Mavzuga doir masalalar
1. tezlik bilan bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziklariga nisbatan burchak ostida uchib kirgan elektronga ta'sir etuvchi Lorens kuchi F aniqlansin? Maydonning magnit induksiyasi B= 0,2 Tl.
2. Agar protonning tezligi bo’lsa, protonning B = 15 mTl induksiyali magnit maydonda chizadigan aylanasi yoyining radiusi R hisoblansin.
3. Ikki karra ionlangan geliy atomi (- zarra) kuchlanganligi bo’lgan bir jinsli magnit maydonda R = 10 sm radiusli aylana bo’ylab harakatlanmoqda. -zarraning tezligi topilsin.
4. Bitta elementar zaryadga ega bo’lgan elektron induksiyasi B = 0,015 Tl bo’lgan bir jinsli magnit maydonda R= 10 sm radiusli aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Ionning impulsi aniqlansin.
5. Bitta elementar zaryadga ega bo’lgan zarra B = 0,5 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonga uchib kirdi. Agar uning traektoriyasi R = 0,2 sm radiusli aylananing yoyidan iborat bo’lsa, zarra magnit maydonda harakatlanganida ega bo’lgan impuls momenti aniqlansin.
6. Elektron B=0,02 Tl induksiyali magnit maydonda R = 1 sm radiusli aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Elektronning kinetik energiyasi (joullarda va elektron - voltlarda) aniqlansin.
7. Zaryadlangan zarra muhitda vujudga keltirilgan bir jinsli magnit maydonga uning kuch chiziqlariga tik yo’nalishda uchib kirdi. Zarra maydonda bo’lgan vaqtida modda bilan o’zaro ta'sirlashib dastlabki energiyasining yarmini yo’qotdi. Yo’lning boshlanishidagi va oxiridagi traektoriyaning egrilik radiuslari R necha martaga farq qiladi?
8. Zaryadlangan zarra magnit maydonda R1= 2 sm radiusli aylananing yoyi bo’ylab harakatlanib, o’z yo’lida joylashgan qo’rg’oshin plastina orqali o’tdi. Zarra o’z energiyasini yo’qotishi natijasida traektoriyasining egrilik radiusi o’zgardi va R2=1 sm bo’lib qoldi. Zarra energiyasining nisbiy o’zgarishi aniqlansin.
9. U = 600 V tezlantiruvchi potensiallar farqidan o’tgan proton B=0,3 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonga uchib kirdi va aylana bo’ylab harakatlana boshladi. Uning radiusi R hisoblansin.
10. tezlikka ega bo’lgan zaryadlangan zarra B=0,52 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonga uchib kirdi. Agar zarra maydonda R = 4 sm radiusli aylananing yoyini yasab uchsa, zarra zaryadining uning massasiga nisbati topilsin. Shunisbatga qarab bu qanday zarra ekanligi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |