Mavzu: Yevropa Ittifoqi. Tarix va bugun



Download 22,06 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi22,06 Kb.
#783902
Bog'liq
3-mavzu


Mavzu: Yevropa Ittifoqi.Tarix va bugun.
Yevropa ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. YEI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. YEIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YEI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Yunoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002 yil yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 yil 1 iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar.Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulgʻoriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat. Bugungi shiddatli globallashuv sharoiti jahon mamlakatlari o‘rtasida yuz berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda. Bu o‘rinda milliy iqtisodiyotlar oldida jahon hamjamiyatiga samarali integratsiyalashuvni chuqurlashtirish orqali tashqi iqtisodiy siyosatni doimiy takomillashtirib borish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, iqtisodiy integratsiya milliy iqtisodiyotlarning iqtisodiy o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi dinamik rivojlanuvchi jarayondir. Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashishga, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy integratsiyaning muhim ko‘rinishi hisoblangan yagona bojxona ittifoqi doirasida rivojlantirish, uning tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, bu borada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integratsiya loyihasidir. 1995 yilda Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida imzolangan “Bojxona ittifoqi to‘g‘risida”gi bitimga asoslangan va keyinchalik o‘z tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Armanistonni birlashtirgan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, o‘zining shakllanish tarixi va rivojlanish amaliyotiga ko‘ra, jahon hamjamiyatining diqqat markaziga tushdi. Hozirgi kunda dunyoda 5 ta asosiy iqtisodiy blok mavjud bo‘lib, ular Yevropa Ittifoqi, MERCOSUR - Janubiy Amerika davlatlarining davlatlararo iqtisodiy birlashmasi, NAFTA – Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi, ACEAN – Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng rivojlangan mintaqaviy integratsiya bloki hisoblanadi. Integratsiyaning barpo etilishi sohasidagi rejali va tizimli ishlar Yevropa ittifoqi doirasida iqtisodiy va siyosiy ittifoq tuzish shaklida o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Bojxona ittifoqi va Yevropa ittifoqining hozirgi shaklda muvaffaqiyatli shakllanishi, barcha muammolarga qaramay, Yevropada integratsiya jarayonining hayotiyligini tasdiqlamoqda. MERCOSUR – Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi aholisining 55,3 foizini (300 milliondan ortiq) qamrab olgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 40 foizini, mintaqa mamlakatlari tashqi savdosining 33 foizini tashkil etadi. Mazkur uyushma a’zolarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,3 trln.dollarni tashkil qiladi va hajmi hamda iqtisodiy salohiyati bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan keyin ikkinchi, erkin savdo hududi hajmi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va NAFTAdan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. ACEAN uyushmasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi 10 ta davlat (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Vetnam, Laos, Myanma va Kambodja)ni birlashtirgan. Hozirgi kunda ACEANga a’zo davlatlarning aholisi qariyb 500 million kishiga yetgan, umumiy yalpi ichki mahsuloti esa 737 mlrd.dollarini tashkil etmoqda. Umuman, dunyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyaga moslashuvi qanday omillarga asoslanmoqda, ularning birlashuviga qanday sabablar ta’sir ko‘rsatmoqda? Eng asosiy sabab, birinchidan, iqtisodiy hayotning globallashuvi, ikkinchidan esa xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir. Shuningdek, dunyo miqyosidagi ilmiy va texnologik inqiloblar va milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini oshirishga ehtiyoj ham mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuviga sabab bo‘lmoqda. Shu jihatdan qaraganda, bugun turli bahs-munozaralarga turtki bo‘layotgan masala – O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo bo‘lishi yuzasidan fikr-mulohazalarimizni bildirishni joiz, deb bildik. Bu o‘rinda, eng avvalo, YeOII doirasidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi organlar va ularning faoliyati, hamkorligining huquqiy asoslari, o‘zaro kelishuv va bitimlarni chuqur tahlil qilish maqsadgamuvofiqdir. Ta’kidlash lozim, YeOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining oliy organi a’zo davlatlar rahbarlari tarkibidan tashkil topgan Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OYeIK) hisoblanadi. Kengash ittifoq faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, integratsiyani rivojlantirish strategiyasi, yo‘nalishlari va istiqbollarini belgilaydi. YeOII Shartnomasi, YeOII doirasidagi xalqaro kelishuvlar va Oliy Kengash qarorlarining bajarilishi va monitoringi a’zo davlatlar hukumat rahbarlaridan iborat Hukumatlararo Kengash tomonidan ta’minlanadi. YeOII Sudi – doimiy faoliyat yurituvchi sud organi hisoblanib, uning shtab-kvartirasi Minsk shahrida joylashgan. U a’zo davlatlar tomonidan YeOII Shartnomasi tartib-qoidalaridan teng ravishda foydalanilishini ta’minlaydi va nizolarni hal qiladi. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK) – doimiy faoliyat yurituvchi milliy boshqaruv va tartibga soluvchi organ bo‘lib, uning tarkibi a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari va har bir davlatdan uch kishidan iborat bo‘lgan hay’atdan iborat. Komissiya qarorlari barcha davlatlarga ijro uchun majburiydir. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi iqtisodiy ittifoqning 170 tadan iborat funksiyalarini bajaradi: Jumladan, bojxona-tarif va notarif tartibga solish; bojxona ma’murchiligini tartibga solish; sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini tartibga solish; uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo rejimlarini o‘rnatishni tartibga solish; makroiqtisodiy va raqobat siyosatini belgilash; sanoat va qishloq xo‘jaligiga subsidiyalar, tabiiy monopoliyalar, davlat xaridlari, transport va tashishga oid chora – tadbirlarni tartibga solish va boshqalar. Shu o‘rinda, ayrim faktlarni ham keltirib o‘tish o‘rinli. Ya’ni, YeOIIni tashkil etuvchi beshta a’zo davlat hudud, aholi soni va iqtisodiyot hajmi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ittifoqning eng katta mamlakati Rossiya, eng kichigi Armanistondan 574 marta kattaroqdir va shunga o‘xshash, Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) Armanistondan 170 baravar katta. Umuman, Rossiyaning YaIMi qolgan to‘rt a’zoning umumiy YaIMidan taxminan 6 baravar katta. To‘rt a’zo davlat – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning umumiy aholisi qariyb 42 million, Rossiya aholisi esa 147 millionga yaqin. Shu jihatdan qaraganda, umumiy YaIMning 87 foizi, umumiy aholining 80 foizi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelishi hamda YeOIIga a’zo davlatlarning iqtisodiy jihatdan baravar emasligi Rossiyaning dominantlik pozitsiyasini namoyon etadi. Shu bilan birga, Yevrosiyo Iqtisodiy Komissiyasining prinsiplariga ko‘ra, mazkur Komissiya qarorlarni teng vakillik va konsensus prinsipi asosida qabul qilishi - har bir davlatga uning iqtisodiy kuchi va aholisi soni katta-kichikligiga nisbatan emas, balki teng a’zo sifatida qaralishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ayrim ekspertlar tomonidan YeOII tuzilmasiga iqtisodiy blok sifatida emas, balki ko‘proq siyosiy blok sifatida qaraladi. O‘z navbatida, Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi vakolatlari doirasida siyosiy masalalar ushbu Komissiya vakolatiga kirmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda YeOII tomonidan xorijiy sheriklar bilan hamkorlik aloqalari Jahon Savdo Tashkiloti (JST) normalari va tamoyillariga muvofiq tarzda o‘rnatilgan. Kuzatuvchilik maqomi. 2017 yil aprel oyida Moldova Respublikasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, YeOII mamlakatlari prezidentlari Moldovaning Ittifoqda kuzatuvchi mamlakat maqomini olish to‘g‘risidagi murojaatini qabul qildilar. 2018 yil may oyida Moldovaga YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Erkin savdo zonasi kelishuvlari. 2017-2018 yillarda YeOII uchinchi davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga qadar Vetnam (2016 yil oktyabr) va Singapur (2018 yil noyabr) bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi, Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik (2017 yil) to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan, Eron bilan esa mazkur maqsadda vaqtinchalik bitim (2018 yil) imzolangan. Shuningdek, yana qator davlatlar bilan erkin savdo zonasi kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan: Hindiston. 2015–2016 yillarda Hindiston Respublikasi bilan YeOII erkin savdo zonasi to‘g‘risida Bitim tuzishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot guruhi o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkin savdo rejimiga o‘tish YeOIIning Hindiston bilan o‘zaro importining ham, eksportining ham 18 foiz o‘sishi prognoz qilindi. 2017 yil iyun oyida YeOII bilan erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida bayonot imzolandi. Misr. 2016 yilda OYeIKning yig‘ilishida Misr Arab Respublikasi bilan erkin savdo bitimi tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2017 yil dekabr oyida ushbu masalada Misr tomoni vakillari bilan texnik maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Mo‘g‘uliston. 2015 yil iyun oyida YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘zaro savdoni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida OYeIK va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Tailand. 2016 yil 1 aprelida Rossiya va Tailand o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Shuningdek, Vengriya, Isroil, Kambodja, Laos, Pokiston, Peru, Koreya Respublikasi, Suriya, Tunis, Chili, Yaponiya va Indoneziya kabi 50 ga yaqin davlatlar ushbu ittifoq bilan erkin savdo zonasini yaratish yuzasidan qiziqish bildirgan. Jumladan, Isroil. Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha ishlarni faollashtirish maqsadida 2018 yil 23-24 aprel kunlari tomonlar muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazdilar. Uning doirasida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borish yuzasidan hujjat imzolandi. Hujjat o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, kelgusida ishlash va muzokaralar formatiga oid qator muhim kelishuvlarni o‘z ichiga oldi. Koreya Respublikasi. 2015 yil oktyabr oyida Komissiya va Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjatda davlat xaridlarini tartibga solish, xususan, elektron xaridlar tizimini takomillashtirish sohasida tajriba almashish ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, 2015 yil 30 noyabr kuni YeIK va Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligi o‘rtasida savdo-sotiq sohasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. YeOII xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti (JST), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OYeCD), Jahon bojxona tashkiloti (WCO), Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOM) va boshqalar bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur ittifoqqa a’zo davlatlarning asosiy qismi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga ham a’zo hisoblanadi. YeOII va MDH davlatlari hamkorligi. YeOII va MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik 2013 yildan buyon tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. YeIK tashabbusi ko‘ra, MDHning Ijroiya qo‘mitasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolangan. So‘nggi yillarda YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi turli sohalarda, ayniqsa, mehnat migratsiyasi masalalarini muvofiqlashtirish sohasida faol hamkorlik qilmoqda. 2018 yil noyabr oyida YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Hozirgi kunda YeOII bilan MDHga a’zo boshqa davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar 2011 yilda tashkil etilgan MDH Erkin savdo zonasi doirasidagi o‘zaro imtiyozlar tizimi orqali amalga oshirilmoqda. MDHning YeOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish YeOIIning xalqaro faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida hal etilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi navbatda davlatlararo ustuvor ahamiyat kasb etuvchi tashqi savdo va bojxona siyosatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Chunki puxta o‘ylangan tashqi savdo va bojxona siyosatining amalga oshirilishi nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasidagi integratsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, balki a’zo davlatlarning xalqaro savdo jarayonlarida faol ishtirok etishida ham muhim omil bo‘ladi. Bu yo‘nalishda quyidagilarni alohida ta’kidlash o‘rinli: • davlatlararo to‘laqonli erkin savdo rejimini joriy etish; • yagona bojxona tariflari va tartibga solishning yagona notarif usullarini joriy etish; • tovar va xizmatlar savdosining umumiy qonun-qoidalarini joriy etish va ularning ishtirokchi davlatlar ichki bozorlarida qat’iy amal qilishini ta’minlash; • ishtirokchi davlatlar tomonidan Jahon Savdo Tashkiloti (JST) va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda yagona kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish; • YeOII tashqi chegaralarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Shuningdek, tashkiliy-huquqiy yo‘nalishni takomillashtirish uchun quyidagilarni inobatga olish zarur: YeOIIga a’zo davlatlarning milliy qonunchiliklarini o‘zaro muvofiqlashtirish; YeOII doirasida umumiy huquqiy makonni yaratish maqsadida ishtirokchi davlatlar huquqiy tizimlarining o‘zaro ta’sirchanligini so‘zsiz ta’minlash. Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning barchasini YeOIIga a’zo davlatlarning o‘zaro teng manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish, bunda ishtirokchi tomonlarning yagona “konsensus”larga erishishi orqaligina amalga oshirish mumkin. Zero, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsiya jarayonlarining makro darajasi – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish orqali hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish demakdir. Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, makro darajada ana shunday integratsiya guruhlarini shakllantirish, pirovard natijada milliy xo‘jaliklar ko‘lamida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuzaga kelgan ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi zamonaviy sharoitda xalqaro mehnat taqsimoti asosida davlatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi global xarakter kasb etmoqda. O‘zbekistonning mazkur integratsion uyushmaga a’zo bo‘lishi respublikada rivojlanayotgan ilmiy va texnologik inqiloblar, xalqaro savdo, kapitalning ko‘chib yurishi, zamonaviy transport, aloqa va axborot tizimlari iqtisodiy hayotning xalqarolashuvi jarayonining global shakllangan darajaga o‘tishiga yordam berishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston va boshqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro integrallashuv ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, yangi texnologiyalarning keng va jadal tarqalishiga, infratuzilmalarning rivojlanishiga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, fondlar rolining yanada oshishiga, savdo va bozorlarning erkinlashuviga va boshqa yutuqlarga erishilishiga olib kelishi mumkin. 
Test
1.XX asrning ikkinchi yarmidagi integratsiyalashuvi jarayoni nimalarga sabab bo’ldi?
*a) rivojlanish va yashash darajasini bir-biriga yaqinlashtirdi.
b) ta’limni rivojlantirdi.
c) Maastrixt kelishuvlari kuchga kirdi.
2.Kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik muammolari qanday hal qilindi?
a) qarz olindi
*b) rivojlangan mamlakatlarga mavsumiy va shartnoma asosida ishga boorish
c)Yagona valyuta yevro joriy qilinishi
3.Yagona iqtisodiy siyosat modeli nimaning natijasida rivojlandi?
*a) integratsiya b)capital
c)subsidiya
4 Yevropa integratsiyasining rivojlanishi qachon ikki yo’nalishda bordi?
a)1996yil *b) 1990 yil
c)1993 yil
5 Yevropa integratsiyasining rivojlanishini birinchi yo’nalishi nima haqida?
a) Yagona valyutani qabul qilinishi
b) Maastrixt kelishuvlari
*c) Yangi a’zolarini qabul qilish
6 1996 yil Yevropa integratsiyasining rivojlanishiga a’zo bo’lganlar soni nechtaga yetdi?
a)10 ta b) 25 *c)15ta
7.2002 yil Kopengagenda bo’lib o’tgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqiga qaysi davlatlar qabul qilindi?
*a)Vengriya,Kipr,Latviya b)Rossiya,Litva,Malta
c)AQSh,Slovakiya, Polsha
d)
8.Yangi a’zolarningo’tish davrida ko’zda tutigan shartlar nimadan oborat edi?
*a) moliyaviy va iqtisodiy tizimini yagona Yevropa talabiga moslashtirish
b) moliyalashtirish lozim edi.
c) ishchi kuchining erkin harakatlanishi lozim edi.
9.YI byudjeti a’zo davlatlarga nimalar berildi?
a) capital * b) subsidiya
c) erkinlik
10.Yevropa Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti nechanchi yil “ichki chegaralarsiz makon”ga aylandi?
a)1956 yil *b)1987 yil
c) 1967yil
11.1993 yil Yevropa Ittifoqiga qanday kelishuvlar kuchga kirdi?
a)Restrukturizatsiya b) siyosiy texnologiya
*c) maastrixt kelishuvlari
12. Qaysi mamlakatlar fuqarolari vizasiz o’zi hohlagan davlatda ,hohlagan muddatda yashashi ,saylovlarda ishtirok etishi mumkin edi?
a) Afrika davlatlari
*b)Yevropa ittifoqiga kiruvchi mamlakatlar
c) Osiyo davlatlari
13.Qanday holat huquqiy me’yorlarni yagona yevropa tizimini shakllanishiga olib keldi?
a)Maastrixt kelishuvlari
*b) qonunchilikni birxillashtirish
c)yashash darajasini yaqinlashtirish
14.Yevro qachon joriy qilindi?
a) 2005 yil b) 2000yil
*c)2002 yil
15. Yevro qabul qilinganidan so’ng qaysi davlat yevroni qabul qilmadi?
a) AQSh b) Fransiya *c)Buyuk Britaniya
16. YI qanday tipdagi davlat tuzilmasiga aylandi?
a)Federatsiya *b)Konfederatsiya
c) monarxiya
17.2015 yil qaysi davlat kreditorlar shartlari bo’yicha qarzlarini uza olmasligini aytdi?
a)Rossiya *b)Gretsiya c)Estoniya
18.Gretsiya Yevrokomissiya bilan qanday kelishuvga erishdi?
a) qarzlaridan kechishga
*b) restrukturizatsiya
c) qarzlarini to’lab berishga
19.Buyuk Britaniya aholisi nechanchi yilda YIdan chiqish uchun ovoz berdi?
a) 2012 yil *b) 2016 yil
c) 2017 yil
20.2016 yilda Bratislavadagi YI rahbarlari yig’ilishida qaysi davlat qatnashmadi?
*a) Buyuk Britaniya b) Fransiya
c) Germaniya


1-guruh

2-guruh

3-guruh

AQSH

SSR

BUYUK BRITANIYA




































TOPSHIRIQ:Sinkveyn metodidan foydalanib jadvalni to’ldiring.
Download 22,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish