Mavzu: Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar



Download 308,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana15.11.2020
Hajmi308,61 Kb.
#52455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4.Maruza. Zamonaviy darslarga qo’yiladigan talablar. Noan’anaviy mashg’ulotlar, ularning pedagogik imkoniyatlari.

TRENING DARSLARI 

Darslarda  o’qituvchi  va  o’quvchilar  o’rtasidagi  o’zaro  aloqadorlikni 

ta’minlash  hamda  dars  samaradorligini  oshirish  uchun  trening  darslarida  katta 

imkoniyatlar mavjud. 

Trening  darslari  qayta  aloqa  asosida  olib  boriladi.  Ya’ni  o’qituvchi 

o’quvchilarning  fikrlarini  bilib,  bilimlarini  yanada  boyitib  o’zlariga  qaytarib 

beradi.  Ya’ni,  dars  davomida  faqat   o’qituvchi  ishlamasdan  o’quvchilar  ham 

tengma-teng ishlaydilar. 

Yuqorida aytganimizdek, bu usulda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida erkin 

munosabatlar  vujudga  keladi  va  o’quvchilar  erkin,  mustaqil  fikrlay  boshlaydilar. 

O’quvchilarning  o’zlarini  erkin  xis  qilib,  erkin  fikrlay  boshlaganlaridan  so’ng 

bilimlarni  qabul  qilish  imkoniyati  ham  kengayadi.  Demak,  o’qituvchi  bermoqchi 

bo’lgan bilimlarni to’liq bera oladi. 

Trening  darslar  davomida  o’quvchilarning  tartib  buzarliklarini,  o’zaro 

suhbatlashib  halaqit  berishlarini  oldini  olish  uchun  o’quvchilar  bilan  birgalikda 

mashg`ulotlarda  amal  qilinishi  lozim  bo’lgan  tartib-qoidalarni  ishlab  chiqish 

va  hammaga ko’rinadigan joyga ilib qo’yish mumkin. 

Shuningdek,  dars  davomida  fanga  aloqador  bo’lgan  turli  xil  o’yinlarni 

o’tkazish  dars  samaradorligini  yanada  oshiradi.  Bunday  o’yinlar  o’quvchilarning 

charchaganligi  xis  qilingan  vaqtlarda  o’tkazilsa  maqsadga  muvofiq  bo’ladi. 

O’quvchilar tetiklashadi, fikrlari bir nuqtaga jamlanadi. 

Mazkur  darslarning  samarali  tomonlaridan  yana  biri  nazariy  ma’lumotlar 

bilan  amaliy  mashg`ulotlarni  birgalikda  olib  borilishidir.  O’quvchilar  kichik 

guruhlarda  ishlab,  nazariy  olgan  bilimlarini  amalda  sinab  ko’radilar.  Misol  qilib, 

kimyo fanidan «Tuz» tushunchasi mavzusini olaylik. 

Mashg`ulotni  o’qituvchi  aqliy  hujum  bilan  boshlaydi.  O’quvchilarning 

javoblari  doskaga  yoziladi  va  tayanch  so’zlar  tagiga  chizilib  umumiy  qoidalar 

ishlab  chiqiladi:  «Tuzlar». Shundan  so’ng  o’qituvchi  tuzlarning  xillari  to’g`risida 

batafsil gapirib beradi.  

O’qituvchi  so’raydi:  «Tuzlar  nechchi  xil  bo’ladi?  Tuzlat  qaerlarda 

ishlatiladi?» 

Tuzlarning ishlab olinishi, Qishloq xo’jaligida o’rni va ahamiyati. Tuzlarga 

bo’lgan talablar. 

O’quvchilar  tuzlar  to’g`risida  chuqurroq  tushunchaga  ega  bo’lishlari 

uchun  «Tuzlarning turlari va sifat ko’rinishlari» nomli o’yin olib boriladi. Buning 

uchun  sinfdagi  o’quvchilar  uch  guruhga  bo’linadi.  Birinchi  va  ikkinchi  guruh 

tuzlar  koni,  uchinchi  guruh  esa  tuzlarni  olinishi,  reklama  qilinishi  lozim  bo’ladi. 

Tuzlarni ko’proq yoritib bergan gurux g`olib bo’ladi. 




Shundan  so’ng  birinchi  va  ikkinchi  guruh  tuzlarni  (ishlov  berilganligi, 

tozaligi,  ishlatilishiga  qarab)  sotadilar.  Uchinchi  guruh  esa  o’qituvchi  tomonidan 

tarqatib berilgan shartli (yasama) pullar asosida mahsulotlarni sotib oladilar. 

Bunda «xaridorlar» qancha ko’p  mahsulot sotib olsalar, «sotuvchilar» esa 

qancha ko’p sotsalar g`olib hisoblanadilar. 

So’ngra  o’qituvchi  o’quvchilardan  o’yin  davomida  nimalarni  his 

qilganlarini,  hayotda  nimalarga  e’tibor  berish  lozim  ekanligini   so’raydi  va 

umumiy xulosa chiqariladi. 

Ushbu  trening  usuldagi  mashg`ulotlar  o’quvchilarni  erkin  fikrlashga,  o’z 

fikrlarini  kichik  guruhlar  o’rtasida  bemalol  ayta  olishlariga  imkoniyat  yaratadi. 

Demak, trening darslarining samaradorligi yuqori bo’lib, boshqa fanlarda ham bu 

usuldan foydalanish mumkin. 




Download 308,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish