Windows 7 menyulari. Asosiy menyu. Kontekst menyu. Eslatilgan barcha obyektlar uchun fan bo’lib ish stolining yuzasi xizmat qiladi. Aynan unda siz Windowsda ishlaysiz. Sizning monitoringizdagi tasvir rasmda ko’rsatilganidan biroz farqlanishi mumkin. Vazifalar satri ekrannig boshqa chetida joylashishi, yuqori chap burchakda belgilar joylashgan bo’lishi (yoki xuddi shularning o’zi boshqa nomlarda bo’lishi) ehtimol. Sizda yorliqlar ko’p yoki oz bo’lishi mumkin va har bir istalgan holatda ular orasida ko’rsatilganlaridan nimasi 59 bilandir ajralib turadi. Ammo shunga qaramay, sizning kompyuteringizning ekrani bu hozirgina qarab o’tgan elementlarning ko’pchiligini o’zida mujassam qilgan bo’ladi Windows OS da quyidagi uch turdagi menyular mavjud: Пуск menyusi – asosiy menyu. Kontekst menyu. Ilova va oynalar bilan ishlashga mo’ljallangan maxsus menyular. Asosiy menyu. Vazifalar panelining chap burchagida (yoki tepada, agar panel ish stolining chap yoki o’ng chetiga joylashtirilgan bo’lsa) ishga tushurish tugmachasi joylashgan. Ushbu tugmachani bosilishi ekranda rasmda tasvirlangan bosh menyuning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu menyu keyingi vaqtda ochilgan, hamma dasturlar va hujjatlarga tezlik bilan yo’llashni ta’minlaydi. Kerakli obyektga o’tish uchun sichqonchaning tugmachasini bir marta bosishning o’zi kifoY. Bundan tashqari bosh menyu lokal va tarmoq disklardagi dasturlar va hujjatlarni izlashni sezilarli darajada engillashtiradi. Tizimdan chiqish ham bosh menyu yordamida amalga oshiriladi. Ishni yakunlash buyrug’i mana shuning uchun xizmat qiladi. U Windows bilan ishlash seansini 60 tugallashga, kompyuterni qayta yuklash yoki kompyuterda boshqa odam ishlay olishi uchun shunchaki tizimdan chiqishga yordam beradi Mening kompyuterim nishoni sizning kompyuteringizning resurslarining holati bilan tanishish imkoniyatini beradi. Uni ochib, siz ekranda quyidagi ko’satilgan rasmdagiga o’xshash papka darchasini ko’rasiz. Bu darchada har bir diskovod lokal qattiq disk, kompakt disk, kompakt disklarning simi va kompyuteringiz ulangan tarmoqlar ulangan tarmoq kataloglarining hammasi uchun bittadan nishon bo’ladi. Bundan tashqari bu darchada boshqarish panelga, printerlarga, modem yordamida telefon kanallari bo’yicha tarmoq resurslari bilan aloqa uchun mo’ljallangan tarmoqqa uzoqdan yo’llash dasturiga yo’llash uchun qo’shimcha tizimiy manellar ham mavjud bo’lishi mumkin. Mening kompyuterim nishoni hamma lokal va tarmoq resurslari taqdim etilgan panelni ochadi Mavjud istalgan nishon ikki marta bosilsa, tegishli panellarni ochadi. Masalan, - STATION03 deb atalgan nishonni ochib siz o’zingizni kompyuteringizdagi qattiq disklardan biri bilan tanishishingiz mumkin. Yorliqlar dastur hujjat, printer lokal qattiq disk yoki tarmoq serveri kabi obyektlarga tez yo’llashni ta’minlaydi. Siz amalda tez-tez ishlatiladigan obyektlarning istalgan tipi uchun yorliqlar tuzushingiz mumkin. Tarmoq o’rami nishoni sizning ishchi guruhingizning hamma serverlari va kompyuterlari aks ettirilgan papkani ochadi. Bundan tashqari bu papkada butun tarmoq nishoni bor, uning yordamida siz o’z tarmog’ingizni boshqa ishchi guruhlarga yo’llash imkonini qo’lga kiritishingiz mumkin. Pastdagi rasmda a’zolari 9 ta bo’lga ishchi guruhida bo’lgan kompyuterdagi tarmoq o’ramining papkasi qandoq bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan. Ushbu rasmda ko’rsatilgan, kompyuterlar tasviri tushurilgan Sw 02, Sw04, Sw05, Sw06 va hokazo deb nomlangan nishonlar - sizning ishchi guruhingizning a’zolari haqidagi axborotni saqlovchi papkaning darchasini ochadi. 1. Sarlavha qatori – darchaning uning nomi, darchani boshqarish tugmachasini o’z ichiga olgan yuqori qatori, - yig’ishtirilsin, darchani vazifalar paneliga yig’ishtirish uchun – yoyilsin, darchani butun ekranga yoyish, - tiklansin, darchaning oldingi o’lchamlarini qaytarish, - yopilsin, ish tugashi bilan darchani to’liq yopish kabi piktogrammalar joy olgan. 2. Menyu qatori – ushbu darcha uchun mo’ljallangan buyruqlar bo’lgan Bandlarni ichiga olgan qator. 3. Uskunalar paneli. Tez-tez ishlatiladigani buyruqlarning tugmachalarini o’z Ichiga olgan panel hisoblanadi. 4. Manzil satri. Panelning yo’nalishi ko’rsatilgan qator. 5. Darchaning ish maydoni. Darchaning uning obyektlari ko’rsatilgan asosiy Qismi. 6. Ish maydonining ko’rinmaydigan qismini ko’rib chiqish uchun gorizontal va Vertikal chizg’ich mintaqalari. 7. Holat satri. Darchaning qo’shimcha axborot ko’rsatilgan pastki satri. 9. Darchaning chegaralari – uning perimetrini tashkil etuvchi chiziqlar. Darchaning istalgan o’lchamini o’zgartirish uchun darchaning chegarasida Turish va darchaning o’lchamini sichqonchaning tugmachasini bosib turgan holda o’zgartirish kerak.