Uyga vazifa: 64-mavzuni o’qib kelish.
O’.I.B.D.O’._____________________________
Sana:__________________ Sinf:________
Mavzu: Tuyoqli sutemizuvchilar. 65 §
Darsning maqsadi:
a) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ahloqiy sifatlarni shakllantirish.
b) ta`limiy maqsad: Tuyoqli sutemizuvchilar haqidagi umumiy ma’lumot, hamda eng muhim tarkibiy qismlarining tuzilishi va vazifalari to’g’risida tushuncha berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda shaхsiy, psiхologik-gigiyenik хususiyatlarini shakillantirish.
Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
Kurakoyoqlilar suvda yashashga qanday moslashgan?
Tulen qanday hayot keehiradi?
Dengiz mushugi qanday hayot keehiradi?
Kitsimonlar suv muhitiga qanday moslashgan?
Ko'k kit qanday oziqlanadi?
Delfinlar qanday hayot keehiradi?
3. Yangi mavzu bауоni
Juft tuyoqlilar turkumi. Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki ikki juft bo'lib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh qaytaruvchi va kavsh qaytarmaydigan guruhlarga bo'linadi.
Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar — oyoqlari ancha uzun, oshqozoni to'rt bo'lmali, o'simlikxo'r hayvonlar (112-rasm). Odatda, o'simlik tarkibida qiyin hazm bo'ladigan kletchatka ko'p bo'ladi. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bo'lishiga yordam beradi. Ular dastlab oziqni yaxshi chaynamas-dan yutadi. Oziq oshqozonda mikroorganizmlar ta'sirida yengil hazm bo'ladigan holatga keladi. Bunday oziq og'iz bo'shlig'iga qaytarib chiqariladi va tishlar yordamida qayta yaxshi chaynalib (kavshalib), yana oshqozonga yutiladi.
Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qo'y, echki, zubr, sayg'oq, jayron, bug'u va boshqa ko'pchilik juft tuyoqlilar kiradi. Odatda ularning boshida bir juft muguz shoxlari bo'ladi. Bu shoxlar hayvonning butun hayoti davomida o'sib boradi. Bug'u va los kabi hayvonlarning shoxlari har yilda almashinib, o'rniga yangisi o'sib chiqadi.
Jayron (ohu yoki g'izol) O'zbekiston cho'llarida yakka holda, juft-juft yoki 30 tagacha hayvondan iborat poda bo'lib yashagan. U cho'l sharoitiga yaxshi moslashgan: rangi qo'ng'ir tusda bo'lganidan atrof-muhitda ko'zga tashlanmaydi.
Jayron go'shti juda mazali bo'lgani uchun ovlangan. O'zbekistonda jayron faqat qo'riqxonalarda saqlanib qolgan. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilardan Buxoro bug'usi (xongul) Qizilqum qo'riqxonasida va Termiz yaqinidagi Payg'ambar oroli-da boqilmoqda; Ustyurt dashtida sayg'oq uchraydi.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarnmg qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo'lmalarga bo'linmagan; bo'yin, oyoqlari va dumi kalta. Ularga to'ng'iz (yovvoyi cho'chqa) va suv ayg'iri (begemot) kiradi (113-rasm).
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarnmg qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo'lmalarga bo'linmagan; bo'yin, oyoqlari va dumi kalta. Ularga to'ng'iz (yovvoyi cho'chqa) va suv ayg'iri (begemot) kiradi (113-rasm).
To'ng'iz ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm gacha, vazni 200—240 kg keladi. To'ng'iz Yevropa va Osiyo qit'asida tarqalgan; O'zbekistonda tog'li joylarda va to'qaylarda uchraydi. O'simlik ildizi va tugunaklarini kovlab olib yeydi; to'kilgan mevalar, hatto hasharotlar va boshqa mayda jonivorlar bilan ham oziqlanadi. To'ng'iz to'da bo'lib yashaydi. Uning bolasi yo'l-yo'l tusda. To'ng'iz xonaki cho'chqalar naslboshisi hisoblanadi. Begemot tropik Afrikada tarqalgan.
T oq tuyoqlilar turkumi. Bu hayvonlarning oyog'ida bitta yoki uchta barmog'i bo'ladi, biroq faqat uchinchi barmog'i kuchli rivojlangan. Hayvon tanasining og'irligi, asosan, shu barmoqqa tushadi. Oshqozoni sodda tuzilgan, ammo ko'richak o'simtasi juda uzun bo'ladi.
Toq tuyoqlilar yalanglikda yashaydigan hayvonlar bo'lib, ularga ot, eshak, karkidon, tapir, zebra va qulon kiradi (114-rasm).
Yovvoyi ot, ya'ni Prjevalskiy oti asrimizning o'rtalarigacha Markaziy Osiyo (Mo'g'uliston va Xitoy) cho'llarida yashagan; hozir qo'riqxonalar va hayvonot bog'larida saqlanib qolgan. Tanasining uzunligi 230 sm, balandligi 130 sm, vazni 300 kg keladi. Xonaki otlar qirilib ketgan yovvoyi ot — tarpandan, xonaki eshak esa Afrika yovvoyi eshagidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |