Mavzu: Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari mundarija


Tuproq va o'simlik tarkibidagi kaliy elementi va kaliyli o‘g‘itlar



Download 24,93 Mb.
bet12/27
Sana28.05.2022
Hajmi24,93 Mb.
#613110
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari

Tuproq va o'simlik tarkibidagi kaliy elementi va kaliyli o‘g‘itlar
Kaliy o'simliklarning mineral oziqlanishida azot va fosfor elementlari qatori asosiy eng zarur elementiardan biridir.
Kaliy elementini N va P elementidan farqi shuki, u o'simliklar tarkibidagi organik birikmalar tarkibiga kirmaydi o'simlik hujayralari tarkibida ion holda mavjud. Kaliy oson yuviladi. Hatto yomg'irda ham ko‘p qismi o'simlik tarkibidan yuvilib tuproqqa tushadi.
Kaliy elementi tarixiga nazar tashlasak ancha eyokitdan o'simlik ishqori sifatida (potash) ma'lum. Ammo sof holda Angliya olimi G.Devi tomonidan 1807 yilda ochilgan (KOH ni elektroliz qilish bilan). Bu element tuproq - o'simlik - o'g'it tarkibida KjO shaklida tushunish qabul qilingan.
Kaliy o'simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar uchun zarur elementdir. Kaliyning o'simlik tarkibidagi 4/5 qismi sitoplazma shirasi larkibida bo'lib, suv bilan oson yuviladi. 1% dan ozrog'i protoplazma tarkibida harakatchan shaklda mavjud. U ham bo'Isa yorug'da o'simlikda ushlanib turib kcchasi o'simlik ildizi orqali tuproqqa o'lib ketadi, ammo kunduzi yana qaytadan o'simlik o'ziga oladi.


1.3 MIKROELEMENTLAR VA MIKROO‘G‘ITLAR


Tabiatda nisbatan oz uchraydigan va o'simliklar kam talab qiladigan, lekin ular hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan oziq elementlari mikroelementlar deb ataladi.
Mikroelementlarga B, Mn, Cu, Mo, Zn va So kabi elementlar kiradi. Tarkibida o'simliklarni oziqlanishi uchun zarur mikroelementlarni saqlaydigan o'g'itlar mikroo‘g‘itlar deb ataladi.
Mikroo'g'itlarning o‘simliklar uchun ahamiyati shundaki, ular moddalar almashinuvidagi ko'pchilik muhim jarayonlarda ishtirok etadi, ularning ko'pchiligi (Mn, Cu, Mo, Zn, Co,) biokimyoviy reaktsiyalami aktivlovchi lurii xil fcrmcntlar tarkibiga kiradi, ba’zilari csa (Mn, Cu, G‘e) o‘simliklar hujayralaridagi oksidlanish- qaytarilish jarayonida ishlirok ecadi.
Shu davrgacha mikroelementlardan bor, molibden, marganets, mis, rux va kobalt o'rganilgan.
Bor o'simliklarga hayotining barcha davrlarida zarurdir. Tuproqda borning yetishmasligi o‘sishining to'xtashiga, o‘simliklarning kasallanishiga, hosilning kamayishiga va sifatini yomonlashuviga olib keladi.
Bor yetishmaganda lavlagi o‘zak chirishi kasalligiga uchraydi. Natijada, ildizi g'ovak bo‘lib qoladi, ba’zan esa butunlay chirib ketadi, zig'irbakterioz, kartoshka esa parcha kasalligiga uchraydi. Borli o‘g‘itlar solinganda bunday kasalliklar batamom yo‘qoladi.
Bor o‘simliklardagi uglevod va oqsil almashinuviga hamda boshqa qator biokimyoviy jarayonlarga ta'sir ko'rsatadi. Bor yetishmaganda barglarda shakar va kraxmal to‘planadi, ularning boshqa organlariga oqib o'tishi buziladi. Natijada fotosintez jarayoni sekinlashadi, ildiz sistcmasining uglevodlar bilan ta’minlanishi kamayadi va uning rivojlanishi yomonlashadi, dukkakli o'simliklar ildizlarida tuganaklarning rivojlanishi buziladi va tuganak bakteriyalarni azotofikatsiyalovchi qobiliyati susayadi.
Bor reproduktiv organlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bor yetishmaganda gullar miqdori kamayadi, ularning urug’lanishi buziladi, tugunchalari to'kilib ketadi va hosili kamayadi. Borli o'g'itlar solish sebarga, beda, zig'ir, sabzavot ekinlari urug’i hosilini anchagina oshiradi.Tuproqlarning bar xil tiplarida borning umumiy miqdori 1 kg tuproqqa 2 dan 50-80 mg gacha bo'ladi. Borning o'zlashtiriladigan (suvda criydigan) birikmalari, odatda, uning umumiy miqdorining 3-1% ni tashkil etadi,
Molibden azotni tuganak va erkin yashovchi bakteriyalar tomonidan fiksatsiya qilinishida muhim rol o‘ynaydi. U bakteriyalarning molekulyar azotni fiksatsiya qilishda ishtirok etadigan nitrogenaza fermenti tarkibiga kiradi. Molibden yetishmaganda dukkakli ekinlar ildizlaridagi tuganaklari sust rivojlanadi, azotni fiksatsiyalovchi bakteriyalar normal rivojlana olmaydi va atmosfera azotini fiksatsiya qilmaydi.
Tuproqda molibdenning umumiy miqdori (1 kg/mg) 0,2-12 mg gacha bo'ladi. Molibdenning harakatchan shakllari uning umumiy miqdorining 5-10% ni tashkil etadi.
Molibdenli o‘g‘it sifatida tarkibida 50% atrofida molibdeni bo'lgan ammoniy molibdat, 35% li texnikaviy ammoniy-nitralli molibdat, tarkibida 0,1-0,2% li molibdeni bo‘lgan, molibdenlangan superfosfat va tarkibida suvda eriydigan shaklda 5*8% li molibdeni bo‘lgan elektrolompa sanoatining chiqindilari ishlatiladi. Molibdenli o‘g‘itIar tuproqqa 15 g dan 100 ggacha odatda ekish vaqtida qatorlarga solish va boshlang‘ich fazalarida ammoniy molibdatning 0,01-0,05% li eritmasi holida o'simliklarga purkaladi.
Mis asosan oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi va o'simlik hujayralarida sodir bo'ladigan oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. U o'simliklarning uglevod va oqsil almashinuvida va barglarda xlorofill hosil bo'lishida katta ahamiyatga ega. Mis yetishmaganda barglarning xlorofill faoliyati bilan bog'Iiq bo‘lgan sarg'ayish kuzatiladi. Donli ekinlarda misning yetishmasligi o‘ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi. O'simlik och yashil bo’lib qoladi, tez shoxlab ketadi barglarining uchi oqaradi, doni kamayib ketadi. Mis haddan tashqari yetishmaganda umuman boshoq hosil bo‘lmaydi, poyasi asta sekin qurib qoladi.
Chorva mollari yem-xashagida mis yetishmasa hayvonlarda kam qonlik, ich ketish, buzoqlarda raxit, qo'ylarda junining to‘kilib ketishi kasalliklari kelib chiqadi.Tuproqda harakatchan shakldagi mis 0,05-14 mg/kg gacha bo'ladi va misning tuproqdagi umumiy miqdori 1% ni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligida qo'llanilayotgan misli mikroo‘g‘itlarga mis kuporosi (21-22%), misli kukun va mis kolchadagi (25%) kiradi. Bulardan tashqari «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasida tarkibida misi bor (0,25-0,30%) ammafos ishlab chiqarilmoqda.
Marganetsga barcha qishloq xo'jalik ekinlari talabchan bo‘lib, uni ayniqsa donli ekinlar, dukkakli-don, qandlavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar ko‘p talab qiladi. Barglarning oqarishi va sarg‘ish dog'larning paydo bo'lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring plastinkasining buralib qolishi marganets tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Marganets yuqori oksidlash-qaytarilish potensialiga ega, shu bois u o'simliklar tanasida sodir bo'ladigan biologik oksidlash reaksiyalarida faol qatnashadi.
Marganets fotosintez jarayonida muhim o’rin tutadi, qand moddalar va xlorofill miqdorini ko'paytiradi, askoibin kislota simezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
U o'simliklar hujayralarining suv tutishi qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko‘proq saqlanishiga yordam beradi.
Tuproqda marganets miqdori 1% gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o‘simliklar tomonidan qiyin o'zlashtiriladigan shakldadir.
Marganetsli o’g‘itlar qollash hisobiga qand lavlagidan 23,7, bugdoydan 2,2, makkajo'xoridan 11,8 va arpadan 3,0 s/ga qo'shimcha hosil olinadi.
Tarkibida 70% li Mn tutgan marganets sulfat qimmatbaho mikroo‘g'it hisoblanadi va undan sabzavot ekinlari ni o‘g'itlashda foydalaniladi.
Marganets fosforli o‘g‘itlar bilan birga qo'llanilganda yaxshi sa­mara beradi, shu bois marganetsli o‘g‘itlar superfosfat ishlab chiqarishda yo‘lga qo'yilgan. Shuningdek, Mn kompleks o'g'itlar tarkibiga ham kiritladi.
Tuproqqa, odatda maiganets 2.5 kg/ga hisobida kiritiladi. Marganetsli o'g'itlami urug’ bilan aralashtirish o’g’it qo’llashning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Buning uchun 50-100 gr chamasi marganets sulfat olinadi va 1 s urug’ bilan aralashliriladi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 200gr marganets sulfat 100 litr suvda eritilib 1 ga maydondagi nihollarga purkaladi.
Rux o'simliklarda bir qator fermentlar tarkibiga kiradi va ularning aktivligini kuchaytiradi. Rux yetishmaganda o'simliklarda auksinlar hosil bolishi buziladi- Monosaxaridlar hisobiga murakkab uglevodlar sintezi, shuningdek, fosfor, organik birikmalar hosil bo'lishi susayadi. Ruh yetishmaslik belgilari ko'proq neytral va kuchsiz ishqoriy reaksiyali korbonatli tuproqlarda kuzatiladi.
Harakatchan rux bo‘z tuproqlarda 0,09-0,6 mg/kg ga yeladi.
Ruxli o'g'itlar sifatida tarkibida 21-28% Zn bor sulfat (S04 7H20) va tarkibida 2-7% Zn bor rux shlamlari ishlatiladi, bular tuproqqa
0,5-1,5 g miqdorda solinadi. Bundan tashqari 0,01-0,02%li eritmasi ildizdan tashqari oziqlantirish uchun ishlatiladi. Bunda gektariga 200- 400 litr eritma ishlatiladi. Chigitni ivitish uchun 0,003-0,004% li eritmasi ishlatiladi.

Download 24,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish