Mavzu: yuridiк shaхslаrdаn оlinаdigаn fоydа sоlig’I



Download 0,53 Mb.
bet10/13
Sana11.08.2021
Hajmi0,53 Mb.
#145086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-MAVZU foyda soligi

14%

12%


Yuridik shaхslar foydasiga solinadigan soliq

Soliqqa tortish maqsadida dividеnd dеb aktsiyalardan va boshqa хo’jaliklar sub`еktlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan daromadlari tushuniladi.

Foizlarga esa dеpozit qo’yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog’ozlardan olgan daromadlar kiradi.

Manbaida soliqqa tortilgan va dividеnd, foiz olgan norеzidеnt jami daromadidan tеgishli tartibda bеlgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda chеgirma olish huquqiga ega bo’ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli farmoni bilan belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib, 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari pasaytirildi. Xususan:

bazaviy stavkasi 14 foizdan 12 foizga;

tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizga tushirildi.

Shuningdek, sement, polietilen granula ishlab chiqaruvchi va mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalardan rentabellik darajasidan kelib chiqib qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lash tartibi bekor qilingan holda, ular uchun 20 foiz miqdorida yagona stavka belgilanmoqda.

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan to‘lov manbaida undiriladigan foyda solig‘i stavkasi 10 foizdan 5 foizga pasaytirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar o‘zgarishsiz saqlab qolinmoqda:

dividendlar va foizlarga - 10 foiz;

sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz;

xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz;

yuqorida ko‘rsatilganlardan boshqa turdagi soliq solinadigan daromadlariga - 20 foiz.

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq yuki darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida 956 mlrd.so‘mlik mablag‘lar soliq to‘lovchilar ixtiyorida qolishi va ushbu mablag‘larni investitsiyaga yo‘naltirish yoki oborot mablag‘larini ko‘paytirish uchun sharoit yaratiladi.

Shuningdek, Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazani aniqlash tartibini soddalashtirish maqsadida, chegirilmaydigan xarajatlar ruyxati yopiqligi (tugallangan) ta’minlanib, ushbu xarajatlarni keng talqin qilinishini oldi olinmoqda.

Xususan, ilgari Soliq kodeksining 147-moddasi 27-bandiga muvofiq ushbu Kodeksning 142-145-moddalarida ko‘rsatilganlardan boshqa xarajatlar soliq solinadigan foydadan chegirilmas edi. Endilikda, ushbu 27-band chiqarib tashlanmoqda, va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, agar chegirilmaydigan xarajatlarning yopiq ruyxatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirib tashlanadi.

Shu kabi, Soliq kodeksining 147-moddasidan quyidagi chegirilmaydigan xarajatlar chiqarib tashlanmoqda, jumladan:

Soliq kodeksi 145-moddasining 11, 14 va 32-bandlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (badallari));

mehnatda mayib bo‘lganlik, kasb kasalligi yoxud mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi sababli xodimlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan to‘lovlar;

sud chiqimlari;

soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkining (aktivlarining) chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko‘rilgan (buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar;

Quyidagi chegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxatiga aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan ortiqcha yo‘qotishlar va buzilishlar, agar vakolatli organ tomonidan normalar belgilangan bo‘lsa, chegirilmasligi belgilab qo‘yildi;

pensiyalarga ustamalar bandiga pensiyalarga qo‘shimchalar ham chegirilmasligi belgilandi;

har qanday turdagi homiylik va hayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar;

kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha to‘lov muddati o‘tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar bandiga, agar muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha stavka joriy qarzdorlik uchun belgilanganidan 20 %dan ko‘proq farq qilsa chegirilmasligini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi;

aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summalarning o‘rnini qoplash mumkin bo‘lmaganda ko‘rilgan zararlar qonunchilikda belgilangan meyorlardan oshiqcha hollarda chegirilmasligini aniqlashtiruvchi norma kiritildi;

Chegirilmaydigan xarajatlar tarkibi quyidagi yangi bandlar bilan to‘ldirilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun to‘langan soliqlar;

tekshirishlar natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga (sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil qilish va b.) qilingan xarajatlari;

kasaba uyushmalari qo‘mitalariga homiylik yordamlari soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha 2019 yil 1 yanvardan kiritilayotgan yana bir o‘zgarish – bu soliq solish maqsadida Soliq kodeksining 144-moddasida belgilangan asosiy vositalarga eskirish hisoblashning eng yuqori normalari qayta ko‘rib chiqilib, foydalanish muddatiga bog‘liq holda ayrim asosiy vositalar guruhlarining ammortizatsiya normalari kamaytirilmoqda. Jumladan, yillik ammortizatsiya normalari:

binolar, imoratlar uchun 5% dan 2% ga;

inshootlar uchun 5% miqdorida o‘zgarishsiz;

uzatish qurilmalari bo‘yicha 8% dan 5% ga;

kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar uchun 8% dan 5% ga;

faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) 15% dan 8% ga;

harakatlanuvchan transport (temir yo‘l, dengiz va havo) 8% dan 4% ga kamaytirildi.

Mazkur qoidalarning qayta ko‘rib chiqilishi natijasida mahsulot (ish, xizmat) larning tannarxi arzonlashuviga va tadbirkorlik subyektlarining foydasi oshishiga erishiladi.




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish