Firibgarlik YI manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Jinoyatlar turli usullarda sodir etiladi. Jinoiy yo`l bilan daromad olish shu jumladan soxta to`lov hujjatlaridan foydalangan holda, shuningdek YI byudjeti yoki fondlari pul mablag`laridan maqsadsiz foydalanish odatda mazkur jinoyat maqsadi sifatida namayon bo`ladi.
-turli yo`llar bilan qo`shimcha daromad solig`ini to`lashdan bo`yin tovlash bilan bog`liq firibgarlik;
-Yevropa Ittifoqining ichki bozoriga aralashish bilan bog`liq firibgarlik.
Quyidagi behs asosiy tarkibni o`z ichiga oluvchi YI byudjetining daromadlari firibgarlar jinoiy tajovuzi predmeti hisoblanadi:
Chegirmalar, premyalar, qo`shimcha va badal to`lovlari, shuningdek uchinchi davlatlar mahsulot almashinuvudan umumiy qishloq xo`jaligi siyosati doirasida undiruluvchi boshqa to`lovlar;
3.A’zo davlatlar tomonidan yig‘iladigan qo‘shilgan qiymat
solig‘iga foiz to‘lovlari;
4.A’zo davlatlarning YI budjetiga o‘tkaziluvchi yalpi milliy
mahsulotining belgilangan foiz chegirmalari;
5.Boshqa shaxsiy mablag‘lar (YI markazida ishlovchi jismoniy
shaxslar daromad solig‘i, kapitaldan olingan foiz daromadi, dasturlarni
bajarish uchun olingan badallar, jarimalar va boshqalar)69
.
Yevropa Ittifoqi dastlab iqtisodiy yo‘nalishga ega bo‘lganligi bois
Yevropada zamonaviy integratsiyaviy tuzilmalarga asos bo‘lgan
shartnomalar Yevropa hamjamityai va Yevropa Ittifoqi iqtisodiy
xavfsizligi asoslarini yaratib bergan.
Shu munosabatdan iqtisodiy firibgarlikka qarshi kurash masalalari
1957-yilda Yevropa hamjamiyatini ta’sis etish shartnomasi imzolanishi
bilan Yevropa huquqining amal qilish doirasida yuzaga kelgan bo‘lib,70
mazkur shartnoma normalari firibgarlikka va hamjamiyat moliyaviy
manfaatlariga taalluqli boshqa noqonuniy faoliyatga qarshi kurash
to‘g‘risida qator qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Firibgarlikka qarshi kurash sohasidagi qoidalarning kelgusi
rivojlanishi 1992- yilda imzolangan Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi
shartnomaga borib taqaladi71. Jinoyatchilikning oldini olish va unga
qarshi kurash YI asosiy maqsadlaridan o‘rin olgan. Mazkur
shartnomaning 4 bo‘limi jinoiy huquqiy sohada politsiya va sudlarning
hamkorligiga doir qoidalarni o‘z ichiga olgan va uning 29 moddasida
mazkur maqsad uyushgan va boshqa jinoyatchilik, xususan, terrorizm,odam savdosi va bolalarga qarshi jinoyatlar, giyohvand va qurol
yarog‘lar noqonuniy savdosi korrupsiya va firibgarlikning oldini olish
yo‘li bilan erishilishi belgilangan. YI moliyaviy manfaatlarini muhofaza
qilish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar atom energiyasi bo‘yicha Yevropa
hamjamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaning 183-“a”
moddasida belgilangan bo‘lib “unga ko‘ra a’zo davlatlar o‘z moliyaviy
manfaatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi suiiste’molliklarga qarshi kurashish
bo‘yicha qo‘llovchi tadbirlarni hamjamiyat moliyaviy manfaatlariga
ta’sir etuvchi suiiste’molliklarga nisbatan ham qo‘llaydilar72”.
Ta’sis hujjatlarida firibgarlikka qarshi kurashga qaratilgan asosiy
e’tiborga qaramasdan Yevropa hamjamiyati ustuvor milliy tashkilot
sifatida jinoiy huquqiy sohada o‘z vakolatiga ega emas73
.
Ta’sis shartnomalarida belgilangan umumiy prinsiplardan kelib
chiqqan holda hamjamiyatlar huquqiy tizimlari doirasidan tashqari
xalqaro huquqiy instrumentlar vositasida qo‘llanilgan chora tadbirlar YI
a’zo davlatlarining firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning
aniq yo‘nalishlarining huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha
dastlabki qadami bo‘lib xizmat qildi.
1995-yil 26-iyulda imzolangan, 2002-yil 17-oktabrda kuchga kirgan
Yevropa hamjamiyatlari moliyaviy manfaatlarini muhofaza qilish
Konvensiyasi (“PIF konvensiyasi” sifatida ma‘lum fransuzcha
Protection des Interets Financiers dan olingan )mazkur jarayon asosi
bo‘lib xizmat qildi.74
Konvensiya a’zolari firibgarlik uchun milliy qonunchilikda jinoiyjavobgarlikni belgilash, uni sodir etishga mutanosib bo‘lgan jazoni
tayinlash majburiyatini oldilar. Bu o‘rinda og‘irlashtiruvchi holatlarda
firibgarlikni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tarzidagi
jazo nazarda tutilishi, mazkur jinoyatlarning ekstraditsiyaviy tavsifga
ega bo‘lishi ta‘minlanishi lozim (2 modda).
Bundan tashqari YI a’zo davlatlari xodimlari mazkur konvensiya
birinchi moddasida belgilangan jinoyatlarni sodir etganligi uchun
tashkilot rahbarlarini jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha zaruriy
choralarni qo‘llash majburiyatini ham oldilar (3-modda).
Konvensiya YI davlatlariga milliy sudalri yurisdiksiyani gumon
qilinuvchi (ayblanuvchi) fuqaroligi yoki doimiy yashovchi davlat huquqi
bog‘lash majburiyatini yuklaydi. Konvensiyaning 5-moddasiga muvofiq
YI har bir a’zo davlati ushlab berish rad etilgan holatda o‘z fuqarolarini
jinoiy javobgarlikka tortilishi va sud qilishini ta‘minlash majburiyatini
oladi. Agar firibgarlik soliq va boj qoidalarini buzish bilan bog‘liq
bo‘lsa ushlab berishni rad etish taqiqlanadi.
Firibgarlikning YI moliyaviy manfaatlariga zarar keltiruvchi boshqa
jinoyatlar, xususan, korrupsiyaviy tavsifdagi jinoyatlar bilan aloqadorligi
ma‘lum bo‘lgandan so‘ng PIF Konvensiyasi 1996-yil 27-sentabrdagi
Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Protokol bilan to‘ldirildi.
75
Iqtisodiy firibgarlikning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olib, PIF
Konvensiyasi 1997-yil 19-iyundagi pullarni yuvish va yuridik shaxslarni
jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi ikkinchi Protokol bilan
to‘ldirildi76
.
1988-yilda firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi
markaz - UKLAF (fransuzchadan Unite de Cordination de la Lutte AntFraude - UCLAF) ta’sis etildi, firibgarlik holatlari to‘g‘risida ma‘lumot
to‘plash, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari, shuningdek YI
moliyaviy manfaatlariga taalluqli boshqa qator masalalar uning
vakolatiga kiritildi77
.
YI Hisob palatasi tomonidan 1988-1998-yillarda o‘tkazilgan
tekshirishlar UKLAFning firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha faoliyati
cheklanganligi va past samaradoligi bilan ajralib turganligini ko‘rsatdi78
.
Shunday qilib, uning ma‘lumotlariga ko‘ra 1997-yilda YI da
ishlarning noto‘g‘ri yuritilganligi oqibatida budjetning qariyb 5 %
yo‘qotildi va bu qariyb 4 mlrd. EKYU ni tashkil etdi. Auditorlar
palatasining fikricha butun javobgarlik yetarlicha nazorat qilinmaganlik,
shuningdek, 1998-yil 7-oktabrdagi firibgarlikda yotadi.
1999-yilda firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi
markaz – UKLAF bekor qilingan.
UKLAFni bekor qilinishi YI fondlaridagi firibgarlikka va YI
nohalol xizmatchilari korrupsiyasiga qarshi kurash masalasini kun
tartibidan chiqarib tashlamadi va oldin yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
inobatga olgan holda komissiya firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha
samarali instrumentni yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi va uni YI
institutlari va organlaridan Mustaqilligi ta‘minlandi.
Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa byurosi - OLAF
(inglizcha European Anti-fraud Office – OLAF), 1999-yil 28-apreldagi
komissiya qaroriga ko‘ra tashkil etildi.
Mazkur qarorga muvofiq:
- OLAF komissiyaning Mustaqil organi sifatida ta’sis etiladi va
uning vakolatiga doir masalalar yuzasidan funksional Mustaqillikka ega
(1-modda).
- Firibgarlikka, korrupsiyaga va YI moliyaviy manfaatlariga doir
boshqa noqonuniy faoliyatga qarshi kurashni kuchaytirish OLAFning
vazifasi hisoblanadi (2 modda);
- OLAF komissiyaning YI a’zo davlatlari bilan firibgarlikka qarshi
kurash sohasidagi hamkorligiga ko‘maklashishi lozim;
- OLAF moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi umum
Yevropa qonunchiligini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- OLAF ma’muriy tergovlarni amalga oshiradi (OLAF ning ichida
sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar Yuzasidan), ichki tergov (YI
ning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari tomonidanisodir etilgan jinoyatlar), tashqi tergov (YI moliyaviy manfaatlariga
qarshi a’zo davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar);
- OLAF xodimlari tergovni o‘tkazishda Mustaqildirlar;
- OLAF faoliyatini nazorat qilish maxsus ta’sis etiladigan Nazorat
Qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi (4-modda);
- OLAF komissiya tomonidan Yevropa parlamenti va kengashining
roziligiga asosan 5 yil muddatga qayta tayinlanish imkoniyati bilan
tayinlanuvchi Bosh direktor tomonidan tayinlanadi (5-modda);
1999-yil 29-apreldagi qarordan tashqari boshqa qator hujjatlar
OLAF faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etadi.
Jumladan, 1999-yil 25-maydagi Yevropa parlamenti, Yevropa
Ittifoqi kengashi va Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa
byurosi – OLAFning79 ichki tergov komissiyasi o‘rtasidagi kelishuvni
alohida qayd etish joiz bo‘lib unga ko‘ra ishtirokchilar quyidagilar
xususida kelishuvga erishdilar:
- YIning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari
OLAF bilan hamkorlik qilishi, Shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risida zarur
ma‘lumotni taqdim etishi lozim;
- OLAF xodimlari firibgarlik, korrupsiya yoki YI xodimlarining o‘z
ichki kasb vazifalarini bajarishda nomaqbul xulq atvorlari to‘g‘risida
ma‘lumotga ega bo‘lganda ichki tekshiruvni o‘tkazishlari lozim.
- ichki tergovni boshlash to‘g‘risida YIning tegishli institutlari
ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari rahbarlari xabardor qilinadi;
- YIning tegishli institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va
muassasalarining xavfsizlik xizmatlari OLAF bilan birgalikda amalga
oshiruvchi ichki tergovga yordam ko‘rsatishlari lozim;
- OLAF YIning tegishli institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va
muassasalari bilan to‘la maxfiylik va tergov tugallangunga qadar
ma‘lumotlarni oshkor etmaslik asosida axborot almashinadi;
- Tergov olib borilgan YIning tegishli institutlari ixtisoslashtirilgan
organlari va muassasalari xodimlari harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud
bo‘lmaganda tergov OLAF direktorining qarori bilan tugatiladi va bu
to‘g‘risida YIning tegishli institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va
muassasalari raxbarlari xabardor qilinadi;
- YIning tegishli institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va
muassasalarining firibgarlik, korrupsiya yoki YI moliyaviy