Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Bobur lirikasi. Reja



Download 20,27 Kb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi20,27 Kb.
#79620
1   2   3
Bog'liq
Bobur lirikasi

Ko’ngli tilagan murodga etsa kishi,

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,

Bu ikki muyassar o’lmasa olamda,

Boshni olib bir sorig’a ketsa kishi.

Degan Bobur “ko’ngli tilagan murodg’a” etolmaganidan “boshini olib bir sorig’a ketishga” majbur bo’ldi.

Bobur Afg’oniston va Hindistonni egallab, katta imperiya qurdi. Biroq u umrining oxiriga qadar tug’ilib o’sgan yurtidan-diyoridan ko’ngil uzolmadi, vataniga qaytish fikridan kechaolmadi. U Afg’onistondaligida yor-do’stlariga yozgan bir ruboiy-nomasida:

Beqaydmehu xarobi sim ermasmen,

Ham mol yig’itirur laim ermasmen.

Qobulda iqomat qildi Bobur dersiz,

Andoq demangizlarki, muqim ermasmen, - degan edi.

Mana shu kayfiyatlarning ifodasi sifatida uning bir qator mungli va alamli she’rlari vujudga keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir:



Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,

Shod etmas emish ko’ngili mehnatda kishi.

Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi oh,

G’urbatda sevinmas emish albatta kishi.

Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik”, “yuz qaroliq” deb biladi, bu ishdan qattiq pushaymon bo’ladi:



Tole’ yo’qmi jonimg’a balolig’ bo’ldi,

Har ishkim, ayladim xatolig’ bo’ldi.

O’z yerin qo’yib Hind sori yuzlandim,

Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur- Andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi.

Andijonda Bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg’armasi tashkil etilgan. Unga Z.Mashrabov rahbarlik qiladi. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib unda adib haykali o’rnatilgan.

Bog’ishamol dahasida Bog’i Bobur va Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul shahridagi Boburning qabridan tuproq keltirilib, Bog’i Boburda adibning ramziy qabri o’rnatilgan.

Andijon Davlat Universiteti, Andijon viloyat markaziy kutubxonasi, ishlab chiqarish korxonalari, ko’plab ko’chalar Z.M.Bobur nomi bilan ataladi.

Z.M.Bobur haqida ko’plab yozuvchilarimiz asarlar yaratgan. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, H.Sultonovning “Saodat sohibi”, Q.Kenjaning “Hind sorig’a” nomli asarlar, Z.Muhitdinov “Z.M.Bobur” nomli dramatik asarlari shular jumlasidandir.



Shoirlarimiz Bobur dardlarini unga hamohang tarzda kuylashmoqdalar.
Qalbimdan firoqing dardi ketmadi,

Ohim ko’kka etdi, senga etmadi.

Tuprog’ingni o’pib, ey Andijonim,

Bag’ringda o’lmoq ham nasib etmadi.
Download 20,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish