Buxoro Davlat Universiteti "Tarix va Madaniy meros fakulteti" 5-4Tar 21 -guruh talabasi Usmonova Dilafruzning O'zbekiston tarixi fanidan bajargan mustaqil ishi.
Mavzu: Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi, Ta'limoti, qonun -qoidalari va marosimlari.
Reja:
★ Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi.
★ Zardushtiylik dining ta'limoti va qonun-qoidalar.
★ Zardushtiylik dining marosimlari.
ZARDUSHTIYLIK ✵Bu dinning Ta'limotiga ko'ra , xudo ahuramazda "oliy ibtidodir" . U hamma mavjudotni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy ruhdir. Uni na xotini , na farzandlari bor . Ahuramazdaning 6nafar eng yaqin yordamchisi bo'lgan. ✯zardusht vafotidan bir necha asr o'tgacha barcha diniy ma'rosimlar madhiya va duolar kitob holiga keltirildi Bu zardushtiylar muqaddas kitobi "Avesto"edi. "Avesto" so'zi "qat'iy qonunlar" ma'nosini bildiradi.
✯Mil.avv. 1- mingyillik boshlarida tarqoq qabilalarni bosqinchilarga qarshi birlashtirish zaruriyati tug'ildi. Zardusht o'z ta'limotida qabilalarni birlashtirishga chorladi. ✯Zardushtiylik dinining asosi bo'lmish Avestoni 2 nusxasi Makedoniyalik Aleksandrning yurishi davrida yo'q qilinadi sosoniylar davrining oxirlarida arablar eronni bosib olib eski dinga tegishli bo'lgan kitoblarni o'tda yoqishadi. Aveatoni kattagina qismini olib Hindistonga qochishadi.Ular katta qiyinchiliklar bilan Hindistonni Bombey shahri atrofidagi qishloqlarning biriga yetib borishadi va u yerda qolib ketishadi.
Er.avv.9-10 asrlarda osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug'lik paydo bo'ldiki bu narsa o'sha davrda insoniyat taraqqiyotiga o'zining ta'sirini sezilarli darajada ko'rsata oldi .Sharqiy eron va markaziy osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarni ijtimoiy tuzumi o'zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatda ro'y berayotgan tabaqalanish davom qilayotgan bir paytda turon pastekisligida amudaryo bo'ylarida yangi g'oya , yangi fikrlar va yangi talimot vujudga keldi . Bu talimot o'lkada shakllangan ko'p xudolik va oshiqcha sarf xarajatlarga , atrof muhitni ifloslanishini hamda insonlar hayotida muhim o'rin tutgan jonli hayvonlarni ko'rib ko'p ko'p qurbonliklar qilishiga qarshi tura oladigan talimot edi.
Bu talimotga amal qilgan inson ezgu fikr ezgu so'z , ezgu amalni butun hayoti davomida qalbiga jo qilishi lozim edi . Ushbu talimotni asoschisi zardush bo'lib u o'z talimotini jamiyatga yashovchi xar qanday sinf vakillari orasida qo'rqmasdan tarqatib o'zini haqligini isbotlay olgan .
Beruniyning guvohlik berishicha zardusht Makedoniyalik Aleksandrning markaziy osiyoga kelishidan 258 yil ilgari dunyoga kelgan.
Avestodagi sheriy matnlarning analizi, ulardagi o'sha davr tabiiy sharoitlari va voqealarini tasvirlanishidan kelib chiqib olimlar zardushtni er . Avv. 8 asrning oxirida dunyoga kelganini va 7-asrning oxirgi choragida dunyodan o'tganini tasdiqlashdi .uning asosiy nomi Zaratushtra bo'lib bu so'z "Sariq tuya sohibi","zarrin yorug'lik egasi" degan manolarni anglatadi.
U quyi amudaryo havzasida yashovchi mashhur Spitama urug'idan bo'lib u urug' oriylar urug'i ittifoqiga kirgan .Zardushtni yoshligidan otasi cho'pon Barzin -qurishga shohird qilib beradi . U 15 yoshida har xil xudolarga sig'inovchi oriylar urug'ida keng tarqalgan yashtlarni yodlab oladi.U 23 yoshida yetganda urug' qabilalar orasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sababi ularning har xil xudolarga sig'inishligi ekanligi va xalqning ahvoli og'irligi esa ularning har xil xudolarga qo'llab
Qurbonliklar qilishligi va hatto qurbonlikka odamlarni ham ishlatilishligi ekanligida deb biladi.shundan so'ng u faqat bitta xudoga yani Ahuramazdaga sig'inishni va uning ko'rsatmalari bilan avestoga amal qilishni targ'ib qila boshlaydi.
Lekin uni bu davlatlarni qabiladoshlari sovuqlik bilan kutib olishadi va uni vatanidan badarg'a qilishadi .
Avesto 1825-yilda ingliz tilida 1873-yilda nemis tilida 1901-yilda rus tilida nashr qilingan . Ushbu kitobning eng nodir nusxalari hozirgi kunda parij va Daniyadagi Kopengagen milliy kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning o'zbekcha yangi nashri 2001-yilda "Avesto" yaratilganligining 2700 yillik yubiley munosabati bilan tayyorlandi. shuni aytish joizki 1999-yil noyabr oyida xalqaro Yunesko tashkiloti o'zining Parijda bo'lib o'tgan 30-sessiyada "Avesto"ning 2700 yilligini keng nishonlanish haqida qaror qabul qildi.
Yubiley tantanalari 2001-yilda Avesto vatani o'zbekistonda , aynan xorazmda keng nishonlandi va urganch shahrida Avesto yodgorlik majmuasi barpo etildi.