Yurak glikozidlarining tasnifi. - Yurak glikozidlari ta’sir kuchi davomiyligiga ko’ra quyidagilarga ajratiladi:
- - sekin, uzoq va kuchli tasir etuvchi glikozidlari;
- - tez, qisqa va kuchli ta’sir etuvchi glikozidlari;
- - O’rtacha , kuchli va ma’lum muddatli ta’sir etuvchi glikozidlari;
-sekin, uzoq va kuchli tasir etuvchi glikozidlarga digitalis preparatlari kiradi. Ular og’iz orqali yuborilganda qutblanmagan, lipofil xususiyatli bo’lgani sababli me’da –ichak tizimidan sekin-asta so’riladi. Qonga o’tgandan so’ng plazma oqsillari bilan bog’lanadi. Terapevtik samarasi 1-3 soatdan keyin boshlanib 8-12 soatdan so’ng yuqori darajaga yetadi, 2 xafta ichida asta-sekin kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |