Semptomatologiyaning o'zi o'ziga xos zahar turiga va uning miqdoriga bog'liq. - Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo‘lingiz bilan siqib chiqaring yoki og‘zingiz bilan so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. SHundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga ho‘llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz eyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun vrachga borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |