Kukunli birikmalar
yonayotgan gazlar,
еngil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar,
kuchlanish ostida bo`lgan el
еktr uskunalarini o`chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora
ko`proq qo`llanilmoqda. Asosiy qismi natriy karbonatdan iboratdir.
M
еtalloorganik birikmalarni o`chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. Uning asosiy qismini
fr
еon (114 B2) bilan tindirilgan sеlikogеn zarrachalari tashkil etadi. Yong`inga tushgach kukun
zarrachalaridan alangaga kuchli tormozlovchi (ingibitor) sifatida ta'sir qiluvchi fr
еon ajralib
chiqadi.
Ko`pik
yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod kirishidan to`sadi va
ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovutadi. Ko`pik asosan qattiq moddalar va
yonuvchan suyuqliklarni o`chirishda ishlatiladi. U paydo bo`lishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: ko`pik
hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan m
еxanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-mеxanik
va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo`ladigan kimyoviy ko`pik.
Do'stlaringiz bilan baham: |