Mavzu: “yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik, ommaviy madaniyatning illatlari va zararli ta`sirlaridan himoya qilishning psixologik asoslar”


OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY TA’SIRIGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNNITETNI SHAKLLANTIRISHNING SHAKLLARI



Download 0,91 Mb.
bet12/24
Sana01.06.2022
Hajmi0,91 Mb.
#624850
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
2 5420576162973751563

2.3. OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY TA’SIRIGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNNITETNI SHAKLLANTIRISHNING SHAKLLARI

Tarixdan shu narsa aniqki, ma’naviy ildizlari zaiflashgan xalq eng oddiy xavf - xatar oldida ham kuchsiz va ojiz bo’lib qoladi. Dunyoning rivojlangan har bir mamlakati o’z tashqi siyosatida, eng avvalo, shaxsiy manfaatlarini ko’zlab ish tutadi, bu manfaatlar muhim strategik chorrahalarda o’zaro to’qnash kelib qoladi. Iqtisodiy, harbiy tazyiqni sezish oson, ammo mafkuraviy tazyiq ko’rinmas bir ofat sifatida xalq, millat hayotiga pinhona kirib keladi va ildiz otadi.


Iqtisodiy tanglikni engish mumkin, ammo ma’naviy tanazzulni yengish murakkab vazifa. Buning sababi, buzg’unchi kuchlar bugungi globallashuv zamonida o’zga bir xalq, millat ma’naviyatiga qarshi kurash boshlar ekan, bir qarashda o’ta beozor ko’rinadigan, ammo ta’sir kuchi g’oyat samarali vositalardan unumli foydalanadi. Bunda asosiy kuch va imkoniyatlar yosh avlod ongi va qalbini egallash, ularni to’g’ri yo’llardan chalg’itishga qaratiladi. Mamlakat hayotida uzoq davom etadigan murakkab o’tish davrining o’tishi yangi davrga o’tish, bir vaqtning o’zida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma’naviy-ma’rifiy vazifalar bilan shug’ullanishga, ichki va tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilashga, jamiyat hayotining huquqiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqishga, qabul qilinayotgan har bir qarorda yagona to’g’ri va adolatli yechimni topishga to’g’ri keldi.
Inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo - qazodek tarqalib borayotgan xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egadir. Shuning uchun bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo’lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o’zi yetarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g’oyalar bilan xalqimizning ongu tafakkurini va saviyasini yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql - zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo’lishimiz shart.
Xo’sh, bolaning qo’lidan xanjarni olib qo’ysak, uning o’rniga boshqa narsani olmasligi uchun nima qilishimiz kerak? Uning qo’liga ajoyib va g’aroyib qog’oz va qalamni tutqazmog’imiz lozim. Avvalo, uning qalbiga ezgu maqsadlarni joylamog’imiz kerak. Ana shu ezgu maqsadlar sari intilishga undashimiz va xanjarning yomonligiyu qalamning yaxshi ekanligini tushuntira bilishimiz shart. Bu borada bizga milliy g’oyamiz va milliy ma’naviyatimiz dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni biz ertaga bolalarimizga unday qilma, yomon bo’ladi, bunday qilma, zararlidir demasligimiz uchun ularga bugun nima uchun yashayotganligini, qanday maqsad sari intilishi va buning uchun nima qilib, nima qilmasligi lozimligini uqtirishimiz kerak. Masalan, biz yangi mustaqillikka erishgan vaqtimizda maqsadimizni belgilab oldik: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, bu maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishimiz lozimligini ham angladik. Ular: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligini ta’minlash va shu yo’lda xizmat qiladigan komil insonlarni tarbiyalash, buning uchun ijtimoiy hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda mamlakatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikka (tolerantik) keng yo’l ochib berish. Kim nima desa desin, ammo men bugun biz oldimizga qo’ygan maqsadga erisha oldik, deb hisoblayman.
O’zbekistonda tug’ilib, unib-o’sib kelayotgan har bir yosh avlod ongiga ana shu maqsadimizni singdirib borsak, ularga yangi zamonaviy bilimlar berib, milliy g’oyamiz ruhida tarbiyalab, yuksak ma’naviyat urug’ini qalb qo’riga tikib qo’ysak, ertaga uni turli ma’naviy tahdidlardan asrashimiz kerak degan muammodan qutulgan bo’lamiz. Chunki yosh avlodning o’zi nima yaxshiyu nima yomonligini, kimga ergashib, kimdan qochish kerakligini anglab etadi. Mustaqil fikr va qat’iy e’tiqodga ega bo’ladi. Qisqasi, oq va qorani bir - biridan o’zi ajratib oladi.
Har birimiz yosh avlodning maqsadi O’zbekistonni rivojlangan davlatga aylantirish orqali yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash ekanligini hamda “ommaviy madaniyat” atalmish illat ana shu maqsadiga g’ov bo’layotganini singdiraverishdan charchamasligimiz kerak. Ularga “ommaviy madaniyat” taklif etayotgan madaniyatdan ko’ra o’zimizning milliy ma’naviyatimiz asosida shakllangan madaniyatimiz yaxshi ekanligini o’rgatishimiz, ikkalasini solishtirib, oqibatlari nimalarga olib borishi mumkinligini yaqqol hayotiy misollar asosida tushuntirib berishimiz lozim bo’ladi. Shu ma’noda, bugungi kunda namoyon bo’layotgan “ommaviy madaniyat”ga qarshi milliy axloq kodeksimizda qanday fazilatlar mavjudligini imkon darajasida ko’rsatib berishga harakat qildik. Zero, “tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo’lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o’ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin”.
Yoshlar “ommaviy madaniyat”ning quliga aylanib qolmaslik uchun nimalar qilishlari lozim:
1. Milliy mafkuraning har bir g’oyasini amalga oshirish;
2. Mukammal ta’lim-tarbiyaga intilish;
3. Milliy urf-odat va an’analarga sodiq bo’lish;
4. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash;
5. Milliy axloq qoidalariga doimiy amal qilish;
6. Muntazam sport bilan shug’ullanish;
7. Milliy hunarmandchilikni o’rganish, hunar egallash;
8. Ezgulikka chorlovchi kitoblarni o’qish;
9. Milliy o’yinlar o’ynash;
10. Intellektual o’yinlar o’ynash;
11. Madaniy-ma’rifiy to’garaklarga qatnash;
12. Turli ko’rik-tanlov va festivallarda qatnashish;
13. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
14. Ajdodlarning tarixiy, adabiy-badiiy merosini o’rganish;
15. Bilimlarga asoslanib, mustaqil fikrli va qat’iy e’tiqodli bo’lish;
16. Mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan ko’rsatuv, eshittirish va tadbirlardan xabardor bo’lib turish.
Milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish, kattalar va kichiklar bilan munosabatda Sharqona qadriyatlarga rioya qilish masalalariga respublikamiz ta’lim tizimidagi mavjud ijtimoiy-gumanitar fanlarda ham alohida o’rin ajratilgan bo’lib, bu masala keng targ’ib qilinmoqda va tushuntirilmoqda. Millatga tahdid, avvalo, milliy ma’naviyatga tahdiddan boshlanadi.
Millatni saqlab kolish bugungi kunda, milliy o’zlikni anglash jaraѐnidagi muhim omildir. Xullas, har birimiz yosh avlodning maqsadi O’zbekistonni rivojlangan davlatga aylantirish orqali yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash ekanligini hamda “ommaviy madaniyat” atalmish illat ana shu maqsadiga g’ov bo’layotganini singdiraverishdan charchamasligimiz kerak. Ularga “ommaviy madaniyat” taklif etayotgan madaniyatdan ko’ra o’zimizning milliy ma’naviyatimiz asosida shakllangan madaniyatimiz yaxshi ekanligini o’rgatishimiz, ikkalasini solishtirib, oqibatlari nimalarga olib borishi mumkinligini yaqqol hayotiy misollar asosida tushuntirib berishimiz lozim bo’ladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish