O’quvchilar: - Ustoz biz sog’lommiz, yangi darsga tayyormiz.
Kim sinfda navbatchi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Atrofga bir qarangchi
Parta, stollar toza,
Eshik oynalar soz-a?
Darsimiz o’qish darsi.
O’qish va uqish darsi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Hozirgi savodingiz? (O’qish)
Hamma: O’qish sabog’I bizga
O’rgatar tez o’qishni,
Ifodali o’qiymiz
Anglaymiz yoz-u qishni
O’tgan o’qish darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz? ( ,,Oftob va odob’’ she’ri bilan tanishganmiz.)
Odob nima?
Odob inson ziynati
Hamma: Odob- oltindan qimmat.
Nima uchun Luqmini Hakm ,,Odobni odobsizdan o’rgan’’ deydi? (Chunki, odobsizning yomon odatini ko’rib o’zimizga xulosa chiqarishimiz kerak.)
Yomon odatlarga nimalar kiradi? ( Yolg’on so’zlash, maqtanchoqlik, erkalik, chaqimchilik.)
Inson husniga husn qo’shadigan yaxshi fazolatlar qaysilar? (Rostgo’ylik, halollik, oq ko’ngillik, rahmdillik.)
Demak, biz o’zimizda ana shunday go’zal odatlarni shakllantirishimiz kerak. Ana shundagina Yurtboshimiz I. Karimov istaganidek, jismoniy sog’lom, aqlan teran, mustaqil fikrli mustaqil avlod vakillariga aylantiramiz.
Dam olish daqiqasi.
Yursak- gulzor, bog’ bo’lsin.
Ko’kragimiz tog’ bo’lsin!
Istiqbolga boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |