3. Yangi mavzu bауоni
Primatlar, ya'ni maymunlar — sutemizuvchilar orasida eng yuksak tuzilgan hayvonlar («primatlar» so'zi ham «birinchilar» ma'nosini anglatadi). Bu turkumga 200 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchiligi qalin tropik o'rmonlarda yashaydi. Barmoqlari uzun, ikkala oyoqlaridagi bosh barmog'i boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo'yilgan. Barmoqlarning bunday joylashishi ularga shox-larni mahkam ushlab turishga hamda mayda narsalarni tutib tu-rishga imkon beradi. Ularning barmoqlarida boshqa hayvonlardagi singari changal emas, balki yassi tirnoqlar bo'ladi. Oyoqlari yurish bilan birga ozig'ini ushlash, junlarini tozalash va tarash vazifasini ham bajaradi. Tanasining yuzi va qo'l-oyoq kaftlarida jun bo'lmaydi.
Maymunlarning ko'zlari boshining oldingi tomonida joylashgan-ligidan ular birdaniga ikki ko'zi orqali qaraydi. Shuning uchun ular buyumning hajmini, ungacha bo'lgan masofani va rangini boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi aniqlaydi. Ko'zning bu xususiyati shoxdan shoxga sakrab hayot kechiradigan maymunlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning barmoqlari, junsiz kafti va tovoni asosiy tuyg'u a'zosi hisoblanadi.
Bosh miyasi boshqa sutemizuvchilarnikiga nisbatan ancha yirik. Bosh miya katta yarimsharlarida burmalarning ko'p bo'lishi tufayli fe'l-atvori ham murakkab va xilma-xil bo'ladi. Ular gala bo'lib yashaydi. Kuchli erkagi galada boshchilik qiladi.
Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarning burun katak-lari keng, dumi uzun bo'lganidan ular keng burunli maymunlar deyiladi. Ular dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shoxlariga osilib turishi mumkin. O'rgimchak may тип uzun oyoq va qo'llari yordamida daraxtlarga ilashib olganligidan unga shun-day nom berilgan.
Afrikada va Janubiy Osiyoda yashaydigan tor burunli maymunlarning burun teshigi tor bo'lib, tog'ay to'siq bilan ikkiga ajralgan; dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas. Bir qancha turlarining dumi kalta yoki butunlay bo'lmaydi.
P rimatlar orasida odamsimon maymunlar eng yirik va yuksak tuzilgan. Ularga Afrika qit'asida yashaydigan gorilla va shimpanze, Kalimantan va Sumatra orollarida tarqalgan orangutan kiradi (115-rasm). Ularning dumi bo'lmaydi; oldingi oyoqlari hamda panjasi-ning orqa tomoniga biroz tayangan holda orqa oyoqlarida harakat qiladi. Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi tufayli turq-atvori ham juda murakkab bo'ladi. Ularning xotirasi kuchli bo'lib, sodda men-nat qurollarini yasash va ulardan foydalanishni biladi. Shimpanze cho'plar yordamida asalarilar uyasiga kiradigan teshiklarni kengay-tiradi; daraxtdan sindirib olingan novda yordamida tor teshiklardan hasharotlarni kovlab oladi, mayda cho'plar yordamida tishlarini tozalaydi, tovush va imo-ishoralar yordamida o'zaro muloqot qiladi. Ular yuz muskullari yordamida ichki kechinmalarini, ya'ni qo'rquv, hayajon, achchig'lanishi yoki xursandligini ifodalay oladi. Bu jihatdan ular odamlarga o'xshaydi.
Sutemizuvchilarning ahamiyati. O'txo'r sutemizuvchilar o'simliklar va boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning tezagi go'ngxo'r qo'ng'izlar, pashshalar, chuvalchanglar, zamburug'lar va bakteriyalar uchun oziq bo'ladi. Go'ng parchalanganida tuproq o'simliklar uchun zarur oziq moddalarga boyiydi. Olmaxon, o'rmon kalamushlari, dala sichqonlari, to'ng'izlar va boshqa sutemizuvchilar o'simliklar urug'ining tar-qalishiga yordam beradi. Tuproqda yashovchi sutemizuvchilar (ko'rsichqon, yumronqoziq) in qazib, tuproqni yumshatadi. Hasharotxo'rlar (ko'rshapalak, tipratikan) zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qiradi. Yirtqichlar kasallangan hayvonlar va ular o'laksasi bilan oziqlanganidan tabiiy sanitarlar hisoblanadi.
Sutemizuvchilar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Yovvoyi sutemizuvchilar mo'ynasi (ondatra, tulki) va go'shti (sayg'oq) uchun ovlanadi. Sutemizuvchilardan kalamushlar, sichqonlar, yumronqoziqlar oziq-ovqat mahsulotlarini yeydi va kasallik tarqatadi. Yirtqich sutemizuvchilar gijjalarni yuqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |