Mavzu;”Devon-u lug’atit turk”da qavm-qarindoshlik nomlari Mundarija Kirish Reja; I bob. ”Devon-u lug’atit turk” asari haqida ma’lumotlar va qavm-qarindoshlik nomlarining qo’llanishi



Download 45,59 Kb.
bet3/9
Sana13.07.2022
Hajmi45,59 Kb.
#784966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
”Devon-u lug’atit turk”da qavm-qarindoshlik nomlari

Ag’iz yesa, ko’z uyazur – Og’iz yesa, ko’z uyalur.
Etli, tirinaqli ezirmas – Et tirnoqdan ayrilmas.
Qarg’a qazg’a o’tko’nsa buti sinur – Qarg’a uchishda g’ozga taqlid qilsa, buti sinar.
Qo’sh qilich qinqa sig’mas – Qo’sh – ikki qilich bir qing’a sig’mas.
Uma kelsa, qut kelar – mehmon kelsa, qut kelar.
Alimchi – arslon, berimchi – sichg’an – Oluvchi– arslon, qarzni beruvchi – sichqon.
O’TLUK

Devonu lug’otit turk»da o’git, nasihat ruhidagi she’rlar o’tluk deb nomlanadi. Ba’zan bu atama ma’nosini o’vo’t so’zi ham ifodalagan. O’vo’t asli o’gitdir. O’tluk tarbiya mavzusidagi bir necha bandli o’git hamda nasihatlardir. Devonda qofiyalanish tizimiga ko’ra o’tluk janriga xos ikkita she’r parchalari saqlanib qolgan.

O’tluk –1.


Qo’shni-qo’nuq ag’ishqa,
Qilg’il ang’ar ag’irlik.
Artut alib anung’il,
Ezgu tavar o’g’ruluq. I.137

Qo’ni –qo’shni qarindosh,


Ko’rsin sendan yaxshilik.
Ne-ne sovg’a qilishga,
Yaxshirog’in qil ortiq. [1]

Qo’lsa qali o’g’rayin,


Bergil taqi azuqluq.
Qarg’ish qilur umalar,
Yunchig’ ko’rub qo’nuqluq. I.272

Kelsa birov yo’qlashib,


Bergil yaxshi ozuq non.
Qarg’ab ketar mehmonlar,
Kutar bo’lsang gar yomon.
.

Birinchi o’tlukda mehmon kutish odobi, qo’ni-qo’shnilar bilan ahil bo’lish, saxiylik haqida nasihat beriladi. Ikkinchi o’tlukda esa, insondagi ichki va tashqi go’zallik ulug’langan. Shirin so’zlilik, hayotdagi har qanday qiyinchiliklarga bardoshli bo’lish, boylikka hirs qo’ymaslik insoniy fazilat sifatida ko’rsatilgan.
TABZUG’
Tabzug’ turkiy adabiyotdagi qadimiy janrlardan biridir. Turkiy xalqlar topishmoqni shunday ataganlar. Devonda quyidagi gap keltirilgan: Tabzu g’uq tabuzdim — men undan bir topishmoq so’radim (I., 429). Topishmoq jahon xalqlari o’rtasida keng tarqalgan janrlardan biridir. Xalq og’zaki ijodi tarixida topishmoqning ikkita shakli uchraydi: 1. So’z shakli, ya’ni yashiringan narsa –hodisani so’z vositasida ifodalash (Qorong’u uyda beli bog’liq qul yotur (supurgi). Bu topishmoq hozirgi davr og’zaki ijodida ham keltirilgan bo’lib, u ijtimoiy sinfiy mohiyatiga ko’ra o’zining qadimiy qatlamiga ega. 2. Narsa buyum shakli, ya’ni narsa-buyumni ko’rsatish bilan yashiringan fikrni topishga da’vat etish.
Qadimgi turkiy xalqlar o’rtasida tabzug’ning narsa-buyum shakli ham keng rivojlangan. Gerodotning «Tarix» kitobida berilgan «Doroning Skifiyaga yurishi» qissasida topishmoqning narsa-buyum shakli keltirilgan bo’lib, bu usul turkiy xalqlar og’zaki ijodida juda qadim zamonlarda ildiz otganligini ko’rsatadi. Asarda tasvirlanishicha, skiflar hukmdori Doroga qush, sichqon, qurbaqa va beshta kamon o’qini sovg’a qilib jo’natadi. Bu narsa-buyumlarda ma’no yashiringan bo’lib, Doro uni topishi kerak edi. Forslar hukmdori topishmoq-buyumning javobini quyidagicha izohlaydi. «Skiflar menga hokimiyatni, yer hamda suvini topshirmoqchi. Sichqon yerda yashaydi, insondek yerning mahsulotidan oziqlanadi. Qurbaqa suvda yashaydi. Qush chaqqonligi bilan otga o’xshaydi, kamon o’qlarini topshirishlari esa skiflarning bizga qarshilik ko’rsatmasliklarining belgisidir».
Doro Skifiyaga bostirib kirganida uning qo’shini safida Gobriy ismli dono kishi bor edi. U skiflar jo’natgan buyum – topishmoqni boshqacha izohladi.
«Agar siz, forslar, qushdek osmonga parvoz etmasalaringiz yoki sichqondek yer ostiga yo’qolmasalaringiz yoki qurbaqadek botqoqqa sakrab tushmasalaringiz ushbu kamon o’qlaridan halok bo’lasizlar, vatanlaringizga qayta olmaysizlar».
Buyum- topishmoqning haqiqiy javobi ham shu edi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham buyum-topishmoqlarning yaxshi namunalari keltirilgan. Kuntug’di elig bir kuni yolg’izlikdan siqilib, huzuriga Oyto’ldini chorladi. Oyto’ldi kelib, hayratga tushdi. Eligning qovog’i soliq, yuzi tumshaygan edi. Kuntug’di uch oyoqli kursida o’tirardi. Qo’lida pichoq, so’l tomonida esa zahar-zaqqum, o’ng tomonida esa sharbat turardi.
Bu tasvir buyum-topishmoqdir. Oyto’ldi uning ma’nosini anglab yetmagach, eligdan uning javobini so’raydi. Buyum-topishmoqning javobi shunday edi.
1.Uch oyoqli kursi. Kursidagi uch oyoq uning o’z o’rnida to’g’ri, og’masdan turishiga asosdir. To’g’ri narsa yiqilmaydi. Kuntug’di eligning ishlari to’g’ri, og’mas, yaxshi va yomonga nisbatan hukm chiqarishi o’zgarmasdir.
2.Pichoq. Pichoq sanchiluvchi va kesuvchi buyumdir. Kuntug’di da’vogar-tuhmatchilarning ishini cho’zib o’tirmaydi, barcha ishlarini pichoqdek kesib, qirqib tashlaydi, adolat bilan hal qiladi.
3. Sharbat. Kuntug’di huzuriga kelgan kishi uning adolatliligidan xursand bo’ladi, sevinib, go’yo o’zini sharbat ichgandek his etadi.
4. Zahar-zahqum. Zo’ravon, to’g’rilikdan qochgan shaxsning nasibasi zahar-zahqumdir. Bunday kishilarga Kuntug’di hukm chiqarganda ular zahar ichgandek jonlari azob chekadi.
«Qutadg’u bilig»da buyum-topishmoqlarning keltirilishi Yusuf Xos Hojib qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodi shakl-uslublaridan ham unumli foydalanganligini ko’rsatadi.

Download 45,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish