Nafas olish sistemasi. Nafas olish organi — jabralar oyo-g'ining ikki yonidagi mantiya bo'shlig'ida joylashgan (32-rasm, B). Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalaming harakati tufayli suv mantiya bo'shlig'iga kiradi va jabra-larni yuvib, chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabralarga o'tadi, jabralardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadi. Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma or-ganlarga tarqaladi.
Qon aylanish, ayirish va nerv sistemalari suv shillig'inikiga o'xshash. Tanasidagi uch juft nerv tugunlari nerv tolalari yordamida o'zaro tutashgan. Maxsus sezgi organlari bo'lmaydi.
Ko'payishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urg'ochisini farq qilib bo'lmaydi. Tuxumlari jabralar sirtida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar chig'anog'idagi tishchalar yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o'tadi. Parazit ta'sirida baliq terisida shish hosil bo'ladi. Shish ichida lichinka juda mayda baqachanoqqa aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.
Ikki pallalilarning xilma-xilligi. Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular orasida eng yirigi tridaknaning og'irligi 250 kg ga yetadi. Ustritsa, iaroqcha va midiyalar (33-rasm) go'shti uchun ovlanadi; dengiz marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda mar-
variddorlar, midiyalar va ustritsalar ko'paytiriladi. Baqachanoq lichinkasi baliqlarda parazitlik qiladi. Sho'rlangan suvlarda tarqalgan dreysenaXai ko'payib, suv o'tkazadigan quvurlarni ishdan chiqa-rishi mumkin. Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va drey-senalar uchraydi. Ikki pallali molluskalar suvdagi mikroorganizm-lar va mayda organik zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi.
Boshoyoqli molluskalar sinfi. Boshoyoqlilar oyog'ining oldingi qismi o'zgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi (34-rasm).
Gavdasining uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bo'lib, bosh va tana qismlariga ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Tanasi qalin muskulli mantiya bilan o'ralgan. Chig'anog'i yo'qolib ket-gan. Og'iz teshigi atroflda 8 yoki 10 ta paypaslagichlari bo'ladi. Paypaslagichlarida juda ko'p so'rg'ichlar joylashgan.
Boshoyoqlilarning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bo'lib, ular xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Boshoyoqli-lar mantiya bo'shlig'iga suv o'tib turadi. Ular suvni mantiya bo'shlig'idan voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat qiladi. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yo'li ochiladi. Ular xavf tug'ilganida suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutu-lib qoladi.
Mustahkamlash.
Baqachanoq qanday oziqlanadi va nafas oladi?
Baqachanoq qanday rivojlanadi?
Ikki pallalilarning qaysi turlari dengizlarda uchraydi?
Boshoyoqlilar qanday tuzilgan?
Boshoyoqli moUuskalarning murakkab tuzilish belgilari nimadan iborat?
Uyga vazifa:
1. Baqachanoq gavdasi bo'limlari:
a) bosh; b) tana; d) oyoq; e) qorin.
2. Baqachanoqning chiqarish sifoniga ochiladi:
a) jabralar; b) ayirish yo'li; d) orqa chiqarish teshigi; e) mantiya bo'shlig'i; f) qon tomiri; g) jinsiy teshik.
Tasdiqlovchi javoblar: lb, d; 2b, d, g.
Do'stlaringiz bilan baham: |