KOMPLEKS O‘G‘ITLAR
Tarkibida ikki yoki undan ortiq, o'simliklar uchun zarur oziq moddalarni saqlayidigan o'g'itlar kompleks o‘g‘itlar deb ataladi. Tarkibiga ko'ra ikki komponcntli (fosforli-kaliyli, azotli-kaliyli, azotli- fosforli) va uch komponcntli (azotli-fosforli-kaliyli), olinish usullariga ko'ra murakkab, murakkab-aralash, aralashtirilgan, agregat holatiga ko’ra esa qattiq va suyuq kompleks o'g'itlarga bo'linadi.
Murakkab o'g'itlar.
Murakkab o'g'itlar anion va kationlardan tashkil topgan bitta tuz hisoblanadi. Uning tarkibida ikki yoki uchta oziq elementi bo'lishi mumkin. Ammafos - NH4H2P04 tarkibida 11-12% N va 46% fosfor bo'ladi, va’ni o'g'itda N:P04 nisbati 1:4 yoki 1:5 ga teng.
Ammofos o'rtafosfat kislotani ammiak bilan neytrallash yo'li bilan olinadi.
NH3+ H2P04 = NH4H2P04.
Bu o'g'it tarkibidagi azot va fosforni o'simliklar yaxshi o'zlashtiradi, suvda yaxshi eriydi. 1 s ammafosni 2,5 s oddiy superfosfat va 0,35 s ammiakli selitraga tenglashtirish mumkin.
Diammofos - (NH4)2HP04 tarkibida 19-21% azot va 49-53% P2O bo'ladi yoki azot bilan fosfor 1:2,5 nisbatda bo'ladi. Diammofos fosfat kislotasini ammiak bilan to'yintirishni davora ettirish yoki 1 molekula fosfat kislotani 2 molckula ammiak bilan biriktirish natijasida olinadi.
2NH3+ H3P04 = (NH4)2HP04 ammofos va diammofos asosiy o'g'it sifatida barcha ekinlarga ckish vaqtida va o'suv davrida qator oralariga solinishi mumkin. Bu o'g'itlami g‘o‘za va boshqa ekinlar ekiladigan maydonlarga kuzgi shudgor oldidan ham qo'llash mumkin. Kaliy selitra — KN03. 0‘g‘it 13% va 45% gacha kaliyni tutadi. 1 sentner kaliyli selitra 1 s kaliy xlorid va 0,4 s ammiakli selitra o'mini bosadi. Tarkibida ballast moddalar yo'q, fizik xos- salari yaxshi. Xlorsuymas ekinlar uchun yaxshi ofg'it. Lekin N: K20 nisbati 1:4 bo'lgani bois qo'shimcha ravishda azotli o‘g‘itlar ishlatishga to‘g‘ri keladi.
Murakkab — aralash (kombinatsiyalangan) o'gitlar.
Fosforitga nitrat kislota ta’sir ettirilganda kalsiyli selitraning CaHP04*2H20 va Ca (H2pP04)2* H20 lar bilan aralashmasi nitrofos olinadi. Lekin o'ta gigroskopik bo'lganligi sababli unga ammoniy sulfat qo'shiladi:
Ca(N03)2 + 2(NH4)2S04 = 2NH4N03 + CaS04
Nit roam moniy-monoammoniy fosfat asosida olinadigan murakkab aralash o‘g‘it. Tarkibiga kaliy kiritilsa, nitroammofoska deyiladi.
Aralashtirilgan o‘g‘itlar.
Aralashtirilgan o'g'itlar komponentlami kimyoviy o'zgarishga uchratmasdan tayyorlanadi. Aralash o'g'itlar donador yoki kukun holidagi 2 yoki 3 xfldagi oddiy o'g'itlami maxsus o'g'it aralashtirish zavodlarida yoki agrokimyo markazlarining yirik mexanizatsiyalashgan omborlarida yoki bcvosita xo'jalikning o'zida aralashtirish yo'li bilan olinadi. Tuproqdagi oziq elementlari miqdori va turiga qarab N:P: K nisbati turlicha bo'ladi. Superfosfat va fosforit uni kaliyli o'g'itlar bilan, shuningdekammiakli selitravaammoniy sulfat pretsipitat bilan aralashtirilganda nomaqbul o'zgarishlar sodir bo'lmaydi.
Mochevinani tuproqqa kiritish oldidan fosfoiii va kaliyli o‘g‘it- larning barcha shakllari bilan aralashtirish mumkin. Uni superfosfat bilan ancha oldindan aralashtirilganda ham salbiy o'zgarishlar sodir bo'lmaydi. Donador o'g'itlar, ayniqsa donachalarning o'lchamlari bir xil bo'lgan o'g'itlar aralashtirilganda aralashmaning flzikaviy xossalari va sochiluvchanligi yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |