2.Seysmik tumanlarda qo'llaniladigan tashqi devor panellarining konstruk- siyasi bir va uch qatlamli bo'lishi mumkin. Bir qatlamli panellar, odatda, keramzit beton yoki yengil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. Uch qatlamli panellarning ikkita chetki qatlami temir-betondan ishlanib o'rta qatlami mineral paxta, ko'pik beton singari issiq sovuqni o'tkazmay- digan materiallardan tayyorlanadi. Uch qavatli panellar ichkariga qaragan temir-beton qatlami yuk ko'taruvchi qatlam hisoblanadi. Uning qalinligi hisoblab belgilanadi, bu qalinlik 7—8 balli rayonlar uchun 8 sm va 9 balli rayonlar uchun 10 sm dan kam bo'lmasligi lozim. Ichki va tashqi qatlamlar temir-beton qovurg'a yordamida bog'lanadi. Ichki devorlar bir qatlamli qilib ishlanib, panel qalinligi 12 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
Seysmik tumanlarda qo'llaniladigan devor panellari fazoviy karkas ko'rinishida ishlangan qo'sh armatura bilan kuchaytiriladi. 7 balli zonalarga quriladigan, balandligi 5 qavatgacha bo'lgan binolarda armaturani bir qavat qo'ysa ham bo'ladi.
Seysmik tumanlarda qo'llaniladigan devor panellari fazoviy karkas ko'rinishida ishlangan qo'sh armatura bilan kuchaytiriladi. 7 balli zonalarga quriladigan, balandligi 5 qavatgacha bo'lgan binolarda armaturani bir qavat qo'ysa ham bo'ladi.
Armaturalarning ma’lum bir qismi devor panellaridan tashqariga chiqib turishi kerak; bu qo'shni panellar va yopma panellari bilan bog'lanish uchun zarurdir. Armaturalar o'zaro kavsharlangach, choklar beton bilan to‘ldiriladi.
Seysmomustahkam binolaming yopma panellari xona o'lchamida yasalib, to'rttala qirrasi bilan devorga tiralishi lozim. Yopma panellari yaxlit yoki bo'shliqli plitalardan tayyorlanadi. Yondosh yopmalar va devorlar bilan bog'lanishi oson bo'lganidan yaxlit plitalar eng yaxshi konstmksiyalar hisoblanadi. Agarda yopma alohida elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, ele- mentlar mustahkam birikib seysmik kuchlami taqsim qila oladigan bikr gori- zontal disk hosil qilishi kerak. Buning uchun panel chekkalaridan o'yiqlar va ochiq armamralar qoldiriladi. Armaturalar qo'shni element armaturalari bilan kavsharlanadi, so'ng o'yiqlarga beton qo'yiladi. Natijada hosil bo'lgan shponka tutash panellaming o'zaro siljishiga va uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi.