Odatda, M.ning rivojlanishi 3 davrga ajratiladi. Birinchi davr 19-asrning oʻrtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburugʻlarni tasvirlash va tasniflashga urinishlar boʻlgan. Ikkinchi davrda (19-asrning oʻrtasidan oxirigacha) zamburugʻlar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi ham oʻrganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. va Sh. Tyulanlar unshudring, zang va qorakuya zamburugʻlardagi pleomorfizm hodisasini, yaʼni bir tur zamburugʻda turli xilda spora hosil boʻlishini anikdashdi (shu sababli, bu zamburugʻlar dastlab alohida turga ajratilgan). Nemis botanigi A. de Bari parazit zamburugʻlarni eksperimental oʻrganish, uning shogirdlari saprofit zam-burugʻlarni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning parazit zamburugʻlar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi. - Odatda, M.ning rivojlanishi 3 davrga ajratiladi. Birinchi davr 19-asrning oʻrtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburugʻlarni tasvirlash va tasniflashga urinishlar boʻlgan. Ikkinchi davrda (19-asrning oʻrtasidan oxirigacha) zamburugʻlar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi ham oʻrganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. va Sh. Tyulanlar unshudring, zang va qorakuya zamburugʻlardagi pleomorfizm hodisasini, yaʼni bir tur zamburugʻda turli xilda spora hosil boʻlishini anikdashdi (shu sababli, bu zamburugʻlar dastlab alohida turga ajratilgan). Nemis botanigi A. de Bari parazit zamburugʻlarni eksperimental oʻrganish, uning shogirdlari saprofit zam-burugʻlarni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning parazit zamburugʻlar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi — yangi davrda zamburugʻlar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi G. Klebsning zam-burugʻlar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol oʻynadi. M.da sitologik usul keng joriy qilindi. Zang zamburugʻlar morfologiyasi, sitologiyasi, ularning parazit zamburugʻlar bilan oʻzaro aloqalari hamda parazit zamburugʻlar va ular bilan kasallangan oʻsimliklar fiziologiyasi chuqur oʻrganildi. Zamburugʻlar, ayniqsa, aktinomitsetlar rolining oshishi tufayli koʻp mamlakatlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi lab.larida ularni oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi.[1] - Uchinchi — yangi davrda zamburugʻlar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi G. Klebsning zam-burugʻlar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol oʻynadi. M.da sitologik usul keng joriy qilindi. Zang zamburugʻlar morfologiyasi, sitologiyasi, ularning parazit zamburugʻlar bilan oʻzaro aloqalari hamda parazit zamburugʻlar va ular bilan kasallangan oʻsimliklar fiziologiyasi chuqur oʻrganildi. Zamburugʻlar, ayniqsa, aktinomitsetlar rolining oshishi tufayli koʻp mamlakatlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi lab.larida ularni oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |