‘zi bilan boshlanadi.
Avvalgi darsda ko‘rib chiqilgan funksiyalarni qo‘llashni ko‘rsatish uchun quyidagi masalalarni hal etamiz.
1 – mashq. Reyting masalasini hal etamiz (1-rasm). Sinf jurnalini eslatuvchi jadval tuzamiz.
Quyidagi jadvalda ko‘rib turganingizdek, C7 katakchadan K7 katakchagacha yoki C7:K7 blokda birinchi, C8:K8 blokda ikkinchi, C9:K9 blokda uchinchi, C10:K10 blokda to‘rtinchi o‘quvchining fanlardan olgan reyting ballari joylashadi. O‘quvchilarning fanlardan olishi mumkim bo‘lgan maksimal va olgan umumiy ballari jamlanmasi L ustunga yig‘iladi, ya’ni mos ra­vishda, L6 = C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + I6 + J6 + K6 , L7 = C7 + D7 + E7 + F7 + G7 + H7 + I7 + J7 + K7, … , L10 = C10+D10+… + J10 + K10 ga teng bo‘ladi.
Bu yig‘indilarni 3 xil usulda hosil qilishimiz mumkin:

1 – usul. L6 katakchaga C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + I6 + J6 +K6 ifodani tenglik belgisidan keyin kiritamiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz.


2 – usul. L6 katakchaga tenglik belgisidan keyin СУММ(C6:K6) ni kiritamiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz.
3 – usul. C6:L6 blokini belgilab piktogrammasini tanlaymiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz.
D emak, L6 katakchaning nusxasi L7, L8, L9 va L10 katakchalarga nisbiy murojaat bilan joylashadi. Shu kabi, M6 = L6*100/$L$6 katakchaning nusxasi M7, M8, M9, M10 katakchalarga mos ravishda, L7*100/$L$6, L8*100/$L$6, L9*100/$L$6, L10*100/$L$6 kabi joylashtiriladi. Bu yerda $L$6 – absolyut adres bo‘lib, umumiy ball joylashgan katakchadir.
2 – mashq. ax2+bx+c=0 ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechishni avtomatlashtiring (2-rasm).
1) A1:C1 katakchalar blokini birlashtiring va “ax2+bx+c=0 ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish” matnini kiriting;
2) A2, A3, A4 katakchalarga mos ravishda “a=”, “b=”, “c=” tenglama koeffitsiyentlari izohlarini kiriting;
3) B2, B3, B4 katakchalarga mos ra­vishda tenglama koeffitsiyentlari qiymatlarini sonli formatda kiriting;
4) C2 katakchaga “Diskriminant” matnini, C3 katakchaga “D=b2-4ac” matnini kiriting;
5) C4 katakchaga B2, B3, B4 katakchalarga nisbiy murojaat orqali ifodalangan diskriminantning “=B3*B3-4*B2*B4” formulasini kiriting;
6) A5, B5 katakchalarni birlashtirib, diskriminant qiymati hisoblanayotgan katakchaga absolyut murojaat qilishga asoslangan “ =ЕСЛИ( $C$4<0; “Yechim mavjud emas”; ЕСЛИ($C$4=0; “Yechim yagona x=”; “x1=”)) “ formulani kiriting. Bu formula quyidagicha ish bajaradi: a) agar diskriminant manfiy bo‘lsa, katakchada “Yechim mavjud emas” matni aks etadi; b) aks holda diskriminant nol bilan taqqoslanadi va agar diskriminant nolga teng bo‘lsa, katakchada “Yechim yagona x=” matni aks etadi; c) aks holda katakchada “x1=” matni aks etadi.
7) A6, B6 katakchalarni birlashtirib, diskriminant qiymati hisoblanayotgan katakchaga absolyut murojaat qilishga asoslangan “ =ЕСЛИ( $C$4>0; “x2=”; “”)) “ formulani kiriting. Bu formula quyidagicha ish bajaradi: a) agar diskriminant musbat bo‘lsa, katakchada “x2=” matni aks etadi; b) aks holda katakcha bo‘sh qoladi.
8) C5 va C6 katakchalarga, mos ravishda, “ =ЕСЛИ($C$4<0; “”; ЕСЛИ($C$4=0; -B3/(2*B2); (-B3-КОРЕНЬ($C$4))/(2*B2))) ” va “ =ЕСЛИ($C$4>0;(-B3+ КОРЕНЬ($C$4))/ (2*B2); “”)” tenglama yechimlarini shart asosida hisoblaydigan formulalarni kiriting (bu formulalarni ishlashini izohlab bering!);
9) Barcha katakchalarni formatlarini rasmdagi kabi o‘zgartiring.
Ko‘rib turganingizdek, elektron jadval imkoniyatlarini qanchalik yaxshi bilsak, unda ishlash shunchalik oson bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, funksiyalarning argumentlari qiymatlari funksiya ma’noga ega bo‘ladigan sohadan chiqib ketmasligi zarur.
Savol va topshiriqlar

  1. 1-mashqdagi B7 katakchasi uchun ЗАМЕНИТЬ(B7;16;3;”bek”) ni bajaring.

  2. funksiyaning qiymatlarini x ning [–10, 10] kesmadagi butun qiy­matlarida hisoblang.

  3. funksiyaning qaysi chorakda yotishini aniqlash jadvalini tuzing.

  4. funksiyaning qiymatini [-π, π] oraliqda 0,5 qadam bilan hisoblash jadvalini tuzing.

  5. S=1+5+9+…+85 yig‘indini hisoblang.

  6. A1 katakchaga “21.07.63”, B1 katakchaga “21.07.2005” sanani, C1 katakchaga B1-A1 formulani kiritib, C1 katakcha formatini umumiy turga o‘tkazsak, olingan 15341 natija nimani bildirishini aniqlang?

  7. ni x ning –11; 1; 3; 5; 7,9 qiymatlarida hisoblang.

  8. Berilgan son 7 ga karrali bo‘lishini tekshirishni tashkil eting.

  9. ko‘rinishidagi tenglamani yechishni avtomatlashtiring.

  10. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlardan 9 ga karralilarini topishni tashkil eting.

  11. O‘quvchining reytingiga asosan bali 0 va 55 orasida bo‘lsa “ikki”, 56 va 71 orasida - “uch”, 72 va 84 orasida - “to‘rt”, 85 va 100 orasida - “besh” baho chiqarish masala­sini hal eting.



Uyga vazifa:
1. 4 ta sinfdoshingizning familiyasi va ismini mos ravishda E va F ustunlariga kiritib, fizika fanidan olgan baholarining o’rtachasini hisoblash jadvalini tuzing.
2. Oila a’zolaringizni yoshlarini joriy yil yozilgan katakchaga murojaat orqali hisoblang.
3. 1,5,6topshiriqlarni bajaring.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.B.Boltayev, A.Abduqodirov va boshqalar “8-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo’llanma. Toshkent 2006 yil
2.B.Boltayev, A.Abduqodirov va boshqalar “9-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo’llanma. Toshkent 2006 yil


3.T.X.Xolmatov, N.I.Taylaqov, U.A.Nazarov “Informatika va hisoblash texnikasi” “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2001


4. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan optimallashgan o’quv dasturi va uzvilashgan DTS sharhlari.


5. O’z pedagogik tajribamdan.
Download 58,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish