Mavzu: Yer. Yer sayyorasi haqidagi umumiy tushunchalar.
Reja:
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Yer sayyorasi tuzilishi haqidagi ilmiy qarashlari:
a) Al-Xorazmiy va uning tabitshunoslik ilmiga qo`shgan hissasi;
b) Abu Rayhon Beruniyning tabiat, olam haqidagi qarashlari
c) Al-Farg`oniyning tabiiy-ilmiy merosi.
Koinot va galaktika haqidagi asosiy tushunchalar.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Yer sayyorasi tuzilishi haqidagi ilmiy qarashlari
Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doi-rasiga nisbatan qiskarokdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, Parijda 111,3 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan bo’lib, qutb o’qlari uzunligi 12714km, ekvator bo’yicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 km ni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq o’lchash ishlari yerning elliksoyid shakliga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Agar ekvatorial va qutbiy o’qlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olsak, bunday ellliksoyibni sferoip deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga ma'lum bo’lgan biror geometrik shakliga tug’ri kelmaydi. Ximoloy tog’idagi Jomolungma cho’qqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi o’zgarishining qariyb 20 km dan oshiqligini xisobga olsak, u o’ziga xos geoid shakliga ega ekanligini ko’ramiz. Yer yuzasi 510 mln.km2, xajmi 1,083 * 1012 km3, massasi 5,974 * 1027 gr, o’rtacha zichligi 5,52gG`sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yuli bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun xam u bil vosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 gG`sm3, bu esa yerning o’rtacha zichligidan kamroqdir.
Yer - Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida, tartib bo‘yicha uchinchi, o‘lchamlariga ko‘ra beshinchi o‘rinda turuvchi sayyoradir. Shuningdek, ona sayyoramiz, insoniyatga ma'lum bo‘lgan sayyoralar ichida, tiriklik mavjud bo‘lgan yagona sayyora. Ilmiy farazlarga ko‘ra, Yer, Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar singari, Quyosh gaz-chang tumanligidan, bundan taxminan 4.5 milliard yil avval paydo bo‘lgan.
Yer sayyorasi shakliga ko‘ra, yassi ellipsoidga o‘xshash bo‘lib, "Geoid" deb ataladi. Geoid va unga o‘xshash (approksimatsion) ellipsoid orasidagi farq 100 metr atrofida. Sayyoramizning o‘rtacha diametri 12742 kilometr. Aylanasi esa 40000 kilometr. Yerning ekvatori, o‘ziga xos do‘nglikni hosil qilgan. Uning ekvatorial diametri, qutblar orasidagi diametridan 42.6 kilometr uzunroq. Yer sirtidagi eng baland nuqta, Everest cho‘qqisi (Jomolungma) bo‘lib, u dengiz sathidan 8848 kilometr balandlikda joylashgan. Eng chuqur botiqligi esa, Marianna botig‘i bo‘lib, u dengiz sathidan 994 metr pastda joylashgan. Ekvator do‘ngligi hisobiga, Yer markazidan eng uzoq joylashgan nuqta Everest cho‘qqisi emas, balki, ekvatorga yaqinroq joylashgan boshqa cho‘qqilar - Ekvadordagi Chimboraso vulqoni cho‘qqisi hamda, Perudagi Uaskaran tog‘i tepasi hisoblanadi.
Yer sirtining 70.8% qismini dunyo okeani egallagan. Qolgan qismi esa, materiklar va orollardan iborat quruqliklar tashkil qiladi. Quruqliklarda joylashgan ko‘llar, muzliklar, daryolar va yer osti suvlari, dunyo okeani bilan birgalikda gidrosferani tashkil qiladi. Yerdagi kabi tirik organizmlar uchun hayot sharoitiga muvofiq keluvchi suv, Yerdan boshqa sayyoralarda aniqlanmagan. Yerning qutblari qalin muz qatlamlari bilan qoplangan bo‘lib, u Arktika va Antarktika muz qalqonlarini, hamda, dengiz muzliklarini tashkil qiladi.
Yerning ichki qatlamlari ancha faol bo‘lib, u kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir necha qatlamlarga bo‘linadi. Yer markazida ichki yadro va uni o‘rab turgan tashqi yadro mavjud. Yadroni o‘rab turgan qattiq qatlam Litosfera deb ataladi. Shuningdek, litosfera ostida Atenosfera qatlami mavjud bo‘lib, u, litosferaning o‘zidan yuqoridagi qatlamlarining harakatlanishi uchun omil bo‘ladi.
Yer sayyorasi, atrofini o‘rab turuvchi qalin gaz qobig‘i - atmosferaga ega. Yer atmosferasi bir necha qatlamlardan iborat. Atmosferaning yerdagi hayot va iqlimning barqarorligidagi o‘rni g‘oyat kattadir. Shuningdek, Yer sayyorasining gidrosfera, atmosfera, litosferasining tirik organizmlar yashaydigan barcha qismlari birgalikda - biosferani tashkil qiladi.
Yer yagona tabiiy yo‘ldosh - Oyga ega.
Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doi-rasiga nisbatan qiskarokdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, Parijda 111,3 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan bo’lib, qutb o’qlari uzunligi 12714km, ekvator bo’yicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 km ni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq o’lchash ishlari yerning elliksoyid shakliga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Agar ekvatorial va qutbiy o’qlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olsak, bunday ellliksoyibni sferoip deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga ma'lum bo’lgan biror geometrik shakliga tug’ri kelmaydi. Ximoloy tog’idagi Jomolungma cho’qqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi o’zgarishining qariyb 20 km dan oshiqligini xisobga olsak, u o’ziga xos geoid shakliga ega ekanligini ko’ramiz. Yer yuzasi 510 mln.km2,xajmi 1,083 * 1012 km3, massasi 5,974 * 1027 gr, o’rtacha zichligi 5,52gG`sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yuli bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun xam u bil vosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 gG`sm3, bu esa yerning o’rtacha zichligidan kamroqdir.
Al-Xorazmiy va uning tabitshunoslik ilmiga qo`shgan hissasi
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o’rin tutadi. Olim o’zining «Hisob aljabr val Muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o’nlik hisoblash sistemasining Evropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Allomaning «al- Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko’plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan. Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro’pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanishi yo’llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining VIII-IX asrlarga oid tarixini to’laqonli yoritishda muhim qo’llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi - Bag’doddagi Ma’mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste’dodining eng barq urgan paytlari bo’ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat ko’rsatdi. O’rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg’oniy (797-865) nomi alohida ko’zga tashlanib turadi. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy bo’lib, aslida Farg’onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo’lida zahmat chekib ko’p yurtlarni kezgan. Umrining ko’p qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida o’tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yo’liga bag’ishlangan. Ahmad al-Farg’oniy etuk astronom, matematik va geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko’plab fundamental asarlarning muallifi, Bag’doddagi Baytul Hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir. Al-Farg’oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo’lgan «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Asturlub yasash haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Oyning Er ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Etti iqlimni hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. U G’arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
3. Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi, o‟lkada mustamlakachilik boshqaruvining shakllana boshlashi (1865-yil, general Chernyayev, Mulla Alimqul- “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”). 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidan chiqa olmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatgatushdi. 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan MLChernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |