Fosfor o’simliklar tarkibida 2shaklda; mineral va organik holda uchraydi. Fosfor o'simlik hujayrasi protoplazmasidagj PNK va DNK tarkibiga kiradi. Fosfor elementi har qanday o'simlik tarkibida ham N.K. elementlariga qaraganda kamroq miqdorda uchraydi. Ko'zga ko'rinarli darajada texnik ekinlar, ayniqsa yog'i olinadigan hamda dukkakli o'simliklar unug'lari tarkibida ko'p bo'ladi. Ular miqdori o'rtacha quyidagicha.
M: soyani urug’'ida - 2,0% semichka (kungaboqor) da -0.8%
Lyupinda - 2% bug'doyda - 0,6%
Zig'irda - 0,8% makkada - 03 % ga teng.
Paxta chigitida - 2,0-2,5%
Fosfor o'simliklar tarkibidagi fitin moddasi tarkibiga kiradi. Fitin o'simliklar organlari hujayrasida, ayniqsa, urug’i tarkibida ko'p bo'ladi. Bu o'simliklar o'nib chiqishida muhim rol o’ynaydi.Bu ekinlar poyasida esa tuproqdagi P2O5 miqdori va oziqlanishi sharoitiga qarab 0,1% dan 1 -2% gacha quruq moddasi og'irligini tashkil qiladi.MDH fiziologlari tajribalarida shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'simlik ildizi orqali o'zlashtirilgan P ni 30 sck. ichida uni 30%, 3-5 minutdan keyin esa o'zlashtirilgan P2O5 ni 70% i o'simlikning organik qo'shilmalari tarkibiga o'tganligi aniqlangan, ya’ni o'simliklar tanasiga mustahkamlanganligi isbotlangan.Shuningdek, 1928 yilda MK. Domonovich tomonidan o'simliklarni qoniqarli (oziqlanishi uchun tuproqning suvli surimida 0,1- 03 mg/l fosfor bo'lishi yoki 1 kg. tuproqda 45 mg P2O5 bo'lishini ta'minlash zanurligi isbotlandi.Afsuski, bunday fosfor bilan yetarli ta’minlangan tuproqlar MDH mamlakatlarida faqat 10-15% O'zbekiston tuproqlarini esa 30-40% ga yaqinini tashkil etadi xolos. Bu tuproqlar eskitdan sug'orib dehqonchilik qilib kelinayotgan yerlardir.O’simliklarni fosfor bilan oziqlanishi to'g'risidagi ilmiy munozaralarga fransuz olimlari ham o’z hisaalarini qo'shdilar. Ularmng fikricha, o'simliklar qoniqarli oziqlanishi uchun fosfor bo'lishi kerak degan xulosaga keldilar. Bu borada boshqa chet el olimlari ham har xil fikrlar yuritishgan. Jahon olimlari ilmiy ishlaridan ma'lumld 20 kunlik javdar o'simtasiga 5 mg/l dan ortiq P2O5, berilganda o'simlik shu eritma tarkibidan fosfor ozuqasini olmagan, aksincha hamma oldingi iste'mol qilganlarini ham eritmaga qaytarib chiqargan Demak, me'yoridan oshiqcha fosfor P2O5 ozuqasi o'simlikka zarar yetkazar ekan.
Ammo, o'simlikka fosfor yetishmasa ham barg atrofi qizg'ish - qo’ng’ir tusga kirib quriy boshlaydi Ya’ni, bu yerda o'simlik tarkibida organik kislotalar paydo bo'lishi susayadi, natijada ildiz orqali N - dan fovdalanish ham pasayadi.G'o'za chigiti tarkibidagi fosfor moddasining zahirasi o’nib chiqqandan kcyin 10-20 kunga yetadi, makkajo'xoriniki esa 2 haftagacha yetadi, xolos. Fosfor moddasini o'simliklar tomonidan eng ko‘p foydalanish davri o'simliklar turlari va rivojlanishi fazasiga qarab har xil bo'ladi.
M: paxta fosforni o'zini o'suv davrida oladigan 90% ni gullash boshlangandan keyingi davrda, kunjut gullashgacha, bug'doy buqoq va boshoq chiqarish davrigacha, kartoshka gullashgacha, qand lavlagi ildiz mevasi kuchayish davrigacha oladi.Endi ularni o'simliklar hosili bilan chiqib ketishiga qarasak 1 s hosil bilan, paxta - 1,5 kg, kuzgi bug'doy doni bilan 1-.1/7 kg, bohorgi bug'doy doni bilan 0,9-1,3 kg, makkajo'xori doni bilan 0,7-0,9, no'xat - 1,5 kg, kungaboqar 2,6 kg, kartoshka 0,15 kg olib chiqib ketadi. Shuningdek P2O5 ni boshqa ekinlar bilan chiqib ketishini ko'rish mumkin.
Agar, fosfor – P2O5 shuncha miqdorda o'simlik orqali chiqib ketsa, uni o'simlikka berish yo'lini ham bilish kerak. O'simliklarni oziqlantirishning bir nechta usul va uslublari mavjud.Oziqlantirishni bitta usuli bu o'simliklarni barglari orqali oziqlantirish. Bu borada dexqonlar oldingi davrlarda ular ,,O’simlikni oziqlantiraylik, tuproqni o'g'itlashni o'rniga’’ - degan shiorni o’rtaga tashlashgan edi. Ammo, fan o'sib rivojlanishi natijasida bu shior o'z o'rnini topa olmad O'simliklarni P2O5 bilan oziqlantirishni asosiy yo'li faqat tuproq orqali ekanligi isbotlanadi. Biroq shunga qaramay bargdan oziqlantirish qanchalik foydaligi ba’zi ekinlarda isbotlangan. Masalan: olma daraxtiga barglari orqali yillik oladigan fosfor ozuqasining 8-12% ni, dukkakli ekinlarga, makkajo'xori va pomidor ekinlariga barglari orqali umumiy yillik talabining 2-14% ni berish mumkinligi tasdiqlangan.
Demak, fosfor elementi o'simliklar oziqlanishida muhim rolni o'ynaydi. Ammo, o'simliklarni fosfor bilan oziqlantirishning bosh manbai esa bu tuproqdir, ya'ni tuproq tarkibidagi tabiiy holdagi ortafosfor kislotasining qator tuzlari tarkibidagi fosfor oziqasidir. Bular H2PO4, HPO4, PO4 ionlaridir.
Tuproq tarkibida tabiiy holda uchraydigan fosfor 95% kalsiy bilan birikkan holda uchraydi. Bu fosfatlarning asosiy qismi esa ortafosfor shaklida gavdalangan. Fosfor ozuqasining tuproqlarda uchraydigan ba'zi muhimlari 1981 yildagi Ginzburg ma'lumotiga ko'ra quyidagi shakllarda bo'lishi. Fosfor elementi tuproq tarkibidagi umumiy miqdori tuproqlarda 0,05 dan 0,2% atrofida bo'ladi. Harakatchan shakldagisi esa tuproq turlariga qarab har xil miqdorda bo'ladi, bulardan tashqari fosfor organik hamda mineral birikmalar tarzida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |