O‘tgan asrning 50-yillarida tijorat banklari birinchi bo‘lib kredit kartochkalari bilan ishlashni sinab ko‘rishgan. O‘shanda ular o‘zlarining juda yuqori ekspluatatsion xarajatlari sababli shu kabi xizmatlarni ko‘rsatadigan firmalar bilan raqobatlasha olmasliklari aniqlandi. Biroq 60 -yillar oxirida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi tufayli ushbu xarajatlar ancha kamaydi va banklar endi bunday firmalar bilan jiddiy raqobatlasha oladigan bo‘ldi. Bizning kunlarda kredit kartoch-kalaridan foydalanish xizmat bozorida ikkita yirik bank tizimi: VISA va Master Card kompaniyalari yetakchilardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |