mavzu Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari – ma’ruza mashg‘uloti texnologik modeli


Ma’naviyat - insonning ulg‘ayishi



Download 36,49 Kb.
bet6/8
Sana28.03.2022
Hajmi36,49 Kb.
#514908
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

3. Ma’naviyat - insonning ulg‘ayishi va kuch-qudrat manbaidir
Insoniyat tarixi, aslida, saboqlardan iborat. Shulardan biri: har bir xalq, millat yoki elat o‘z tarixini, ota bobolari bosib o‘tgan yo‘lni, urf-odatlarini, o‘zigagina xos bo‘lgan qadriyatlarini, tili, dini va, hatto, olis ajdodlari kuylagan qo‘shiqlarni ham unutmasligi lozim. Bunga amal qilmaganlar millat sifatida tarix sahnasidan tushib qolganligiga misollar ko‘p.Yer yuzida hayot paydo bo‘libdiki, inson zoti kechagidan ko‘ra yaxshiroq yashashga, rohat-farog‘atga intiladi. Har bir xalq milliy taraqqiyot sari yuzlanar ekan, tabiiyki, shu niyat bilan yashaydi. Buning uchun u, avvalo, o‘z o‘tmishiga ziyrak nigoh bilan qarashi, yaxshi yomon kunlaridan anglashiladigan xulosalarni diqqat-e’tiborda tutishi, xatolarni takrorlamaslik tadorigini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Yana bir saboq — ozodlik, hurlik yo‘lidagi intilishlari ijobat bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritganlar ham, bir lahza bo‘lsin, beparvo bo‘lmay, hamisha ogoh turishlari, ma’naviy tarbiyada bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymasliklari lozim bo‘ladi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, tabiiy boyliklari hisobiga turish-turmushida qiyinchilik nima ekanligini aslo bilmaydi. Ammo inson qalbi, ong-tushunchasi, dunyoqarashi, ma’naviy olami bilan bog‘liq muammolarni hal etishda kuch-qudrat, boylik nechog‘li ko‘p bo‘lmasin, baribir, ojizlik qiladi. Bunday muammoga duch kelgan millat uchun yagona najotkor uning ma’naviyatidir. Ma’naviyati yuksak millat har qanday og‘ir sharoitda ham to‘g‘ri va adolatli echimlarni topa oladi. Bunday yuksak darajaga erishgan xalq­ning kelajagi, shub­hasiz, porloq bo‘ladi.
Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha
qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo‘lamiz.
Ma’naviyat tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi. SHuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «ma’naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin. Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar, birinchi galda insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishi haqida gapirar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim.Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo‘lib keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’riflangan ushbu fikrlar bugungi yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ham qudratli kuch hisoblanadi."Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir- oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin".
Ma’lumki, biron-bir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig‘ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko‘rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg‘oniy xotirasiga o‘rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz.Xalqimizning asl tabiatida mavjud bo‘lgan ana shunday ilmiy-ma’naviy salohiyat va fazilatlar haqida gapirar ekanmiz, «Oqqan daryo oqaveradi», degan naql beixtiyor yodimizga tushadi. Chindan ham, tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to‘xtamaganini, xalqimiz dahosining o‘lmas timsoli sifatida eng og‘ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo‘lib kelganini ko‘rishimiz mumkin.Masalan, chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g‘oyasini baland ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bunga yana bir yorqin misol bo‘la oladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi insonlarning o‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o‘chmaydi.Ana shunday ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy merosi va ibratli faoliyati keyinchalik diyorimizda Qori Niyoziy va Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib Abdullaev va Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov va Sobir YUnusov, YAhyo G‘ulomov va Bo‘riboy Ahmedov, Oybek va G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya, Said Ahmad va Ozod SHarafiddinov, Lutfixonim Sarimsoqova va Halima Nosirova, Olim Xo‘jaev, Razzoq Hamroev va boshqa ko‘plab nomlari dunyoga tanilgan mashhur ilm-fan, adabiyot va madaniyat arboblarining etishib chiqishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qildi.

Download 36,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish