Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I bob. Oybek asarlarining badiiy uslub individualligini ta’minlovchi vositalar.
1.1.,,Bolalik”qissasida fonetik vositalar
Ulkan so‘z san’atkori Oybek yaratgan boy badiiy merosni umumfilologik
yo‘nalishda tahlil etish bu asarlar yuzaga kelgan paytlardanoq tadqiqotchilarning
diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Shu paytga qadar bir necha doktorlik va nomzodlik
dissertasiyalari yozilgan, alohida monografiyalar nashr etilgan bo‘lishiga
qaramasdan, bu qiziqish hozirda ham so‘ngan emas. Buning sabablarini obrazli
tarzda ifodalaydigan bo‘lsak, Oybekning ijodiy merosi ona tilimiz boyliklarini
mujassam qilgan javohirlarga o‘xshab, o‘qiganing sari uning yangi-yangi qirralari
kashf etilavergani, tilimizning hikmatlari va qudrati o‘zining yangi jilolari va
jilvalari bilan namoyon bo‘lavergani uchun ham shundaydir.
Oybek badiiy matnini tadqiq etishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri
tilshunoslikka oid bo‘lib, shu paytga qadar yaratilgan tadqiqotlar badiiy mahorat va
lingvostilistik nuqtai nazardan salmoqli o‘rinni egallaydi.
Individual uslubni o‘rganish asar matnini tilshunoslik va adabiyotshunoslik
nuqtai nazaridan batafsil tahlil qilish hamda yozuvchining xususiy lisoniy
faoliyatini aniqlash uchun muhimdir. Bu turdagi tahlil har bir muallifning til
tizimidan foydalanish uslubini aniqlash, uning asar g‘oyaviy mazmunini
yoritishda, voqelikni badiiy bayon qilishda til vositalarini qo‘llash mahoratini
o‘rganish uchun xizmat qiladi.
Shaxsning tildan foydalanish mahorati zamirida uning ideolekti, ya’ni
xususiy lisoniy faoliyat zahirasi yotadi. Ideolekt u yoki bu shaxsning,
yozuvchining individual til xususiyatlari yig‘indisini umumlashtiradi.
Yozuvchining shaxsiy ijod erkinligi hamda tildan foydalanish mahorati
uning ideolektiga bog‘liqligi barobarida personajlar nutqini haqqoniy va ta’sirchan
holda tasvirlashiga ham bog‘liq. Bu hol har bir yozuvchining shaxsiy manerasi
hisoblanadi, albatta. Ijodkorlar tildan foydalanishda o‘z tanlagan, o‘zi uchun
maqbul deb bilgan uslubdan foydalanadilar. Ijodkor buyuk so‘z san’atkori Oybek
ham o‘z asarlarini yaratishda o‘zining o‘tkir quroli sanalgan so‘zdan oqilona, 3
mohirona foydalanganki, har bir so‘z, har bir ibora, har bir leksik va sintaktik birlik
asarda o‘z qimmatiga ega.
Oybek asarlari tahlilida uchraydigan fonetik hodisalar unli yoki
undoshlarning almashinishi, tushib qolishi, orttirilishi kabi bir necha hodisalarga
duch kelamiz.
Birgina uning “Bolalik” asarini oladigan bo‘lsak, unda uchraydigan,
reduksiya, spirantizatsiya, sinkopa, epinteza,assimilatsiya kabi bir qator fonetik
hodisalarni ham uchratishimiz mumkin. Masalan, Tor ko‘chada, qo‘shnimizning
eski, shaloq eshigi oldida mening chol bobom o‘z o‘rtog‘i uzun soqolli, yirik
jussali, kar quloq mo‘ysafid bilan nimalar to‘g‘risidadir ezmalanib
so‘zlashadi(Oybek. Bolalik. Toshkent: O‘qituvch nash 1979 y. Misollar ana shu
manbadan olinadi va bundan keyin uning sahifalari ko‘rsatib boriladi).Bu gapda
spirantizatsiya hodisasi yuz bergan bo‘lib eshik so‘zidagi k jarangsiz undoshi g
jarangli undoshiga almashgan. O‘rtoq so‘zidagi q jarangsiz undoshi g‘ jarangli
undoshiga almashgan. Bu hodisani badiiy matn tarkibidagi ya’ni Oybekning
“Bolalik” asaridagi ko‘plab gaplar tarkibida uchratishimiz mumkin. Misol uchun
ular quyidagilar: Bobom o‘siq qoshlari tagida yashiringan ko‘zlarini yolg‘ondaka
olaytirib ko‘rsatkich barmog‘i bilan po‘pisa qiladi, men hassalarini tixirlik bilan
egalariga qaytaraman” (Oybek. Bolalik. 3-bet); Ayvonda do‘ppi tikib o‘tirgan
onam buvimning tovushini eshitib, undan noxushlanganday qovog‘ini solib yana
Do'stlaringiz bilan baham: |