MODIFIKATSIYALANGAN - SHAKLI O’ZGARTIRILGAN MA’RUZA
Bu o’qitish usulidan o’qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi, o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi - o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi. Qo’llanilishi:o’quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin namoyish qilish, rolli o’yinlar va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan oldin;
ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun.
Afzalligi:
tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
darsga kerak bo’lgan ko’rgazmali qurollar, ko’rsatma materiallarni tayyorlanishi;
katta guruhlarda samaradorligi; kam resurslarni talab qilishi;
boshqa usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi; vaqtni yengil boshqara olishi;
guruhni birgalikda ishlash imkonini berishi.
TRENING DARSLARI
Darslarda o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlash hamda dars samaradorligini oshirish uchun trening darslarida katta imkoniyatlar mavjud.
Trening darslari qayta aloqa asosida olib boriladi. Ya’ni o’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini bilib, bilimlarini yanada boyitib o’zlariga qaytarib beradi. Ya’ni, dars davomida faqat o’qituvchi ishlamasdan o’quvchilar ham tengma-teng ishlaydilar.
Yuqorida aytganimizdek, bu usulda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida erkin munosabatlar vujudga keladi va o’quvchilar erkin, mustaqil fikrlay boshlaydilar. O’quvchilarning o’zlarini erkin xis qilib, erkin fikrlay boshlaganlaridan so’ng bilimlarni qabul qilish imkoniyati ham kengayadi. Demak, o’qituvchi bermoqchi bo’lgan bilimlarni to’liq bera oladi.
Trening darslar davomida o’quvchilarning tartib buzarliklarini, o’zaro suhbatlashib halaqit berishlarini oldini olish uchun o’quvchilar bilan birgalikda mashg`ulotlarda amal qilinishi lozim bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqish va hammaga ko’rinadigan joyga ilib qo’yish mumkin.
Shuningdek, dars davomida fanga aloqador bo’lgan turli xil o’yinlarni o’tkazish dars samaradorligini yanada oshiradi. Bunday o’yinlar o’quvchilarning charchaganligi xis qilingan vaqtlarda o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilar tetiklashadi, fikrlari bir nuqtaga jamlanadi.
Mazkur darslarning samarali tomonlaridan yana biri nazariy ma’lumotlar bilan amaliy mashg`ulotlarni birgalikda olib borilishidir. O’quvchilar kichik guruhlarda ishlab, nazariy olgan bilimlarini amalda sinab ko’radilar. Misol qilib, kimyo fanidan «Tuz» tushunchasi mavzusini olaylik.
Mashg`ulotni o’qituvchi aqliy hujum bilan boshlaydi. O’quvchilarning javoblari doskaga yoziladi va tayanch so’zlar tagiga chizilib umumiy qoidalar ishlab chiqiladi: «Tuzlar». Shundan so’ng o’qituvchi tuzlarning xillari to’g`risida batafsil gapirib beradi.
O’qituvchi so’raydi: «Tuzlar nechchi xil bo’ladi? Tuzlat qaerlarda ishlatiladi?»
Tuzlarning ishlab olinishi, Qishloq xo’jaligida o’rni va ahamiyati. Tuzlarga bo’lgan talablar.
O’quvchilar tuzlar to’g`risida chuqurroq tushunchaga ega bo’lishlari uchun «Tuzlarning turlari va sifat ko’rinishlari» nomli o’yin olib boriladi. Buning uchun sinfdagi o’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Birinchi va ikkinchi guruh tuzlar koni, uchinchi guruh esa tuzlarni olinishi, reklama qilinishi lozim bo’ladi. Tuzlarni ko’proq yoritib bergan gurux g`olib bo’ladi.
Shundan so’ng birinchi va ikkinchi guruh tuzlarni (ishlov berilganligi, tozaligi, ishlatilishiga qarab) sotadilar. Uchinchi guruh esa o’qituvchi tomonidan tarqatib berilgan shartli (yasama) pullar asosida mahsulotlarni sotib oladilar.
Bunda «xaridorlar» qancha ko’p mahsulot sotib olsalar, «sotuvchilar» esa qancha ko’p sotsalar g`olib hisoblanadilar.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan o’yin davomida nimalarni his qilganlarini, hayotda nimalarga e’tibor berish lozim ekanligini so’raydi va umumiy xulosa chiqariladi.
Ushbu trening usuldagi mashg`ulotlar o’quvchilarni erkin fikrlashga, o’z fikrlarini kichik guruhlar o’rtasida bemalol ayta olishlariga imkoniyat yaratadi. Demak, trening darslarining samaradorligi yuqori bo’lib, boshqa fanlarda ham bu usuldan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |