6.Ekstrasistoliya nima?
JAVOB
Ekstrasistoliya – yurakning muddatidan oldin qisqarishi, bunda yurak notekis urayotgandek yoki urmay qolgandek bo‘lib tuyuladi. Bu kasallik ko‘proq sog‘lom odamlarda uchraydi. Agar ekstrasistoliya siyrak (daqiqasiga 5 tadan kamroq) bo‘lsa va bemor uni sezmasa, unda maxsus muolaja talab etilmaydi. Bordi-yu, ekstrasistoliya tezlashsa, daqiqasiga 6 va undan ham oshsa. Bemor yuragi notekis urayotganini sezsa, boshi aylansa, unda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
Xilpillama aritmiya – beqaror yurak ritmi, daqiqasiga 100 dan 150 zarbgacha chastota va o‘ziga hos tebranma ritm bilan harakterlanadi. Yurak bo‘lmasining tebranishi barqaror yoki xurujli bo‘lishi mumkin. Yurakning mitral nuqsonlarida, yurakning ishemiya kasalligida, tireotoksikozda, alkogolizmda va hokazolarda shunday holatlar kuzatiladi. Tebranma aritmiya bemorga sezilmasligi yoki yurakning oddiy urishi kabi sezilishi mumkin. Ba’zida qon tomirlarida tromblar hosil bo‘lishi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |