Yuqorida sanab o`tilgan qadamlar (tanlash – dekodlash - bajarish) barcha kompyuterlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Markaziy protsessorning ishlashini (qadamlar) dastur ko`rinishida tasvirlash mumkin.
Tasvirlanayotgan kompyuterda ikkita registr mavjud: keyingi buyruqlar manziliga ega bo`lgan buyruqlar hisoblagichi (PC) va arifmetik amallarning natijalari saqlanuvchi akkumulyator (AC).
Bundan tashqari ichki registrlar ham mavjud bo`lib, ularda: joriy buyruq (instr), joriy buyruqning tipi (instr_type), buyruq operandining manzili (data_loc) va operandning o`zi (data) saqlanadi.