Mavzu:”Bahor”(Qudrat Hikmat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga bahor fasli,undagi o’zgarishlar haqida ma’lumot berish,”Bahor” she’ri bilan tanishtirish.O’quvchilarga to’g’ri va ifodali o’qish ko’nikmalarini o’stirish.
FK 1: she’r asosida yaratilgan videotasvirni tinglab,tushunish
Tarbiyaviy: o’quvchilarda tabiatga muhabbat,kuzatuvchanlik hislatlarini tarbiyalash.Tabiat bilan do’stona munosabatda bo’lishga odatlantirish.
TK4:she’rda tasvirlangan go’zallik va ezgulikka intilish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni ifodali o’qish,mustaqil va ijodiy ishlash qobilyatlarini,lug’at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK2:she’rdagi so’z ma’nolarini izohlay olish.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarini shakllantiruvchi.
Dars metodlari:tushuntirish,savol-javob,”Mozaika”, “Ortiqcha surat” “Qofiyadoshni top”,”Zanjir o’yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar,multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.Salomlashish.O’quvchilarni darsga hozirlash.
2.Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilar yozgan sevimli hayvonlarni haqidagi hikoyalarni o’qitiriladi.”Hayvonot olamida” bo’limi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
-Chaqmoq ismli cho’pon qaysi hikoya qahramoni edi?
-“Ola Buzoq” she’rining muallifi kim?
-Bo’limda berilgan hikoyalar orqali qanday hayvonlarni bilib oldingiz?
-Irodali insonlar haqida qanday hikoyalar bilan tanishdingiz?
O’quvchilarni javoblari to’ldirilib umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi.O’quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga bo’linadilar.Har bir kichik guruhlarga bahor fasli tasvirlangan rasmli konvertlar tarqatiladi.O’quvchilar rasmni “Mozaika”usuli yordamida yig’adilar.
3.Yangi mavzu bayoni.
-Bolajonlar,yig’gan rasmingizda nima tasvirlangan edi?
O’quvchilarning javoblari tinglanib,yangi mavzu e’lon qilinadi.
-Bugun biz sizlar bilan Qudrat Hikmatning “Bahor” she’ri bilan tanishasiz.
O’quvchilar bilan bahor fasli,unda bo’ladigan tabiat hodisalari haqida suhbatlashib,fikrlar tinglanadi.
-Bahor faslida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
-Bahorda yurtimizda qaysi qushlar uchib keladi?
O’quvchilar javoblari to’ldirilib,mavzu tushuntiriladi.She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi
“Bahor” haqidagi videolavha namoyish etiladi.Kadr ortidan
“Bahor” she’ri o’qiladi.
O’qituvhi “Bahor”she’rini ifodali o’qib beradi.She’r mazmuni tushuntiriladi.Notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi o’tkaziladi.
Lug’at ishi:
Oro berar-o’ziga qarar
Tong yellari-tonggi shaboda
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan tanishish.”Bahor” she’ri o’quvchilarga navbati bilan o’qitiladi.O’quvchilar darslikdagi savollarni o’qib,ularga javob berishadi.
-She’r bahor faslida tabiat uyg’onishi qanday tasvirlangan?
-Bahor tabiatni “mayin shamollar”,”soyabon tollar”,”tong yellari”,”ko’kni quchgan teraklar”iboralaridan foydalanib,qayta hikoya qiling.
O’quvchilarning javoblari to’ldirilib,umumlashtiriladi,tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
“Kamalakdagi jumboq”o’yini.kamalakdagi belgilardan foydalanib so’zlar tuzadilar.
“Qofiyadoshni top”o’yini.O’quvchilar “Bahor” she’ridagi qofiyadosh so’zlarni topib,aytadilar.Eng ko’p qofiyadosh so’z topgan o’quvchi g’olib bo’ladi.
“Zanjir”o’yini.O’quvchilar bahor faslida bo’ladigan tabiat hodisalarini ketma-ket aytishadi.Shu tarzda o’yin davom etadi.
V.Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash.
Darsda o’rganilganlar yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
-Darsda nimalarni bilib oldingiz?
-She’rda bahor tabiati qanday tasvirlangan?
Dars xulosalanib,faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish.”Bahor” she’rini ifodali o’qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |