Mavzu: Zamonaviy rahbarlik uslublari Reja: Kirish Nazariy qism 1



Download 68,73 Kb.
bet1/11
Sana06.01.2022
Hajmi68,73 Kb.
#324848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5256007936907420014





Mavzu: Zamonaviy rahbarlik uslublari
Reja:
Kirish

1. Nazariy qism

1.1. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi

1.2. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar

1.3. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.

2. Rahbar fazilatlari va uslublari

2.1. Rahbar turlari

2.1. Rahbarga qo’yiladigan talablar

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish

Biz bugun tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechiroyotgan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashmoqdamiz.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat muxofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin2.

Bozor munosabatlarini rivojlantirish va uni mustahkamlash avvalo, har bir shaxsning qonun hujjatlarda belgilangan huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kafolatlashdan iboradir.

Respublikamizda o’z faoliyatini yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlar asosida kafolatlangan bo’lib, ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi.

Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida yaqqol ko’rish mumkin.

Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. «Tadbirkor» va «biznes» kabi tushunchalari, ularning iqtisodiy faoliyat soxalarini kurilayotganda ma’nodosh deb xisoblanmaydi. «Biznes» tushunchasi «tadbirkor»dan ancha keng ma’noga ega, deb karaladi. G’arb davlatlarining bozor iqtisodiyoti xakidagi adabiyotlarida, biznes - jamiyatning talab va xohishlarini kondirishga karatilgan ishlab chikarish tizimi deb tushuntiriladi.

Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni kamrab oladi va fakat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu xolatda, biznes so’zining sinonimlari bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotik kabi tushunchalar xisoblanadi. Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi ishchanlik faolligidir.

Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuydagi aloxida xususiyatlari:

ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan firmalar kiradi.

Xorijiy mamalakatlarda - kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalari mavjud. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, qo’shimcha qiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar kiymati qo’llanadi.

O’zining «kichik biznes» degan nomiga qaramasdan, ushbu ishlab chikarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud:

- maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod qilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;

- kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;

- ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;

- moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.

Bozor munosabatlari sharoitida majburiyat munosabatlari fuqarolar bilan fuqarolar o’rtasida yuridik shaxs bilan jismoniy shaxslar o’rtasida fuqarolik huquqiy munosabatlar yoki iqtisodiy faoliyat natijasida taraflar o’rtasida tuzilgan bitimlar va shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin.

Tadbirkorlik munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 2012 yil 2 mayda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi.
FKning 24-moddasida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati keltirilgan bo’lib, unda tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etmasdan yoki uni tashkil etish tartib qoidalari belgilab qo’yilgan.

Tadbirkorlik ham – fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, mol-mulkni topshirish, ish barjarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va boshqalar yoki muayan harakatdan qo’zini saqlashga majbur bo’ladi.




Download 68,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish